7-sinf fizika darsligi asosida 36-mavzu: impuls kuch impulsi


Download 1.01 Mb.
bet1/3
Sana09.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1179886
  1   2   3
Bog'liq
7-sinf Fizika fanidan Impuls dars taqdimoti


7-sinf fizika darsligi asosida 36-mavzu:
IMPULS
Kuch impulsi
To‘xtab turgan aravachani ma’lum bir tezlikda harakatlantirish uchun uni katta tezlikda kelayotgan boshqa aravacha turtib yuborishi kerak.
Yoki uni asta-sekin tortib, kichik kuch ta’siri yordamida ham kerakli tezlikka erishtirish mumkin.
Lekin buning uchun uzoq vaqt davomida kuch ta’sir ettirib turish kerak bo‘ladi. Bu ikki usulda arava bir xil tezlikda harakatga keladi: birida qisqa vaqt davomida katta kuch, ikkinchisida uzoq vaqt davomida kichik kuch ta’sirida.
Demak, jismlarning o‘zaro ta’sirida natija kuchning miqdoridan tashqari, ta’sirlashish vaqtining davomiyligiga ham bog‘liq ekan. Bunga ishonch hosil qilish uchun quyidagi tajribalarni o‘tkazib ko‘raylik.
1-tajriba. Ikkita bir xil ipga ikki tomonidan bog‘langan jismni 117- a rasmda ko‘rsatilganidek osib qo‘yaylik.
Dastlab iрni tez, ya’ni siltab pastga tortamiz (117-b rasm). Bunda jism ostidagi iрning uzilishiga guvoh bo‘lamiz.
Chunki siltab tortganimizda, Nyutonning birinchi qonuniga asosan jism o‘zining tinch holatini saqlashga harakat qiladi va jism ustidagi ipga kuch ta’sir etib ulgurmaydi.
Natijada jism ostidagi ipga ustidagi ipga nisbatan ko‘proq kuch ta’sir etib, u uziladi. So‘ngra jismning ostiga bog‘langan iрni sekin-astalik bilan pastga tortamiz. Bunda jismni yuqoridagi tayanch bilan bog‘lab turgan iр uziladi (117-d rasm).
Chunki biz pastga tortayotgan kuchimizga jism og‘irligi ham qo‘shiladi. Jism ustidagi ipga ostidagi ipga nisbatan ko‘proq kuch ta’sir etgani uchun tepadagi ip uziladi.
2-tajriba. Stol ustiga sirtlari silliq ikkita taxtachani ustma-ust qo‘yaylik.
Pastdagi taxtachaga iр bog‘langan bo‘lsin (118-rasm).
Birinchi (a) holatda pastdagi taxtachani asta-sekin tortamiz.
Bunda pastki va ustki taxtacha bir-biriga nisbatan siljimasdan, stol ustida sirpanadi. Ikkinchi (b) holatda pastdagi taxtachani tez, ya’ni siltab tortamiz.
Bu holda ustki taxtacha pastki taxtacha ustida sirpanib, orqaroqda qoladi yoki tushib ketishi mumkin.
Tajribalardan shunday xulosa chiqarish mumkin: jismlarning o‘zaro ta’siri natijasi faqat kuchning miqdorigagina emas, balki uning ta’sir vaqti davomiyligiga ham bog‘liq.
Shuning uchun kuch impulsi degan kattalik kiritilgan. Impuls lotincha impulsus so‘zidan olingan bo‘lib, turtki degan ma’noni bildiradi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling