7-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fanidan elektron o’quv-uslubiy majmua yaratish metodikasi. Mundarija: Kirish Asosiy qism I bob. 7-sinflarga o’qitishni kompyuterlashtirish elektron darsliklar va ularni yaratish tamoyillari


Download 0.57 Mb.
bet1/6
Sana10.02.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1186344
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-sinf


7-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fanidan elektron o’quv-uslubiy majmua yaratish metodikasi.
Mundarija:
Kirish…………………………………………………………………………….4
Asosiy qism
I Bob. 7-sinflarga o’qitishni kompyuterlashtirish. elektron darsliklar
va ularni yaratish tamoyillari…………………………………........................7
1.1-§. O’qituvchi tizimlar va o’qitishni kompyuterlashtirish………..….……….7
1.2-§ O’rta maxsus ta’lim jarayonida 7-sinf informatika va AT
fanini o’qitish metodikasi…………………………………………….………….13
II Bob. Elektron darslik yaratuvchi dasturlar va ulardan
tàlim jarayonida foydalanish…………………………………………………..16
2.1-§. Barkamol avlodga ta’lim –tarbiya berish jarayonida masofadan
o’qitish texnologiyasidan foydalanish asoslari…………………………………..16
2.2-§. Elektron darsliklarning ta'limdagi roli va uni yaratish muammolari…………………………………………………………………….…27
Xulosa………………………………………………………………………….…29
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………….………..30
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi: Hozirgi kunda umumiy o’rta ta’limning biror o’quv fanini to’liq ravishda yoki uning qaysi qismini AKTdan foydalanib o’tsa qanday samara berishini yoki AKTni qo’llashning pedagogik tamoyillarini, uning psixologik xususiyatlarini, uning bilish jarayoniga ta’sir qilish mexanizmi va omillarini, shuningdek yana boshqa ko’p jihatlarini kompleks tadqiq qilish dolzarb bo’lib bormoqda. Akademik litseylar uchun tayyorlanayotgan multimedia vositalari, darsliklar va o’quv qo’llanmalari o’g’il-qizlarning bilimlarini yanada mustahkamlash bilan birga, pedagoglar uchun ko’makchi vazifasini ham o’tayotir. Darsliklarning elektron shaklini yaratish soha mutaxassislaridan ijodkorlikni talab etadi. Bu borada markaz mutaxassislari Respublika ta’lim markazi vakillari bilan hamkorlikni yo’lga qo’ygan. Elektron darsliklar, video va audiodarslar, interaktiv va animatsiyali virtual laboratoriya ishlari, testlar, ta’limiy o’yinlar va boshqa ta’lim resurslari, metodik qo’llanmalardan ayni vaqtda ko’plab ta’lim muassasalarida keng foydalanilmoqda.
Ta’lim muassasalarida zamonaviy texnikalardan foydalanish borasida pedagoglar uchun o’quv-trening vazifasini o’tovchi elektron axborot-ta’lim resurslari – dasturlar yaratilgan. Bu o’qituvchilarning darsni sifatli tashkil etishi, malakasini oshirishga izmat qiladi. Multimedia dasturlarini yaratish, rivojlantirish, ommalashtirish borasidagi ishlar o’z samarasini bermoqda. Ta’lim maskanlarida o’quvchilar to’g’ridan to’g’ri internetda yoki sinfxonalarda disklar va audiodisklar yordamida fanga oid ma’lumotlar bilan tanishmoqda. Bugungi kunda zamonaviy axborot texnologiyalaridan bemalol foydalanib, o’z 4 salohiyati bilan olam ahlini lol qoldirayotgan yoshlarimiz safi kengaymoqda. Bularning barchasi mamlakatimizda yoshlar uchun keng shart-sharoitlar, qulay imkoniyatlar yaratilayotganining samarasidir. Barchamizga màlumki, XXI asr – globallashuv davri, texnika asri deyiladi. Bugungi kunda fan va texnika jadal suratda rivojlanib bormoqda, bu esa yangi texnologiyalardan foydalanib dars o’tishni taqozo etadi. Kelajagimiz bo’lgan yoshlarni yuksak madaniyatli, o’tkir bilimli qilib tarbiyalashda har bir pedagog xodim o’zini masùl shaxs ekanligini bilgan holda, dars samaradorligini oshirib borishi, yangi texnologiyalardan unumli foydalanishi dolzarb masala hisoblanadi.Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Bilimdon va mànaviy yetuk bo’lgan, zamonaviy texnika va texnologiyalarni egallagan hamda boshqara oladigan malakali mutaxassislarni tarbiyalab yetishtirish bunday islohotlarning asosiy maqsadi hisoblanadi. Chuqur islohotlarni amalga oshirish, bozor iqtisodiyotiga o’tish, birinchi navbatda kadrlar potensialiga, ularning kasb jihatidan tayyorgarligiga bog’liq bo’ladi”, deb tàkidlagan edilar. Mustaqil rivojlanish yo’lidan borayotgan Respublikamizda yangi iqtisodiy sharoitlar ro’yobga keldiki, bu xalq xo’jaligining barcha sohalarida, xususan, tàlim tizimida ham qator islohotlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Fan va texnika taraqqiyotining jadal kechayotgani, kompyuter texnikasining keng qo’llanilayotganligi, o’quvchilarga berilishi lozim bo’lgan bilimlar ko’lamining tobora oshib borayotganligi, tàlimni tubdan yaxshilashni, fanlar bo’yicha milliy va mahalliy sharoitlarga mos keladigan hamda malakali mutahassislarni tayyorlash imkonini beradigan dastur va darsliklar, tàlimning zamonaviy metodlarini ishlab chiqishni talab qiladi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan “Tàlim to’g’risida”gi qonunda tàlimni yanada takomillashtirish maqsadida Respublika hududida tàlimni umumiy o’rta tàlim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari orqali amalga oshirish maqsad qilib qo’yilgan bo’lsa, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qonunida milliy tajribalarni tahlil qilgan holda hamda jahonning ilg’or yutuqlarini ètiborga olib akademik litsey va kasb-hunar kollejlarda har tomonlama shakllangan va yetuk mutahassislarni tayyorlashning asosiy yo’nalishlari belgilab berilgan.
Kurs ishining maqsadi: Informatika va AT fanlarini o’qitish jarayonida talabalar o’quv – biluv faoliyatini faollashtirishga yordam beradigan, bilim va ko’nikmalarini yanada mustahkamlovchi elektron darslik texnologiyasidan foydalanish va informatika darslarini o’qitish hususiyatlari bilan tanishish.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling