6-mavzu: Surdopedagogikaning rivojlanishida Viktor Ivanovich Fleri, Ivan Karlovich Arnold, Yakov Timofeyevich Speshnev, Ivan Yakovlevich Seleznev va boshqalarning izlanishlari Reja


Download 301.08 Kb.
bet1/10
Sana29.06.2023
Hajmi301.08 Kb.
#1657420
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Мавзу Сурдо тарихи (3)


6-mavzu: Surdopedagogikaning rivojlanishida Viktor Ivanovich Fleri, Ivan Karlovich Arnold, Yakov Timofeyevich Speshnev, Ivan Yakovlevich Seleznev va boshqalarning izlanishlari


Reja:

  1. Rossiyadagi kar bolalar uchun birinchi ta’lim muassasalari.

  2. Rossiyaning birinchi yirik nazariyotchi surdopedagogi V.I.Fleri.

  3. G.A.Gurtsovning surdopedagogikaga qo’shgan hissasi.

  4. Ivan Karlovich Arnold , Yakov Timofeyevich Speshnev, Ivan Yakovlevich Seleznev va boshqalarning izlanishlari.



Tayanch tushunchalar:

  1. V.I.FleriRossiyaning birinchi nazariyotchi surdopedagogi (Basova A. G., Yegorov S. F. Istoriya surdopedagogiki: Ucheb. Posobiye dlya studentov defektol. fak. ped. in-tov. –M.: - Prosvesheniye, 1984. — 295 s., il.)

  2. Ogʻzaki nutq — nutqning soʻzlashuv shakli. Og’zaki nutq yozma nutqdan tovush orqali farqlanadi. Og’zaki nutq 2 shaklga ega: monologik nutq va dialogik nutq (uz.wikipediya.org)

  3. Imo-ishora nutqi- eshitishida muammosi bo’lgan shaxslarning o’zaro muloqotlarida imo-ishoralar asosida munosabatga kirishishlarida qo’llaniladigan nutq shakli. Qo’llar harakati bilan (kinetik asosda) muloqot qilish tizimi... (O.Musurmonova va boshqalar – Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim atamalarining izohli lug’ati “Bekinmachoq-plyus” 2011.-260 b. (O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20 yilligiga bag‘ishlanadi).

  4. Daktilologiya-(yunon. “daktylos”- barmoq, “logos”-so‘z)-eshitishda muammosi bo’lgan shaxslarning o’zaro va eshituvchi insonlar bilan qo’l alifbosi vositasida muloqot qilish vositasi... (O.Musurmonova va boshqalar – Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim atamalarining izohli lug’ati “Bekinmachoq-plyus” 2011.-260 b.(O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20 yilligiga bag‘ishlanadi)).

  5. Surdopedagogika (lotin. surdus- kar, pedagogika- ta’lim beraman) – eshitishida muammosi bo’lgan shaxslar ta’lim va tarbiyasi masalalari bilan shug’ullanuvchi korreksiya pedagogikasining bir tarmog‘i (O.Musurmonova va boshqalar – Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim atamalarining izohli lug’ati “Bekinmachoq-plyus” 2011.-260 b.(O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20 yilligiga bag‘ishlanadi))

Rossiyadagi 1- kar bolalar uchun mo’ljallangan ta’lim muassasalari uning g’arbiy guberniyalarida tashkil etilgan. Rossiyaning bu qismida sharqiy guberniyalarga qaraganda kar-soqovlik ko’p uchraganligi bunga sabab bo’lgan. Shuningdek bu yerda maktab tizimi nisbatan ko’proq rivojlangan.
1690-yilda Pryanu shahrida Tartusk universiteti professorlarining hayriyalari tufayli kar bolalar uchun mo’ljallangan katta bo’lmagan hususiy ta’lim muassasalari tashkil etilgan. Bu muassasaning asoschisi professor YakobVilde bo’lgan. Bu ta’lim muassasasini nafaqat Rossiyadagi balki, yevropadagi birinchi karlar uchun mo’ljallangan muassasasi deb hisoblash mumkin. Bu muassasa 1709-yilgacha faoliyat yuritgan.
1802-yilda Riga shahrida xomiylik hayriya pullari yordamida kar bolalar uchun hususiy ta’lim muassasasi ochilgan. Shu yerning o’zida 1809-yilda kar bolalar uchun yana bir muassasa tashkil etildi. 1805-yilda rohib N. Kasaxovskiy tashabbusi bilan Vilnyus shahrida kar bolalar uchun maktab ochilgan .
1806-1810- yillarda Peterburg shahrida kar bolalar uchun xususiy maktab faoliyat yurutgan. U yerda imperatorAleksandr I ning taklifiga ko’ra ko’r bolalar uchun institut ochish maqsadida Rossiyaga kelgan fransuz ko’r bolalar o’qituvchisi V.Gayui mashg’ulotlarni olib borgan. V.Gayui R.A.Sikar metodikasi bilan yaxshi tanish bo’lganligi sababli ota-onalarning iltimosiga ko’ra kar bolalar bilan ham shug’ullangan.
Yuqorida sanab o’tilgan barcha ta’lim muassasalari qisqa muddat faoliyat yuritgan. Buning asosiy sababi kelib tushayotgan hayriya mablag’lari uning faoliyati uchun yetarli bo’lmaganligi edi.
XIX-asrning boshida xalq ta’limi vazirligi tomonidan chop etilgan “Xalq ta’limining birlamchi qoidalari”ga ko’ra Rossiyada yangi ta’lim tizimi joriy etildi.
1806-yilda qirolicha Pavlovsk shahrida kar bolalar uchun o’quv muassasasi ochishni buyurdi. Muassasa ochilishi uchun shaxsiy mablag’laridan ma’lum muiqdorda pul ajratdi. Shuning uchun Pavlovsk bilim yurti o’sha davrda ochilgan hususiy bilim yurtlariga qaraganda sharoitlari ancha yaxshi bo’ganligi sababli uzoq muddat faoliyat yurutdi.
Pavlovsk bilim yurtining birinchi o’qituvchisi polshalik Sigmunt bolgan. U o’quvchilarga daktil, imo-ishora, og’zaki va yozma nutqlardan foydalangan holda ta’lim bergan. Sigmund faoliyatlari natijalariga uning o’quvchisi Aleksandr Millerning gaplarini keltirish mumkin. “Qisqa muddat ichida, men o’qish va yozishni hattoki,ayrim so’zlarni talaffuz etishni o’rgandim”.
Pavlovsk bilim yurtida o’quvchilarga nafaqat rus tili va tabiatshunoslik balki ularni kanselyariya xizmatchisi va qo’lyozmachi kasbiga tayyorlash maqsadida kalligrafiya ham o’rgatilar edi.
Sigmund kar bolalarning yaxshi o’qituvchisi va tarbiyachisi bo’lishiga qaramay, qirolicha Mariyani uning faoliyati qoniqtirmas edi. Uning bu qoniqmasligi bolalarga ta’lim berish jarayonida diniy tushunchalar va g’oyalarni yetarlicha singdirmasligi edi. Qirolicha Mariya fransiyalik kar bolalar o’qituvchisi R.A.Sikarga xat yozib undan bilim yurtini boshqarishni o’z boyniga olishini so’raydi. Lekin R.A.Sikar Rossiyaga kelmaydi. O’rniga o’quvchisi J.B.Joffreni yuboradi. J.B.Joffreni Rossiyaga kelgan vaqtida ya’ni 1810-yilda bilim yurti Pavlovsk shahridan Piterburgga ko’chirilgan edi. U yerda sharoitlar kar bolalar bilan mashg’ulot o’tishga moslashmagan edi.
Bilim yurti faoliyatining boshlang’ich davrida moliyaviy ahvol tang edi. Bilim yurti budjetini Moskva va Peterburgdagi mehribonlik uylaridan orttiriladigan oz miqdordagi mablag’ va o’sha bilim yurtida o’qituvchi o’ziga to’q oilalardagi kar bolalarning ta’lim olishi uchun ota-onalar tomonidan to’langan mablag’lar tashkil etar edi. Bilim yurti budjetiga shu darajada mablag’ yetishmaganligidan uni o’quvchilar kiygan kiyimlarini sotuvga qoyish hisobiga ham to’ldirilar edi.
Faqatgina J.B.Joffre uchun yaxshi sharoit yaratilgan edi. Uning ish haqqi maxsus shartnoma asosida kafolatlangan edi. Ho’jalik ishlarini yuritish uchun alohida shaxs ajratilganligi ham uning ishini osonlashtirar edi. Shartnomaning bir qismida ish haqi bilim yurti tarbiyalanuvchilari oshgani sari oshishi belgilab qoyilgan. Shu sababdan J.B.Joffre bilim yurtini ayniqsa, mansabdor shaxslar orasida mashhur qilishga intilar edi.
Bilim yurtini mashgir qilish maqsadida qirolicha Mariya ko’rsatmasiga ko’ra, o’quvchilar uchun ochiq imtixonlar tashkil etilar edi. Ochiq imtixonlarni kuzatuvchilarida kar bolalarni rus tili boyicha egallagan bilimlari hayron va xayrat uyg‘otar edi.
Peterburg kar-soqovlar bilim yurti o’quvchilari soni borgan sari oshib borar edi.
1810-yilda unda 9 ta o’quvchi bo’lgan bo’lsa, 1811-yil 23 taga, 1812-yil 28 taga, 1813-yil 32 taga, 1815- yilda esa 49 taga yetdi. O’quvchilari soni oshganligi sababli Joffre o’quv va tarbiyaviy ishlarni o’tkazishda qiyinchiliklarga uchradi.
Shu sababli J.B.Joffre iltimosiga ko’ra qirolicha Mariyaning homiylari kengashi bilim yurtida ishlashi uchun rus o’qituvchilarni jalb etishni boshladi. Lekin rus o’qituvchilaridan hech biri shu o’rinda tarbiyachilar ham bilim yurtida uzoq qolmadilar. Bu yerga ishga kelgan barcha o’qituvchilar o’z ishlarini yaxshi bajarishar edi. Lekin qisqa vaqt o’tgandan so’ng hayriya kengashiga ularni bu ishdan ozod qilishlarini so’rab ariza yozishardi. Ular arizalarida o’zlari ishlarini eplay olmaganliklarini yozgan bo’lsalar ham asosiy sabab ularning ish haqi boshqa ta’lim muassasalari o’qituvchilari ish haqidan pastligi edi.
Shunga qaramasdan Peterburg bilim yurti rivojlanib, kengayib,yevropadagi eng yaxshi o’quv muassasalariga aylandi.




Download 301.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling