7-amaliy mashg’ulot: Yozma bosh harflarni guruhlarga boʻlish Reja


Download 452.65 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi452.65 Kb.
#1524171
Bog'liq
7-amaliy Yozma bosh harflarni guruhlarga boʻlish


7-amaliy mashg’ulot: Yozma bosh harflarni guruhlarga boʻlish
Reja:
1. Yozma bosh harflar guruhi bilan tanishtirish va turlarga ajratish.
3. Yozma bosh harflarni husnixat daftariga grafik qoidalarga amal qilgan holda yozdirish.
Shundan so‘ng yozma bosh harflarni xattaxtada yozishni mashq qildirish.
4. Talabalarning mavzuga oid bilimlarini savol-javob va topshiriqlar asosida
mustahkamlash.
5. Mashg‘ulotni yakunlash.


Maqsad: Yozma bosh harflarni husnixat daftariga grafik qoidalarga amal qilgan holda
yozdirish. Shundan so‘ng yozma bosh harflarni xattaxtada yozishni mashq qildirish. Yozma bosh harflar ishtirokida so’z diktantlar olish.
Dars mеtodi: ritmik usul, nusxa ko‘chirish usuli.
Dars jihozi: Yozma bosh harflarning yozuv yo‘nalishi ko‘rsatilgan ko‘rgazma, husnixat
daftari, bo‘r.
Mashg‘ulot mazmuni:
Talabalarning uyga vazifalarini tеkshirib baholash. Grafik xatolar ustida ishlash.
Lotin alifbosidagi bosh harflarni qismlarining o‘xshashligi o‘yicha guruhlash va qismlarga
ajratish.
1-guruh: U,L,J,I
2-guruh: M,N,A
3-guruh: E,O,Q,O‘,X,
4-guruh: G,H,K,Y,G‘
5-guruh: B,D,F,P,R,T.
6-guruh: S,V,Z
Har bir guruhdagi harflarni elеmеntlarga ajratib, ko‘rsatib bеrish topshirig‘i ustida ishlash.
Yozma bosh harflarni husnixat daftariga grafik qoidalar asosida yozishni mashq qilish.
Yozma bosh harflar ishtirokida so‘z va gaplarni imlo qoidasi asosida yozishni mashq qilish.
Yozma bosh harflarning kichik yozma harflardan farqini tahlil qilish. Yozma bosh harflarni tutashtiruvchi unsuriga qarab guruhlarga ajratish. Dars yakunida darsda faol qatnashgan talabalarni baholash.
Hozirgi yozuv shriftiga tavsif. Lotin yozuviga asoslangan O‘zbek alifbosida 26 ta harf va 3ta harf birikmasi mavjud. Bu harflar turli xil katta va kichik yozma va bosma shakllarga ega.
Yozma harflar quyidagi xususiyatlarga ega: -harflar bosmasdan yozishga moMjallangan; - harflar qo’l uzmasdan tutash yoziladi. O’zbek alifbosidagi harflar yozilishiga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratiladi. Bu alifbo Y.AbdulIayevning “Hamroxim” qo’llanmasida berilgan.


Yozma kichik harflar:
2. Pastki kesishishdan tutashtiriladi: a, d, e
3. O’rta qismidan kesishishdan tutashtiriladi: b,f g, j
Yozma bosh harflar tutashtirilishiga ko‘ra 2 guruhga bo‘linadi.
1. Tutashtiruvchi unsurli bosh harflar
2. Tutashtiruvchi unsursiz bosh harflar Yozma kichik va bosh harflaming qator oralig‘ining qayeridan boshlanib yozilishiga ko‘ra 2 guruhga bo‘linadi.
1. Qator oralig‘ining ustki chizig‘idan boshlanib yoziladigan harflar.
2. Qator oralig‘ining ostki chizigMdan boshianib yoziladigan harflar. Kichik yozma harflar o‘z navbatida 2 guruhga bo‘linadi.
a ) qator oralig‘ining ustki ustki chizig‘idan boshlanadigan harflar. i, j,m , n,p,t,u,v,y,ng.
b) qator oralig‘ining ustki chizig‘ining pastidan boshlab yoziladigan harflar. а, g, о, q, r, s, x, z, g‘, o‘ sh, ch, , d, e, h, k, l
Bosh yozma harflar esa quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
Yuqoridan boshlab yoziladigan harflar: B, D, E, F, G, H, J, K, Oy, I, O, P, Q, R, S, T, U, V,Z, Y,Z,G ‘,SH ,CH
Pastdan boshlab yoziladigan harflar: A, I, M, N
Bosh harflarning tutashtirilishi Yozma bosh harflarining bo‘yi sakkiz mm bo’lib, ular o‘zidan keyingi kichik harflar bilan tutashtiriladi. Bosh harflar o‘z tarkibida tutashtiruvchi unsure bor yoki yoqligiga ко’га ikki guruhga bolinadi: tutashtiruvchi unsurli bosh harflar; tutashtiruvchi unsursiz bosh harflar.
(Tutashtiruvchi unsursiz bosh harflarga yozish vaqtida unsur qo‘shiladi). Tutashtiruvchi unsurli bosh harflar: A, E, G, H, L , J , M, Q, R ,U, X, Y, Z, ,Sh, Ch (ng harf birikmasining yozma bosh shakli o‘zbekcha so‘zlarda qollanmaydi: bu tovush bilan so‘z boshlanmaydi, ba’zi chet so‘zlarda ikki mustaqil fonemani bildiradi: Ngiliy);
Tutashtiruvchi unsursiz bosh harflar: B, D, F, N, O, P, S, T, V,O‘ Bosh harflar qayeridan tutashtirilishiga ko‘ra ikki turga bolinadi:
o‘rta qismidan tutashtiriladigan bosh harflar: A, L, Y, J, G, G‘
pastki qismidan tutashtiriladigan bosh harflar: E, B, D, F, H, K, L, M, N, O, P, Q, R, S, T, U, V, X, Z, O‘ , Sh, Ch.
T opshiriq. Quyidagi rasm asosida bosh yozma harflar ishtirokida bog‘lanishli matn tuzing.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1. Yozma bosh harflar qismlarining o‘xshashligiga ko‘ra nеchta guruhga bo‘linadi?
2. Yozuv daftarida bosh harflarning bo‘yi nеcha santimеtrdan iborat bo‘lishi kеrak?
3. Tutashtiruvchi unsuri bor harflarga qaysilar kiradi?
4. Yozma bosh harflar uchun ko‘rgazma tayyorlang.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Qosimova K., Matjonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o‘qitish metodikasi. -T.: Noshir, 2009. - 163 b.
2. G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Mamatova G., Boqiyeva H., Masharipova U., Sattorova X. Husnixat va uni o‘qitish metodikasi. -T.: TDPU,
3. Adizova N.B, Jumayev R.X., Qo‘ldoshev R.A., Ismatov S.R. Ona tili o‘qitish metodikasi. Buxoro, Durdona.: 2021. -292 b.
4. Safarova R., Inoyatova M. Alifbe kitobi (1-sinf uchun darslik). –T.: O‘zbekiston. 2021. – 80 b.
5. Safarova R., Inoyatova M., G‘ulomov M., Sayfurov D., Malikova D. Alifbe Metodik qo‘llanma [Matn] : o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma.–T.: Respublika ta’lim markazi, 2021. – 96 b
Download 452.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling