Bajardi: Rustamov s qabul qildi: toshkent-2022 Reja
Download 90.07 Kb.
|
hamkor sugurta
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sug‘urtalovchining huquq va majburiyatlari
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “Budjet hisobi va G’anachilik ” Fakulteti “Sug’urta ishi” fanidan Mustaqil ISHI Guruh: MM-53k-2 Bajardi: Rustamov S Qabul qildi: TOSHKENT-2022 Reja 1.Hamkor sug’urta kompaniya haqida 2.Hamkor sug’urta predmeti va maqsadi 3. Sug‘urtalovchining huquq va majburiyatlari 1"Hamkor Sug'urta" MChJ O'zbekiston bozorida 2009 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda va O'zbekiston Respublikasining jismoniy va yuridik shaxslari, chet el jismoniy va yuridik shaxslari, shuningdek, fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning mulkiy manfaatlari uchun sug'urta xizmatlarini ko'rsatish uchun tashkil etilgan. "Hamkor Sug'urta" MChJning yagona (100%) asoschisi - bu HAMKORBANK, xorijiy kapital ishtirokida. Bugungi kunda "Hamkor Sug'urta" MChJ 15 ta ixtiyoriy sug'urta klassi uchun litsenziyaga ega va O'zbekiston sug'urta bozorida jadal rivojlanayotgan moliyaviy tashkilotdir. "Hamkor Sug'urta" MChJ barqaror rivojlanishiga yuqori professionallik, samaradorlik, mijozga individual yondoshish, uning malakasi, tashabbusi va mas'uliyati hal qiluvchi ta'sir ko'rsatadi. Bugungi kunda "Hamkor Sug'urta" MChJni rivojlantirishning asosiy strategik yo'nalishlaridan biri mahalliy va xorijiy tashkilotlar bilan sheriklik va o'zaro manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'yish, xalqaro talab va standartlarga javob beradigan noyob sug'urta dasturlari va xizmatlarini yaratish orqali o'z faoliyatini kengaytirishdir. Yuqoridagi maqsadlarga erishish uchun "Hamkor Sug'urta" MChJ sug'urta sohasida 15 yillik tajribaga ega bo'lgan va 10 yildan ortiq vaqt davomida yirik milliy va xorijiy investorlar, banklar va kredit tashkilotlari, korxonalar manfaatlari uchun sug'urta dasturlarini tashkil etgan xodimlarga ega, kompaniyalar, xorijiy vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar. "Hamkor Sug'urta" MChJ O'zbekistonda an'anaviy ravishda sug'urta mahsulotlarining 50 dan ortiq turlarini taqdim etadi, masalan: kompleks ipoteka sug'urtasi, mol-mulk sug'urtasi (shu jumladan uskunalarning buzilishi va ipoteka / lizing) va transport vositalari (garovga olingan va lizingga berilgan), eksport sug'urtasi. import operatsiyalari, avtoulovlarni ixtiyoriy sug'urtalash, baxtsiz hodisalardan sug'urta qilish (24 soat va ish joyida), 20 dan ortiq fuqarolik va kasbiy javobgarlikni sug'urtalash turlari va boshqalar. Ma’lumki, turli ko’ngilsiz hodisalar, xususan, zilzila, suv toshqini, qurg’oqchilik, yer ko’chkisi, sel, kuchli shamol, do’l va shunga o’xshash tabiiy ofatlar qadimdan insoniyat boshiga katta kulfatlar keltirgan. Keyinchalik ishlab chiqarishning rivojlanishi, sanoatning yangi bosqichga ko’tarilishi turli texnogen tusdagi xavflarning vujudga kelishiga olib kelgan. Jamiyatning barcha jabhalari taraqqiy etishi barobarida fuqarolarning bir maromda hayot kechirishlariga va korxonalarning barqaror faoliyat ko’rsatishiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillar ham kengaya boshladi. Mana bir misol. Sanoatning tez sur’atlar bilan rivojlanishi tabiat va jamiyat o’rtasidagi muvozanatning buzilishiga, birinchi galda, ekologik vaziyatning tang ahvolga tushib qolishiga sabab bo’ldi. To’g’ri, insoniyat tabiatning injiqliklariga ko’nikib yashashga o’rgangan, ammo, shu bilan bir qatorda tabiiy ofatlar, yong’in va boshqa noxush hodisalar ro’y berishi oqibatida yuzaga kelgan zararlar, yo’qotishlarning o’rnini qoplash vositalarini izlab topishga ham harakat qilgan. Hatto, insoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida hayot kechirgan ajdodlarimiz bunday ko’ngilsiz hodisalar ro’y berishi natijasida ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlar va nobudgarchiliklardan saqlanish choralarini ko’rganlar. Ana shunday choralardan biri sifatida qurg’oqchilikdan saqlanish maqsadida suv omborlari va oziq-ovqat zaxiralarini yaratganlar. Har ehtimolga qarshi zaxiralarni yaratish va oldindan ko’rib bo’lmaydigan hamda insoniyatning ongi bilan boshqarib bo’lmaydigan ko’ngilsiz hodisalar sodir bo’lishi oqibatida yuzaga kelgan zararlarning o’rnini qoplash hozirgi zamon sug’urta munosabatlarining asosini tashkil etadi. Tabiiy ofatlar, yong’in va boshqa noxush hodisalar yuz berishi natijasida etkazilgan zararlarning o’rnini qoplashda sug’urta muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy adabiyotlarda sug’urta tushunchasiga turlicha ta’riflar keltirilgan. Ulardan eng keng tarqalgani “yuridik va jismoniy shaxslarning badallari hisobidan maxsus pul jamg’armasini tashkil etish va turli noxush hodisalarning sodir bo’lishi natijasida ana shu shaxslarning hayoti va faoliyatiga etkazilgan zararlarni mazkur jamg’arma hisobidan qoplash bilan bog’liq iqtisoiy munosabatlarga sug’urta deyiladi”. 2002 yil 5 aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonunida sug’urtaga quyidagicha ta’rif berilgan: “Sug’urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar to’laydigan sug’urta mukofotlaridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug’urta hodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga sug’urta shartnomasiga muvofiq sug’urta tovonini (sug’urta pulini) to’lash yo’li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi” Ko’rinib turibdiki, yuridik va jismoniy shaxslar xizmat haqi sifatida to’laydigan sug’urta mukofotlari hisobidan maxsus maqsadga mo’ljallangan pul fondlari tashkil etiladi. Bu pul fondlari sug’urta tashkilotlarining tasarrufida bo’ladi. Sug’urta tashkiloti yuridik hamda jismoniy shaxslar o’rtasida tuzilgan sug’urta shartnomasiga asosan sug’urta hodisasi sodir bo’lishi natijasida etkazilgan zararlarni qoplaydi. Sug’urta hodisasi sodir bo’lishi natijasida etkazilgan zararlar, faqat, sug’urta tashkiloti bilan tegishli sug’urta shartnomasini tuzgan yoki sug’urta polisini olgan yuridik va jismoniy shaxslarga shartnomada ko’rsatilgan xavf-xatarlar sodir bo’lgan taqdirdagina qoplanadi. Demak, sug’urta qoplamasini olish uchun yuridik yoki jismoniy shaxs sug’urta mukofotini to’lagan va shu asnoda pul fondini shakllanishida ishtirok etgan bo’lishi kerak. Sug’urta quyidagi ikkita tarmoqqa ajratilgan: hayotni sug’urta qilish (jismoniy shaxslarning hayoti, sog’lig’i, mehnat qobiliyati va pul ta’minoti bilan bog’liq manfaatlarini sug’urta qilish, bunda shartnoma bo’yicha sug’urtaning eng kam muddati bir yilni tashkil etadi hamda sug’urta pullarining sug’urta shartnomasida ko’rsatib o’tilgan oshirilgan foizni o’z ichiga oluvchi bir martalik yoki davriy to’lovlarini (annuitetlarni) qamrab oladi); umumiy sug’urta (shaxsiy, mulkiy sug’urta, javobgarlikni sug’urta qilish hamda hayotni sug’urta qilish sohasiga taalluqli bo’lmagan boshqa sug’urta turlari). Har bir sug’urta tarmog’i sug’urta risklari va majburiyatlarining umumiy xususiyatlariga qarab sug’urta klasslariga bo’linadi. Hayotni sug’urta qilish tarmog’i 4 ta va umumiy sug’urta sohasi 17 ta klassni o’z tarkibiga oladi. Har bir sug’urta klassi umumiy xususiyatlariga qarab bitta yoki bir nechta sug’urta turlarini (mahsulotlarini) o’z ichiga oladi. Sug’urta tarmoqlariga oid sug’urta klasslarining to’liq nomlanishi 2002 yil 27 noyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sug’urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 413-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sug’urta faoliyati klassifikatori”da keltirilgan. Sug’urta majburiy va ixtiyoriy shakllarda amalga oshiriladi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda majburiy sug’urtaning quyidagi turlari amalga oshiriladi: harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy sug’urtasi; soliq organlari xodimlarining davlat majburiy sug’urtasi; davlat sud ekspertlarining hayoti va sog’lig’ini davlat tomonidan majburiy sug’urta qilish; sudyalarning hayoti va sog’lig’ini davlat tomonidan majburiy sug’urta qilish; Hukumat kafolati ostida kiritilayotgan va Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan qurilayotgan ob’ektlardagi qurilish risklarini majburiy sug’urtasi; xavfli ishlab chiqarish ob’yektiga ega korxonalarning xavfli ishlab chiqarish ob’yektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sog’lig’i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar etkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish; transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish; ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish. Majburiy sug’urta qonun asosida joriy etiladi. Majburiy davlat sug’urtasi davlat byudjeti mablag’lari hisobidan, majburiy sug’urta esa yuridik yoki jismoniy shaxsning o’z mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi. Yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini sug’urta qilish, fuqarolarni baxtsiz hodisalardan sug’urta qilish, xorijga chiquvchi fuqarolarni sug’urta qilish, tibbiy sug’urta, uzoq muddatli hayotni sug’urtalash, yuklarni sug’urtalash kabi sug’urta turlari ixtiyoriy shaklda amalga oshiriladi Sug‘urta agentining huquq va majburiyatlari Sug‘urta agenti quyidagi huquqlarga ega: sug‘urtalovchi tomonidan berilgan vakolatlar doirasida sug‘urtaning har qanday turi, shu jumladan majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha vositachilik faoliyatini amalga oshirish; sug‘urtaga qabul qilinayotgan sug‘urta tavakkalchiligini baholashda, sug‘urta hodisasi yuz berganda sug‘urta to‘lovini to‘lashda va sug‘urta qildiruvchining sug‘urta mukofotini to‘liq hajmda hamda sug‘urta shartnomasida belgilangan muddatlarda to‘lashida zarur ko‘mak ko‘rsatish; sug‘urtalovchidan litsenziyaning mavjudligi, ustav fondi miqdorlari, sug‘urta zaxiralari hamda qabul qilingan majburiyatlar to‘g‘risida, shuningdek sug‘urtalovchining to‘lovga qobiliyatliligi va moliyaviy barqarorligiga doir boshqa ko‘rsatkichlar to‘g‘risida ma’lumotlar olish; sug‘urta shartnomasi (sug‘urta polisi) tuzish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish; sug‘urta qildiruvchidan qabul qilib olinayotgan tavakkalchiliklar to‘g‘risida sug‘urtalovchiga to‘liqroq axborot berish maqsadida barcha uchun ochiq bo‘lgan manbalardan tavakkalchilik va sug‘urta qildiruvchi to‘g‘risida sug‘urta qildiruvchining shaxsiy hayotiga aralashmagan holda ma’lumotlar to‘plash. Sug‘urta agenti qonunchilikka va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Sug‘urta agenti: sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etishi; sug‘urta shartnomasi tuzishda va sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lashda hujjatlarni o‘z vaqtida rasmiylashtirishga ko‘maklashishi; sug‘urta tariflari, sug‘urtalovchilar tomonidan taklif etilayotgan sug‘urta shartlari haqida, litsenziyaning mavjudligi, ustav fondi miqdorlari, sug‘urta zaxiralari hamda qabul qilingan majburiyatlar to‘g‘risida, shuningdek sug‘urtalovchining to‘lovga qobiliyatliligi va moliyaviy barqarorligiga doir boshqa ko‘rsatkichlar haqida axborotga ega bo‘lishi; sug‘urta shartnomasini rasmiylashtirishda sug‘urta qildiruvchi to‘g‘risida zarur axborotga ega bo‘lishi, unga sug‘urta tavakkalchiligini pasaytirish va sug‘urta hodisasi yuz berishi ehtimolini kamaytirishga qaratilgan aniq tadbirlarni amalga oshirishni taklif etishi; sug‘urta qildiruvchilarning so‘roviga ko‘ra ularga sug‘urtaning amaldagi shartlari to‘g‘risida axborot berishi; sug‘urta shartnomalarini belgilangan tartibda tuzishi va yangi muddatga o‘z vaqtida qayta rasmiylashtirishi; tuzilgan sug‘urta shartnomalari va olingan sug‘urta mukofotlari summalari hisobini belgilangan shaklda yuritishi; sug‘urta hujjatlarining saqlanishini ta’minlashi; mijozning tijorat sirini yoki boshqa sirini tashkil etgan ma’lumotlarning maxfiyligini saqlashi; sug‘urta shartnomasining amal qilish muddati mobaynida tavakkalchilik shart-sharoitlarining jiddiy ravishda o‘zgarishiga taalluqli axborotni sug‘urtalovchi o‘z vaqtida olishini, shuningdek sug‘urta e’tirozlari yuzaga kelganda hamda ularni tartibga solish jarayonida sug‘urtalovchi va sug‘urta qildiruvchi o‘rtasida axborotning o‘z vaqtida almashinishini ta’minlashi; tegishli bitim mavjud bo‘lgan taqdirda, sug‘urtalovchining topshirig‘iga ko‘ra va uning hisobidan sug‘urta to‘lovlari to‘lanishini tashkil etishi shart. Sug‘urta agentining zimmasida qonunchilikka va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. 2 "Hamkor Sug'urta" AJ ning maqsadi Sugurta bozorida ilg’or o’rinlarni egallash ,mijozlarga foydali va samarali sugurta maxsulotlarini yaratishga xamda mijozlarni ishonchini qozonishga qaratilgan.Sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Sug‘urta quyidagi sohalarga bo‘linadi: hayotni sug‘urta qilish (jismoniy shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i, mehnat qobiliyati va pul ta’minoti bilan bog‘liq manfaatlarini sug‘urta qilish, bunda shartnoma bo‘yicha sug‘urtaning eng kam muddati bir yilni tashkil etadi hamda sug‘urta pullarining sug‘urta shartnomasida ko‘rsatib o‘tilgan oshirilgan foizni o‘z ichiga oluvchi bir martalik yoki davriy to‘lovlarini (annuitetlarni) qamrab oladi); umumiy sug‘urta (shaxsiy, mulkiy sug‘urta, javobgarlikni sug‘urta qilish hamda hayotni sug‘urta qilish sohasiga taalluqli bo‘lmagan boshqa sug‘urta turlari). Sug‘urta tavakkalchiliklari yoki ular guruhlarining va ular bilan bog‘liq majburiyatlarning umumiy xususiyatlariga muvofiq sug‘urta sohalari sug‘urta turlariga (klasslariga) bo‘linadi. Sug‘urta turlari (klasslari) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Sug‘urtaning xarakterli belgilari quyidagilardan iborat: -Sug‘urta riskini mavjudligi. Risk-sug‘urta munosabatlari paydo bo‘lishining asosiy shartidir. Risk bo‘lmas ekan, sug‘urtaning bo‘lishi mumkin emas. Riskning hajmi, miqdori ehtimollar nazariyasi va matematik statistika usullari yordamida aniqlanadi. Sug‘urta risklarini tahlil kilish ularni 2 ta yirik guruhga bo‘lishni taqozo etadi. Ya’ni, risk sug‘urtaviy va sug‘urtasiz bo‘ladi. Sug‘urta shartnomalarida o‘z aksini topgan risklar sug‘urtaviy risklar deyiladi. Risk bahosini pulda ifodalanishi sug‘urta stavkasini tashkil etadi. Risk doimiy ko‘rsatkich emas, balki u doimo o‘zgarib turadi. Bu o‘zgarishlar iqtisoddagi va boshqa sohadagi o‘zgarishlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Sug‘urta tashkiloti riskni rivojlanishini, holatini doimo kuzatishi lozim, ya’ni tegishli statistik hisob olib borishi, yig‘ilgan ma’lumotlarni qayta ishlashi va tahlil qilishi kerak. Riskni baholash uchun uni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: 1) Sug‘urtalanishi mumkin bo‘lgan risklar. 2) Sug‘urtalanishi mumkin bo‘lmagan risklar. Riskning eng katta guruhini sug‘urtalanishi mumkin bo‘lgan risklar tashkil etadi. Quyida keltirilgan mezonlar asosida sug‘urta riskini sug‘urtasiz risklardan farq qilish mumkin. a) Risk tasodifiy xarakterga ega bo‘lmog‘i kerak ; b) Sug‘urta hodisalarini ro‘y berish faktining vaqti va makonining noma’lum bo‘lishi; v) Хavf solish manbasiga ko‘ra risklar tabiatning stixik kuchlari bilan bog‘liq risklari va moddiy boylikni o‘zlashtirish oqibatida insoniyatni tabiatga ta’siri bilan bog‘liq risklar. Risklarni turkumlashda katta halokatli risklar alohida o‘rin tutadi. Chunki bunday risklar ro‘y berishi natijasida ko‘plab ob’ektlar yirik miqdorda zarar ko‘rishi mumkin. Katta halokatli risklarga zilzila, sunami, kuchli shamol misol bo‘lishi mumkin. Yuqorida aytilgan risklardan tashqari ekologik, siyosiy va maxsus risklar bo‘lishi mumkin. Risk menejment (riskni boshqarish) - riskni chegaralash yoki kamaytirish bilan bog‘liq tadbirlar yig‘indisi. Amaliyotda riskni boshqarish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: Riskni aniqlash Riskni baholash Riskni nazorat qilish Riskni moliyalashtirish 3. Sug‘urtalovchining huquq va majburiyatlari Sug‘urtalovchi quyidagi huquqlarga ega: qonunchilikda belgilanadigan tartibda va shartlarda sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomalari tuzish; (61-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) o‘z majburiyatlarini belgilangan tartibda qayta sug‘urta qilish, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida qayta sug‘urta qilish; maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartibda va shartlarda investitsiya faoliyatini amalga oshirish; Download 90.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling