7– ma’ruza. Mavzu: Metallarni uzoq muddat ishlashini ifodalovchi xossalari. Metallarning mustahkamligini oshirish yo’llari


Download 99.68 Kb.
bet2/4
Sana20.06.2023
Hajmi99.68 Kb.
#1635877
1   2   3   4
Bog'liq
7-ma\'ruza

Qo’ng’ir temir tosh. Qo’ng’ir temir tosh temirning suvli oksididir. Getit Fe2O3N2O bundagi temirni miqdori 57, 6%. Limonit 2Fe2O33N2O unda 59.8 % temir bor. Bu rudalar tarkibida bekorchi jinslar ko’p bo’lganligi uchun temirni miqdori 30-50% o’rtasida bo’ladi. Bekorchi jinslarni tashkil etuvchilar gil, qum va boshqalar. Bu rudada temirdan tashqari xrom, nikel va vannadiy ham mavjud.
Temir shpati. Bu mineralda temir FeSO3 holida bo’lib, temirning miqdori 35-45% o’rtasida bo’ladi. Mineralni tarkibida gil, qum va ohaktosh bor. Rangi tiniq kul rang , solishtirma og’irligi 3,8 ga teng.
Har qanday rudaning sanoat ahamiyatiga ega ekanligini quyidagilar bilan ifodalanadi va aniqlanadi:
1.Rudadagi temirning miqdori.
2.Rudadagi qo’shimchalarni turi va ximiyaviy tarkibi, ularni miqdori.
3.Rudani qazib olishni arzon yoki qimmatligi.
4.Rudani kondagi boyligi va uni qayta ishlash va joyiga tashish imkoniyati.
Rudani domna pechlariga olib kirishdan oldin, keraksiz jismlardan qisman tozalab, undagi metallni miqdorini suniy oshirish jarayoniga rudani boyitish deb ataladi.
Rudalarni boyitish yoki eritishga tayyorlash quyidagi operasiyalardan iborat:
Maydalash.
Katta hajmdagi rudalarni domna pechlariga to’ldirishdan oldin maxsus maydalagich mashinalarida maydalanib, ularni ma’lum o’lchamga keltiriladi. (1-rasm)



Rudani maydalash mashinasini sxemasi.


1.harakatsiz jag’
2-harakatlanuvchi jag’
3-Krivoship

Rudani g’alvirlash.




G’alvirlash. Maydalangan rudalarni g’alvirlash uslubi bilan saralanadi. Saralash natijasida, ruda bekorchi jismdan bir muncha tozalanadi. Bunda g’alvirlar 45-500 burchak ostida o’rnatiladi. (2-rasm)

Rudani yuvish.
Rudada bekorchi jins va zararli aralashmalar ko’p bo’lsa rudani yuviladi. Rudani yuvilganda keraksiz jinslar suv bilan oqib, temir miqdori 5-20% gacha ko’payishi mumkin. (3-rasm)

Rudani yuvish sxemasi

Rudani elektromagnit usuli bilan boyitish.



Elektro magnit usulda boyitish sxemasi.


Bunda elektro magnit seperatorlaridan o’tkaziladi. Bu usul bilan ishlansa, ruda 5-15 % ga boyishi mumkin. (4-rasm)



Download 99.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling