7- laboratoriya mashg`uloti Mavzu: Eritrositlarda osmotic hodisalarni kuzatish (Gemolizning hosil bulishi). Eritrotsitlarning osmotik chidamligini aniqlash. Nazariy tushuncha


Download 176.87 Kb.
bet1/5
Sana21.10.2023
Hajmi176.87 Kb.
#1714300
  1   2   3   4   5
Bog'liq
7- Laboratoriya mashg`uloti


7- Laboratoriya mashg`uloti
Mavzu: Eritrositlarda osmotic hodisalarni kuzatish (Gemolizning hosil bulishi) .


Eritrotsitlarning osmotik chidamligini aniqlash.
Nazariy tushuncha. Eritrotsitlar o’z atrofidagi suyuqlik kontsentratsiyasining o’zgarishiga chidash xususiyatiga ega. Agar odam yoki issiqqonli hayvonning bir tomchi qoni osh tuzining izotonik (0, 9 % li yoki 0,85 % li) eritmasiga solinsa, eritrotsitlar bilan osh tuzi eritmasi orasida dinamik tenglik hosil bo’ladi, chunki eritrotsitlardan eritmaga chiqayotgan va eritmadan eritrotsitlarga kirayotgan suv miqdori bir-biriga teng bo’ladi. Bunday sharoitda eritrotsitlarning shakli va hajmi o’zgarmaydi. Osh tuzining yuqori kontsentratsiyali (gipertonik) eritmasida esa eritrotsitlar burishib, hajmi kichrayadi, chunki bunday sharoitda ular o’zidagi suvni eritmaga chiqaradi. Aksincha, konsentratsiyasi kuchsiz bo’lgan osh tuzi (gipotonik) eritmasida eritrotsitlar bo’rtadi; chunki bunda eritrotsitlar eritmadan suv shimadi. Bunday eritmaning kontsentratsiyasi pasaytirib borilsa, eritrotsitlar ichiga suv ko’p kirib, ularning hajmi kattalasha boradi. Eritmaning kontsentratsiyasi ma`lum darajaga yetgach, eritrotsitlar yorila boshlaydi. Ular asosan osh tuzining 0,45 % li eritmasida yorila boshlab, 0,35-0,30 % li eritmasida butunlay yorilib bo’ladi. Eritrotsitlar yorilib, tashqariga gemoglobin chiqishi gemoliz deyiladi. Plazmada osmotik bosimning kamayishi yoki eritroyitlarga spirt, ishqor, kislota, xloroform va efir ta`sir etishi natijasida gemoliz ro’y beradi. Butunlay gemolizlangan qon tiniq qizil rangga kiradi va u lak qon deb ataladi.
Ishning maqsadi: Qonning osmotik gemolizini hosil qilish va gemolizlangan qon bilan gemolizlanmagan qonni bir-biridan ajrata bilishni o’rganishdan iborat. Ishni olib borish uchun zarur bo‘lgan jihozlar: Yog’och shtativ, 8 ta probirka, osh tuzining: 0,90; 0,60; 0,55; 0,45; 0,40; 0,35; 0,30; 0,25 % li eritmalari. Ishni bajarish tartibi; Buning uchun probirkalarni shtativga joylab, ularning har qaysisiga yuqoridagi eritmalardan alohida-alohida 2-3 ml. dan quyib, ustiga 20 mm 3 . dan fibrinsizlantirilgan qon yoki odam qoni tomiziladi. Probirka engil chayqatilib, uy haroratida bir oz saqlanadi. So’ngra probirkadagi eritmalarning rangiga qarab, qaysi probirkada chala va qaysi probirkada to’la gemoliz sodir bo’lganligi aniqlanadi. Agar eritrotsitlar eritmada yorilmasa, eritma tagiga cho’kadi. Ular osh tuzining 0,45 % li eritmasida minimal, 0,34 % li eritmasida esa maksimal darajada yoriladi. Turli kasal-liklarda (sariq, kamqonlikda) eritrotsitlarning chidamlilik darajasi o’zgaradi pasayadi.
Topshiriq Tajriba tugagach, natijasini daftaringizga yozib oling.
1. Osmotik bosim deb nimaga aytiladi? 2. Gemolizlangan va gemolizlanmagan qon bir-biridan qanday farq qiladi?



Download 176.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling