7-mavzu. Islom dinining aqidavviy yo`nalishlari va maktablari


Download 69.22 Kb.
bet1/4
Sana31.01.2024
Hajmi69.22 Kb.
#1830446
  1   2   3   4
Bog'liq
islomiy din


7-mavzu. Islom dinining aqidavviy yo`nalishlari va maktablari

1. Shialikning kelib chiqishi qanday tarixiy voqea bilan bog‘lanadi?


2. Shialikda imomat masalasi qanday o‘rin tutadi?
3. Shialik haqida qanday manbalar ma'lumot beradi?
4. Shialikning qanday firqalari mavvjud?
5. Shialik ta'limotining sunniylikdan farqlanadigan qanday asosiy
jihatlari mavvjud?
6. Ismoiliylarning siyosiy faoliyatini yoritib bering.
7. Taqiya nima?
8. Alavviylarning diniy hayotida qanday xususiyatlar bor?

Shialikning kelib chiqishi qanday tarixiy voqea bilan bog‘lanadi?
Shialik (arabchaشيعة shi’a — guruh, tarafdorlar) — islomdagi yoʻnalishdan biri. Ushbu diniy sekta vakillari Ali ibn Abu Tolib (Muhammad paygʻambarning amakivachchasi, kuyovi, sahobasi va oʻrinbosari) hamda uning avlodlarini Muhammad paygʻambarning qonuniy merosxoʻrlari va diniy jihatdan davomchilari deb hisoblashadi.
Shia soʻzining maʼnosi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Shia (shi’a) soʻzi arab tilidan tarjima qilinganda "izdosh" yoki "tarafdor" degan maʼnoni anglatadi.
Ushbu soʻz Qurʼonda ham mavjud boʻlib, Ibrohim paygʻambar „Nuh payg‘ambarning shiasi, yaʼni tarafdori va izdoshi“ deb aytilgan.
﴿وَإِنَّ مِنْ شِيعَتِهِ لَإبْرَاهِيمَ﴾
„Haqiqatan, Ibrohim ham u [Nuh]ning tarafdorlaridandir“.
(Saffot surasi, 83-oyat)
„Shia“ so‘zi istilohda musulmonlarning shunday bir guruhiga aytiladiki, ularning eʼtiqodi bo‘yicha, Muhammad rasululloh o‘zlaridan keyin o‘rinbosar va xalifani tayinlab ketganlar. Jumladan; milodiy 632-yil Zulhijja oyining 18-kuni „Gʻadiyr Xum“ degan joyda butun musulmonlarning ko‘z o‘ngida o‘zlaridan keyingi siyosiy, diniy va ilmiy rahbarni tayin etganlar va bu inson Ali dir.
Muhammad paygʻambarning vafotlaridan so‘ng musulmonlar — muhojir va ansorlarning ikkiga bo‘linishBir guruh musulmonlar Muhammad xalifalik (oʻrinbosarlik) masalasiga eʼtiborsiz bo‘lmay, o‘zlaridan so‘ng Islom ummatiga rahbar va yo‘lboshchi tayin etganlar, deb iymon va ishonch hosil qilishgan, u ham bo‘lsa payg‘ambarga eng birinchi iymon keltirgan inson — Ali ibn Abi Tolibdir.
Ushbu guruh muhojir va ansordan tashkil topgan insonlar bo‘lib, ularning boshliqlari Bani Hoshim avlodlari va boshqa buyuk sahobalardir. Chunonchi; Ammor ibn Yosir, Salmon Forsiy, Abu Zar Gʻiforiy, Miqdod ibn Asvad, Hubob ibn Arat va boshqalar ushbu guruhdan edilar. Bular rasulullohning ko‘rsatgan yo‘llarida qolib, hazrati Aliga ergashganliklari sababli "Shiy’atun Ali" („Alining shiasi“) deb nom oldilar.
Bu xususda hadis ham mavjud boʻlib, unga koʻra Muhammad hayotlik chog‘larida hazrati Ali(a)ga ergashganlarga „Shia“ nomini bergan edilar va bu xususida Ali ibn Abu Tolibga ishora qilib shunday deb marhamat qilgan edilar:
„والَّذِي نَفسِي بِيَدِه، أنَّ هَذَا وَشِيعَتَهُ لَهُمُ الْفَائِزُونَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ“
„Albatta mening jonim Uning qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, mana bu [Aliga ishora qilib] va uning shialari Qiyomat kunida najot topuvchilardir“. [Jaloluddin Suyutiy, „Ad-durrul mansur“, 6-jild, Al-Bayyinah surasining 7-oyati tafsirida].
Shunday qilib, Islomning dastlabki davrida musulmonlarning bir guruhi imomat va peshvolik maqomi ham xuddi payg‘ambarlik maqomi singari Alloh taolo tomonidan tayin etilgan, degan aqidaga ega bo‘lganlari bois, ular „Shia“ nomi bilan tanilganlar. Ushbu toifa musulmonlar hozirgi kunga Muhammad rasulullohning ko‘rsatgan yo‘llaridan borib, ul zotning Ahli-Baytlariga ergashib kelmoqdalar.
Demak, yuqorida berilgan izohlardan „Shia“ning Islom dinidagi mavqei va o‘rni, shuningdek kelib chiqish tarixi oydinlashadi.
Ikkinchi guruh musulmonlarining eʼtiqodiga ko‘ra, xalifalik mansabi saylov yo‘li bilan aniqlanadi. Bu guruh vakillari Abu Bakrni xalifa qilib saylashgan va keyinchalik „Ahl as-Sunna val-Jamoa“ (Ahli sunnat") yoki „Ahli tasannun“ nomini olishgan.
Oxir-oqibat, Islom olamidagi bu ikki toifaning fiqhiy va eʼtiqodiy masalalarda umumiy va o‘xshash tomonlari ko‘p bo‘lishiga qaramay, Muhammaddan so‘ng xalifalik masalasida ular o‘rtasida ixtilof yuzaga keldi va yuqorida aytib o‘tganimizdek, bu ikki guruhning ilk shaxslari muhojir va ansorlardan tashkil topgan sahobalar edi.

  1. Shialik eʼtiqodi: Usuliddin[tahrir | manbasini tahrirlash]

  2. Shialik yoʻnalishidagi musulmonlarning dunyoqarashi, taʼbir joiz bo‘lsa, ularning borliq va voqelikka nisbatan bo‘lgan g‘oyasi boshqa toifadagi musulmonlardan farqlanib, ular dinning quyidagi asoslariga yondashadilar:


  3. Download 69.22 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling