German qabilalari va Rim Imperiyasi


Download 37 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi37 Kb.
#1599120
  1   2   3   4
Bog'liq
German qabilalari va Rim Imperiyasi


German qabilalari va Rim Imperiyasi

1. German qabilalari.
German qabilalari va ularning buyuk ko'chishlari Yevropa tarixida milodning dastlabki asrlaridagi muhim voqealardan biridir. Rim imperiyasining shimoliy chegaralarida joylashgan varvar* qabilalari milodiy II-IV asrlarda ham tabaqaviy jamiyat, yemirilayotgan urug'chilik jamoasi doirasida yashamoqda edi. Bu davrdagi ij'timoiy-iqtisodiy taraqqiyot varvar qabilalarining Rim yerlariga keng ko'lamda bostirib kirishi (IV-VI asrlar) ularda mulkiy tabaqalanish, ilk davlatlar paydo bo'lishiga imkoniyat yaratdi.
Qadimgi germanlar haqida Yuliy Sezarning "Galliya urushi haqidagi sharhlar" va Rim tarixchisi Tatsitning "Germaniya" degan kitoblarida anchagina ma'lumotlar berilgan.

2. Germanlarning mashg'ulotlari.
German qabilalari qadimda Reyn daryosidan Elba daryosigacha bo'lgan yerlarda o'rnashganlar. Ular urug'-qabila tarzida yashab, uy-joylari ko'pincha yog'ochdan qurilgan. Tomlari poxoldan yopilgan, uy, qo'rg'onning atrofi yog'och devor va chuqur xandaqlar bilan o'ralgan bo'lib, ehtiyoj tug'ilganda mudofaa qilish ham ko'zda tutilgan edi. "Ular qunt bilan dehqonchilik qilishsa-da, taomlarining asosiy qismi non emas, sut, pishloq va go'shtdir", deb yozadi
* Rimliklar o'z mamlakatlaridan chetda yashab, ularga notanish tilda gaplashgan aholini "varvarlar" deb ataganlar.
Yuliy Sezar o'z xotiralarida. Asrlar davomida germanlar xo'jaligining asosini chorvachilik tashkil qilib kelgan. Lekin aholi sonining oshib borishi asta-sekin dehqon-chilikka e'tibor kuchayishiga olib keldi. Natijada milodiy IV asrga kelib xo'jalikda dehqonchilikning ahamiyati chorvachilik egallagan mavqega yaqinlashdi.
Germanlarda yer xususiy mulk bo'lmagan. Qabila boshliqlari - oqsoqollari muayyan urug' va yirik oila a'zolariga har yili ma'lum miqdorda ekin maydonlarini ajratishgan. Erkaklarning asosiy mashg'ulotlari urush bo'lgan germanlarda dehqonchilik bilan ayollar, qariyalar va bolalar shug'ullanishgan. Janglardan bo'sh paytlarida erkaklar ov bilan mashg'ul bo'lganlar.
Qon-qarindosh urug' jamoalari o'rmonlar hududida hamkorlikda daraxt kesib, kundakov qilib, shox-shabbalarni yondirib, yangi yerlarni ochardilar. Dehqonchilik qilgan yerlari o'g'itlanmaganidan tez oriqlab, yaxshi hosil bermay qo'ygan. Yerga omoch bilan ishlov berilgan va zarur paytda mola bosilgan. Omochdan temir plugga o'tilishi keskin o'zgarishlarga, mehnat unumdorligi hamda don va boshqa ekinlar hosildorligi oshishiga olib kelgan.
Dehqonchilikda vaqt o'tishi bilan almashlab ekish ham joriy qilina boshlandi. Milodiy IV asrga kelib ikki dalali almashlab ekish: bahorgi va kuzgi bug'doy o'rniga dukkakli ekinlar ekish, haydalgan yerni ikki dalaga ajratgan holda biriga don sepib, ikkinchisini esa shudgor qilib, dam berish va ularni har yili almashtirib turish yo'lga qo'yildi. Bu ishlab chiqarish unumdorligini oshirdi. Germanlarda boshoqli ekinlardan tashqari ba'zi poliz mahsulotlari va sabzavotlar, jumladan, karam yetish-tirilgan.
Tatsitning qaydidan ma'lumki, germanlar temir va boshqa metallarni eritib olishni bilishgan. Milodiy II- IV asrlarda to'qimachilik, kemasozlik, zargarlik, ko'nchilik kabi hunarmandchilik sohalari ham ko'zga ko'rinarli o'rin egallagan. Ichki savdoda ko'pincha temir buyumlar muhim o'rin egallagan, rimliklar bilan savdoda qullar, chorva mollari, teri, mo'yna, qahrabo yetkazib berib, ulardan turli nafis gazlamalar, sopol idishlar, zeb-ziynat buyumlari, vino olishgan. Savdo ko'pincha mol ayirboshlash shaklida bo'lib, faqat chegara tumanlarida rimliklarning oltin solidlari (puli) ishlatilgan.


Download 37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling