7– ma’ruza. Mavzu: Metallarni uzoq muddat ishlashini ifodalovchi xossalari. Metallarning mustahkamligini oshirish yo’llari


Download 99.68 Kb.
bet3/4
Sana20.06.2023
Hajmi99.68 Kb.
#1635877
1   2   3   4
Bog'liq
7-ma\'ruza

Rudani qizdirish.
Rudani qizdirish natijasida rudadagi karbonat angidrid va qisman oltingugurtdan tozalanadi.
Turli konstrusiyadagi pechlarda rudalar 600-8000S temperatura orasida qizdiriladi.
Rudani aglomerasiya yo’li bilan boyitish.
Aglomerasiya degani maydani yiriklash deganini tushinish kerak.
Ma’lumki tabiatda rudalar zichmas, mayda holida uchraydi. Bunday rudalarni qazish va tashish natijasida maydalanib ketadi. Bundan tashqari domna pechlarida rudani eritayotgan paytda mayda zarrachalar chiqayotgan gazni oqimi bilan tashqariga chiqib ketadi. Mayda rudalardan foydalanish uchun maxsus aglomerasiya mashinalarida yiriklashtiriladi. (5-rasm)
1-Bunker
2-Dozator
3-aralashtirgich
4-namlagich(shixtani )
5-aralashmaga shakl beruvchi aglomeratga aylantiradigan shixta.
6-gorelka(aralashmani yondiruvchi)
7-transportyor
Aralashmani tarkibidagi yonilg’ini yonishi natijasida temperatura 1100-1200C ko’tariladi. Konveyrni aylanishi natijasida gorelka yordamida yondiriladi.
2Fe +Si O2=Fe2 SiO4
Fe2 SiO4 bu birikma erib va mayda shixta materiallari bilan o’zaro birikib g’ovakli aglomerat hosil qiladi va uni pechga shixta sifatida yuklanadi.
Yonilg’i materiallar.
Yonilg’i deb, issiqlik energiyasi beradigan yonuvchi organik moddalarga aytiladi. Metallurgiyada yoqilg’i sifatida ishlatiladigan uglerod yuqori darajada issiqlik berishi bilan birga, yonish jarayonini borishida, ximiyaviy reaksiyalarda ham aktiv ishtirok etadigan muxim elementdir.
Metallurgiyada ishlatiladigan yonilg’ilarga asosiy talab shuki, ular maydalanib ketmaydigan, yonganda oz kul qoldiradigan, yuqori energiya beradigan va tarkibida S, R kabi zararli aralashmalar mumkin qadar kam bo’lishi kerak.
Metallurgiyada muhim ahamiyatga ega bo’lgan ba’zi yonilg’ilarni tavsiflab o’tamiz.
Qazilma ko’mir (tosh ko’mir). O’simliklardan hosil bo’ladigan maxsulot. Qo’ng’ir ko’mir deb ataluvchi ko’mirni 1kg yonganda 2500-4000 k kal issiqlik beradi. Tarkibida 0,5-4%S namligi, 20-40% dan ko’proq sanoatda ishlatiladi. Qora ko’mir tarkibida 75-90% uglerod bo’lib, 1kg yonganda 4500-6000 k kal issiqlik chiqaradi.
Koks kokslanuvchi toshko’mirlardan maxsuspechlarda xavfsiz sharoitda 1000-1100 gacha qizdirish yo’li bilan olinadi. Koksni issiqlik berish darajasi 7000-8000 k kal /kg Koks pechlarda 12-18 soat davomida maxsus kameralarda qizdirish yo’li bilan olinadi.

Download 99.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling