6-tajriba ishi ikki oraliqli tutash balkaning oraliq tayanchidagi reakstiyani tajriba yo’li bilan aniqlash. Ko’chishlarning o’zaro munosabatda bo’lishi haqidagi teoremani tajriba yo’li bilan tekshirish


Download 1.22 Mb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1514792
  1   2
Bog'liq
6-Tajiriyba ishi MT MQ


6-TAJRIBA ISHI
Ikki oraliqli tutash balkaning oraliq tayanchidagi reakstiyani tajriba yo’li bilan aniqlash. Ko’chishlarning o’zaro munosabatda bo’lishi haqidagi teoremani tajriba yo’li bilan tekshirish
Balka to’g'ri ko’ndalang egilganida uning salqiligi va tayanch kesimlarning aylanish burchaklarini tajriba yuli bilan aniqlab, nazariy usulda aniqlangan qiymatlar bilan taqqoslash.
2. Nazariy ma'lumotlar
P tashqi kuch ta'sirida balkaning to’g'ri ko’ndalang egilishida balkaning salqiligini va aylanish burchaklarini Vereshagin usulida aniqlanadi. Deformatsiya hisoblash kerak bo’lgan kesimning salqilik va aylanish burchaklarini hisoblash uchun tashqi kuch eguvchi moment epurasi va birlik kuch, birlik momentdan hosil bo’ladigan eguvchi moment epuralari quriladi (10-shakl).



10–shakl. Ichki zo'riqish epuralari
Berilgan sistemada
Muvozanat tenglamalarini tuzib tayanch reaksiyalarini aniqlaymiz.

Eguvchi moment epurasini quramiz (5.1 -shakl, a).

Ko’chishni hisoblash talab etilgan kesimga p = 1 birlik kuch qo’yib, eguvchi moment epurasini quramiz (10 –shakl; v, g).

A va B tayanchlarga m=1 birlik moment qo’yib eguvchi moment epuralarini quramiz (10-shakl; d, ye,j, z).

Birlik kuch va birlik moment epuralarini tashqi kuch eguvchi momenti epurasi bilan ko’paytirib C kesimning salqiligi va tayanch kesimlarning aylanish burchaklarini hisoblymiz.

(5.1)
m4 - balka ko'ndalang kesimining neytral o'qiga nisbatan inersiya momenti (a=4 sm, h=0,65 sm).
3.Tajribani bajarish tartibi
Tajriba CM- 1 qurilmasida bajariladi (10–shakl). Bu qurilma ikki uchi sharnirli qilib mahkamlangan, uzunligi l=1 m, ko’ndalang kesimi to’g'ri to’rtburchakli balkadan iborat. A tayanch qo’zg'almas, V tayanch esa qo’zg'aluvchan sharnirli. Balkaning materiali po’lat, elastiklik moduli E=2·1011 N/m2. Balkaga P kuchni qo’yish uchun tarozi toshlaridan foydalaniladi. Tosh osiladigan moslamani balkaning uzunligi bo’ylab istalgan nuqtaga qurish mumkin. Balkaning ikki uchiga AK va BD sterjenlar bikr qilib mahkamlangan. Unga P yuk qo’yilganda balka egiladi (shaklda shtrix chizis bilan ko’rsatilgan). AK va BD sterjenlar esa tayanch kesimlar bilan birgalikda A va B burchakka buriladi. K, C, D nuqtalarning ko’chishi indikator 1, 2, 3 lar yordamida o’lchanadi.





11-shakl.
To’g'ri ko’ndalang egilishida balkaning salqiligi va ko’ndalang kesimining aylanish burchagi aniqlanadigan CM-1 qurilmasi:
a - umumiy ko’rinishi;
Indikatorning korpusi maxsus shtativga o’rnatiladi. Ko’chish o’lchanadigan sirt qo’zgalganda, unga tegib turgan shtift ham qo’zg'alib, tishli uzatmalar orqali indikator milini aylantiradi. Indikator shkalasi bitta bo’linmasining qiymati 0,01 mm ga teng. Demak, shtift 1 mm ga siljiganda indikatorning mili bir marta to’la aylanadi. Shtiftning 0 dan 10 mmgacha ko’chishi chiziqli shkaladan bevosita tekshirilib boriladi.
Tajriba o’tkazish. Balkaga dastavval boshlang'ich yuk qo’yiladi va barcha indikatorlarning shkalasi vint yordamida aylantirilib, nol qiymat milning to’g'risiga keltiriladi. So’ngra balkaga proporsional ravishda 3-4 marta ortib boruvchi asosiy yuk qo’yiladi. Yukning har bir bosqichi 15-20 N ga teng bo’lib, umumiy yig'indisi 60 N dan oshib ketmasligi kerak.
Balkaning 1-indikator o’rnatilgan kesimining yukni bir bosqichiga to’g'ri kelgan o’rtacha salqiligi quyidagi formuladan aniqlanadi:

Yukning har bir bosqichiga mos kelgan 1, 2, 3 indikatorlarning ko’rsatishlari 5-jadvalga yozib boriladi.
Balkaning A va B tayanchlaridagi ko’ndalang kesimining aylanish A va B burchaklari quyidagicha aniqlanadi:
(5.2)
deformatsiya kichik bo’lganligi uchun
(5.3)
deb olsa bo’ladi. U holda
(5.4)
bo’ladi.
5-jadval

Tartib nomeri

Yuklama
Р Н

Yuklama orttirmasi
Р, Н

Indikatorningko’rsatishi va qiymati

С

С

К

К

D

D

1.
2.

























O’rtacha orttirma Рур =

Сур=

Кур=

Dур=

Bu qiymatlar yukning umumiy miqdoriga mos kelgan aylanish burchaklaridir. Bizga yukning bitta bosqichiga mos kelgan aylanish burchaklarini aniqlash kerak. Demak,


bo’ladi.
Bu yerda jadvaldan olingan , miqdorlarni birliklariga e'tibor berish kerak. Maxrajdagi a qiymat AK va BD sterjenlarning uzunligi. Endi, yuqorida tajriba natijalaridan foydalanib topilgan C nuqtadagi salqilik hamda A va B kesimlarning aylanish burchaklarini nazariy usulda topish kerak. Buning uchun yuqoridagi formulalardagi P o’rniga ∆P ni qo’yish lozim.
Topilgan nazariy qiymatlar bilan tajribadan olingan miqdorlar orasidagi farqi (%) quyidagi formulalardan aniqlash mumkin:


Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling