6-sinf tarixi. 1- bob. Qaysi jarayonni olimlar sivilizatsiya deb atashadi?


Download 80.42 Kb.
bet1/2
Sana09.11.2021
Hajmi80.42 Kb.
#172649
  1   2
Bog'liq
6-SINF BUTUN


6-SINF TARIXI.1- BOB.

1. Qaysi jarayonni olimlar sivilizatsiya deb atashadi?

A) insoniyatning paydo bo‘lishini

B) dehqonchilik va chorvachilikka o‘tilishini

C) eng qadimgi shahar va davlatlarning tashkil topishini

D) uy-joylarning kashf qilinishini

2. Qadimgi dunyo tarixining boshlanish bosqichi – bu …

A) dunyoning paydo bo‘lishi

B) insoniyatning paydo bo‘lishi

C) ilk sivilizatsiyalarning paydo bo‘lishi

D) Rim imperiyasining vujudga kelishi

3. Yevropada dastlabki sivilizatsiya qayerda vujudga kelgan?

A) Rimda B) Yunonistonda

C) Krit orolida D) Kipr orolida

4. Dastlabki sivilizatsiya tarixi qayerdan boshlangan edi?

A) Qadimgi XitoyB) Yevropa janubiC) Kipr oroliD) Qadimgi Sharq

5. Qadimgi dunyo tarixi qaysi voqeagacha davom etgan?

A) Garbiy Rim imperiyasining qulashi

B) Buyuk ko‘chishlarning boshlanishi

C) Antik tarixning yakunlanishi

D) Franklar imperiyasining tashkil topishi

6. O‘zbekistondagi qadimgi yodgorlik Teshiktosh g‘ori qayerda joylashgan?

A) Samarqand B) Buxoro C) Farg’onaD) Surxondaryo

7. Donishmandlar nimani “buyuk o‘qituvchi” deb atashadi?

A) yodgorliklarni B) tarixni C) hayotni

D) kitobni

8. Etnograflar nimani tadqiq etadilar?

A) hozirgi zamon tillari qay tariqa shakllanganini tushunib yetish

B) qadimgi yozuvlardan o‘sha davr voqealarini bilib olish

C) qadimgi xalqlarning xo‘jaligi va urf odatini o‘rganish

D) qadimgi odamlarning muomala jarayonini bilib olish

9. Makedoniyalik Aleksandr haqida asar yozgan tarixchilarni aniqlang.

A) Sim Siyan, StrabonB) Arrian, Polien

C) Kvint Kursiy Kuf, ArrianD) Gerodot, Kvint Kursiy Ruf

10. Urug‘ jamoasida yetakchilik qay tariqa erkak kishiga o‘ta boshladi?

A) iqlimning o‘zgarishi va tez yurar hayvonlarning paydo bo‘lishi natijasida ov jarayonining qiyinlashuvi

B) mehnat qurollari va xo‘jalik yuritish shakllarining takomillashuvi

C) qarindoshchilikning ota tomoniga o‘tishi

D) tosh qurollarning iste’moldan chiqa boshlashi

11. Yer yuzida iqlim iliq bo‘lgan davrda eng qadimgi odamlarning manzilgohlari qayerlarda bo‘lgan?

A) g‘orlarda va daralarda

B) daryo va buloqlar yaqinidagi tepaliklarda

C) daralar va o‘rmonlarda

D) chayla va yerto‘lalarda

12. Qadimgi odamlarning fikrlash qobiliyati va tafakkuri qaysi omillar oqibatida o‘zgarib bordi?

A) mehnat faoliyati, atrof olam haqida to‘plangan bilimlar

B) tabiiy tanlanish natijasida inson organizmidagi o‘zgarishlar

C) olovning kashf etilishi, pishgan go‘shtning iste’mol qilinishi

D) ilk diniy tasavvurlarning paydo bo‘lishi

13. Eng qadimgi tasviriy san’at rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qilgan omil nima?

A) ov manzaralarini aks ettirish

B) kelajak rejalarni tuzish usuli

C) insonning o‘zini o‘rab turgan tevarak dunyoni tushunishga intilishi

D) sovuq iqlim sharoitida g‘or ichidagi zerikarli hayot

14. Qaysi davrga kelib insoniyat uchun qushlarni ovlash imkoniyati yuzaga keldi?

A) so‘nggi poleolit B) mezolit C) neolit D) o‘rta poleolit

15. Insonlar qaysi davrda toshni sirlash va parmalashni bilib oldilar?

A) so‘nggi poleolitdaB) neolit va eneolitda

C) mezolit va neolitdaD) bronza davrida


15. Mezolit davriga kelib ov qilishda unumdorlikning ortishi nima bilan bog‘liq?

A) to‘rning ixtiro qilinganligi

B) faqat kichkina sekinyurar hayvonlarning saqlanib qolishi

C) urug‘ning birdamlikda ov qilishi

D) itlar bilan birga ov qilish

16. Qadimgi Sharqda ilk shaharlar va davlatlar vujudga kela boshlagan paytda O‘rta Osiyo janubida ...

1) xon g‘ishtdan ko‘p xonali uylar qurila boshlandi; 2) idishlarni pishirish uchun kulolchilik xumdonlaridan foydalanish boshlandi; 3) sopol idishlar qushlar va o‘simliklar tasviri bilan bezatila boshlandi; 4) chorvachilik asta-sekin dehqonchilikdan ajralib chiqa boshladi; 5) paxsa imoratlar qurila boshlandi; 6) urug‘ jamoasi o‘troq turmushga o‘ta boshladi

A) 1, 4, 5, 6 B) 1, 3, 5 C) 1, 2, 5, 6D) 1, 2, 3

17. O‘rta Osiyoning qaysi qadimgi manzilgohidan zeb-ziynatlar yasalgan ustaxona qoldiqlari topilgan?

A) Zamonbobo B) Sarazm C) SopollitepaD) Jarqo‘ton

18. Quyidagi topilmalarning qaysi biri bronza davriga tegishli?

A) ilonlar tasviri tushirilgan tosh tumor

B) mamont suyaklaridan qurilgan uy-joy qoldiqlari

C) arxar shoxi bilan o‘ralgan bola qabri

D) Zarautsoy darasidagi qoya rasmlari

19. Arxeologlar neolit davrining boshlanishini qaysi voqea bilan belgilashadi?

A) mikrolitlarning yasalishi bilan

B) dehqonchilikning boshlanishi bilan

C) sopol idishlarning kashf etilishi bilan

D) to‘quvchilikning kashf etilishi bilan

20. O‘zbekiston tarixi bo‘yicha eng qadimgi yozma manba ...

A) “Avesto”

B) Behistun qoyalari bitiklari

C) Gerodotning “Tarix” asari

D) Strabonning “Geografiya” asari

21. Mil. avv.V asrda yashagan yunon tarixchi Gerodotning “Tarix” asari necha kitobdan iborat?

A) 3 B) 5 C) 7 D) 9

22. “Buyuk Aleksandr tarixi” asari muallifi nechanchi asrda yashagan.

A) mil. avv. I asr oxirlarida

B) mil. avv. II asr oxiri - mil. avv. I asr boshlarida

C) milodiy I asr

D) milodiy II asr

23. Pitekantrop odami Indoneziyaning qaysi orolidan topilgan.

A) SumatraB) BorneoC) YavaD) Timor

24. Quyidagi odamlarning qaysi biri ilk paleolit davrida yashamagan.

A) pitekantropB) neandertal

C) avstrolopitekD) sinantrop

25.Quyidagi manbalardan qaysi biri hindlarning qadimgi tarixi haqida hikoya qiladi?

A) “Bibliya”B) “Rigveda”

C) “Marhumlar kitobi”D) “Mug‘ hujjatlari”

26. Keltirilgan voqealarning qaysi biri ilk paleolitning so‘nggi davrida yuz berdi?

A) tabiiy olov kashf qilindi

B) ilk dafn tartiblari paydo bo‘ldi

C) ilk diniy e’tiqod kurtaklari paydo bo‘ldi

D) buyuk muzlik davri boshlandi

27. Ilk qoyatosh rasmlari topilgan Lasko g‘ori qayerda joylashgan?

A) Ispaniya B) BoshqirdistonC) Kavkaz D) Fransiya

28. Ilk dafn tartiblari O‘zbekistonning qaysi manzilgohidan topilgan?

A) Selung‘ur g‘oridan B) Zarautsoy darasidan

C) Teshiktosh g‘oridanD) Zomonbobo manzilgohidan

29. O‘rta Osiyo hududida bugungi kunda mezolit davriga oid qancha manzilgoh ochilgan?

A) 1000 ga yaqin B) 100 dan ortiq

C) 50 dan ziyodD) 30 ga yaqin

30. Eneolit davriga kelib insonlar nima maqsadda kulolchilik xumdonlaridan foydalana boshladilar?

A)idishlarni pishirish

B) loyni bir necha kun asrash

C) uy ro‘zg‘or buyumlarini hashoratlardan himoya qilish

D) loy qorish

31. Temir asri boshlarida O‘rta Osiyo aholisi 4 guruhga bo‘lingan, bular…

A)kohinlar,jangchilar,dehqonlar,hunarmandlar

B)zadogonlar,ruhoniylar,dehqonlar,qullar

C)savdogarlar,dehqonlar,hunarmandlar,qullar

D)kohinlar,savdogarlar,jangchilar,hunarmandlar

32. So‘nggi paleolit odamlarining muhim ixtirosi …

A) sun’iy tarzda olovni hosil qilishdi

B) kesuvchi, arralovchi mehnat qurollarini kashf qildi

C) turar joylar qurish kashf qilindi

D) urug‘ jamoasiga o‘tildi

33. O‘rta Osiyodan topilgan eng qadimgi temir buyumlar…

A) mil.avv. IX-VIII asrlarga tegishli

B) mil.avv. VII-VI asrlarga tegishli

C) mil.avv. VIII-VII asrlarga tegishli

D) mil.avv. VI-IV asrlarga tegishli

34. Mezolit davriga tegishli bo‘lgan manzilgohlarni toping.

A) Obishir, Machay, Zamonbobo, Seleng‘ur

B) Zarautsoy, Sopollitepa, Sarazm, Qo‘shilish

C) Qo‘shilish, Obishir, Machay, Zarautsoy

D) Seling‘ur, Machay, Nomozgoh, Teshiktosh

35. Quyidagilardan O‘zbekiston hududida neolit davriga tegishlisini aniqlang.

A) diniy e’tiqodlar kurtaklari vujudga kelgan

B) paxsa uylar qurish boshlandi

C) kulolchilik xumdonlaridan foydalanishga kirishildi

D) xom g‘ishtdan ko‘p xonali uylar qurila boshlandi

36. Kulolchilik charxi qaysi davrda kashf qilingan?

A) neolitB) bronzaD) ilk temirD) eneolit

37.O‘rta Osiyoda ilk ibodatxona qaysi manzilgohdan topilgan?

A)Sopollitepa B) Jarqo‘ton C) ZamonboboD) Nomozgoh

38. … inson hayvonlarni qo‘lga o‘rgata boshladi.

A) neolit davri boshlarida B) mezolit davri o‘rtalarida

C) mezolit davri oxirlarida D) mezolit davri boshlarida

39. So‘nggi paleolit davri odami manzilgohlari O‘zbekistonning qaysi viloyatlaridan topilgan?

A) Samarqand, Toshkent, Farg‘ona

B) Surxondaryo, Xorazm, Qashqadaryo

C) Xorazm, Farg‘ona, Surxondaryo

D) Toshkent, Jizzax, Qashqadaryo

40. Eng qadimgi odam hisoblangan avstralopitek qayerdan topilgan?

A) Janubiy AfrikadanB) Avstraliyadan

C) Sharqiy AfrikadanD) Indoneziyadan

41. “Avesto”gda keltirilgan O‘rta Osiyo jamiyatining bosqichlarini ularning izohi bilan to‘g‘ri joylashtiring.

1) vis 2) nmana 3) varzana 4) zantu 5) dah’yu

a) qabila b) urug‘ jamoasi c) patriarxal oila d) hududiy qo‘shnichilik jamoasi e) qabilalar ittifoqi

A) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a, 5-eB) 1-a, 2-c, 3-a, 4-d, 5-e

C) 1-c, 2-a, 3-d, 4-e, 5-bD) 1-b, 2-c, 3-a, 4-e, 5-d

42.Maykop qo‘rg‘oni qayerda joylashgan.

A) Kavkazda B) Tog‘li OltoydaC) Misrda D) Uralda

43. Quyidagilardan milodiy II asrda yashagan qadimgi yunon tarixchisini aniqlang.

A) Ktesiy B) Arrian C) StrabonD) Kvint Kursiy Ruf

44. Quyidagilardan qaysi biri so‘nggi paleolitda sodir bo‘lgan?

A) odamlar tabiiy olovdan foydalana boshladi

B) mikrolitlar yasay boshlandi

C)odamlarning urug‘ jamoalarga ajralib chiqishi

D) to‘quvchilikning kashf etilishi

45. Quyidagi qaysi davrda O‘rta Osiyoda o‘zlashtiruvchi xo‘jalikdan ishlab chiqaruvchi xo‘jalikka o‘tilgan?

A) paleolit davrida B) mezolit davrida

C) neolit davrida D) eneolit davrida

46. Qaysi davrdan boshlab odamlar kulolchilik xumdonlaridan foydalanishga kirishganlar?

A) mezolit davridan B) neolit davridan

C) eneolit davridan D) bronza davridan

47. Quyidagilardan qoyatosh rasmlar yodgorliklarining eng qadimgilari ketma-ketligi to‘g‘ri berilgan javobni toping.

A) Altamir, Lasko, Kapovaya

B) Kapovaya, Zarautsoy, Teshiktosh

C) Lasko, Yava, Olduvoy

D) Olduvoy, Kapovaya, Lasko

48.Odamni o‘rab turgan muhitda jonlar va ruhlarning mavjudligiga e’tiqod fanda ...

A) fetishizm deb ataladi.B) animizm nomini olgan.

C) totemizm deb ataladi.D) sehrgarlik deb ataladi.

49. Quyidagi qaysi yodgorlik Buxoro viloyatida joylashgan?

A) Sarazm B) Namozgoh C) Zamonbobo

D) Oltintepa

50. Bronza davriga oid quyidagi qaysi yodgorlikdan yirik-yirik xumlarda saqlangan bug‘doy va arpa doni topilgan?

A) Sarazmdan B) Zamonbobodan

C) Namozgohdan D) Sopollitepadan

51. Jarqo‘ton manzilgohi rejasida ...

A)shaharning ilk alomatlari ko‘zga tashlanadi

B) uch qismli rejaviy tuzilish kuzatiladi

C) yirikdavlatning poytaxti ekanligi alomatlari seziladi

D) ibodatxona qasrdan tashqarida qurilganligi ko‘zga tashlanadi

52. Kavkazdagi Maykop qo‘rg‘oni yodgorligi qanday topilmalari bilan mashhur bo‘lgan?

A) misdan yasalgan zeb-ziynat buyumlari bilan

B)temirdan yasalgan zeb-ziynat buyumlari bilan

C) g‘ordagi devoriy suratlari bilan

D) tilladan yasalgan zeb-ziynat buyumlari bilan

53. O‘rta Osiyo hududidan topilgan Ilonlar tasviri tushirilgan tosh tumor nechanchi mingyillikka oid?

A) Mil.avv. 2 ming yillikB) Mil.avv. 1 ming yillik

C) Mil.avv. 3 ming yillikD) Mil.avv. 4 ming yillik

54. Temirdan birinchi marta kimlar foydalangan?

A) xunnlar B) xettlar C) ossuriyaliklarD) misrliklar

55. Zeb-ziynatlar yasalgan ustaxona qoldiqlari O‘zbekistonning qaysi manzilgohidan topilgan?

A) Sarazm B) Zamonbobo

C) Namozgoh D) Sopollitepa

56. Odam evolutsiyasi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.

A) zinjantrop – avstralopitek – pitekantrop – sinantrop – neandertal – kramanyon

B) avstralopitek – zinjantrop – pitekantrop – sinantrop – neandertal – kramanyon

C) avstralopitek – zinjantrop – pitekantrop –neandertal – sinantrop – kramanyon

D) zinjantrop – pitekantrop – avstralopitek – sinantrop – neandertal – kramanyon


2-BOB


1. Qadimgi Misr dehqonlarining ekin ekish va hosilni yig‘ishtirib olish muddati xususidagi to‘g‘ri fikrni aniqlang.

A) aprel-iyun oylarida dam olishgan, avgust-sentabrda urug‘ sepib, noyabrda hosilni yig‘ib olgan

B) iyul-sentabr oylarida dam olishar, kuzda dalalarga urug‘ sochishar va qishda hosilni yig‘ishar edi

C) yozda kanallar qazishar edi, chunki bu davrda yomg‘ir yog‘magan, kuzda hosilni yig‘ib olar edi

D) kuzda dalalarga dam berib, qishda ekin ekishar va iyun-iyul oyida hosilni yig‘ib olishar edi

2. Qadimgi Misrda oddiy misrliklar va zodagonlarning uylari nimalardan qurilgan?

A) oddiy misrliklar uyi loy suvalgan papirus poyalaridan, zodagonlar uylari esa somon qo‘shib qorilgan loydan yasalgan, oftobda quritilgan xom g‘ishtdan qurilgan

B) oddiy misrliklar uyi xom g‘isht, somon bilan aralashtirilgan guvaladan, zodagonlarning uyi esa yog‘ochdan qurilgan

C) oddiy misrliklar uyi loy suvalgan papirus poyalaridan, tog‘dan keltirilgan xarsang toshlardan, zadogonlar uylari esa pishgan g‘ishtdan va tuproqdan qurilgan

D) oddiy misrliklar uyi somon bilan aralashtirilgan guvaladan, zodagonlarning uyi esa yog‘ochdan qurilgan

3. Qadimda Misr 4 davlat bilan chegaradosh bo‘lgan. Bular qaysi davlatlar edi? 1) Nubiya; 2) Lidiya; 3) Mesopotamiya; 4) Suriya; 5) Yunoniston; 6) Liviya; 7) Midiya; 8) Falastin; 9) Turkiya.

A) 1, 3, 7, 9 B) 1, 4, 6, 8 C) 2, 3, 4, 6D) 1, 2, 6, 7

4. Qadimgi misrliklar yozuvlarining "muqaddas" yoki "xudolar kalomi" deb nomlashlariga sabab nima edi?

A) yozuvdan turmush tarzi va urf-odatlarni yozib borishda foydalanganlik uchun

B) bu yozuvlar bilan fir’avnlarning buyuk g‘alabalari haqidagi afsonalar yozib borilgan

C) yozuvdan faqat kohinlar foydalanishi mumkin bo‘lganligidan

D) yozuvdan qarg‘ishlar va marosimlarni yozib borishda foydalanilgan

5. Qadimgi misrliklar yig‘ib olingan donni nima maqsadda sopol xumlarda saqlaganlar?

A) sifati buzilmasligi uchun

B) donning qayta o‘sib ketmasligi uchun

C) kemiruvchilardan omon saqlash uchun

D) isrofgarchilikning oldini olish uchun

6. Qadimgi misrlik savdogarlar qaysi davlatga oltin, smola, fil suyagi, nodir navli yog‘ochlarni ayriboshlash maqsadida borishardi?

A) Liviya B) Falastin C) Suriya D) Nubiya

7. Qaysi podsholik davrida Janubiy Falastin va Nubiya shimoli Misrga qo‘shib olindi?

A) Yangi podsholik B) Ilk podsholik

C) Qadimgi podsholik D) O‘rta podsholik

8. Qadimgi Misrda Yangi podsholik nima uchun zavolga yuz tutib, parchalanib ketdi?

1) qo‘shni qabilalarning Mistga tez-tez bostirib kirishi; 2) bo‘ysundirilgan xalqlarning doimo Misr hukmdorlariga qarshi kurash olib borishi; 3) fir’avnlarning uzoq muddat mahalliy qabilalar bilan urush olib borishi; 4) giksoslarning hujumi

A) 2, 3 B) 1, 4 C) 1, 2, 4 D) 1, 2, 3, 4

9. Qadimgi Misr sivilizatsiyasi asosi bo‘lgan Nil vodiysi – ...

A) Har ikkala qirg‘oq bo‘ylab 2 km dan 6 km gacha kenglikdagi va 22 ming km uzunlikdagi yerlardir

B) Har ikkala qirg‘oq bo‘ylab 3 km dan 22 km gacha kenglikdagi va 6 ming km uzunlikdagi yerlardir

C) Har to‘rt tarafdan tog‘lar bilan o‘rab olingan vodiydan iborat bo‘lgan

D) Har uch tarafdan tog‘lar bilan o‘rab olingan, uzunligi 22 km gacha bo‘lgan vodiydan iborat bo‘lgan

10. Nil vodiysining uzunligi qancha bo‘lgan?

A) 3 ming km B) 22 ming km C) 9 ming km D) 6 ming km.

11. Mill. avv. 2 ming yillikdan boshlab Misr fir’avnlarining bosh ilohi va homiysi hisoblangan xudoni aniqlang.

A) Osiris B) Ptax C) Xapi D) Amon-Ra

12. Fiva shahri homiysi bu.....?

A) Amon B) Ra C) AnubisD) Xatxor

13. Qadimgi misrliklar xudolarni … .

A) hayvon siymosiga o‘tib, odamlar orasida yashaydi deb hisoblashgan

B) mushuk, qo‘y, sigir, ho‘kiz timsolida Nil vodiysidan uzoqdagi tog‘larda yashaydi deb hisoblashgan

C) deyarli barcha hayvonlar timsolida ibodatxonalarda yuradi deb hisoblashgan

D) barchasi poytaxt Menfisda yashaydi deb hisoblashgan

14. Qadimgi misrliklarning nazarida xudolar va odamlar o’rtasidagi vositachi?

A) Hayvonlar

B) Kohinlar

C)Fravinlar

D)sfinkislar

15. Qadimgi Misrda Apis ...

A) go‘zallik xudosi B) muhabbat xudosi

C) hosildorlik xudosi D) haqiqat va adolat xudosi

16. Qadimgi Misrda qaysi podsholiklar davrida piramidalar qurilgan?

A) Ilk, Qadimgi va O‘rta podsholik

B) Ilk va Qadimgi podsholik

C) Qadimgi va O‘rta podsholik

D) faqat O‘rta podsholik

17. Qachondan boshlab Amon-Ra Misr fir’avnlarining bosh ilohi va homiysiga aylandi?

A) Mil.avv. 3 mingyillikB) Mil.avv. 2 mingyillik

C) Mil.avv. 1 mingyillikD) Mil.avv. 4 mingyillik

18. Fir’avnlarni mo’miyalash bilan kimlar shug’illanganlar

A) kohinlar

B) fravinlar

C) xudolar

D) boylar

19. Qadimgi Misr hunarmandlarining … kasb-korlari bo‘lgan.

A) 20 ga yaqin B) 30 dan ortiqC) 100 ga yaqin

D) 50 dan ziyod

20. Qaysi Misr fir’avni davrida Falastin va Suriyava Finikiyani istilo qilish boshlandi?

A) YaxmosB) Tutmos IIIC) Tutmos IID) Menes

21. Sarkofag – bu …

A) tosh tobutB) harbiy qo‘shin

C) qabriston, maqbaraD) papirusdan qilingan uy

22. Mil. avv. XVIII asr oxirlarida Misrda qanday voqea sodir bo‘ldi?

A) O‘rta podsholik davri boshlandi

B) Geksos qabilalari bostirib kirishdi

C) Sinay yarim oroli bosib olinib, Misrga xiroj to‘ladi

D) Tutmos II Falastin va Suriyaga yurish qildi

23. Geksoslarning bosqinchiligidagi muvaffaqiyat nima bilan bog‘liq?

A) kuchli piyoda qo‘shinning mavjudligi

B) qo‘shinning yagona sardor tomonidan boshqarilishi

C) ot qo‘shilgan aravalarning mavjudligi

D) geksoslar qo‘shinining ko‘pligi

24. Mil. avv. VII asrda Misr …

A) Forslar tomonidan bosib olindi

B) Tutmos III Falastinni bosib oldi

C) yagona davladga birlashdi

D) yana mayda davlatchalarga parchakanib ketdi

25. Giksoslarga itoat etmagan shahar?

A) Suriya

B) Falastin

C) Fiva


D) Nubiya

26. Misr xudolarining qaysi biri odam qiyofasida tasvirlangan?

A) Amon-Ra B) Tot C) ApisD) Anubis

27. Qaysi podsholik davrida Fiva poytaxtga aylandi?

A) O‘rta podsholik B) Yangi podsholik

C) So‘nggi podsholik D) Qadimgi podsholik

28. Yaxmos zamonidan qaysi podsholik boshlanadi?

A) O‘rta podsholik B) Yangi podsholik

C) So‘nggi podsholik D) Qadimgi podsholik

29. Rivoyatlarga ko‘ra, Osiris misr xalqini nimaga o‘rgatgan?

A) olov olishgaB) temirchilikka

C) dehqonchilikkaD) mo‘miyoshlashga

31. Quyidagilardan qaysi biri Qadimgi Misr xudolariga kirmaydi?

A) EosB) XapiC) OsirisD) Ptax

32. Qadimgi Misrda Tot xudosi ...

A) marhumlar va mumiyolar xudosi, mayyitlar posboni bo‘lgan

B) musiqa, go‘zallik va sevgi ilohasi bo‘lgan

C) Oy, donishmandlik va tabiblik ilohasi bo‘lgan

D) Nil xudosi bo‘lgan

33. Quyidagi qaysi voqea yunon-fors urushlari boshlanib ketishiga sabab bo‘ldi?

A) yunonlarning Kichik Osiyodagi koloniyalaridagi aholiga nisbatan olib borgan jabr-zulmi

B) Doro I ning O‘rtayer dengiziga qo‘shin tushirishi

C) Miltiatning fors kemalarini cho‘ktirib yuborishi

D) Doro I ning Kichik Osiyodagi yunon koloniyalari va Frakiyani bosib olishi

34. Qadimgi Xitoy tarixida mil. avv. VII-V asrlar qanday nom oldi?

A) Ko‘p podsholiklar B) Zafaryor

C) qo‘zg‘olonlar davri D) Yakka podsholik

35. Quyida keltirilgan xudolardan faqat Mesopotamiyaga tegishlilarini aniqlang.

1) Shamash; 2) Xatxor; 3) Sina; 4) Nika; 5) Ea; 6) Shiva; 7) Aid; 8) Ishtar; 9) Xapi

A) 1, 3, 4, 7,8 B) 1, 3, 5, 8 C) 1, 2, 3, 4, 5, 6D) 1, 4, 5, 8, 9

36. Qadimgi Bobilda maktablar qayerlarda tashkil etilardi?

A) Boy-badavlat xonadon sohiblarinikida

B) zodagonlar va harbiy xizmatchilar xonadonida

C) daryo bo‘ylari va yo‘llar kesishgan joylarda

D) saroylar va ibodatxonalarda

37. Qadimgi Fors viloyati Eronning qaysi qismida joylashgan?

A) janubida, Fors ko‘rfaziga tutashib ketgan yerlarda

B) g‘arbida, Fors ko‘rfazidan sharqda

C) janubida, Qizil dengizga tutashib ketgan yerlarda

D) shimolida, O‘rmuz qo‘ltig‘iga tutashib ketgan yerlarda

38. Qadimda ma’lum bo‘lgan “shoh yo‘li” qaysi hududlarni o‘z ichiga olgan?

A) Persepoldan O‘rtayer dengizigacha

B) Pomir tog‘laridan Qara dengizgacha

C) Xitoydan Fors qo‘ltig‘igacha

D) Fors qo‘ltig‘idan Persepolgacha

39. Mesopotamiyaning shimoliy qismi nima deb nomlandan?

A) Akkad B) Lagash C) Bobil D) Shumer

39. Mesopotamiyaliklarning qaysi xudosi oliy hakam hisoblangan, yomon ishlari uchun odamlarni sud qilgan?

A) IshtarB) Ea C) Sina D) Shamash

40. Bobil podsholigi Mesopotamiya janubidagi eng yirik qudratli davlatga qachon aylandi?

A) mil. avv. IV mingyillikdaB) mil. avv. II mingyillikda

C) mil. avv. III mingyillikdaD) mil. avv. I mingyillikda

41. Jahon tarixida quyidagi qaysi podsho birinchi bo‘lib muntazam qo‘shin tuzgan?

A) Tutmos IIIB) Sargon IC) XammurapiD) Navuxodonosor II

42. Yangi Bobil podsholigi qachon vujudga kelgan?

A) mil. avv. IX asrB) mil. avv. VII asr

C) mil. avv. XII asrD) mil. avv. III asr

43. Mesopotamiya qaysi hukmdori turar joy binolari va mudofaa devorlari qurilishida pishgan g‘isht ishlatish to‘g‘risida farmon bergan?

A) Tutmos IIIB) Sargon IC) XammurapiD) Navuxodonosor II

44. Quyidagi qaysi voqea mil. avv. XVIII asrda sodir bo‘lmagan?

A) Xett davlatiga asos solindi

B) ko‘chmanchi giksoslar Misrga hujun qildi

C) Ossuriya davlati o‘z ravnaqining cho‘qqisiga erishdi

D) Bobil podshosi Xammurapi butun Mesopatamiyani yagona davlatga birlashtirdi

45. Elam davlati qachon vujudga keldi?

A) mil. avv. I mingyillikB) mil. avv. II mingyillik

C) mil. avv. III mingyillikD) mil. avv. IV mingyillik

46. Mil. avv. IX asrda vujudga kelgan Midiya podsholigi qayerlarda joylashgan?

A) Urmiya va Van ko‘li atrofida

B) Kaspiy dengizidan janubi g‘arbda

C) O‘rtayer dengizining sharqiy sohilida

D) Dajla daryosining yuqori oqimida

47. Mil.avv.VII asrda …

A) Midiya podsholigi tashkil topdi

B) Forslar yagona davlatga birlashdilar

C) Midiya qudratli davlatga aylandi

D) Elam davlati vujudga keldi

48. Quyidagi qaysi shaharda Doro I va Kserksning yuz ustunli zali bo‘lgan saroy qoldiqlari saqlanib qolgan?

A) Suza B) Ekbatan C) Sadr D) Persepol

49. Quyidagi qaysi voqealar Ahamoniylar podshosi Doro I davrida sodir bo‘lgan?

l) Misr zabt etildi; 2) Shoh yo‘li degan podsho savdo yo‘liqurildi; 3) Massagetlar ustiga yurish qilindi; 4) Skiflar ustiga yurish qilindi; 5) Fors davlati Makedoniyalik Aleksandr tomonidan bosib olindi; 6) Mamlakat satrapliklar deb nomlangan alohida harbiy o‘lkalarga taqsimlandi; 7) Yunon-fors urushi boshlandi; 8) Poytaxt Suza shahriga ko‘chirildi

A) 2,4,6,7 B) 1,2,3,4,5 C) 5,7,8 D) 4,6,8

50. Qadimgi hind rivoyatlarida aytilishicha, qaysi xudo har tongda oltin aravada osmon bo‘ylab yo‘lga tushardi?

A) quyosh xudosi

B) bunyodkorlik va vayrongarchilik xudosi

C) oy xudosi

D) osmon va momaqaldiroq xudosi

51. Qadimgi hindlar ayrim xudolarni yovvoyi hayvonlar timsolida tasavvur etishgan. Shunday xudolardan birini aniqlang.

A) Ganesha B) Sheva C) Indra D) Braxma

52. Quyidagi qaysi javobda izohi bir xil bo‘lgan qadimgi Mesopotamiya va Misr xudolari ko‘rsatilgan?

A) Ishtar va Osiris B) Ea va Tot

C) Shamash va Amon-Ra D) Sina va Xatxor

53. Hindlarning e’tiqodicha kohinlar xudo Brahmaning … yaralgan.

A) qovurg’adanB) og’zidan

C) oyoqlari tovonidanD) qo‘llaridan

54. Buddaviylik dini asoschisi Sidhardxa Gautama hayotini tamomila o‘zgartirib yuborgan voqeani aniqlang?

A) munkillagan cholga o‘xshab qolgan, bedavo dardga yo‘liqqan navqiron kishuni ko‘rib qolishi, dafn marosimini ko‘rib qolishi

B) urush paytida odamlarning bir-birlari hech ikkilanmasdan o‘ldirishi

C) saroydagi zolim amaldorlar bilan to‘qnash kelishi

D) turli kastalar o‘rtasidagi tafovutlarning qat’iy chegaralanganligidan ular o‘rtasidagi kuchli kelishmovchilik

55.Xitoyliklar dastlab yozuvni nimaga yozishgan?

A) ipak matogaB) bambukka C) teriga

D) loy taxtachaga

56.Mil.avv. I asrda Xitoyda … ixtiro qilindi.

A)kompas B)ipak C)qog‘ozD)seysmograf

57. Sin Shixuandi maqbarasi qurilishida qancha odam ishtirok etgan?

A) 720 mingB) 36 mingC) 37 mingD) 480 ming

58. Xitoyga sholi urug‘i qayerdan keltirilgan?

A) TailandB) Hindiston C) O‘rta OsiyoD) Yaponiya

59. Qadimgi Xitoydagi podsholiklar tartib bilan keltirilgan qatorni toping?

A) Shan, Chjou, Ko‘podsholiklar, Sin,Xan

B) Shan,Sin, Ko‘p podsholiklar, Chjou, Xan

C) Chjou, Shan, Sin, Ko‘p podsholiklar, Xan

D) Sin, Shan, Chjou, Xan, Ko‘p podsholiklar

60. Qadimshunoslar O‘zbekistonning qaysi hududlaridan qadimgi shaharlarni topib o‘rganishgan?

A) Buxoro, Xorazm, Navoiy, Farg‘ona, Toshkent

B) Andijon, Namangan, Surxondaryo, Qashqadaryo

C) Sirdaryo, Toshkent, Xorazm, Namangan

D) Xorazm, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo

61. Xammurapi qonunlarini odamlar nima sababdan so‘zsiz, og‘ishmasdan bajarishlari talab etilar edi?

A) chunki u nomigagina podsho qarori bo‘lmasdan, xudoning xohish-irodasi sifatida talqin etilgan

B) chunki u faqat hukmdorning shaxsiy ko‘rsatmasi emas, balki xalqning talablari asosida tuzib chiqilgan edi

C) qonunlar mukammal tuzilgan bo‘lib, hech qanday fikr mulohazaga o‘rin qoldirmagan

D) chunki bu qonun o‘zidan ilgari yaratilgan barcha qonunlarning faqat ijobiy tomonlarini o‘zida aks ettirgan edi

62. Qashqadaryo vodiysidagi qadimgi shaharlarni aniqlang.

A) Ko‘zaliqir va SangirtepaB) Yerqo‘rg‘on va Uzunqir

C) Yerqo‘rg‘on va SopollitepaD) Uzunqir va Qiziltepa

63. Qadimgi Xitoyning dastlabgi dehqonchilik ekinlarini aniqlang?

A) shoji va bug‘doy B) paxta va kunjut

C) javdar va bug‘doy D) sholi va paxta

64. Pataliputra shahri qaysi davlatning poytaxti bo‘lgan?

A)MauriyaB)MagatxaC)MallaD)Koshala

65. Saklarning ko‘pchilik qismini qaysi guruhdagi saklar tashkil qilgan?

A) saka-tiay-aradarayya

B) saka-tigraxauda

C ) saka-xoumovarka D) barchasi bir xil bo‘lgan

66. Bundan 2,5 ming yil muqaddam Xitoyda … .

A) Yozish ychun ipakdan foydalanishga o‘tildi

B) Qog‘oz ixtiro qilindi

C) Chjou podsholigi tashkil topdi

D) Seysmograf ixtiro qilindi

67.Ahamoniylar davlati tashkil topganidan qancha vaqt o‘tib , makedon qo‘shinlari Hindistonga hujum qildi?

A) 231 yilB) 270 yil C) 280 yilD) 240 yil

68. Mil. avv. III asrda jamlangan “Avesto“ necha kitobdan iborat?

A) 17 B) 19 C) 21 D) 23

69. Sargon I nima maqsadda barcha shaharlar uchun yagona bo‘lgan uzunlik, maydon va og‘irlik o‘lchovini joriy qilgan?

A) soliqlar yig‘ilishini tartibka solish

B) savdo-sotiqni rivojlantirish

C) mamlakatni viloyat va tumanlarga teng taqsimlash

D) tnga zarb qilishda suiistemolchilikning oldini olish

70. Qadimgi Sharqning quyidagi davlatlari va ularning poytaxti bilan to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.

1) Ossuriya; 2) Elam; 3) Xett; 4) Urartu; 5) Mauriya

a) Suza; b) Nineviya; c) Tushpa; d) Xattusa; e) Pataliputra

A) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c, 5-e B) 1-e, 2-a, 3-d, 4-b, 5-c

C) 1-c, 2-a, 3-b, 4-e, 5-dD) 1-b, 2-a, 3-d, 4-e, 5-c

71. Buddaviylik dinida dastlab xudo bo‘lmagan, bunga sabab ...

A) Sidhartha Gautama o‘zini xudo darajasiga ko‘targan

B) buddistlar haykal-xudolarga ishonmay qo‘yishgan edi

C) xudolar inson azob-uqubatlarini yengillashtira olmaydi deb hisoblashgan

D) xudolar insonni azob-uqubatlarga giriftor qiladi deb hisoblashgan

72. Qadimgi Xitoyda qaysi podsholik hukmdorlari o‘zlarini “Osmon o‘g‘illari” deb atashgan?

A)ShanB)Sin C)Chjou D)Xon

73. Lyu Ban boshchiligidagi qo‘zg‘olon nechanchi yilda ko‘tarilgan edi?

A) mil.avv. 220-yil B) mil.avv. 202-yil

C) mil.avv. 218-yil D) mil.avv. 206-yil

74. Zardushtiylar umrining tub ma’nosi …bo‘lgan.

A) olov, tuproq,suvni muqaddas bilish

B) yaxshilik va yomonlik o‘rtasida kurash

C) ezgu amal, ezgu so‘z,ezgu fikr

D) ro‘za, sadaqa va ibodat

75. Afrosiyob shahar xarobalari hozirgi Samarqandning qaysi chekkasida joylashgan?

A) g‘arbiyB) shimoliyC) sharqiyD) janubiy

76. Saklarninig uch guruhga bo‘lingaligi qaysi manbada e’tirof etilgan?

A) Behistun qoyalaridaB) yunon-rim manbalarida

C) ”Avesto”da D) Xitoy manbalarida

77. Mil.avv. IX-VIII asrlarda ...

A) sak va massagetlar o‘zaro harbiy ittifoqqa kirishdilar

B) Chjou davlatida markaziy hokimiyat zaiflasha boshladi

C) “Avesto” kitobining ilk qismlari paydo bo‘ldi

D) Midiya qudratli davlatga aylandi

78. Mil.avv. VIII-VII asrlarda Xitoyda …

A) Chjou davlatida markaziy hokimiyat zaiflasha boshladi

B) “Ko‘p podsholiklar” davri bo‘ldi

C) “Kurashayotgan podsholiklar” davri bo‘ldi

D) Chjou podsholigi o‘zining qudratli cho‘qqisiga yetdi

79. Xitoyda vujudga kelgan Shan dalatining nomi nimadan kelib chiqqan edi?

A) hukmon sulola nomidan

B) davlatning bosh shahri nomidan

C) ushbu hududda yashagan qabila nomidan

D) daryo nomidan

80. Gilgamish qaysi shahar podshosi bo‘lgan?

A) UrukB) UmmaC) LagashD) Ur

81. Qachon Bobil va Midiya Ossuriyani bosib oldi?

A) mil. avv. 627- yilB) mil. avv. 612- yil

C) mil. avv. 617- yilD) mil. avv. 605- yil




Download 80.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling