7-sinf uchun ona tili va adabiyotdan test


Download 12.82 Kb.
Sana02.04.2023
Hajmi12.82 Kb.
#1319719
Bog'liq
7-sinf test II variant


7-sinf uchun ona tili va adabiyotdan test
II variant
1. Tovush tushishi hodisasi qaysi qatordagi so’zda kuzatilgan?
A) qayril, ikkala, susay B) angla, susay, unda
C) achchiq, unda, ikkala D) shunday, achchiq, qaynoq
2. Fonetik hodisaga uchragan so’z qatnashgan gap qatorini toping.
A) Tadbirkorlar munosib taqdirlandilar.
B) Bahodir Jalolov mashhur o’zbek bokschisi.
C) Dilfuza – dunyo tan olgan o’zbek olimasi.
D) Shahrimiz ko’chalari go’zallashib bormoqda.
3. Miqdor va tartibni bildirgan so’z turkumi?
A) sifat B) ot C) son D) olmosh
4. Dunyoda go’zal joylar ko’p. Mol-dunyo o’tkinchidir. Ushbu gaplarda ajratib ko’rsatilgan so’zlar qanday so’z?
A) shakldosh B) ma’nodosh C) paronim D) antonym
5. “Har kim ekkanini o’radi” maqoli qaysi matn mazmuniga mos?
A) “Qahramonlar nega kerak?” B) “Sun’iy intellekt”
C) “Yo’lchi yulduz” D) “Chumchuqlarga qiron keltirgan Xitoy”
6. Smartfon, planshet va noutbuklar hayotimiz… ajralmas qismi… aylanib ulgurdi. Nuqtalar o’rniga tegishli qo’shimchalar qatorini toping.
A) -ning, -ga B) -ni, -da C) -ning, -da D) -da, -dan
7. Muloqot imkoniyati - … Fikrni davom ettiring.
A) so’z uvoli B) virtual olam C) bizga berilgan ne’matlardan biri D) yozishmalar vaqti
8. Osmon so’zining ma’nodoshlari berilgan qatorni toping.
A) yulduz, oy, quyosh B) fazo, falak, samo
C) quyosh, fazo, asteroid D) oftob, kun, xurshid
9. Fe’lning munosabat shakllari berilgan qatorni toping.
A) -moqchi, -sin, -s B) -ning, -ni, -ga
C) -m, -ing, -si D) -k, -ning, -dan
10. Ajratib ko’rsatilgan so’z matnda qanday ma’noda qo’llangan? “Inson qahramonsiz oldinga undab turuvchi mayoqsiz yashashi mushkul”.
A) Kemalarga quruqlikni ko’rsatib turuvchi inshoot ma’nosida.
B) Mash’ala ko’tarib borayotgan inson ma’nosida.
C) Yo’lboshchi – qahramon ma’nosida.
D) Ustoz ma’nosida.
Download 12.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling