7-sinf. Geografiya


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana18.02.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1212854
  1   2   3
Bog'liq
7 sinf geografiya 3 Amaliy bashg\'ulot va ularning javoblari



7-SINF. GEOGRAFIYA. 
 
5.10. AMALIY MASHGULOT. 
 
1. 1-rasmni kuzating, unda Yerning sun’iy yo‘ldoshdan olingan tasviri berilgan. Rasm 
asosida Afrikaning eng chekka g‘arbiy nuqtasi — Almadi burnida yilning qaysi fasli 
va kuni ekanini aniqlang. Buning sabablarini izohlang. 2-rasmda ko‘rsatilgan A, B, 
D nuqtalarga qaysi sanalarda quyosh nurlari 90° li burchak hosil qilib tushishini 
aniqlang. 
Javob: 
1-rasmdagi Afrikaning g’arbiy chekka nuqtasi hisoblangan Almadi burnida yilning 
yoz fasli yani 22-iyun sanasi (Sababi rasmdan ko’rinib turibdiki Quyosh shimoliy 
yarimsharni yoritib turibdi. Almadi burni shimoliy tropik mintaqasiga to’g’ri keladi). 
2-rasmda ko’rsatilgan: 
A nuqta – 22-iyun (Bu kuni Quyosh Shimoliy yarimsharda ufq ustida eng baland 
ko‘tariladi, kunduz uzun, tun esa qisqa bo‘ladi. Shimoliy qutb atrofidagi yerlarda Quyosh 
butunlay botmaydi. Shimoliy yarimsharda yoz, Janubiy yarimsharda esa qish bo‘ladi.); 
Yozgi quyosh turishi - qoq peshinda, Quyosh ufqdan eng baland turgan paytdagi 
ekliptika (quyoshning yillik ko‘rinma yo‘li)ga tegishli nuqta. Egizaklar yulduz turkumida 
bo‘ladi. Quyosh bu nuqtadan 21-22-iyun kuni o‘tadi. Quyosh turishi paytlariga yaqin 
kunlarda Quyosh ekvatorga deyarli parallel ko‘rinma harakatlanadi, natijada Quyoshning 
tush paytidagi balandligi deyarli o‘zgarmaydi. Tropik yil (365,2422 kun) bilan kalendar 
yil (365 yoki 366 kun) teng bo‘lmaganligi sababli Quyosh turishi kalendar sutkaning 
boshlanishiga nisbatan turli vaqtlarga mos keladi, oddiy yillarda 5 soat 48 min. 
46sek.kechroq yoki kabisa yilida 18 soat 11 min. sek. oldinroq kelishi mumkin. Hozirgi 
vaqtda yozgi Quyosh turishi nuqtasidan kalendar yilning 21 yoki 22 dekabrda(astranomik 
yoz boshlanadi) o‘tadi. Shimoliy yarim sharda yozgi Quyosh turishi nuqtasida bo‘lganida, 


kunduzning davomiyligi eng uzoq, qishki Quyosh turishi nuqtasida bo‘lganida eng kalta
janubiy yarim sharda esa shu kunlari aksincha bo‘ladi. 
B nuqta – 21-mart va 23- sentabr kunlari (baxorgi va kuzgi teng kunlik); 
Bahorgi va kuzgi tengkunliklar vaqtida (21-mart va 23-sentabr kunlari) Quyosh 
Shimoliy va Janubiy yarimsharni bir xilda yoritadi va isitadi. 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling