Asosiy qism 2pts-4-793a rusumli tirkamaning vazifasi, tuzilishi va ishlashi


Download 1.29 Mb.
bet1/9
Sana22.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1647851
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi




Mavzu: 2pts-4-793a rusumli traktor tirkamasiga texnik xizmat ko‘rsatish va kuzovi nosozliklarini bartaraf etish texnologiyasi


Kirish

  1. Asosiy qism

    1. 2pts-4-793a rusumli tirkamaning vazifasi, tuzilishi va ishlashi

    2. 2pts-4-793a rusumli tirkamada uchraydigan asosiy nosozliklar

    3. 2pts-4-793a rusumli tirkamaning asosiy nosozliklarini bartaraf etish texnologiyasi

  2. 2pts-4-793a rusumli tirkama nosozliklarini payvandlash yо‘li bilan bartaraf etish texnologik xaritasi

  3. Xulosa

  4. Foydalanilgan adabiyotlar

  5. Mundarija

Kirish


Mamlakatimiz iqtisodiyotini mustaxkamlash va uni tо‘xtovsiz rivojlanib borishini ta’minlash maksadida barcha soxalarda, shuningdek kishlok xо‘jaligi ishlab chikarishida chukur isloxotlar amalga oshirilmokda, ya’ni zamonaviy kishlok xо‘jalik texnikalarining kо‘llanishi о‘sib bormokda.


Keyingi yillarda mtp larda bajarilgan mexanizatsiya ishlari hajmi milliardlab sо‘mni tashkil etgan holda, ularni ta’mirlash ustaxonalarida esa juda oz miqdorda ta’mirlash ishlari bajarilayapti.
Shu sababli, maninalar ishonchliligini oshirish, texnikalarini remont-xizmat kо‘rsatish ishlari sifati yaxshilash hamda ta’mirlash–texnk servis bazalarini qayta qurish, kengaytirish, ularni texnikalar bilan qayta jixozlash, yangi muqobil mtp larni tobora takomillashtirish, ta’mirlash, texnik servis ishlariga sarflanadigan harajatlarni kamaytirish davlat ahamiyatidagi vazifadir.
Xо‘jalik yuritishning yangi sharoitlari, qishloq xо‘jalik ishlab chiqarishini texnika bilan qayta qurollantirishni jadal suratlarda amalga oshirishni taqozo etadi. Buning uchun mashinalarning ishonchliligini oshirish va mashina-traktor parkini remont qilish, xizmat kо‘rsatish hamda saqlash ishlariga yanada kо‘proq e’tibor berish lozim.
Mashinalarning ishonchliligini remont qilish davrida oshirish maqsadida, jamoa xо‘jaliklarida, agrofirmalarida (xо‘jaliklararo birlashmalarda), «о‘zqishloqxо‘jalikta’minot tuzatish» tizimidagi remont-xizmat kо‘rsatish bazalari rivojlantirilmoqda, yangi remont ustaxonalari va texnik xizmat kо‘rsatish nuqtalari (joylari) ishga tushirilmoqda, mavjud remont ustaxonalari qaytadan yangi remont-texnologik uskunalari bilan jihozlanmoqda.
Mashinalarni ishlatish jarayonida, detallarining yeyilishi va boshqa shikastlanishlar sababli ishdan chiqishi muqarrardir. Chunki, hanuzgacha butun foydalanish muddati davomida buzilmasdan ishlaydigan mashina yaratilgan emas. Binobarin, mashinalarni remont qilish obyektiv zaruriyatdir.
Mashina-traktor parklarining hozirgi rivojlanish davrida ishlab chiqarishda foydalanilayotgan mashina va mexanizmlarlarning samaradorligini oshirishda yeyilgan detallarni qayta tiklash muhim о‘rin tutadi. Xalq xо‘jaligi ishlab chiqarishida qatnashayotgan mashina va mexanizmlarni turi va sonining kо‘payib borishi oqibatida ularni remont qilish, ayniqsa ehtiyot qismlar bilan ta’minlash muammosi shunchalik ortib boraveradi. Mashinasozlikning kо‘pgina tarmoqlarida mashina ishlab chiqarishga ketadigan umumiy metall miqdorining 50% ga yaqini ehtiyot qismlar ishlab chiqarishga sarflanadi. Ehtiyot qismlar ishlab chiqarish uchun mehnat sarfi ham shunga mos ravishda ancha yuqori bо‘ladi.
Kо‘pgina hollarda yeyilgan detallarni qayta tiklash maqsadga muvofiq bо‘ladi. Bunda detal tayyorlashda unga sarflangan mehnat va metall zahirasidan tо‘laroq foydalanishga erishiladi. Shu bilan birga detallarni qayta tiklash metall olish uchun kerak bо‘ladigan tabiiy va hom-ashyo zahirasini tejashga yordam beradi.
Yeyilgan detallarni qayta tiklashning yana bir afzalligi bо‘lib qayta tiklash vaqtida ularning yeyilishga chidamliligini oshirish mumkinligi hisoblanadi. Ma’lumki, yeyilgan detallarni qayta tiklash, qoida bо‘yicha, yeyilish miqdorini qoplash maqsadida detal yuzasiga turli qatlamni qoplash bilan bog‘liq. Detal yuzasini qatlam bilan qoplashda, bu ish majburiy bо‘lganligi uchun, qatlam materiali sifatida qattiq qotishma va shunga о‘xshash yuqori yeyilishga chidamli xossalarga ega bо‘lgan kompozitsion materiallardan foydalanish maqsadga muvofiq bо‘ladi. Bunda material va mexanik ishlov berish tannarxi bir oz ortgani bilan, u bu harajatni detalning ishlash muddati ortishi xisobiga bir necha barobar qoplaydi.
Bugungi kunda yeyilgan detallarni qayta tiklashning 30 dan ortiq usullari mavjud. Yeyilgan detallarni qayta tiklashda u yoki bu usulni tanlashda quyidagilar asosiy mezon bо‘lib xisoblanadi: yeyilish miqdori, detalning о‘lchamlari, qizish chegarasi, yeyilgan qismning о‘lchamlari, shakli, chidamlilikning kerakli ortish darajasi, ishlash sharoiti, birikmaning xususiyatlari, korxonaning texnik imkoniyatlari va boshqalar.
Avtotraktor, qishloq xо‘jalik texnikasi va boshqa mashinalarning detallari ishlatish davrida xilma-xil omillar ta’sirida о‘zlarining birlamchi о‘lchamlarini va mexanik xossalarini yо‘qotadi va oqibatda mashinalar buzilib, ishga yaroqsiz holga keladi. Ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish uchun juda kо‘p metall, mablag‘lar va mehnat sarflanmoqda.
Kichik miqdordagi yeyilgan detallarni qayta tiklamasdan tashlab yuborish iqtisodiy nuqtai nazardan foydasiz.
Mashinalarning tez yeyiluvchi detallarini qayta tiklash va ularning yeyilishga chidamliligini oshirishda mavjud usullar ichida payvandlash alohida о‘rin tutadi. Chunki, kо‘pgina yeyilgan detallar payvandlash va payvandlab qoplash usullari yordamida qayta tiklanadi va ularning ishchi yuzalarida abraziv, korrozion, hamda yeyilishning boshqa turlariga yaxshi qarshilik kо‘rsata oladigan qatlam hosil qilinadi. Bunda payvandlashning elektr-yoy, gaz, plazma, kontakt, induksion, metallizatsiya, elektrolitik qoplash kabi usullaridan foydalaniladi.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling