7. Maxsus yarimavtomatik tikuv mashinalari


Download 172.23 Kb.
bet1/3
Sana28.10.2023
Hajmi172.23 Kb.
#1730435
  1   2   3
Bog'liq
жихоз-7 Maxsus yarimavtomatik tikuv mashinalari

7. Maxsus yarimavtomatik tikuv mashinalari 1 3022-M rusumli yarimavtomati 2 "Dyurkopp" firmasining 558-1303\EII\22 xalqa yo’rmash yarimavtomati 3 "Pfaff" (Germaniya) firmasining 3306-7-20-966\11 tugma qadash yarimavtomati 4 LK-981-555-BR-2 (Yaponiyaning "Juki" firmasi) tugma qadash yarimavtomati 5 "Dyurkopp" firmasining 541-15105 yarimavtomatik tikuv mashinasi

Tayanch iboralar: yarim avtomat, avtomat, yo’rmash, tugma qadash, puxtalama.

Maxsus yarim avtomatik tikuv mashinalar ishining xususiyatlari Tikuvchilik buyumlari detallariga ishlov berishda alohida ishlarni bajarishga mo’ljallangan yarim avtomatlar ishlatiladi. Puxtalaydigan va furnitura chatadigan yarim avtomat mashinalarda sermehnat texnologik operatsiyalar avtomatik bajariladi. Bu va bundan boshqa ba`zi ishlarni bajarishda materiallarning surilishi, ignaning ogishi oldindan belgilangan bo’lib, ular bajarilayotgan operatsiya oxirigacha materiallarni bosib turadigan va furniturani tutib turadigan maxsus konstruktsiyali mexanizm yordamida bajariladi.

Tikuvchi detallarga ishlov berayotganida mashinaning old qismi tomonda utiradi. Mashina tikmayotgan paytida kiskich yoki tugma tutkich ko’tarilgan buladi. Pedal bosilganda qisgich yoki tugma tutkich pastga tushadi va mashina ishlay boshlaydi. Tikuv yarim avtomat mashinalarining texnologik jarayonlarda qo’llanilishi mehnat unumdorligini anchagina oshirish, tikish sifatini yaxshilash, tikuvchilarning charchashini kamaytirish imkonini beradi.

3022-M rusumli yarimavtomati "Orsha" engil mashinasozlik firmasi ishlab chiqaradigan 3022-M rusumli yarim avtomati sof jun va aralash tolali kostyumbop gazlamalardan erkaklar shimining kiyik qirqilmagan vitochkalarini bitta moki baxyakator yuritib tikishga mo’ljallangan. Asosiy valining aylanish chastotasi 4000 min , baxyasining yirikligi 2,5 mm, vitochkaning uzunligi 70-190 mm, kengligi 20-52 mm. Tiqiladigan materialning tepki tagida qisilgan holatdagi qalinligi ko’pi bilan 2 mm. Ignalar 0203 № 100-120. YArim avtomat mashina tikadigan bosh qism 10 dan (rasm), "iplar zanjirini" uzish qurilmasi 96 kiyim detali 8 ni surish mexanizmi o’rnatilgan ish stoli, vitochka hosil qilish qurilmasi 21 dan, boshqarish pulti 14, detallari qatlamini tutib turish qurilmasi (kiskich) 3 va dazmollash qurilmasi 2 dan, mashina bosh qismining elektr yuritgichi 28, elektr va pnevmatik boshqarish apparati, chiqarish pedali 30 dan iborat. Demak, yarim avtomat markazlashtirilgan pnevmatik tarmoqqa o’langan bo’lishi kerak.


1-расм 3022-M rusumli tikuv mashinasi (mashinaning tashqi ko’rinishi bilan ish stoli)

Download 172.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling