7-Mavzu: O’simliklarni parvarishlash va himoyalash mashinalari. Reja


Download 34.04 Kb.
bet1/3
Sana03.12.2023
Hajmi34.04 Kb.
#1797227
  1   2   3
Bog'liq
Ma\'ruza №7


7-Mavzu: O’simliklarni parvarishlash va himoyalash mashinalari .


Reja:
1. O’simliklar qator orasiga ishlov berishning o’ziga xosxususiyatlari va agrotexnik talablar;
2.Kultivatorning tuzilishi va ish jarayoni.
3. Ishlov berish ishlarining samaradorligini oshirish tadbirlari.
Tayanch iboralar: qator orasiga ishlov berish usullari,agrotexnik talablar, texnologik jarayonlar va mashinalar turi, mashinaning ishchi qismlari, ilg’or texnologiyalar.
7.1. O’simliklar qator orasiga ishlov berishning o’ziga xos xususiyatlari va agrotexnik talablar
Qishloq xo’jaligi ekinlarini parvarishlash ishlarining asosiy vazifasi- o’simliklarni ekish yoki o’tqazishdan boshlab, to ularni yig’ib-terib olishgacha bo’lgan muddatda ularni o’sishi va rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratishdan iborat.
Bu ishlarga quyidagilar:qatorlar himoya yo’lagidagi qatqaloqni yumshatish; qatorlar orasidagi tuproqni yumshatish; begona o’t ildizlarini kesib, yo’qotish; sug’orilgandan keyin qatorlar orasini yumshatish; qatorlar orasidagi tuproqqa mineral o’g’it solish; sug’orish uchun egatlar ochish kiradi.
Bunday tadbirlarni bajarish natijasida ekinlar serhosil bo’lib o’sishi uchun qulay sharoitlar tug’diriladi, tuproqdagi namlik uzoq saqlanadi, havo miqdori ortadi, kasalliklarning oldi olinadi.
Qatorlar oralig’iga ishlov berishni o’z vaqtidan kechiktirmasdan o’tkazish muhimdir .


Maqbul muddatda kultivatsiya o’tkazishni paxta hosiliga ta’siri

Paxta hosili, ts/ga

Hosildorlikni pasayishi

Maqbul muddatda o’tkazilganda

4-6 kunga kechiktirilganda

ts/ga

%

20.5

15.1

5.4

26.4

29.5

22.3

7.2

25.2

34.1

27.6

6.5

19.1

Sug’orilganidan so’ng qatorlar orasidagi tuproq tobiga kelgandan (namligi 16-18% gacha tushganida) darrov kultivatsiya qilinishi lozim. Kultivatsiya maqbul muddatdan 4-6 kunga kechiktirilsa, paxta hosildorligi 20-25 foizga pasayib ketishi mumkin.
Qator orasiga ishlov berish ishlariga qo’yiladgan agrotexnik talablar:ishchiqismlarini ishlov berish chuqurligi bo’yicha yurish notekisligi ko’pibilan 1 sm; himoya yo’lagini kengligi bo’yicha notekisligi,ko’pi bilan 2 sm; g’o’za ko’chatlarining shikastlanishi,ko’pi bilan: bir o’tishda 1%;butun mavsum davomida 5%; begona o’tlarni yo’qotish darajasi,kamida98%; qator orasiga ishlov berishda tuproqni uvalanish sifati: o’lchami 25 mm dan kichik fraktsiyalar miqdori,kamida 55%; o’lchami 50 mm dan katta fraktsiyalar miqdori,ko’pi bilan20%; o’g’it solgichlari o’g’itlarni g’o’zaning rivojlanishiga qarab 23-24 sm dan 14-16 sm gacha chuqurlikda va g’o’za qatoridan 15-18 sm dan 28-30 sm gacha uzoqlikda tuproqqa ko’mib ketishi lozim.

Download 34.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling