7-mavzu. Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va ma’naviy qadriyatlari. Jamiyat va tarix falsafasi. Reja


Download 313.67 Kb.
Pdf ko'rish
Sana27.10.2020
Hajmi313.67 Kb.
#137282
Bog'liq
7-mavzu lotin (Автосохраненный)


7-mavzu. Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va ma’naviy qadriyatlari. 

Jamiyat va tarix falsafasi. 

Reja: 

1.  Jamiyat va tarixning o’zgaruvchanligining falsafiy jihatlari.  



2.  Tarix  falsafasining  tuzilishi  va  funksiyalari.Demokratik  davlat  va  fuqarolik 

jamiyatida nodavlat tashkilotlarning tutgan o’rni.  

3.   Sivilizasiya  tushunchasining  tahlili  va  turli  yondashuvlar  tasnifi. 

4.  Qadriyat  tushunchasining  tavsifi  va  mohiyati.Qadrlilik  va    qadrsizlanish 

,ularning ijtimoiy xarakteri . 

 

Inson  va  insoniyat  borlig’i  o’ziga  xos  betakrordir.  Bu  borliqning  hamma 

odamlarga  xos  tomonlari  bor.  Inson  borliq  sifatida  tabiat  bilan  uzviy  bog’liq. 

Chunki  inson  kosmosning  (koinotning)  faol  qismi  sifatida  u  bilan  bog’liq  holda 

yashaydi,  mavjud  bo’ladi.  Inson  tabiat  evolyusiyasining  ajralmas  qismi  sifatida 

o’ziga  xos  ijtimoiy  evolyusiyani  tashkil  etadi.  Insonlar  esa  o’zaro  birlikda 

jamiyatni tashkil etadi. 

Ijtimoiy  falsafa  jamiyatning  mohiyati  va  uning  o’ziga  xos  xususiyatlarini 

o’rganadi. Biz falsafa tarixiga nazar solsak jamiyat sirlarini ochish uchun harakat 

qilmagan falsafiy yo’nalishni ko’rmaymiz. Platon o’zining «Davlat» nomli asarida 

jamiyat to’g’risidagi ta’limotni g’oyalar dunyosining sir-asrori bilan bog’liq holda 

o’rgandgan. Abu Nasr Forobiy «Fozil odamlar shaxri» asarida insonlar o’rtasidagi 

munosabat, birgalikda yashash, tinch-totuv bo’lish to’g’risida «hamkorlik, moddiy 

va ma’naviy totuvlik jamiyatning asosini tashkil etadi»,- deb ta’kidlaydi. 

O’rta asr g’arb falsafasida jamiyat to’g’risidagi qarashlarda teosentrik nazariya 

ustuvor bo’lgan. Yangi zamon falsafaning vakillari, Gobbs va Lokklar davlatning 

shartnoma  konsepsiyasini  va shu  asosda ijtimoiy  shartnoma  konsepsiyasini  ishlab 

chiqdilar.  Falsafa  kursida  ijtimoiy  shartnoma  bo’lishi  va  uning  huquqiy, 

dunyoqarash  ahamiyati  bayon  etila  bordi.  Gegel  jamiyat,  madaniyat  sohalarning 

ilmiy-falsafiy  asoslarini  maydonga  tashladi.  Ijtimoiy  hayot  ham  tabiat  singari 

obyektiv  qonunlarga  ega.  Bu  qonunlar  inson  irodasiga,  xohishiga  bog’liq 

bo’lmagan holda mavjud deb ko’rsatdi.  

Marks  jamiyatni  ijtimoiy  munosabatlar  yig’indisidan  iborat  deb  aytdi.  Biroq 

Gegel  ham,  Marks  ham  jamiyatdagi  qonunlarni  mavhum,  konkret  shaxs 

faoliyatidan ajralgan holda o’rgandi. Pozitivizm (Kont, Spenser) tabiat fanlaridan 

maxsus  ijtimoiy  fanlarni  ajratdi  va  jamiyat  uning  o’ziga  xos  xususiyatlari 

o’rganuvchi – sosiologiyaga asos soldi. Hayot falsafasi va fenomologiya (Gusserl, 

Shyus) kundalik hayot ijtimoiyogiyasini o’rgandi.  

Hozirgi  zamon  ijtimoiy  falsafasining  o’ziga  xos  tomoni  nimada?  Bunda  gap 

ijtimoiy jarayonlarga falsafiy yondoshish xaqida ketadi. 

Afsuski,  uzoq  vaqt  davomida-sho’rolar  hukmron  bo’lgan  davrda  jamiyat 

to’g’risidagi  ta’limotda  markscha  –  lenincha  qarashlar  hukmron  edi.  Bugungi 

kunda  ham  bu  qarash  ijtimoiy  hayotni  yangicha  tahlil  qilishga  halaqit  bermoqda. 

Zamonaviy  ijtimoiy  falsafada  jamiyat  ma’naviy  birlik,  inson  faoliyati,  inson 

mahsuldorligi hamda mantiqiylik nuqtai nazarda tahlil qilinmoqda. 


Insonning «Tabiatdan jamiyatga» konsepsiyasi falsafada jamiyatni naturalistik 

tushunish  deb  ataladi.  Bu  konsepsiyada  jamiyatning  rivojlanishida  geografik  va 

demografik omillarning o’rni qaraladi asosiy deb. Odamning paydo bo’lishi Darvin 

ta’limoti asosida tushuntiriladi. ijtimoiy borliqqa biolog – tabiatshunos ko’zi bilan 

qaraladi. 

Psixologizm  konsepsiyasi.  Bunda  ijtimoiy  hodisani  insonning  murakkab 

ruhiyati  bilan  bog’laydilar.  Ularning  fikricha,  ijtimoiy  hayot  ruhiy  –  fiziologik 

holat bilan belgilanadi. Biroq madaniyat, inson amaliy faoliyatini ruhiy – fiziologik 

nuqtai nazardan to’la – butkul izohlab bo’lmaydi. 

Hozirgi  kunda  ijtimoiy  hayotni  tekshirishda  ruhiy  tahlil  nazariyasi  o’stivorlik 

qilmoqda. Ruhiy tahlil asoschisi Freyd jamiyatni inson ruhiy dunyosidagi instinkt 

bilan izohlaydi. Uning fikricha, ikki instinkt inson hayotida eng muhim ahamiyatga 

ega. Gap hayot instinkti eros va o’lish instinkti tanatos haqida boradi.  

Insonning  jinsiy  moyilligi  negizidagi  ikki  instinkt  kurashi  ijtimoiy  borliqning 

asosida turadi. 

(1) Freyd. 

Din, axloq, ijtimoiy hissiyotlar tajovuzkorlik instinktini bo’shashtiradi. ijtimoiy 

va  axloqiy  qoidalar  insonning  ongsiz  faoliyatiga  zid  kelganligi  uchun  muayyan 

sivilizasiya taqiqlagan, ongdan ustun turgan normalarni inson ba’zan buzadi. 

Ruhiy tahlil falsafasining vakili Fromm insonning ma’naviy hayotini  ijtimoiy 

munosabatlar va inson xarakteri nuqtai nazaridan izohlaydi.  

Inson  xarakteri  ijod  qiluvchi,  yaratuvchilikka  qaratilgan  bo’lib,  inson  o’z 

borlig’ini,  insoniyligini  namoyon  qilib  yashaydi.  Inson  ana  shunday  faoliyatini 

namoyon qilishi uchun ijtimoiy sharoit bo’lishi kerak. 

(2) Fromm. 

XX asr falsafasidagi ijtimoiy psixologik oqim o’z qarashlarini ijtimoiy amaliy 

ta’sir  konsepsiyasida  (M.  Veber,  G.  Parsons)  davom  ettirdi.  Ular  harakatdagi 

shaxsning boshqa odamlarga, boshqa obyektga ta’siri haqida fikr  yuritadilar. Har 

bir individ (yakka shaxs) ijtimoiy normalarni o’zicha «dasturlantiradi» va ijtimoiy 

hayotni  o’zining  ana  shu  mustaqil  nuqtai  nazaridan  baholaydi,  masalalarni  hal 

qilish  bo’yicha  qaror  qabul  qiladi  va  shu  asosda  faoliyatda  bo’lib,  u  yoki  bu 

vazifalarni  bajaradi.  Butun  jamiat  ijtimoiy  amaliy  ta’sir  tizimi  sifatida  namoyon 

bo’ladi.  Bu  konsepsiya  ko’pincha  ijtimoiy  aloqa  tizimida  shaxsni 

mutlaqlashtirishni  qoralaydi.  Bunga  javoban

 

simvolik interaksionizm o’zaro talab 



javobini beradi (J. Mid). 

Midning  fikricha,  o’zaro  ta’sir  (interaksiya)  simvolik  ta’sir  bo’lishi  mumkin. 

Ta’sir  etuvchi  shaxs,  albatta,  boshqa  odam  ta’siriga  javob  beradi.  Faoliyatda 

bo’lgan  har  bir  obyekt  o’zi  bajarayotgan  jarayon  uchun  simvolik  bo’lib  xizmat 

qiladi.  Har  bir  odam  o’z  rolini  o’ynaydi;  shifokor,  olim,  talaba  va  hokazo  kim 

bo’lmasin, baribir hammalarining o’z roli bor.  

...  dunyo  –  teatr,  Bunda  ayollar,  erkaklarning  har  biri  artistdir,  Ularning 

sahnaga chiqishi, ketishi bor, Har biri o’z rolini boshqacha o’ynaydi. 

U.Shekspir 


«Men»  –  ijtimoiy  tajriba  belgilagan  rolni  o’ynayman.  Individ  ijtimoiy 

munosabatlar  asosida  shakllanib  boradi.  Uning  ijtimoiylashishi  ana  shu  tarzda 

namoyon bo’ladi. 

Inson  predmet  ta’sirida  emas,  balki  ijtimoiy  omillar  ta’sir  shakllanib  boradi, 

deb ta’kidlaydi Marks. XX asrdagi ijtimoiy konsepsiyalardan biri «Lingvistik tub 

o’zgarish» deb ataladi. Ularning fikricha, til insonning eng muhim belgisi, shu bois 

u  jamiyatning  qiyofasini  belgilaydi.  Yu.  Xabermas  odamlar  orasidagi  munozara 

ma’lum  qoidalarga  asoslanadiki,  shu  asosda  munosabatlar shakllanadi, birgalikda 

faoliyatda bo’lish tamoyillari ishlab chiqiladi, deb yozadi. Jamiyat kommunikativ – 

diskurtiv (birgalikda dunyoni tushunish) bir butunlik asosida tashkil topadi. Bunda 

oshkoralik, demoqratiya, tanqidiylik hukmron bo’ladi. 

Biz yuqorida ijtimoiy falsafaning turli konsepsiyalarini ko’rib chiqdik. 

Ayrim  shaxs  faoliyati  asosida  butun  bir  xalq,  millat  haqida  hulosa  chiqarish 

mumkinmi?  

Bu  savolga  ijtimoiy  falsafa  hozircha  «yo’q»  deb  javob  bermoqda.  Jamiyat 

shunday tashkil qilingan tizimki, unda alohida shaxsdan tashqari ma’naviy hayot, 

inson simvolik (ramziy) dunyosi va shu faoliyatning natijasi ham  mavjuddir. 

Demak,  jamiyat  insonlarning  tizimli  tashkil  qilingan  birgalikdagi  hayotiy 

faoliyatidan iborat. ijtimoiylik – jamiyatga tizimli tavsif berish demakdir. 

ijtimoiylik  (ijtimoiyllik)  deganda  insonlarning  birgalikda  mavjud  bo’lishini 

xarakterlaydigan  hamma  hodisalar  tushuniladi,  bu  tabiiy  –  fiziologik  –  biologik 

jihatdan  farq  qiladigan  tomonidir.  ijtimoiy  yoki  ijtimoiylik  odamlar  o’rtasidagi 

bevosita yoki bilvosita munosabatlarning o’zaro ta’siri natijasida jamiyatning turli 

qatlamlarga  bo’linishidir.  Insonlar  munosabatisiz  ijtimoiylik  mavjud  bo’lmaydi. 

Uning tashuvchisi inson va mahsulotlar yaratishdagi insonning faoliyatidir. 

Ijtimoiylik  (ijtimoiylik)  har  qanday  shaxsga  xos  xususiyat.  Insonning 

ijtimoiylashuv  jarayonini  o’rganish  alohida  shaxs  ongining  ijtimoiy  tomonini 

o’rganishdan  boshlanadi.  Alohida  odam  ijtimoiylikdan  tashqarida  qaraladigan 

bo’lsa, faqat uning ongi ruhiy, neyrofiziologik jihatdan qatnashganligi o’rganiladi, 

xolos.  


Ijtimoiylik boshqa odamning ta’siri, unga bo’lgan munosabatda paydo bo’ladi. 

Natijada  insonning  ruhiy  dunyosi  yangi  ijtimoiy  darajaga  ko’tariladi.  Jamiyat 

o’ziga xos eng ko’zga ko’rinmas munosabatlar asosida yakka shaxslar o’rtasidagi 

o’zaro  munosabatning  natijasi  sifatida  namoyon  bo’ladi.  Demak,  ular  o’rtasida 

ma’lum aloqalar mavjud bo’ladi.  

Jamiyat  makrostrukturasi  jihatdan  odamlar,  mutaxassislik,  demografik, 

iqtisodiy  -  siyosiy  dunyoqarash  mazmuniga  ko’ra,  o’zaro  turli  xil  aloqada 

bo’ladilar.  Bu  aloqalar  kichik  guruhlardan  tortib  xalq,  millatqacha  bo’lgan 

munosabatlarni o’z ichiga oladi.  

ijtimoiy  tuzilishni  o’rganganda  jamiyatning  makrostrukturasini  aniqlash  juda 

murakkab  masala.  Ularda  umumiy  o’zak,  umumiy  jismoniy  birlik  yo’q.  Lekin 

ma’naviy birlik, fikrlash birligi, umumiy ong – ijtimoiy ong mavjud.  

Jamiyatning  makrotuzilishi  tizimli  (sistemali)  xarakterga  ega.  Uning 

sistemaliligi bir butun jamiyatni tashkil etadi. Jamiyatning bir butun tizimliligi bir 



makonda  bo’laklarning  birgalikda  faoliyatda  bo’lishini,  jamiyatning  birgalikda 

ishlashini ta’minlaydi. 

Alohida  shaxslar  ruhiyati  –  ongi  asosida  ijtimoiy  ong  vujudga  keladi. 

Jamiyatning makrotuzilishga ega bo’lgan ijtimoiy hayoti bir butun ong va ruhiyatni 

tashkil qilishining sababi uning bir butun tizimli tuzilishga ega bo’lishidadir. 

Til,  madaniyat,  amaliyot,  san’at,  fan,  axloqlarning  ma’lum  tizimga 

tushganligini  hamma  biladi.  Biz  tizim  nuqtai  nazardan  qaraydigan  bo’lsak, 

shaxsning ichki o’zgarish jarayonining ham bir butun sistemadan iborat ekaniligini 

ko’ramiz. Uning ongi, hissiyoti, tili va madaniyati, dunyoqarashi kabilar bir butun 

tizimga ega ekaniligini ko’rsatadi.  

Tizim  oz  sonli  odamlardan,  millat  va  xalqlardan  ularning  his  tuyg’ulari, 

fikrlari,  dunyoqarashining  o’zaro  birligi  asosida tashkil  topishi  mumkin.  Tizimda 

tartibsizlik (xaos) tartibga aylanib boradi. Ana shu tartib asosida madaniyat, san’at, 

axloq, til normalari vujudga keladi. Xalq, millatning ko’pchiligi unga amal qiladi.  

Ma’lum  tizimdagi  odamlarning  juda  ko’p  umumiy  tomonlari  bor  (urf  –  odat, 

an’ana, fikrlash stili va boshqalar). Biroq ularning o’ziga xos tomoni ham bor.  

Demak, ijtimoiylik tizimlilik ta’siri asosida umumiylik va o’ziga xoslikni o’z 

ichiga oladi. 



Jamiyat taraqqiyotida rasionallikning ahamiyati 

Falsafa  fanni  tahlil  qilar  ekan,  uning  asosiy  xususiyatlari,  bir  butun  umumiy 

yo’nalishlariga ahamiyat beradi.  

Ijtimoiy taraqqiyotning umumiy yo’nalishini harakatga keltiruvchi kuch nima

Falsafa bu savolga javob beradi.  



Ijtimoiy hayotni ilmiy tahlil qiladigan falsafa bormi?   

Ba’zi faylasuflar bu savolga salbiy javob beradilar. Chunki tabiatda zaruriyat, 

qonuniyat  hukmron  bo’lsa,  jamiyatda  erkinlik  mavjud,  shuning  uchun  inson 

irodasi, erkin tafakkurni qonunlashtirib bo’lmaydi, deydilar ular. 

Gegel va Markslar ijtimoiy hayotning o’z qonunlari bor va bu qonunlar inson 

ongidan tashqarida, uning ongiga, irodasiga bog’liq bo’lmagan holda mavjud, deb 

aytdilar.  Marks  ijtimoiy  -  iqtisodiy  formasiya  haqida  o’z  ta’limotini  yaratdi.  Bu 

konsepsiyaga  ko’ra,  jamiyat  boshlang’ich  jamoa  tuzumidan  qulchilikka, 

qulchilikdan  feodalizmga,  feodalizmdan  kapitalizmga  va  undan  kommunizmga 

muqarrar  o’tadi.  Bu  Marks  ta’limoti  chiziqli,  bir  yoqlama  tafakkurga 

asoslanganligidan  dalolat  beradi.  Ikkinchidan,  Gegel  ham,  Marks  ham  ijtimsoiy 

qonunlarni  shaxs  faoliyatidan  ajratib  qo’yganlar.  Ular  individning  jamiyatdagi 

betakror o’rni va rolini inobatga olmaganlar.  

Strukturalistlar  esa  jamiyatning  insondan  tashqarida  inson  irodasiga  bog’liq 

bo’lmagan  tuzilishi  haqida  fikr  yuritadilar.  Ular  jamiyat  ma’lum  qonuniyatlar 

asosida rivojlanadi, deb ko’rsatadilar va inson faoliyatiga e’tibor berish masalasida 

kamchilikka yo’l qo’yadilar. 


XX  asrning  ikkinchi  yarmida  falsafada  "lingvistik"  tub  o’zgarish  yuz  berdi. 

Mantiqiy  pozitivizm,  analitik  falsafa  tarafdorlari,  keyinchalik  Vitgenshteyn  kabi 

olimlar  falsafada  burilish  yasadilar.  Ular  jamiyat  to’g’risidagi  fanni  ma’lum 

fikrlarni  ifoda  etish  bilan  bog’ladilar.  1942  yilda  Gempel  ijtimoiy  fan  soha 

vakillariga  mulohaza  orqali  deduktiv  xulosa  chiqarish  modeliga  o’tishni  taklif 

qiladi.  Biroq  bu  maktabning  ayrim  vakillari,  jumladan,  Vitgenshteyn  Gempel 

mantig’i  tor  doirada  ekanligini,  tilning  imkoniyati  keng  ekanligini,  bitta  sxema 

doirasida ish ko’rish mumkin emasligini ta’kidladilar. Bir necha bor munozaradan 

so’ng  ijtimoiy  qonunlar  tabiat  qonunlaridan  farq  qilishini  tan  olishdi.  Biroq 

munozara hamon davom etmoqda. 

Tajribalar,  eksperimentlar  ijtimoiy  hodisalarga  ham  tatbiq  etildi.  Natijada 

jamiyat  o’rganish  bo’yicha  empirik  sosiologiya  kabi  fanlar  paydo  bo’ldi. 

Neopozitivizm  va  postpozitivizmning  fan  dasturi  ijtimoiy  hayotga  ham  tatbiq 

etildi. 


ijtimoiy 

sohalar  matematik  model  bilan  o’rganilib,  ma’lum 

muvaffaqiyatlarga erishildi. 

Nima  uchun  matematik  formulalar,  o’zining  aniqligi  bilan  ajralib  tursa-da, 

ijtimoiy sohada fizik formulalardan ustun tura olmadi? 

Matematik modelning iqtisodiyot sohasida qo’llanilishi juda katta natija bergan 

bo’lsa-da,  tabiatdagi  (oniy)  lahza-tezlik,  iqtisoddagi  qiymat  ko’rinishi  fizikaviy 

model  bilan  hal  qilindi.  Zarrachalarning  holati  xuddi  insonlar  faoliyatidagidek 

erkin,  oldindan  bilib  bo’lmas  darajada  ekan.  Fizik-tadqiqotchi  katta  miqdordagi 

zarrachalarning  holatini  aniqlash  uchun  statistik  qonunlarni  ishlatadi.  Alohida, 

yakka  zarrachaning  holati  uchun  esa  ehtimollik  nazariyasini  qo’llaydi.  Shunga 

o’xshash  ijtimoiy  hodisalarda  ham  alohida  olingan  odam  faoliyatini  ehtimollik 

nazariyasi asosida qayd qilinsa, ko’pchilikning faoliyati esa statistik qonun asosida 

yoziladi.  



Demak,  jamiyat  qonunlari  o’ziga  xos  xarakterga  ega  bo’lish  bilan  birga 

tabiat qonunlari bilan o’xshashligi ham bor. 

Germenevtik  metod  esa  ijtimoiy  hodisalarning  o’ziga  xos  tomonini  talqin 

qiladi. (M.Veber, G.Parsons).  

Tabiat bizga begona... jamiyat esa-bizning dunyo 

(3) V.Diltey  

Biroq  tabiat  haqidagi  ta’limot  ham  inson  faoliyatining  shaklidir.  Ularni 

tushunish, anglash eng muhim masalalardan biridir. 

Jamiyat to’g’risidagi fan bormi?  

Albatta  bor.  Ma’lum  faktlar,  tajribalar  asosida  jamiyatni  ilmiy  o’rganishga 

kirishiladi.  Inson  o’zining  bilimlari  asosida    jamiyatning  rivojlanish  yo’llarini, 

umumiy tendensiyalarini topadi. Bu esa fan yo’lidir. 



Jamiyatning  inson  o’rganmagan  biror  sohasi  yo’q.  Insonning  qalbi  kabi 

hodisalar borki, ular ham ilmiy tahlil qilinadi. Fan hamma vaqt haqiqatni ochishga 

intiladi.  

Fan  uchun  aqllilik  eng  asosiy  o’rinni  egallaydi.  Demak,  ijtimoiy  hayot  aqliy 

metod  orqali,  jamiyatning  rivojlanishi  esa  uning  normalari,  usullari  orqali  esa 

o’rganiladi.  Fan  inson  hayotining  ichki,  murakkab  tomonlarini  o’rganadi.  Buni 

kundalik  ong  bilan  hal  qilib  bo’lmaydi.  Ilmiy  tahlil,  oldindan  bilish  ijtimoiy 

hayotga  ham  tegishli.  Bu  ilmiy-rasional  metod  orqali  amalga  oshadi.  Bu  yuksak 

tipdagi (rasionalllikdir) aqllilikdir.  

Rasionallik  insonning  ongli,  maqsadga  qaratilgan  faoliyati  sifatida 

qaraladi. 

Veber insonda to’rtta ijtimoiy ta’sir mavjudligini aytadi ko’rsatadi. Ular qattiq 

hayajon, an’anaviylik, rasional qadriyatlar uva rasionallikdir.  Uning  fikricha,  eng 

asosiysi qattiq hayajondir. Bunda inson o’z xohishini qondirishga intiladi. Individ 

ana  shu  ustunlik  asosida  ish  tutadi.  qattiq  hayajon  hamma  vaqt  ham  natija 

beravermaydi.  Chunki  u  hamma  vaqt  ham  o’ylangan,  atroflicha  fikrlangan 

bo’lmaydi. Bunda an’anaviy ta’sir, qoida va qonunlar ish beradi. O’tmishga tahlid 

qilish  an’ana  va  odatlarga  asoslangan  bo’ladi.  Bular  qat’iy  xulosalar  bo’lib, 

odatda tanqid qilinmaydi. Rasional qadriyatlar ma’lum mustaqil harakatga ma’lum 

dastur asosida faoliyatda bo’ladi. 

Nihoyat  maqsadli-rasional  faoliyat.  Bunda  subyekt  aniq  dastur  asosida 

maqsadga  qaratilgan  bo’ladi.  Bu  ijtimoiy  hayotni  o’rganishdagi  rasional  (aqliy) 

momentning  o’sib  borishidir.  Faoliyatni  o’rganishning  rasional  modeli  maqsadli 

aqllilikni tashkil etadi. 

Jamiyat  haqidagi  fan  avvalo  maqsadli  rasional-aqliy  faoliyat  bo’lib,  bunda 

pragmatik  metod  ustun  turadi.  Tabiat  fanlari  esa  pragmatik  metodga  emas,  balki 

gipotetik-deduktiv metodga asoslanadi.  

Gipotetik-deduktiv  metod fanda ish qanday holatda bo’ladi,  degan savolga 

javob  bersa,  pragmatik  metod  o’ylangan  maqsadga  erishish  uchun  nima  qilish 



kerak,  degan savolga javob beradi. 

 

ijtimoiy falsafa 



 

Falsafa 


tarixida 

Jamiyat nima? Jamiyatning mohiyati, xususiyati 



Qadimgi 

falsafada 

U  yoki  bu  darajada  muvaffaqiyatli,  birligidan  iborat. 

Jamiyatda adolatning adolatsizlik ustidan g’alabasi (Avesto) 

O’rta 

asrlarda 

Dunyoviy  haqiqatdan  ilohiy  haqiqatga  intilish.  Foniy 

dunyodan  boqiy  dunyoga  tayyorgarlik.  Yashashdan  murod 

ezgulik  (Ibn  Sino).  Jamiyat  –  insonlikdir.  Insonlik  mohiyati 

haqiqiy  baxt  saodatga  erishuv  ekan,  inson  bu  maqsadni 

o’zining oliy g’oyasi va istagiga aylantirib, bu yo’lda barcha 

imkoniyatlardan  foydalansa,  u  baxt–saodatga  erishadi 

(Forobiy) 

Yangi 

zamonda 

 Insonlik  tuzilgan  ijtimoiy  shartnoma  asosida  birgalikda 

yashashdir. (Lokk, Russo) 

Insonlarning  birgalikda  mehnat  qilishi  jarayonidagi 

o’zaro munosabat. 

XX asrda 

Insonlarning ijtimoiy ta’siri tizimi bo’lib, u qadriyatlarni 

yaratish  bilan  belgilanadi  (Veber,  Parsons,  Sorokin  va 

boshqalar) 

Insonlarning yaxshi tashkil qilingan munozara normalari 

asosi  yangi  kommunikasiya  aloqalaridir  (Xabermas  va 

boshqalar) 

Jamiyat  taraqqiyotining  asosi  uni  muqarrar  halokatdan 

qutqarib qoladigan yagona kuch-ma’rifatdir (I. Karimov) 

 

Tarix  yunoncha  historia  so’zidan  olingan  bo’lib,  o’tmish  voqyealar  haqida 



hikoya, bo’lgan hodisalar degan ma’noni anglatadi.  

qadimgi  dunyodayoq  tarixga  universal  bilish  sifatida  qarab  kelingan. 

O’tmishning bugun va kelajak bilan aloqadaligini tarix ko’rsatadi. 

O’tmishni  qanday  bilish  mumkin?    O’tmish  bugungi  kun  bilan,  kelajak  bilan 

qanday aloqada bo’ladi?  U yoki bu xalq tarixining bir butun universal ma’nosi 

bormi? 

Bu  va  shu  kabi  savolllarga  tarix  faldsafasi  javob  beradi.  Demak,  tarix 

falsafasini  yaratish  uchun  bir  butun  inson  evolyusiyasini,  uning  ma’no  va 

mazmunini  tahlil  qilish  kerak.  Tarix  falsafasi  tarixni  anglash,  uning  orqaga 

qaytmas jarayonini tushunib olishdir. 

Tarixning dramatik jarayonlarida insonning ishtiroki qanday?   

Bu savol ham bugungi kunda eng muhim masala bo’lib qoldi. Chunki har bir 

shaxs o’z o’tmishini va undagi ishtirok etgan avlodlarni bilishga qiziqadi, tarixiy 

jarayonda o’zining o’rnini belgilab olishga harakat qiladi. Demak, inson o’zining 



shu  jarayondagi  o’rnini,  o’z  ishtirokini,  o’zining  qadr  -  qiymatini    bilishni 

istaydi. 

Inson  tarixiy  mavjudot  sifatida  vaqtning  davomiyligini  his  qilib,  unda  o’z 

zimmasiga  nimalar  yuklanishini  tushunib  yashashga  intiladi.  Inson  hayotning 

ma’nosini  anglar  ekan,  u  nafaqat  bugungi  kun  tashvishi  bilan  yashaydi,  balki 

o’tmish  va  kelajak  haqida  fikr  yuritib,  o’ylab,  iztiroob  chekib,  quyinib,  mamnun 

bo’lib yashaydi. Bu esa tarixni keng ma’noda tushunish demakdir. 

Yunonlar tarixga dunyoni estetik anglash, kosmosning garmoniyasi va undagi 

davriylikning  yakuni  sifatida  qaraganlar.  Kosmosda  ham,  inson  hayotida  ham 

uzluksiz almashish, aylanish yuz berishini qayd etdilar. Tabiatda issiqning - sovuq, 

yozning  –  kuz,  qishning  -  bahor  almashinuvi,  ijtimoiy  hayotda  esa  yaxshining  - 



yomon,  yovuzlikning  -  ezgulik  bilan  almashinuvi  aylanma  shaklda  borayotganini 

ko’rdilar.  Bu  doira  shakli  abadiylik  va  o’tkinchilikning  geometrik  ramzini 

anglatadi, (doira boshlanishi ham, oxiri ham yo’q) degan fikrga keldilar. 

Bobokalon allomalarimiz dunyoni charxpalak shaklida ifodalashgan.  



Inson o’z tarixini o’zi yaratadi, undagi muammolarni keltirib chiqaruvchi 

ham, hal qiluvchisi ham insonning o’zidir. 

qadimgi falsafa tarixi, A.F.Losevning fikricha, abadiy tashkil topuvchi, abadiy 

qaytish,  davriy  bo’ladigan  dunyo  ongini  (Geraklit)  ruhning  davomiyligi  va 

ruhiyatning  namoyon  bo’lishi  (Platon)  shaklida  ifodalagan.  Yunonlar  tarixning 

davomiyligini bilib, fojiali hollarni ham ko’rsatishgan.  

Tarixning fojiasi universal xarakterga ega emas. Tarixning oxiri yo’q.  

Biroq,  qadimgi  yahudiylar  ta’limotiga  ko’ra,  tarix  tugaydi,  uning  oxiri  bor 

deyilgan. Tarixning oxiri borligi to’g’risidagi ta’limot esxologiya deb ataladi. 

Barcha  dinlarda  inson  olloh  tomondan  yaratilgani  va  insoniyat  tarixi  ilohiy 

ifodaning  sistematik  reallashuvi  ekanligi  aytiladi  (Avgustin).  Esxologiya 



konsepsiyasi  providensial  (taqdir,  ilohiy  reja  demakdir)  ta’limot  bilan 

uyg’unlashtiriladi. 

Bu  konsepsiyaga  Gegelning  tarix  falsafasi  ham  mos  keladi.  Gegel,  yuqorida 

aytilganidek, tarixni tasodifiy, tartibsiz hodisa emas, balki ichki qonuniyat asosida 

rivojlanuvchi  jarayon,  deb  qaradi.  Biroq  u  tarixni  bir  chiziqda,  bir  yo’nalishda 

olg’a qarab ketuvchi jarayon, deb tushundi. Uningcha, tarixiy taraqqiyot o’zining 

olg’a  qarab  taraqqiy  etishini  ta’minlaydi.  Natijada  o’zining  oxirgi  maqsadiga 

erishadi. Fojialar, tarixiy iztiroblar, o’lish va adoyilikdagi azoblar, urushlar va shu 

kabi  dramatik,  tragedik  hodisalar,  Gegel  fikriga  ko’ra,  tarixiy  taqdirning 



reallashuv  taraqqiyoti  bo’lib,  uning  umumiy  yo’nalishini,  kelajagini 

o’zgartirmaydi. 

Taqdir  konsepsiyasiga  ko’ra,  dunyo  tarixi  turli  egri  bugri  yo’llar  bilan 

olg’a qarab ketadi.  

Marksizm  ham  ana  shu  g’oyadan  kelib  chiqib,  tarixni  olg’a  qarab  boradi  va 

oxirgi  sinfsiz,  har  qanday  muammolar  hal  qilingan  kommunizmga  o’tiladi,  deb 

ko’rsatadi.  Jamiyat  XX  asr  falsafasida  bunday  qarashlarga  qarshi  ta’limotlar 

vujudga keldi. 

XX  asr  falsafasi  kelajak  ravnaqiga  qarshi  emas,  kelajakka  umidsizlik  bilan 

qarashni  ham  targ’ib  etmaydi.  aksincha  XIX  asrda  yaratilgan  progress 

tushunchasining kamchiliklarini tushuntirib, kelajak to’g’risida kafolatli, tarixning 

mazmuni  va  mohiyatini  ifodalovchi  konsepsiyani  yaratishga  intildi.  Gegel  va 

Marks  konsepsiyalarining  asosiy  xatosi  shundaki,  ular  kelajakni  ilohiylashtirib, 

uning  ahamiyatini  o’tmish  va  bugungi  kunga  past  nazar  bilan  qarash  hisobiga 

ko’tarmoqchi  bo’ldilar,  noaniq  kelajakni  o’tmish  va  bugungi  hayotdan,  ustun 

qo’yadilar.  Butun  o’tmish,  bugungi  hayot  kelajak  uchun  qurbon  qilinadi.  Marks 


esa  butun  insoniyat  tarixi  adashuvlardan  iborat,  haqiqiy  tarix  kommunizmdan 

boshlanadi,  deb  aytgan  edi.  Kelajak  albatta  yaxshi  bo’ladi,  undan  g’am  qilmasa 



ham  bo’ladi,  deb insonlarni  mas’uliyatsiz  bo’lishga  chorlaydi.  Kelajak to’g’risida 

konkret  tizimni  emas  mavhumlikni  maydonga  tashlaydi.  Bu  nazariya  xatosi 



kelajak muqarrar, u inson irodasi, xohishidan qat’iy nazar, obyektiv vujudga 

keladi  deb,  inson  subyekti  va  inson  faoliyatining  hal  qiluvchilik  ahamiyatini 

tushunib  yetmadi,  tan  olganda  ham,  ikkinchi  darajali  ahamiyatga  ega,  deb 

ko’rsatdi. 

XX  asr  falsafasi  insonlar  kelajak  to’g’risida  o’ylar  ekanlar,  mavhum, 

odamlarga va’da beradigan jamiyat to’g’risida emas, balki kelajakning abadiyligi 

to’g’risida,  tarixiy  taraqqiyotning  doimiyligi  kafolatlangan  taraqqiyot  to’g’risida 

fikr  yuritishlari  kerak,  deb  o’rgatadi.  Bu  falsafaga,  inson  faoliyatimiz  ana  shu 

abadiylikning  lahzasi  sifatida  tarixning  taqdiriga  ta’sir  etishini  tushunish  asosida 

borishi kerak. 

Bizning  xatti-harakatimiz  mahsuli  kelajak  uchun,  kelajak  qadriyatlari  uchun 

qanday  bo’ladi.  degan  masala  to’g’risida  hukm  chiqarish  bizning  ishimiz  emas, 

zero  biz  har  daqiqada  tarixiy  taqdirga,  abadiy  olamga  o’z  munosabatimizni 

bildirib yashashimiz kerak. 

(4) N.Berdyayev 

Boshqacha qilib aytganda, kelajakda uchun maxsus yashash shart emas. Ammo 

inson  o’zining  faoliyat  yo’nalishda  qadriyatlar,  burch,  insonning  qadr-qimmati 

kabi  universal  xarakterdagi  masalalarga  o’tkinchi  deb  emas,  balki  abadiy  insoniy 

munosabatlar deb, tarixning ma’nosi sifatida qarashi kerak. 

Tarixning ma’nosi nima?  

Tarixning ma’nosi shundan iboratki, u muammosiz, yomonliksiz yashamaydi. 

Bir  muammo  hal  qilinsa,  ikkinchi  muammo  kelib  chiqaveradi.  Inson  o’z 

muammolarini keltirib chiqarish bilan birga uni hal qilishga ham qodir. Mana shu 

asosiy, hal qilish kerak bo’lgan masalalarni yechish va yangi muammolarga tayyor 

turish, uni maydonga tashlash tarixning ma’nosini tashkil etadi. Bularning barchasi 

inson faoliyati orqali amalga oshadi. Demak, inson butun tarixning yo’nalishiga 

o’ta mas’uldir. Insonning amaliy faoliyatiga baho bermaslik, «hamma narsa 

o’tib ketadi», deb beparvo bo’lish o’z uyini buzishga olib kelishi mumkin. O’z 

Vatanini  himoya  qilmaslik,  o’z  uyida  tartib  o’rnatmaslik,  inson  faoliyatini 

tuzishga  emas,  aksincha,  buzishga  qaratish  butun  insoniyatni  halokat 

yoqasiga olib keladi.  

Tarixning  mohiyati.  Tarix  mohiyatini  tushunish  dunyoqarash  ahamiyatiga 

ega. Bu, o’z navbatida, inson faoliyati qachon va qanday sharoitlarda buzish, yo’q 



qilish va o’ldirishga qaratilgan bo’ladi; qaysi vaziyatda o’z-o’zini rivojlantiruvchi, 

yaratuvchanlik  va  bunyodkorlik  faoliyatida  bo’ladi;  tarixning  sog’lom 

rivojlanishiga kafolat berad, kabi masalalarni oydinlashtirishni taqozo etadi. 

Bu falsafa tilida tarixning mohiyati deb ataladi.  

Biz  tarix  mohiyatini  aniqlash  bilan  tarixning  mavjud  bo’lishi  chegarasini 

aniqlaymiz.  Tarix  mavzusida  bo’lishi  uchun  o’zining  yo’qotgan  qadriyatlarini 

tiklashi, buzmasdan, to’siq bo’lmasdan harakat qilishi, rivojlanishi kerak.  



Zamonaviy mutaffakkirlar ta’limotiga ko’ra tarixning olg’a ketishi progressga 

kafolat bermasa-da, uning mavjud bo’lishiga, abadiyligiga kafolat beradi.  

XX  asr  falsafasi  XIX  asr  falsafasidan  farqli  o’laroq  o’tmishning  bugun  va 

kelajak  bilan  aloqasi  asosida  kafolatli  taraqqiyotni  ko’rsatib  berdi.  Buning  eng 

asosiylari quyidagicha:  

Birinchidan,  hozirgi  zamon  tarix  falsafasi  ijtimoiy  amneziya  (xotiraning 

yo’qolishi) ga alohida e’tibor bermoqda. X1X asr falsafasi shu narsani aniqladiki, 

xalq, millat o’z tarixini esdan chiqarishi hollari yuz berishi mumkin ekan. Bunday 

jarayon  alohida  shaxslarda  ham  uchrashi  mumkin.  Bunda  shaxs  o’z  o’tmishin 

esdan  chiqarsa,  amneziya  kasalligi  deb  ataladi.  ijtimoiy  bu  ma’noda  u  yoki  bu 

xalqning  tarixini  butunlay  yoki  uning  bir  qismini  unutishini  anglatadi.  Bunda 

xalqning  o’tmishi  bilan  bugungi  kun  o’rtasida  izchil  aloqa  yo’qoladi  yoki 

kamayadi. Bu nafaqat tarixiy jarayonlarda, balki biror bir davrning tarixiy shaxslari 

bilan ham yuz beradi. Masalan, sho’rolar davrida o’zbek xalqning bir qator ziyoli 

farzandlari  «xalq  dushmanlari»  timg’asi  ostida  qatag’on  qilindilar…  Bu  ularning 

halqimiz  xotirasidan  o’chirilishlariga,  keyingi  avlodda  ular  tug’risida  yomon 

taassurot qilishiga olib keldi. 

Ikkinchidan,  tarixni  buzishga,  yo’q  qilishga  qaratilgan  kuchlar  haqida  gapirar 

ekanmiz, XX asrda bo’lgan ikkita jahon urushlarini tilga olishga to’g’ri keladi. Bu 

urushlar  shunday  oqibatlarga  olib  keldiki,  sivilizasiyani  vayron  qilib,  uni  halokat 

yoqasiga keltirib qo’ydi qoldi. 

Ilgarigi  zamonlarda  harbiy  to’qnashishlar  jahonshumul  ahamiyatga  ega  emas 

edi.  Gegelning  «urushlar  tarixiy  jarayonlarni  o’zgartishi  mumkin  emas»,  degan 

fikri  hozirgi  sharoitda  to’g’ri  kelmay  qoldi.  Shu  ma’noda  shaxsning  tarix  oldida 

o’ta mas’uliyati tarixning kafolatli davom etishida asosiy kuchga aylanib qoldi. 

Uchinchidan,  insonlar  faoliyatida  yuz  berayotgan  g’ayri  insoniy  xatti-

harakatlar  jamiyatning  o’zini  o’zi  yo’q  qilishiga  olib  keldi.  Jahonda  yadro, 

ekologik,  demografik  fojialar  va  shu  kabi  global  muammolar  paydo  bo’ldi. 

Olimlar,  faylasuflar,  tarixchilar  jamiyatning  kafolatli  taraqqiyoti  bo’yicha  inson 

faoliyatining  dasturini  ishlab  chiqdilar. Dasturda  tarixiy  vorislikni  ishga  tushirish, 

insoniyat tarixini saqlab qolish mumkin deb ko’rsatildi. Buning uchun odamlar real 

hayotni  to’g’ri  tushunishlari,  tarixni  saqlab  qolish  va  kafolatli  taraqqiyot 

mohiyatini chuqur anglashi kerak. Har bir shaxs o’zining qobiliyati va iste’dodini 

reallashtirib,  namoyon  qilib,  ishonch,  e’tiqod,  sevish  bilan  odamgarchilikni 

birinchi o’ringa qo’yib yashashi kerak. Bugungi kunda har bir shaxs, millat, xalq 

butun  tarixiy  jarayonlarni  o’zida  namoyon  qilib,  o’ziga  xos,  o’ziga  mos  yo’lni 

topib yashashni ta’minlamasa, dunyo tarixi quruq bir sxemaga aylanib qoladi. Har 

bir  shaxs,  millat,  xalq  hayot  betakror  ekanligi  hisobga  olinishi  zarur,  aks  holda 

tarix oddiy andozadan iborat bo’lib qoladi. Tarixning mazmuni ana shular bilan 



to’ldiriladi  

XX  asr  falsafasi  «o’tmish  bilan  bugungi  kun  va  kelajak  bir  butun  jarayonni 



tashkil etar ekan, bu jarayon alohida shaxsda qanday yuz beradi?» degan savolga 

javob beradi.  Demak,  tarixiylik  shaxs  va  har  bir  avlod  taqdirini  tarix  taqdiri 

bilan  uzviy  bog’liqlikda  olib  qaraydi.  Bular  avlodlar  bilan  jonli  munosabat, 

ularning o’zaro bog’liqligi, ma’naviy muloqotda bo’lishi tarixning kafolatli abadiy 

yashashini ta’minlaydi. Bu dunyodagi barcha odamlarning bir-birlari bilan o’zaro 

hamkorlikda  bo’lishi,  o’zaro  bir-birini  tushunishi,  o’zaro  ishonch  asosida  boradi. 



qayerda  shaxs  taqdiri  har  bir  avlod  taqdiri  bilan  bog’liq  holda  o’zaro 

munosabatda  bo’lsa,  o’sha  yerda  tarixning  taraqqiyot  kafolati  ta’minlanadi. 

Tarixning  mohiyati  har  bir  insonning  tarix  jarayonlari  bilan  turlicha 

munosabatda bo’lishi orqali belgilanadi. 

XX asr falsafasida tarixning mohiyati har bir shaxs uchun tarixiy davrning uch 

o’lchovi  bilan  belgilanadigan  tushunchalar  orqali  ochib  beriladi.  Bu  uch  o’lchov 

shaxsning  o’tmish,  bugungi  kun  va  kelajakka  bo’lgan  munosabatini  ta’minlaydi. 

Mana  shu  o’tmish,  bugungi  kun  va  kelajak  tarix  jarayonida  shaxsning  vaqtga 

bo’lgan  munosabatini  ifoda  etadi.  Bu  o’lchov  ma’lum  tarixiy  davrda 



avlodlarning o’zaro ma’naviy munosabatini ta’minlaydi. 

Birinchidan,  tarixda  ma’naviy  farzandlik  tushunchasi  amal  qiladi.  Inson 

dunyoda yashar ekan, o’tmish avlodning farzandi sifatida yuzaga keladi, yashaydi. 

Biroq  u  butun  yumushni  boshidan  boshlamaydi,  ajdodlar  yaratgan  moddiy  va 

ma’naviy  madaniyatning  davomchisi,  o’zi  yashayotgan  jamiyat,  vaqt  nuqtai 

nazaridan  baholovchi,  bajaruvchi  sifatida  mavjud  bo’ladi.  Chunki  ota-onadan 

qolgan moddiy va ma’naviy boylikning egasidek, shu jarayonni davom ettiruvchi 

farzand  sifatida  yashaydi.  Ma’naviy  farzandlik  shaxsning  ma’naviy  dunyosining 

tarkibiy  qismidir.  Ayni  bir  vaqtda  u  tarixning  vorisi  sifatida  namoyon  bo’ladi. 

Tarix,  bu  jihatiga  ko’ra,  avlodlarning  almashuv  jarayonidagi  munosabatni 

anglab yetishdir. 

Ma’naviy  farzandlik  ma’nosini  tushunmaslik  avlodlar  qadriga  yetmaslikdir. 

Bunda shaxs ajdodlarini tanimaydigan mavjudotga aylanib qoladi. 

Ma’naviyatning  tiklanishi,  tug’ilib  o’sgan  yurtda  o’zini  boshqalardan  kam 

sezmay, boshini baland ko’tarib yurishi uchun insonga albatta tarixiy xotira kerak. 

Har  qaysi  inson  «men  shu  millat  farzandi  ekanman,  mening  ajdodlarim  kimlar 

bo’lgan, millatning ibtidosi qayda, uning ayoqqa turishi, tiklanish jarayoni qanday 

kechgan?»  degan  savollarni  o’ziga  berishi  tabiiy...  Tarixiy  xotirasi  bor  inson  – 

irodali inson. 

Inson uchun tarixdan judo bo’lish – hayotdan judo bo’lish demakdir,   

 

   

 (5) I. Karimov 

Tarixni  bilmaslik  o’z  ajdodini  bilmaslikdir,  demak,  ma’naviy  farzandlikdan 

mahrum bo’lish  demakdir.  Bundan  shunday  hulosa kelib  chiqadiki,  har bir  inson 

o’tmish  ota  -  bobolari  yaratgan  bilimlardan,  madaniyat  va  qadriyatlardan 

foydalanar ekan, u o’z davrining farzandi sifatida yashaydi.  


Inson  o’z  davrininggina  emas,  o’z  tarixi,  o’z  avlodining  farzandidir. 

Bizdagi g’urur, iftixor, insoniylik o’tmish avloddan meros bo’lib qolgan. Shuning 

uchun o’zini ajdodlarining ma’naviy vorisi sifatida tasavvur qilmagan odam, to’la 

ma’noda  shaxs  bo’lib  yetisha  olmaydi.  Odamlarning  ming  yillar  davomida 



shakllangan  va  mentalitetiga  aylangan,  ayni  vaqtda  shu  xalq,  shu  millatning 

kelajagini ko’zlagan va uning dunyodagi o’rnini aniq - ravshan belgilab berishga 

xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kun o’rtasidagi o’ziga xos ko’prik bo’lishga 

qodir g’oyani men jamiyat mafkurasi deb bilaman,  

I.Karimov 

 

Ikkinchidan,  bugungi  kun  tarix  falsafasi  ma’naviy  birodarlik  tushunchasini 



maydonga  tashladi.  Biz  shunday  tarixiy  davrda  yashamoqdamizki,  har  bir 

shaxsning  dunyo  oldidagi  mas’ulligini  anglab  yetishi  masalasi  asosiy  o’ringa 

chiqib qoldi. Dunyodagi ziddiyatlar, muammolarni hal qilish uchun odamlar bir  – 

birlari  bilan  do’st  –  birodar  bo’lib  yashashi  eng  muhim  masalaga  aylanib  qoldi. 

Dunyodagi urushlar, o’ldirishlar odamlar  o’rtasidagi dushmanlik tuyg’usi asosida 

paydo  bo’ladi.  Insonlarning  bir-biri  bilan  do’st  bo’lishini  ta’minlash  insoniy 

xislatlarni namoyon qilish demakdir.  

Shu  vaqtgacha  bu  tushunchaga  unchalik  etibor  berilmagan  edi.  Do’stlik, 

birodarlik  juda  deganda  yaxshilik  deb  qaralgan  edi.  Endilikda  real  hayot,  bir 

sayyorada,  bir  yer  sharida  yashaydigan  odamlarning  hamkorligi  muqaddas  qat’iy 

qoidalarga  aylanishini  taqozo  qilmoqda.  Chunki  sayyoramiz,  ayrimlar 

o’ylagandek,  juda  mustahkam  emas  ekan.  Mana  shu  umumiy  uyimizni  avaylab 

saqlab qolish  uchun faqat  hamkorlikda  yashash  kerak. Yadro  fojialarini, ekologik 

buhronlarni birodarlik bilangina hal qilish mumkin. 

Barcha  insonlar,  ijtimoiy  ahvoli,  boy  –  kambag’alligidan  qat’iy  nazar  Yerda 

hayotni saqlab qolishga, butun insoniyat taqdiriga mas’ul ekan, birgalikda hamkor 

bo’lib  yashashning  hayot  tarziga  aylanib  borishidan  –  bu  davra  bugungi  kun 

talabidir. Ma’naviy birodarlik ziddiyatli masalalarni tinch va osoyishta hal qilishni 

ko’zda  tutadi.  Inson  o’zligini,  o’z  qadr  -  qimmatini  anglab  yetishi  va  shu  qadr  - 

qimmatni  ruyobga  chiqarishga  o’ta  ma’sul  ekanligini  his  qilishi  o’ta  dolzarb 

masalaga aylandi.  

O’zbekiston XXI asrga qadam qo’yar ekan, tinchlik, birodarlik, millatlararo va 

fuqarolararo totuvlikni, barqarorlikni ta’minlash g’oyasi bilan jahon hamjamiyatiga 

kirib  bormoqda.  Bu  g’oya  tarixiy  taraqqiyotning  mohiyatini  belgilaydi.  Chunki 

odamlar o’rtasidagi urushlar, bir- biriga tajovuz qilish, insonga qarshi g’ayriinsoniy 

faoliyatda bo’lish g’oyasi XX asrda qolib ketgani yaxshi. XX1 asr insoniylik asri 

bo’lishi,  insonlar  o’z  hayotlari  ro’yobga  chiqarishlari  uchun  to’liq  imkoniyat 

yaratilishi  kerak.  Jamiyatimizdagi  tinchlik,  osoyishtalik,  birodarlik,  o’zaro 


hamkorlikning  samarasi  ham  shunda.  Yurtboshimiz  bu  tamoyil  nafaqat  alohida 

olingan  millat  va,  xalqning,  balki  dunyo  xalqlarining  ma’naviy  birodarlik 

tamoyiligiga  aylanishi  kerakligini  nazarda  tutadi.  Bizning  jamiyatimiz  boshqa 

xalqlar, mamlakatlar  bilan birodarlik  murosa  qilish konsepsiyasi  asosida ish 

ko’radi.  

Uchinchidan, tarix falsafasi kelajak haqida fikr byuritar ekan,  ma’naviy otalik 

g’oyasini  maydonga  tashladi.  Otalik  mas’uliyati  kelajak  oldida  mas’uliyat  yukini 

ko’tarish  demakdir.  Kelajak  avlod  bugungi  avlodni,  ya’ni  bizni  o’z  taqdirini  hal 

qilishga  qaratilgan  namuna sifatida  baholaydi. Boshqacha qilib  aytganda, biz  ota-

bobolarimiz ishini davom ettirib, kelgusiga zamin yaratdik. Demak, biz boshlagan 

ishni  kelgusi  avlod  davom  ettiradi  va  qanday  baholaydi.  Biz  kelgusi  avlodga 

nisbatan  boshlovchi  sifatida  ish  qilmoqdamiz.  Biz  o’z  hayot  tarzimizni  tanlash 

bilan kelgusiy avlod taqdirini hal qilishning turli vositalarini ham tanlab olamiz.  

Biz  bugungi  faoliyatimiz  bilan  kelajakka  zamin  tayyorlaymiz,  kelgusi  avlodni 

davom  ettirishning  asosini  yaratamiz  Xush,  shunday  ekan,  biz  kelgusi  avlodga 

yuksak  ma’naviyat,  ozod,  obod  Vatanni  qodiramizmi  yoki  uni  buzib,  otalik 

burchimizni  bajarolmaymizmi?  Bunday  savollarga  har  bir  inson,  yashayotgan 

avlod  javob  berishi  kerak.  O’tmishda  ham,  bugun  ham,  kelajakda  ham  biz 

kabi insonlar yashashini unutmaslik kerak.  

Tarixning  ma’nosi.  «Tarixning  olg’a  qarab  borishi  (progress)  konsepsiyasiga 

ko’ra,  jamiyat  borgan  sari  yaxshilanib,  rivojlanib  boradi.  Shuning  uchun  ko’p 

qayg’uurishning  hojati  yo’q.  Tarix  muqarrar  ravishda,  ertami  –  kechmi, 

mukammallashgan,  har  tomonlama  rivojlangan  jamiyatga  keladi.  Odamlar  hyech 

qanday  muammosiz  farovon  hayotga  yetib  keladi»,-deb  fikrlangan  yaqin 

o’tmishimizda.  Bunda  tarixning  asl  ma’nosi  ikkinchi  o’ringa surib  qo’yilgan  edi. 

Biroq  tarixiy  taraqqiyot  jarayoni  shuni  ko’rsatdiki,  tarixning  olg’a  qarab  borishi 

ta’minlanmadi va kafolatlanmadi. 

XX  asrdagi  jahon  urushlari  ko’p  vayronagarchilikka  olib  keldi.  Millionlab 

qurbonlar,  rahmsiz  diktatorlik,  totalitarizm,  ommaviy  genosid  (u  yoki  bu  xalqni 

yo’q  qilib  tashlash)  odamlarning  ommaviy  qashshoqlashuvi  kabi  hodisalar  asr 

fojiasi  bo’ldi.  Jahon  urushlari,  vayronagarchiliklar,  insoniyatning  yer  yuzidan 

yo’qolib  ketishi  mumkinligi  kabi  masalalar  jamiyatning  olg’a  qarab  ketishiga 

kafolat bermas edi. Jamiyatning bir butun taraqqiyoti masalasiga ham shubha bilan 

qaraydigan  bo’ldilar.  Haqiqatdan  ham  odamlar  mehnat  qildilar,  o’z  asrining 

fidoiysi  sifatida,  jismoniy  va  aqliy  faoliyatda  bo’ldilar.  Yangi  texnika,  yangi 

moddiy  ne’matlar  yaratdilar.  Biroq  odamlar  ahvoli,  avlodlari  hayoti 



yaxshilanmoqdami? degan savol maydonga endi tashlandi. 

Keyingi  uch  yuz  yil  ichida  odamlarning  moddiy  ahvoli  o’ttiz  martta  oshishi 

uchun imkoniyat tug’ildi, hamma narsa o’zgardi, faqat insonning o’zida o’zgarish 

bo’lmadi, 

K. Yaspers 

Hayotda yomonlik borgan sari ortib bordi. Adolatsizlik, ma’naviy qashshoqlik 

ham  avjiga  chiqdi.  Ana  shunday  sharoitda  odamlarning  baxtli  hayot  kechirishi 

mumkinmi, degan savolni maydonga tashladi nemis faylasufi K Yaspers. Shuning 

uchun  faylasuflar  o’z  nigohlarini  tarixning  mavjudligini,  uning  abadiyligini 

kafolantiradigan  zamonga  qaratdilar.  Bu  tarixning  ma’nosini  anglash  zarurati 

edi. 

Biroq  tarixning  ma’nosini  aniqlash  juda  mushkul  masala.  Faylasuflar  yech 

qachon  oson  yo’ldan  bormagan.  Hozirgi  zamon  falsafasi  X1X  asr  falsafasidan 

farqli  o’laroq  ijtimoiy  hayot,  tarix  murakkab,  ko’p  qirrali  jarayon  bo’lib,  uning 

yo’nalishini  oldindan  bilish  qiyin  ekanligini  anglab  yetdi.  Faylasuflarning 

ko’pchiligi  tarixning  taqdirini  shaxs  taqdiri  bilan  bog’liq  holda  o’rgandilar.  Uni 

turli  tomondan  tekshirishda  N.  Berdyayev,  K.  Yaspers,  J.  Maritiyen  va 

boshqalarning  xizmatlari  katta.  Dastavval,  ijtimoiy  tarix  insonlar  tarixidan 



iborat  ekanligini  tan  olish  kerak.  X1X  asr  falsafasida  tarix  obyektiv,  insondan 

tashqaridagi  jarayon  sifatida  o’rganilib  shaxs  bu  jarayondan  chiqarib  tashlangan 

edi.  

Tarix esa konkret odamlarsiz yuz bermaydi. Chunki tarixda inson o’z mehnati, 



faoliyati,  kurashi,  sevishi,  azoblanishi,  o’y-fikrlari  bilan  ishtirok  etadi.  Har  bir 

odam tarixiy jarayonda ishtirok etar ekan, u yoki bu darajada iz qoldiradi. Ammo 

tarixiy  burilishlar,  ijtimoiy-iqtisodiy,  ilmiy,  madaniy-ma’rifiy  o’zgarishlar 

to’g’risida  fikr  yuritilganda,  asosiy  shu  jarayon  va  o’zgarishlarga  xazmati  singan 

ayrim birok tarixiy shahslar va mutafakirlarda. 

Har bir inson betakror, uning qilgan faoliyati ham jozibador.  

Hamma  odamlar  fan  bilan  shug’ullanib,  tarixiy  subyekt  sifatida  namoyon 

bo’lavermaydi,  biroq  tarixda  hamma  vaqt  konkret  shaxs  sifatida  ishtirok  etadi, 

muammolarni  hal  qilishda  u  yoki  bu  darajada  ishtirok  etib,  o’zi  qanday  bo’lsa, 

shunday  namoyon  qiladi.  Har  bir  shaxs,  yuqorida  aytganimizdek  kabi  tarixiy 

tajribalardan  foydalanib,  tarixda  ishtirok  etadi  va  kelajakka  zamin  tayyorlaydi. 

Biroq ularni o’z dunyoqarashdan kelib chiqib qabul qiladi, amalga oshiradi.  

Tarixiy jarayonlarni payqash hammaga ham nasib bo’lavermaydi. Ko’plar bu 

jarayonlarni  payqamaydilar  ham.  Buyuk  shaxslar,  salohiyatli  insonlar  bu 

jarayonni ilmiy amaliy tahlil qilish qudratiga egadirlar. 

Inson o’tmish bilan munosabatda bo’lar ekan, bu inson yashashining umumiy 

shartidir. Agar insonni o’tmishdan mahrum qilinsa, bu uni o’ziga xos yo’ldan, o’z 

qadriyatidan  mahrum  qilishdir.  O’tmishga  faqat  obyekt  sifatida  qaray  olmaymiz. 

O’tmish  borlig’imizning,  qadriyatlarimizning  tarkibiy  qismidir.  U  o’zligimizni 


anglashning,  mustaqil  fikrlashimizning  zaminidir.  O’tmish  ajdodlarimiz  o’zi 

xohlaganicha,  mustaqil  qadriyat  sifatida  yashagan.  Biz  ulardan  tamomila 

boshqacha  emasmiz.  Ularning  vorislarimiz.  Demak,  tarix  har  bir  shaxsning 

o’tmishga munosabatda bo’lishi, tarixiy jarayonda ishtirok etishining betakrorligini 

ifodalaydi. 

Tarixga  har  bir  shaxs  o’z  fikri,  e’tiqodi,  dunyoqarashi  bilan  mustaqil 

munosabatda  bo’ladi.  Bu  esa  shaxsning  umumiy  tarixiy  jarayonlarda  ishtiroki 

mazmunini  tashkil  etadi.  Shundan  ko’rinadiki,  umumiy  jarayonlar  sifatida  tarix 

shaxsning qadr-qimmatining o’ziga xosligini namoyon qilish asosida boradi.  

Bugungi  dunyoda  haxsning  qadr-qimmatini  namoyon  qilishiga  to’sqinlik 

qiluvchi  omillar  juda  ko’p.  Boylik  orqasidan  quvish,  amalga  intilish,  shon-

shuhratga  berilish, nopoklik  va boshqalar  qadr-qimmatni oshirish  emas, aksincha, 

shaxsning  o’zi  o’zini  pastga  urishi  ekanligini  hamma  vaqt  ham  payqamaydilar. 

«Oddiy»  odamga  e’tibor  bermaslik,  «yuqoriga»  qarab  «pastni»  ko’ra  bilmaslik 

shaxsning  qadr-qimmatini  pastga  uradi.  Hozirgi  zamon  gumanizmi  har  bir 

shaxsning  qadr-qimmatini  oshirishga,  uning  borlig’ini,  yashashini  qolishi,  tarixiy 

jarayonda faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan.  

Milliy  ma’naviyatimiz,  milliy  g’oyamiz  ana  shularni  ifoda  etadi.  O’zbekiston 

Konstitusiyasi  xalqaro  huquq  normalariga  amal  qilgan  holda  inson  erkinligi  va 

huquqlariga kafolat beradi. Xalqimizning bugungi kunda millatga, jamiyatga, o’z-

o’ziga,  boshqa  xalqlar  qadriyatlariga  bo’lgan  munosabati  tarixga  bo’lgan 

munosabat mezoni bilan o’lchanadi.  

Tarixning ma’nosi umuminsoniy ma’no bo’lib, hamma vaqt konkret shaxs 

bilan  bog’langan  holda  namoyon  bo’ladi.  Tarixning  ma’nosi  deganda  sof 

obyektiv yoki sof subyektiv deb qaramaslik kerak.  

«Ma’no»  tushunchasi  (kimgadir,  nimagadir)  insonga  bo’lgan  munosabatni 

ko’zda tutadi. «Ma’no» inson borligi jarayonida ijod qilishi, dunyoni bilib borishi, 

payqashi kabilar bilan birgalikda namoyon bo’ladi. 

Inson  o’z  ijodiy  faoliyatida  insoniylikni  namoyon  qiladi.  Shu  asosda 

tarixning ma’nosini kashf qiladi. Tarixning ma’nosiga tashqi jarayon sifatida emas, 

balki  insonning  ichki  ma’naviy  dunyosi  sifatida,  hamma  jarayonlarning  inson 

ko’zgusidan  o’tishi  nuqtai  nazaridan  qarash  kerak.  Tarixning  ma’nosi  -  meniki, 

men  uchun,  deb  qarashni,  butun  tarixiy  borliq  men  uchun  daxldor  deb,  qarashni 

ko’zda tutadi.  



Tarixga  ijodiy  munosabatda  bo’lish,  uni  yaratish  va  uni  anglab  yetish-

muhim  masala. Biror narsaga ma’no berar ekanman, men o’z yashashimning bir 

qismidan  ajralaman  (vaqtim,  umrim  ketadi),  biroq  qashshoqlashib,  kuchsizlashib 

qolmayman, aksincha,  ma’naviy boyib boraman. Yangi bilimlarga ega bo’laman, 

dunyoni chuqurroq anglayman. Ana shuning uchun, yuqorida aytilganidek, «tarix – 

meniki, men uchun» 


Kimki  o’tmishni  ardoqlar  ekan,  tarixiy  xotira  bilan  yashar  ekan,  tarixning 

betakrorligi,  uning  qadr-qimmatini  va  shu  bilan  birga  o’z  qadr-qimmatini  anglab 

yetadi,  shakllantiradi.  Shaxsning  o’ziga  xos  faoliyati  tarixning  ichki  rivojlanish 

jarayoniga  aylanadi.  Demak,  tarixning  universal  ma’nosi  shaxsning  o’z 



qadriyatlarini  namoyon  qilishi,  bilishi,  o’tmishga  bo’lgan  munosabati  orqali 

uyg’unlashib boradi. 

Shaxs  qadr-qimmati  inson  faoliyatining  bunyodkorligi,  insonga,  tarixga 

bo’lgan  munosabati,  insoniy  (odamiy)  xislatlarining  ro’yobga  chiqishi  asosida 

namoyon bo’ladi. Biroq inson hech qachon maqsadlarning amalga oshish vositasi 

bo’lmasligi kerak, deb yozadi I.Kant. Inson uchun qoidalar, tartib qoidalar, axloqiy 

prinsiplar  umumiy,  biroq  inson  maqsadlarini  amalga  oshirish  qurboniga 

aylanmasligi kerak. Bugungi kunda xalqimizning abadiyligini, mustaqilligimizning 

orqaga  qaytmasligini  anglab  yashash  tarixni  har  bir  shaxs  hayotining  mazmuniga 



aylantirib bormoqda. Abadiylik-bu  insonlarning  yaxlitligidir.  Abadiylik  uchun 

yashash-bu  o’tmish,  bugungi  kun  va  kelajak  avlodlar  bilan  yashash 

demakdir. 

 

 

Download 313.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling