7-Mavzu: O’simliklarni parvarishlash va himoyalash mashinalari. Reja


-rasm.Bog’ kultivatorini tuzilishi va ish jarayoni


Download 34.04 Kb.
bet3/3
Sana03.12.2023
Hajmi34.04 Kb.
#1797227
1   2   3
Bog'liq
Ma\'ruza №7

7.2-rasm.Bog’ kultivatorini tuzilishi va ish jarayoni:
1-rama, 2-ishlov berish chuqur-ligini sozlovchi mexanizm, 3-avtoosgich,
4-prujinasimon tirma uchun rama,
5-o’toqlovchi yon tishni sozlovchi mexanizm, 6-chap tish, 7-o’q-yoysimon tish, 8-tayanch g’ildiragi, 9-o’toqlovchi o’ng tish; 10-o’g’itlash apparati.



Ramaga bikr xolatda begona o’t ildizlarini kesadigan, tuproqni qisman yumshatadigan tig’lari deyarli yotiq bo’lgan o’q-yoysimon tishlar 7 ikki qatorlab o’rnatilgan. Ramaning ikki chetiga tuproqni deyarli yumshatmaydigan, ammo begona o’t ildizlarini yotiq tig’lari bilan to’liq kesib ketadigan o’toqlovchi tishlar 6 va 9 qo’yilgan.
Ramaga nisbatan tishlarni ko’tarib-tushirib, ishlov berish chuqurligini o’zgartiradigan mexanizm vintlari 2 mavjud. Rama orqasiga tuproqni yumshatib ketadigan prujinasimon tirma ramasi 4 joylashtirilgan.
O’toqlovchi tishlarning 9 holatini o’zgartiradigan mexanizm 5 yordamida ularning ishlov berish chuqurligi hamda kengligi sozlanadi.
Kultivatorga o’g’itlash apparati 10 nio’rnatib, meva daraxtlari orasiga mineral o’g’itlar solish mumkin.
7.3. Ishlov berish ishlarining samaradorligini oshirish tadbirlari
Ekinlarni parvarishlashda amalga oshiriladigan ishlarning samaradorligini oshirishda quyidagi tadbirlarga alohida ahamiyat berish zarur: 1)Qatorlar oralig’iga ishlov berishda har bir ekin ildizining rivojlanish xususiyatlarini e’tiborga olgan holda agrotexnik talablarga mos ravishda bajarilishi kerak.
Masalan, chigit ekilganidan so’ng, bir oy ichida g’o’za bo’yi 11-13 sm ga, o’q ildizi 30 sm chuqurlikkacha, yon tomoniga o’sgan ildizlar 6-8 sm, qatorlar o’rtasidagilar 12-14 sm chuqurlikkacha rivojlanib ulguradi. Ekinlar ildizlariga zarar keltirmaslik uchun, qatorlar orasidagi tuproq har xil chuqurlikda yumshatish kerak, ya’ni g’o’za tuplari atrofida sayozroq, qator o’rtasini esachuqurroq ishlov berish foydali bo’ladi.
2) Kultivator ishchi qismlarini agrotexnik talablarga mos o’rnatish kerak. Masalan, ekin niholiga yaqin ishlov berish chuqurligi talabga ko’ra 5-6sm o’rniga 15-18 sm chuqurlikda ishlov berilsa, begona o’tlar ikki barovar kamayadi, ammo g’o’zaning yon ildizlarining 30-35% shikastlanadi.
3) Ma’lumki, issiq iqlim ta’sirida sug’orilgan yerdagi tuproq usti namligini tez yo’qotib, zich qatlam (qatqaloq) hosil bo’lishi hisobiga kengligi 1-3 sm, chuqurligi 6-10 sm bo’lgan yoriqlar paydo qilishi mumkin. Natajada o’simliklarning yon ildizlarini uzilishi ro’y beradi. Bunday holatga yetkazmasdan, obi tobida tuproqqa ishlov berilib, uning yuzasini mayin tuproqqa aylantirish kerak bo’ladi.
4) Har safar ekinlar qator oralariga ishlov berishda kulьtivator albatda ekish agregati yurgan izdan yurishi va uning harakat sxemasini takrorlashi kerak.CHunki hamma vaqt ham chetki qatorlarning orasidagi masofa bir xil bo’lmasligi (o’zgarishi) natijasida kultivator ishchi qismlari tomonidan ekinlar nihollarininobud qilinishining oldi olinadi.
5) Sug’orish egatlari qator oralig’ining qoq o’rtasidan va barcha qatorlarda bir xil chuqurlikda olinishi kerak. Aks holda keyingi kulьtivatsiya vaqtida agregatni boshqarish qiyin bo’ladi va kultivatorni to’g’ri yurmasligi natijasida ko’chatlar ko’plabshikastlanishi mumkin.
6) Qator orasiga birinchi marta ishlov berishda iloji boricha nihollarga yaqinroq masofada ishlov berish, keyingi ishlashlarni o’simlik ildizlarining rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holdaularning ishlash kengligi va chuqurligini qisqartirib borish talab etiladi.
Ushbu tadbirlarni o’z vaqtida sifatli qilib bajarilishi ekinlar hosildorligini oshirishga, mahsulot tannarxini kamaytirishga imkon beradi.
Tavsiyaviy xulosa. Kulьtivatsiya-tuproqning yuza qatlamlarini g’ovak, mayda-donador holda saqlash, namning bug’lanishga va kam isrof bo’lishiga, sho’rlangan yerlarda kuyi qatlam-dagi tuzlarning yuqoriga ko’tarilishiga yo’l ko’ymaydi va tuproqdagi namlikni uzoq vaqt saqlanishini ta’minlaydi.
Nazort savollari:



  1. Qator orasiga ishlov berish ishlarining asosiy vazifasi nimadan iborat?

  2. Qator orasiga ishlov berishdaqanday agrotexnik talablar qo’yiladi?

  3. Qator orasiga ishlov berish ishlari qanday tashkil etiladi?

  4. Kultivatorning ishchi qismlari turlari va ularning vazifasini ayting.

  5. Ekinlarni parvarishlashda amalga oshiriladiga ishlarning samaradorligini oshirishda nimalarga alohida ahamiyat berish zarur?

Adabiyotlar: Asosiy 1,2,3 qo’shimcha 1,2,3,4
Download 34.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling