7– ma’ruza. Mavzu: Metallarni uzoq muddat ishlashini ifodalovchi xossalari. Metallarning mustahkamligini oshirish yo’llari


Download 99.68 Kb.
bet4/4
Sana20.06.2023
Hajmi99.68 Kb.
#1635877
1   2   3   4
Bog'liq
7-ma\'ruza

Yonuvchi slaneslar - o’simlik yoki jonivorlarni chiqindilaridan hosil bo’luvchi smolasimon loyli jins. Ba’zi hollarda yonilg’i sifatida ishlatiladi.
Tabiiy suyuqliklardan neft va uning birikmalari eng yaxshi yonuvchi yonilg’i 9500-10000 k kal/kg energiya beradi.
Pista ko’mir. YOg’ochni 400-6000 S havosiz muxitda qizdirish yo’li bilan olinadi. Pista ko’mir eng yaxshi yonilg’i, chunki tarkibida 0,8% kul bo’ladi.
Koks gazi. Toshko’mirdan koks olishda koks gazi hosil bo’ladi va tarkibi vodorod (50-60%), metan(20-34%), uglerod oksidi SO (3-4%), SO2 2-3% va azot bo’ladi. 1 m3 koks gazi yonganda 4000-4500 k kal issiklik ajraladi.1 tonna ko’mir yonganda 300-320 m3 gaz hosil bo’ladi.
Domna gazi. Domna pechlarida ish jarayonini borishi natijasida gaz ajraladi. Bu gazni tozalab koks gazi bilan aralashtirib ishlatiladi.Bu gaz bilan Marten pechlarini, qizdirgich pechlarini qizdirishda ishlatiladi, yonganda 1150-1500 k kal issiqlik ajralib chiqadi.
O’tga chidamli materiallar.
Cho’yan va po’latni yuqori temperaturada eritib olinadi. Shuning uchun pechning ichki devorlari, ayniqsa, uning erigan metall va shlak tegadigan yuzalariga ishlatiladigan materiallar o’tga chidamli bo’lishi kerak. O’tga chidamli materiallar pechdagi yuqori temperaturada parchalanmasligi, yumshamasligi, metall va pechdagi gazlar tapsirida shaklini o’zgartirmasligi, qiziganda shaklini o’zgartirmaydagan bo’lishi kerak.
O’tga chidamli materiallar kukun, g’isht va har-xil buyumlar ko’rinishida ishlab chiqariladi. Ximiyaviy tarkibiga ko’ra o’tga chidamli materiallar 3 guruxga bo’linadi:
1.Kislotali.
2.Asosli.
3.Neytral
Pech devori materialini tanlash uchun pechdan chiqadigan shlakni harakterini bilish kerak. Agar pechda kislota harakterli shlak hosil bo’lsa pech devoriga ishlatiladigan materiallar ham kislota xarakteriga ega bo’lishi kerak va aksincha.
O’tga chidamli kislota xarakterli materiallarga dinas g’ishti, kvars va boshqalar kiradi. Dinas g’ishtni tarkibida 92-96% kvarsit bo’ladi,bog’lovchi material sifatida gil tuproq ishlatiladi va shakl berib 1400-16000 C da maxsus pechlarda qizdiriladi.
O’tga chidamli asosli materiallarga magnezit (MgCO3) va xokazolar kiradi. Magnezitni erish temperaturasi 2000-24000 C Dolomit kukun va g’isht shaklida po’lat eritadigan pechlarda ishlatiladi. MgCO3 maydalanib, ozroq gil tuproq qo’shiladi va kerakli buyum olinadi va 1400 gacha pechda qizdiriladi. Bu g’isht Marten va elekter pechlarini devorlarini qoplashda ishlatiladi. Magnezit kukuni esa, pechlarni tamirlashda ishlatiladi. O’tga chidamli neytral materiallar metallurgiya pechlarida eng ko’p ishlatiladigan materiallardir. Bu materiallarga gil tuproq bilan qum tuproq kiradi.
Flyus.
Yuqorida aytilganidek rudani domna pechlarda eritishdan oldin boyitiladi. Lekin boyitilgan rudada baribir keraksiz jismlar mavjud. Ruda eritilayotgan vaqtda yonilg’idan hosil bo’lgan kul va bekorchi jinslar pechda metallni erishiga to’sqinliq qiladi va bunday bekorchi jinslardan qutilish uchun maxsus modda solinadi. Bu moddani flyus deb ataladi.
Flyus bekorchi jins tarkibiga va miqdoriga qarab belgilanadi. Keraksiz jins kislotali bo’lsa, flyus sifatida biror asosli oksid, keraksiz jins asosli bo’lsa, aksincha flyus sifatida kislotali harakterli flyus solinadi.


Tayanch iboralar: Temir rudalari, rudani saralash, maydalash,yuvish,g’alvirlash, elektromagnit separasiya, koks, flyus, dinas g’ishti, shamot g’ishti, magnit temirtosh, ko’ng’ir temirtosh.


Nazorat uchun savollar.

  1. Temir rudalariga ta’rif bering.

  2. O’tga chidamli materiallar.

  3. Yoqilg’i turlarini sanab bering.

Download 99.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling