7-seminar mashg’uloti Mavzu: Tilning leksik taraqqiyotidagi ichki va tashqi omillar. Reja


Download 83 Kb.
Sana20.10.2023
Hajmi83 Kb.
#1711829
Bog'liq
7-seminar


7-seminar mashg’uloti


Mavzu: Tilning leksik taraqqiyotidagi ichki va tashqi omillar.
Reja:
1.Neologizmlar
2.Istorizmlar va arxaizmlar
3. Tilning lug’at tarkibi
Jamiyat va xalq hayotidagi turli o‘zgarishlar natijasida til ham takomillashib, rivojlanib boradi. Sanoat, qishloq xo‘jaligi, fan, madaniyat va texnikaning tez sur'atlar bilan rivojlanishi, birinchi navbatda tilning lug‘at tarkibiga ta’sir qiladi. Tilning lug‘at tarkibida yangi so‘zlar, iboralar paydo bo‘ladi, ayrim so‘zlaming semantikasida o'zgarishlar yuz beradi, ayrim so‘zlar esa eskirib qoladi. Bu barcha tillaming umumiy qonuniyatlaridir. Buni o ‘zbek tili materiallari asosida izohlaymiz.
Tilda hosil bo‘lgan yangi so'zlar neologizmlar (grekcha neos — yangi, logos— so‘z) deyiladi. Lug‘at tarkibi neologizmlar hisobiga boyib boradi. Neologizmlar quyidagi xususiyatlari bilan lug‘at tarkibida ajralib turadi:
1) yangi tushuncha, narsa yoki hodisaning nomini ataydi;
2) avval mavjud bo'lgan narsa yoki hodisaning belgilarini farqlaydi;
3) tildagi vositalami tejaydi;
4) fikmi aniqroq ifodalash uchun xizmat qiladi.
Neologizmlar tilning ichki zahiralari va boshqa tillardanso‘z qabul qilish, ya’ni tashqi ta’sir natijasida hosil bo‘ladi. Neologizmlar tildagi xususiyatlariga ko‘ra awalo ikki turga bo‘linadi: leksik-semantik va leksik-grammatik. Leksik-semantik neologizmlar o‘z navbatida leksik (unga boshqa tildan o ‘zlashgan so‘zlar ham kiradi) va semantik (unga mavjud so'zlaming yangi ma'noda ishlatilishi kiradi) bo‘ladi. Masalan, o ‘zbek tili lug‘at tarkibida keyingi davrlarda paydo bo’lgan fazogir (kosmonavt), kosmodrom, kosmik kema kabilar leksik neologizmlar hisoblanadi.
O‘zbek tili lug‘at tarkibida ayrim so'zlar eskirdi. Bunday so‘zlar ikki turga ajratiladi: istorizm va arxaizm. Istorizmlar (grekcha historia — tarix) o ‘tmishda mavjud bo’lgan narsa-hodisalaming nomlaridir. Masalan, qozi, ellikboshi, mingboshi, yuzboshi, taxt, kanizak, omoch, sovut kabilar. Bunday so'zlar tarixiy asarlarda o ‘tmishni tasvirlash uchun sharoit taqozosi bilan ishlatiladi. Ba'zan frazeologik istorizmlar ham uchrab turadi (qozilik qilmoq kabi). Istorizmlardan arxaizmlami farqlamoq zarur.
Arxaizmlar (grekcha arhaios — “qadimgi”) bugungi kunda mavjud boMgan narsa-hodisalaming eski nomlaridir. Masalan, ta'til (kanikul), dudoq (lab), muhr (pechat), o ‘miz (ko‘krak) va boshqalar. Bular badiiy nutqda ayrim stilistik talablarga ko‘ra ishlatiladi. Istorizmlar va arxaizmlar tilning takomillashuvi, uning lug‘at sistemasining rivojlanish jarayoni bilan bogMiqdir.
Tilning lug‘at tarkibi jamiyat taraqqiyoti bilan bog’liq holda doim rivojlanishdadir. Bu har bir tilning ichki zahiralari hamda boshqa tillardan so‘z
o ‘zlashtirish hisobiga bo’ladi. Odatda, yangi so‘zlar, so‘zlaming yangi m a’nolari eskirib qolayotgan so‘zlaiga nisbatan ancha ko‘p paydo bo’ladi. Bu yangi so‘z va ma’nolar ma’lum qonun-qoidalar asosida yuzaga keladi. Lekin, shu bilan birga, tilda biror qoida bilan bog’liq bo’lmay, sun’iy hosil qilingan so‘zlar oz bo’lsa-da mavjud. Bunga adabiyotlarda liliput, neylon, gnom, kodik kabi so'zlar misol qilib keltiriladi. BMT kabi qo‘shma qisqartma so‘zlar esa analitik nomlash va so‘zlami qisqartirish qoidalari asosida hosil bo’lgan.
Til lug‘at tarkibi taraqqiyotining, asosan, to ‘rt usuli mavjud: grammatik usul, fonetik usul, semantik usul, so‘z o ‘z!ashtirish usuli.
Grammatik usul. Til lug‘at tarkibi taraqqiyotining grammatik usuli tilning so‘z yasash modellari va so‘z yasash usullariga asoslanadi. Har bir tilning o ‘ziga xos so‘z yasash modellari va usullari bor. Grammatik so‘z yasash usullari so‘z yasash asosi va yasalgan so‘z hamda so‘z yasovchi vositalarga ko‘ra o‘zaro farq qiladi. So‘z yasash asosi va yasalgan so‘zga ko‘ra bir so‘z turkumi doirasida hamda turli so‘z turkumi doirasida bo'ladi: xizmat — xizmatchi — xizmatchilik, son — sana — sanoq.
So‘z yasash vositalariga ko‘ra so‘z qo'shish va affiksal (morfologik) usul bilan so‘z yasash farq qilinadi. So‘z qo‘shish usulida yangi tushuncha ifoda qilish uchun ikki yoki undan ortiq so‘z biriktirilib, bir so‘z holiga keltiriladi. Bu usul bilan qo‘shma so‘zlar hosil qilinadi: muzyorar, temiryo‘l, so‘z boshi va boshqalar. So‘zlami qisqartirish va qo‘shma qisqartma so‘zlar (i abbreviatura — lotincha abbrevio — qisqartirish) hosil qilish qoidalari ham shunga kiradi: O‘zMU — O‘zbekiston Milliy universiteti.
So‘z qo‘shish yo‘li bilan so‘z yasash barcha tillar uchun xosdir. Bu usul ayniqsa qo'shimchasiz, masalan, xitoy, indonez tillarida keng rivojlangan. O‘zbek tilida morfologik (affiksal) usul bilan so‘z yasashning quyidagi ko‘rinishlari mavjud: 1) suffiksal usul: temir — temirchi, bosh — boshliq; 2) prefiksli usul: davlat — badavlat, tashvish — betashvish, gap — sergap; 3) suffiksalprefik usul: sergaplik, baquvvatlik.
Savol va topshiriqlar:

  1. Neologizmlar deb nimaga aytiladi?

  2. Istorizmlarga misollar ayting.

  3. Arxaizlar va istorizmlarni bir-biridan farqlang.

Download 83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling