7- mavzu: Pol tuzilmalari va ashyolari. Pol konstruksiyalari. Iliqpollar. Pol konstruksiyalari
Download 1.99 Mb.
|
7.Maruza
7- MAVZU: Pol tuzilmalari va ashyolari. Pol konstruksiyalari.Iliqpollar.1. Pol konstruksiyalariQurilishdagi "pol" atamasi ikki ma’noda ishlatiladi: - pol - bu konstruksiyaning yoki poydevor bo‘ylab joylashgan, maxsus (tovuSh, issiqlik izolyasion) qatlamlardan tashkil topgan butun inshootning nomi; - to‘g‘ridan-to‘g‘ri operatsion ta’sirlarni sezadigan zaminni yuqori qatlamlariga (masalan, parket, linolyum, plitkalar va boshqalar) pol deb ataladi. Qanday bo‘lmasin, pol binoning tuzilishi va ichki qismining muhim elementlaridan biri bo‘lib, u operatsion ta’sirlarni qabul qiladi. Xonaning maqsadiga qarab polga konstruktiv, operatsion, sanitariya-gigiena, dekorativ va boshqa talablar qo‘yiladi. Fuqarolik binolarining pollari mustahkam, yeyilmaydigan, qattiq, silliq (ammo sirpanchiq emas), issiqni kam singdiradigan, iflosliklardan oson tozalanadigan, estetik ko‘rinishga ega va arxitekturaviy interьerga mos bo‘lishi kerak. Sanoat binolarining pollari uchun mexanik ta’sirlarga (ishqalanish, zarb va boshqalar) chidamliligi bo‘yicha va ba’zi sanoat tarmoqlari uchun kimyoviy qarshilik, issiqlikka chidamlilik va boshqalar bo‘yicha yuqori talablar qo‘yiladi. Namligi yuqori sharoitda ishlaydigan xonalarda pollar suvga chidamli va suv o‘tkazmaydigan, yong‘inga xavfli xonalarda esa yonmaydigan bo‘lishi kerak. Zamonaviy tarmoqlarning rivojlanishi (masalan, radioelektronika), Shuningdek, kompyuter texnologiyalaridan keng foydalanish pollarning changsiz, uchqunsiz, elektr o‘tkazuvchanligi kabi xususiyatlariga talablarni kuchaytirdi. Pol tizimlarni qurilishi murakkab jarayondir. Qo‘llaniladigan ashyolarning xususiyatlari katta ahamiyatga ega, chunki pol qoplamasi binoning qurish narxi 10-15 foizini (kapital ta’mirlashda - taxminiy narxning 30 foizigacha) yoki pardozlash ishlarini 40 foizni tashkil etadi. So‘nggi paytlarda o‘z massasi ta’sirida oson yoyiluvchan qorishmalar asosidagi o‘zini o‘zi tekislovchi kompozisiyalar tobora keng tarqalmoqda. Issiqlik va tovuSh izolyasiyalovchi yoki suv o‘tkazmaslik funktsiyalarini birlashtirgan bunday pol qoplamalari istiqbolli hisoblanadi. Monolit yopma suvoqlarning asosiy kamchiliklari - ularni yuzalariga ishlov berishdan avval sirtlaridagi namlikni sidirib tashlash va kerakli mustahkamlikka erishgunga qadar kutib turish. bu esa ish vaqtini uzaytirishga va ushbu talablarga rioya qilmaslik brakga olib keladi. Yig‘ma pol asosini gipsokartondan tayyorlashning afzalliklariga "nam jarayonlar" ning mavjud emasligi hamda montaj ishlarini qisqa muddatda (ikki ishchi tomonidan kuniga 60 m2 gacha) bajarilishini qo‘shish mumkin. Bu ayniqsa sovuq mavsumda pardozlash ishlarini bajarishda juda qo‘l keladi. Polning asosi juda tekis chiqadi. Gips tolali listlarning akustik xossalarini yuqoriligi xonani shovqindan himoya qilish xususiyatlarini va komfortligini ta’minlaydi. 0,75 m2 yuzaga ega bo‘lgan gipsokartondan tayyorlangan polning standart elementining massasi 18 kg ni tashkil qiladi, Shu sababli u yuk ko‘taruvch boshqa inshootlarda katta zo‘riqish hosil qilmaydi, bu esa undan eski binolarni rekonstruksiya qilishda keng foydalanishga imkon yaratadi. Polning yuza qatlami deyarli barcha turdagi qurilish ashyolaridan (yog‘och, polimerlar, keramika, tabiiy tosh, beton, metallar va boshqalar) tayyorlanishi mumkin. Pol uchun ishlatiladigan ashyolar odatda qoplama elementlarining Shakliga qarab tasniflanadi: – monolit choksiz (sement-betonli, asfalьtobetonli, polimer, tuproqli, va boshqalar); – list va o‘rama ashyolar (linoleum, sintetik tukli qorlamalar, yog‘och tolali qattiq plitalar va boshqalar); – donali ashyolar (parket, taxta, keramik plitka, beton va tosh plitlar, metal plita va boshqalar). Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling