7-mavzu. Menejment fanining qonuniyligini izlash


Download 44.5 Kb.
Sana21.05.2020
Hajmi44.5 Kb.

7-mavzu. Menejment fanining qonuniyligini izlash

Menejmentning ilmiy maktablari. Boshqaruv fikri g‘oyatda nomuntazam holda rivojlangan. Bir necha yondashuvlar mavjud bo‘lib, ular ba’zida bir-birlariga mos kelgan, ba’zida esa bir-birlaridan ancha farqlangan. Odamlar va texnika boshqaruv obyektlari bo‘lgan, shuning uchun boshqaruvdagi muvaffaqiyatlar ko‘proq boshqa sohalardagi muvaffaqiyatlarga bog‘liq bo‘lgan. Jamiyat, texnika rivojlangani sari boshqa￾ruv bo'yicha mutaxassislar tashkilot faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar haqida bila boshlaganlar. Bundan tashqari, duilyo ilmiy-texnika taraqqiyoti bilan asoslangan tez o‘zgarishlarning maydoniga aylangan va ko‘p mamlakatlarning hukumatlari biznesga nisbatan o‘z munosabatlarini borgan sari qat’iyroq belgilay boshlagan. Bu omillar boshqaruv sohasidagi tadqiqotchilar tashkilot faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi kuchlar mavjudligini his qila boshlashlariga ta’sir ko‘rsatgan. Buning munosabati bilan yangi yondashuvlar ishlab chiqilgan. Boshqaruv fanini rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan to'rtta asosiy yondashuvlarni ajratish mumkin. Hammadan avval, boshqaruvda har bir maktablarni ajratish nuqtayi nazaridan yondashuv. U o‘z navbatida boshqaruvni har bir nuqtayi nazardan ko‘rib chiquvchi quyidagi beshta maktabni oladi: ilmiy boshqaruv, ma’muriy boshqaruv, insoniy munosabatlar, xulq haqidagi fan hamda boshqaruv fani yoki miqdoriy usul.

Ilmiy boshqaruv maktabi (1885-1920). Butun dunyoda «Mak￾tabni ilmiy tashkil qilish» nomi bilan mashhur bolgan bu mak￾tabni vujudga kelishi va rivojlanishi XX asrning boshlariga to‘g‘ri keladi. Bu maktabning boshida amerikalik muhandis-tadqiqotchi F. Teylor (1850—1915) turgan, u o'zining kundalik ishida unum￾dorlik va samaradorlikni oshirish maqsadida ishlab chiqarish va mehnatni faollashtirish muammolarini hal qilgan. Uning ta’limi menejment zamonaviy konsepsiyasining asosiy nazariy maktabi bo'lgan. Bu maktabning ko‘zga ko‘ringan vakillari: L. Gilbert, F. Gilbert, G. Emerson, A. Gastevlardir. F. Teylor o‘z nomini butun dunyoga mashhur qilgan quyidagi kitoblarni yozgan. «Kelishuv tizimi» (1895), «Sex menejmenti» (1903) va «llmiy menejment tamoyillari» (1911). F. Teylor o‘z asarlarida kapital va mehnat manfaatlarini birga qo‘shish, «kapitalistik korxonalarda hamkorlik falsafasi»ni amalga oshirishga harakat qilgan. U tomonidan ishlab chiqilgan mehnatni jadallashuvini ta’minlovchi usul turli mamlakatlar boshqaruvchilarida katta qiziqish uyg‘otgan. F. Teylor ilmiy boshqaruvni muhandislar turi bo‘yicha sanoat mehnati sohasiga aylantirishga jonbozlik qilgan. Uning tizimi mehnatni ijrochilar mehnati va farmoyish beruvchilar mehnatiga taqsimlash tamoyilini izchil o‘tkazishdan iborat bo‘lgan. Ishlab chiqarish tizimida yo‘lga qo‘yilgan mexanizm kabi ishlovchi har xil xodim o‘zining vazifalari uchun javobgar bolishi kerak. Bunda xodimlar turlarini ishlar turlariga mos kelishiga erishishga harakat qilish kerak. F. Teylor ilmiy menejmentga tashkilotni ishlab chiqarish va iqtisodiy maqsadlarga erishish uchun barcha xodimlar manfaatla￾rini ularning farovonligini o‘sishi, xo‘jayinlar va ma’muriyat bilan yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yilishi tufayli yaqinlashuvining haqiqiy vositasi sifatida qaragan. U agar ilmiy menejment tizimi to‘liq hajmda qabul qilinsa, bu narsa tomonlar o‘rtasidagi barcha bahslar va ziddiyatlarni hal qiladi deb o‘ylagan. Shunday qilib, ushbu maktablar uchun quyidagi alomatlar xosdir:

- ma’muriyat hal qilishi kerak bo‘lgan vazifalarni belgilash;

- subyektivizm va avtoritar usullarni ilmiy qoidalarga al￾mashtirish;

- boshqaruvni sanoat mehnati sohasiga aylantirish;

- mehnatni taqsimlash va ixtisoslashtirish, xodimlarni tor

vazifalarni bajarishga yo‘naltirish;

- faoliyatni qat’iyan tartibga solish;

- vazifalarni bajarish uchun eng yaxshi, eng to‘g‘ri bajaradi￾gan xodimlarni maqsadga qaratilgan holda tanlab olish, ularni

o‘qitish;

- xo'jalik vazifalarini hal qilishning eng yaxshi usullarini bel￾gilash uchun ilmiy tahlildan foydalanish;

- ishlarni rejalashtirish;

— xodimlarni rag‘batlantirish.

Boshqaruvning klassik yoki ma’muriy maktabi (1920—1950). Uni rivojlantirishga fransuz olimi A. Fayol va nemis sotsiologi M. Yeber eng katta ulush qo‘shganlar. Bu maktabning vakillari tash￾kilotlarning umumiy tariflari va qonuniyatlarini aniqlashga ha￾rakat qilganlar. Ularning maqsadi boshqaruvning ikkita jihatiga daxldor bo‘lgan universal tamoyillarni yaratishdan iborat bo‘lgan.

Birinchisi — tashkilotni boshqarishning ratsional tizimini ishlab chiqish. Bu nazariyachilar biznesning asosiy xizmatlarini belgilab olib, tashkilotni bo‘linmalarga bo‘lishning eng yaxshi usulini belgilash mumkinligiga ishonganlar. Ular moliya, ishlab chiqarish va marketingni xuddi shunday xizmatlar deb hisoblaganlar.



Ikkinchi jihat — tashkilot va xodimlar boshqaruvining tuzilishini qurish. Yakkaboshchilik tamoyili bunga misol bo‘lib xizmat qilgan, unga ko‘ra odam faqat bitta boshliqdan buyruqlar olishi va faqat bitta unga bo‘ysunishi kerak.

Boshqaruvdagi insoniy munosabatlar maktabi (1930-1950). M. Follett (Angliya), E. Meyo va A. Maslou (AQSH) uning eng yirik obroli vakillaridir. Bu maktab vakillari, agar rahbarlik o‘z xodimlari haqidagi g‘amxo‘rlikni oshirsa, unda xodimlarning qanoatlanganligi darajasi oshadi, bu esa muqarrar unumdorlikning ko‘payishiga olib keladi deb ishonganlar. Ular bevosita boshliqlarning samarali harakatlari, xodimlar bilan maslahatlashishlar va ularga ishda muloqot qilishga kengroq imkoniyatlarni berishni o‘z ichiga oluvchi insoniy munosabatlarni boshqarish usullaridan foydalanishga tavsiya berganlar. Axloqiy fanlar yoki bixevioristik maktab (1950-yildan hozirgi vaqtgacha). Eng ko‘zga ko‘ringan vakillari — F. Gersberg, R. Laykert, D. Mak Gregor. Ushbu maktab insoniy munosabatlar maktabidan ancha uzoqlashib ketgan. Ushbu yondashuvga ko‘ra xodimga tashkilotlami boshqarishga nisbatan axloqiy fanlar konsepsiyalarini qo‘llash asosida o‘zining shaxsiy imkoniyatlarini his qilishga ko‘proq darajada yordam ko‘rsatish kerak. Bu maktabning asosiy maqsadi tashkilot faoliyati samaradorligini uning insoniy resurslari samaradorligini oshirish yo‘li bilan amalga oshirishdan iborat. Boshqaruv fani maktabi yoki miqdoriy usul (1950-yildan hozirgi vaqtgacha). Eng ko‘zga ko‘ringan olimlari R. Akoff, N. Vin￾er, V. Poreto hamda V. Glushkov va L. Kantoravich. Maktab boshqaruvda aniq fanlar - matematika, operatsiyalar va vaziyatlar modellari tadqiqotlari natijalarini keng qo‘llashni ko‘zda tutadi. Ammo Ikkinchi Jahon urushiga qadar miqdoriy usullardan boshqaruvda yetarlicha foydalanilmagan. Ehtimol, kompyuterlarni rivojlanishi boshqaruvda ushbu usullarni qollashga kuchli turtki bo‘lgan bolsa kerak. Ular o‘sib boruvchi murakkablikdagi matematik modellarni qurishga imkon bergan, bu modellar haqiqatga ko‘proq darajada yaqinlashadi, demak aniqroq boiadi. Vaziyatli yondashuv (1960-yildan hozirgi vaqtgacha). Bu yondashuvni ishlab chiqilishi boshqaruv nazariyasiga katta hissa qo‘shgan, chunki fanni aniq vaziyatlar va sharoitlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri qollash imkoniyati paydo bolgan. Vaziyatli yondashuvda asosiy tomon vaziyat, ya’ni aniq holatlardan iborat boiadi, ular tashkilotlarga ushbu aniq vaqtda katta ta’sir ko‘rsatadi. Tashkilotning o‘zida hamda atrof-muhitda ko‘pgina bunday omillar mavjud bolganligi sababli, tashkilot faoliyatini boshqarishning yagona «yaxshi» usuli yo‘q boiadi. Boshqaruvning vujudga kelgan vaziyatda ko‘proq mos keluvchi usuli eng samarali boiadi. M. Follett 20-yillardayoq «Vaziyat qonuni» haqida gapirgan. Ammo bu yondashuv faqat 60-yillarning oxirida kerakli darajada ishlab chiqilgan. Vaziyatli yondashuv buyurilgan tavsiyalarning oddiygina yiglndisi emas, balki tashkiliy muammolar va ularning yechimlariga nisbatan fikrlash usulidir. Undan foydalangan holda, rahbarlar aniq vaziyatlarda qaysi usullar tashkiliy maqsadlariga erishishga ko‘proq darajada yordam berishini tushunib olishlari mumkin. Shuning uchun tashkilot maqsadlariga samaraliroq erishish uchun aniq usullar va konsepsiyalarni ma’lum vaziyatlar bilan boglash zarur.

Normamatova Bonu
Download 44.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling