7 amaliy mashg‘ulot mashinalar yaratishda aqliy xujum usulidan foydalanish


Download 142.15 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi142.15 Kb.
#1560070
  1   2   3   4   5
Bog'liq
7-amaliy mashg\'ulot

7 - AMALIY MASHG‘ULOT

Mashinalar yaratishda aqliy xujum usulidan foydalanish


Ishning davomiyligi - 4 soat
1.Darsning maqsadi: 1.1. Zamonaviy, raqobatdosh texnologik jihozlarni yaratishda innovatsion texnologiyalardan aqliy xujum usulidan foydalanishni uslubiy asoslarini o‘rganish va qo‘llash .
2.Darsning mazmuni: 2.1. Mashinalar yaratishda aqliy xujum usulidan foydalanish va ularni tahlil qilish.
3. Dars o‘tish vositalari:Qo‘llanadigan jihozlar, materiallar, o‘lchash asboblari,ko‘rgazmali qurollar.
3.1. Kafedradagi mavjud laboratoriya modellari.
3.2. O‘lchov asboblari: lineyka, metr, sekundomer.
4.Nazariy qism
1. Mashinalarni konstruksiya qilishning usullari
Mashinalarni konstruksiya qilish loyixalashning bir qismi bo‘lib, u mashina qismlarining yangi tuzilmalarini o‘zaro bog‘liqliklarini va shakllarini izlash bilan bog‘liq.
Texnik taklif jarayonidagi mashinaning umumiy strukturasini sintezidan boshlab, detallar ishchi chizmalarini ishlab chiqarishgacha bo‘lgan masalalarni yechishda quyidagi umumiy usullar qo‘llaniladi:

  • evristika;

- konstruktiv vorislik;
- transformatsiya va inversiya;
1.1. Evristika (yunoncha-topmoq) - yo‘llovchi savollarning ma’lum sistemasi yordamida g‘oyalar yaratish usuli. Yo‘llovchi savollar yaratilayotgan mashinalarning barcha xossalarini muxokamasiga doir bo‘lishi mumkin: ishonchlilik xossalaridan to xavfsizlik ko‘rsatkichlarigacha. Bu usulni qo‘llashda loyixachi mashinani yaratishga berilgan texnik vazifa, mashinaning tuzilishi, ishlash asoslari, texnik adabiyot amaliyotda qo‘llanishi tajribasi va x.k. tanish bo‘lishi shart.
Prototipning kamchiliklarini sifat ko‘rsatkichlari nuqtai nazardan muxokama qilinib, ularni bartaraf etish yo‘llari aniqlanadi. Evristika usullaridan biri- bu "Aqliy xujum" usuli. Bu usul Osborn tomonidan 40-yillar oxirida taklif etilgan. Uning kuzatishlariga ko‘ra barcha odamlar 2-ta toifaga bo‘linar ekan: birinchi toifadagi odamlar yangi g‘oyalar, fikrlarni yaratuvchi bo‘lsalar (generatorlar) ikkinchi toifadagi odamlar bu narsalarni tanqid qilishga usta (tanqidchilar)
"Aqliy xujum" ning maqsadi ko‘p miqdordagi yangi yechimlarni kamroq vaqt ichida yaratish. Bu maqsadda bir gurux "generatorlarni" to‘plab, ularga maolum masala qo‘yiladi va ogoxlantiriladi-ki xech qanday tanqidga joy yo‘q sharoitda masalani yechishga barcha g‘oyalar (xatto eng fantastik) qabul qilinadi. Ishtirokchilar tomonidan yaratilayotgan g‘oyalar magnitafonga yoki aloxida kartochkalarga yoziladi. Amalda "Aqliy xujumning" davomiyligi yarim soatdan ortmaydi.
So‘ng yaratilgan yangi g‘oyalar mutaxassislar va tanqidchilar tomonidan xar tomonlama muxokama qilinadi va natijada qimmatli yechimlar vujudga keladi.
Shuni aytib o‘tish o‘rinliki, "Aqliy xujum" usuli yordamida yengil va o‘rtacha qiyinlikdagi konstruktorlik masalalari yechilishi mumkin.

Download 142.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling