7 amaliy mashg‘ulot mashinalar yaratishda aqliy xujum usulidan foydalanish
Download 142.15 Kb.
|
7-amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3. Transformatsiya va inversiya usullari
1.2. Konstuktiv vorislik - ushbu mashina yoki jixozni loyixalashda to‘plangan barcha tajribadan foydalanish. Chunki xar bir mashina, uning xar bir qismi konstruktorliklarning bir necha avlodlari maxsuli bo‘lib, xar bir tuzilmada avvalgidan eng maoqul va progressivlari ishlatiladi.
Konstruktiv vorislik loyixachidan texnik vazifa va prototipga tanqidiy k o‘z bilan yondashishni talab qiladi. Loyixachidan mashina qo‘llanadigan soxani, uning shart sharoitlarini, qo‘llanadigan jixozlarini chuqur bilishlikni talab qilinadi. Ushbu usuldan foydalanishda ma’lumotnoma-alpbomlar, texnik adabiyot va patent ma’lumotlardan, izlanish ilmiy-tadqiqot ishlar bilan tanishish katta axmiyatga ega. Konstruktiv vorislik u yoki bu maolum mashina sistemasini yangi mashinaga qo‘llash emas, chunki yaratilayotgan konstruksiyada yangi texnik yechimlarni (konstruktorlik materiallarni, tayyorlash texnologiyasini, komplektlovchi buyumlarni va xakozoni) qo‘llashni rejalash demakdir. Konstruktor dunyo qarash faqat o‘zining tarmog‘i bilan chegaralanmasligi kerak, turdosh va mutlaqo uzoq bo‘lib ko‘rinadigan soxalardagi yangiliklar bilan doimiy tanishib turish kerak. Mashxur injener P.I. Orlov so‘zi bilan aytganda "yangi mashinani yaratayotganda konstruktor oldinga qarashi, orqaga nazar tashlashi va atrofga alanglab qaramog‘i kerak". 1.3. Transformatsiya va inversiya usullari sistema yoki elementlari funksiyalarini tubdan o‘zgartirishni yoki qarama-qarshisiga almashtirishni ko‘zda tutadi. Bu usullar jixozlarni konstruksiya qilishda keng qo‘llaniladi. Ushbu usullarni quyidagi misollarda ko‘rish mumkin. Sanoatda valkali mashinalar keng tarqalgan bo’lib, eng sodda ko‘rinishda ular ikkita qarama-qarshi xarakat qiladigan valkalardan tashkil topgan. (7.1-rasm) 7.1-rasm. Valikli maydalagich. Bu mashinani turli texnologik jarayonlarda qo‘llamoq mumkin: valkali maydalagich sifatida parchali materiallarni maydalashda; materiallarni presslash va prokatka qilishda; va xakazo Inversiya munosabatlarida chopqirlarning (begunlarning) ikkita tuzilmasi turadi. (7.2-rasm) Birinchi tuzilmada (7.2a-rasm) chopqirlarning kosasi qo‘zg‘almas va kotoklar xarakatga keladi; ikkinchi tuzilmada (7.2b-rasm) kosa aylanma xarakatga keltiriladi. 1-xolda kotoklar murrakab xarakat qiladi: o‘z o‘qlari va vertikal val atrofida aylanma. Material kotoklar bosimi va ishqalashi natijasida maydalanadi. Ikkinchi variantda materialga ta’sir ko‘rsatayotgan markazdan qochma kuch ta’sirida u kosa markazidan chetlarga transportirovka qilinadi, kotoklarning materialga bosish kuchini yaratuvchi prujinalar ishi osonlashadi va natijada maydalash samaradorligi ortadi. Inversiya munosabatlarida reverslash mexanizmlarining mexaniq, elektr va gidravlik tuzilmasi turadi. 7.2- rasm. Begun sxemasi (a,b) Download 142.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling