6 mavzu: Ta’lim mazmuni (Seminar mashg‘uloti ishlanmasi 2 soat)


Download 18.77 Kb.
Sana30.08.2020
Hajmi18.77 Kb.
#128178
Bog'liq
s6


6 - mavzu: Ta’lim mazmuni

(Seminar mashg‘uloti ishlanmasi 2 soat)

Reja


1.“Ta’lim mazmuni” tushunchasini va ta’lim mazmunini belgilashga doir yondashuvlarni o‘rganish hamda tahlil etish.

2.Ta’lim mazmunini belgilab beruvchi zamonaviy g‘oyalar mazmun-mohiyatini yoritish.

3.Ta’lim mazmunini belgilab beruvchi asosiy me’yoriy hujjatlarni o‘rganishga doir amaliy topshiriqlarni bajarish.

4.Darslik va uning vazifalari, unga qo‘yiladigan talablar hamda o‘quv qo‘llanmalarining turlarini aniqlashtirish.


1-topshiriq. “Nima uchun o‘zlashtirish zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning aniq doirasini belgilab olish lozim?” mavzusidagi FSMU metodini o‘tkazishga doir ko‘rsatmalar.

Metodning maqsadi: Mazkur metod talabalardagi umumiy fikrlardan xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash,qiyoslash orqali axborotni o‘zlashtirish, xulosalash, shuningdek ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Metodni amalga oshirish tartibi: O‘qituvchi talabalarga mavzuga oid bo‘lgan goya yoki fikrni taklif etadi, o‘ylash uchun uch daqiqa vaqt beradi.

Har bir talabaga FSMU texnologiyasining bosqichlari yozilgan qog‘ozlarni tarqatadi. Hamma o‘z fikrini bildirib bo‘lgach, o‘qituvchi talabalar bilan birgalikda muhokama qiladi va to‘g‘ri javoblar umumlashtiriladi.


Nima uchun o‘zlashtirish zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning aniq doirasini belgilab olish lozim?


Fikringizni bayon eting:




Fikringizning bayoniga SABAB ko‘rsating:




Fikringizni isbotlashga MISOL keltiring




Umumlashtiring




2-topshiriq. Ta’lim mazmuni va ta’lim mazmunini belgilashga doir yondashuvlarni aniqlashtirishga doir blits-so‘rov savollari

  1. Ta’lim mazmuni deganda nima tushuniladi?

  2. Ta’lim mazmunini belgilovchi me’yoriy hujjatlarga nimalarkiradi?

  3. Tayanch o‘quv rejasi kim tomonidan tasdiqlanadi?

  4. Namunaviy o‘quv rejalari nima asosida tuziladi?

  5. O‘quv rejalari nima asosida tuziladi?

  6. Darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar qanday talablarga javob berishi kerak?

  7. Darsliklar qanday vazifalarni bajaradi?

  8. Darslikning motivatsion vazifasi nimalardan iborat ?

  9. Darslikning axborot vazifasi vazifasi nimalardan iborat?

  10. Darslikning nazorat-tuzatish (mashq qilish) vazifasi nimalardan iborat?

  11. Darslikning muvofiqlashtirish vazifasi nimalardan iborat?

  12. Darslikning rivojlantiruvchi –tarbiyalovchi vazifasi nimalardan iborat?

  13. Darslikning o‘qitish vazifasi vazifasi nimalardan iborat?


3-topshiriq. Ta’lim mazmunini belgilab beruvchi zamonaviy g‘oyalarni o‘zlashtirishga


    1. Ta’lim jarayonida o‘quvchi shaxsi- A. Standartlashtirish

ning ustuvor o‘rin tutishi, uning

shaxsi, xohish-istak va qiziqishla-

rini hurmat qilish,birinchi

navbatda ularning qobiliyatlarini

rivojlantirish, mustaqil hayotda o‘z

yo‘llarini topib olishlari uchun

sharoityaratishni ko‘zda tutadi.


    1. O‘quv dasturidagi soatlarga qo‘shim- v. Amaliylashtirish

chalar kiritish, chuqurlashtirilganva

ixtisoslashtirilgan tarzda o‘qitish.


3.bir-biriga yaqin bo‘lgan fanlar va S. Insonparvarlashtirish

mavzularni qo‘shib o‘qitish, fanlar

sonini kamaytirish va ixchamlashtirish.
4. Egallanishi lozim bo‘lgan bilim, D. Tabaqalashtirish

ko‘nikma va malakalarning minimal

darajasini aniq belgilash.
5. Nazariy bilimlarni puxta o‘zlash- J. Individuallashtirish

tirgan holda ularni amaliyotda faol

qo‘llay olishga tayyorlash
6. O‘quvchilarning alohida o‘ziga xos- Ye. Integrasiyalash

liklarini hisobga olgan holda

o‘qitish mazmunini belgilash.

4-topshiriq. Ta’lim mazmunini belgilab beruvchi asosiy me’yoriy hujjatlarni o‘rganishga doir amaliy topshiriqlar
4.1-topshiriq. O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining tarmoq standartini quyidagi chizma asosida tahlil eting.



O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari TStlarining tuzilishi

Mazmuni

1. Qo‘llanilish sohasi.

2. Me’yoriy hujjatlar.

3. Standartning maqsad va

vazifalari

4. Ta’riflar

5. Kasbiy tavsifnoma

6. Kasb-hunar

tayyorgarligining

majburiy minumimi




4.2-topshiriq. Quyidagi sxema asosida o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari o‘quv rejasini tahlil eting.



    1. O‘quv jarayoni jadvalibo‘yicha:

O‘quv jarayonining tuzilishi

Haftalar soni

Nazariyva amaliy ta’lim




Malakaviy amaliyotlar




Bitiruv malakaviy ishi




Joriyva davlat attestasiyalari




Ta’tillar




Jami:



2. O‘quv rejasini o‘rganishga doir:





O‘quv fanlari, integrallashgan kurslar va bloklarning nomlari

Umumi o‘quv yuklama

Jami

Nazariy

Laboratoriya

Amaliy

Seminar

Kurs ishi

Mustaqil ta’lim



























































































4.3-topshiriq. Quyidagi chizma asosida biror bir fanning o‘quv dasturini tahlil eting.




Tushuntirish xati (tuzilishiva mazmuni)

Asosiy qism (tuzilishi va mazmuni)

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (tuzilishi va mazmuni)









Mustaqil ta’lim topshiriqlari:

Mavzu: Ta’lim mazmuni

Pedagogikaga oid o‘quv adabiyotlarini o‘qib, ta’lim mazmunini tanlash mezonlari va tamoyillarini konspekt qilish.



Adabiyotlar: Сластенин В.А. Общая педагогика. Часть 1. М., 2003;

Pedagogika nazariyasi va amaliyoti. B.X.Xodjaev.-Toshkent, “Sano-standart” nashriyoti, 2017.
Download 18.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling