7-sinf uchun O’zbekiston tarixi 1


Download 49.03 Kb.
Sana18.12.2022
Hajmi49.03 Kb.
#1028911
Bog'liq
7-Sinf uchun O\'zbekiston tarixi


7-sinf uchun O’zbekiston tarixi


1. Qadimgi tangalarni o’rganadigan fan sohasi nima deb ataladi?
A) diplomatika
B) numizmatika
C) arxeografiya
D) epigrafika


2. Xalqlarning qadimgi urf-odatlarini o’rganadigan olim qanday ataladi?
A) antropolog
B) arxeolog
C) etnograf
D) lingvist


3. O`zbekiston tarixi bo`yicha eng qadimgi manbani aniqlang?
A) “Avesto”
B) Behustun qoya yozuvlari
C) Sug’d bitiklari
D) Gerodotning “Tarix” asari


4. Gerodotning “Tarix” asari necha kitobdan iborat?
A) 5 ta
B) 6 ta
C) 8 ta
D) 9 ta


5. Uchi bir tomonga qaratib o’tkirlangan qo’pol daryo toshlari nima deb ataladi?
A) mikrolit
B) nous
C) petroglif
D) chopper


6. Neandertal odam qoldiqlari O’zbekistonning qaysi g’oridan topilgan?
A) Teshiktosh
B) Machay
C) Selung’ur
D) Obirahmat

7. Insonni o’rab turgan muhitda ruhlar va jonlarning mavjudligiga ishonish fanda nima deyiladi?


A) magiya
B) fetishizm
C) animizm
D) totemizm


8. Mezolit necha mingyilliklarni o’z ichiga oladi?
A) mil.avv. 9-6-ming yillik
B) mil.avv. 40-12-ming yillik
C) mil.avv. 30-25-ming yillik
D) mil.avv. 12-7-ming yillik


9. Qaysi davrda odamlar o`q-yoy yasashni o`rganib oldi?
A) eneolit davrida
B) mezolit davrida
C) neolit davrida
D) bronza davrida


10. Quyidagi qaysi yodgorlik Buxoro viloyatida joylashgan?
A) Sarazm
B) Namozgoh
C) Zamonbobo
D) Oltintepa


11. G’ildirak qaysi davrda kashf etilgan?
A) neolitda
B) eneolitda
C) bronza asrida
D) ilk temir asrida


12. “Avesto”da qabilalar ittifoqi qanday nomlangan?
A) zantu
B) daxyu
C) nmana
D) varzana


13. Quyidagi qaysi javob moddiy manbalarga taaluqli emas?
A) Sopol idishlar
B) Mehnat qurollari
C) Zebi-ziynat buyumlari
D) Kitoblar


14. Ma’lumki, eng qadimgi odamlar tabiat nimani in’om etsa, shuni olgan, topgan yeguligi bilan qanoatlangan. Bu qadimgi mashg’ulot nima deb nomlanadi?
A) natural xo’jalik
B) ishlab chiqaruvchi xo’jalik
C) o’zlashtiruvchi xo’jalik
D) termachilik


15. Qaysi davrda odamlar urug’ jamoasiga birlashdilar?
A) so’ngi paleolit
B) mezolit
C) neolit
D) eneolit





Download 49.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling