8- amaliy mashg‘ulot. Biznes va tadbirkorlikda tavakkalchilik


Download 488.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana11.05.2023
Hajmi488.44 Kb.
#1451010
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8- amaliy mashg‘ulot. Biznes va tadbirkorlikda tavakkalchilik (1)



30 
 
8- amaliy mashg‘ulot. Biznes va tadbirkorlikda tavakkalchilik
 
 
Tavakkalchilik 
tushunchasi 
va 
uni 
boshqarish 
Bezneshamda xususiy tadbirkorlikni rivojlanib borishi bilan xo‘jalik yuritishning asosini 
tashqil etuvchi raqobatning ahamiyati ortib bormoo‘da. Bunday sharoitda muvaffaqiyatli 
faoliyat yuritish uchun tadbirkorlar samarali boshqaruv uslublarini bilishlari
tavakkalchilik chegaralarini aniqlay olishlari, mavjud variantlardan eng maqbulini 
tanlay olishlari kerak. Bu esa tadbirkorning ishbilarmonlik o‘obiliyati bilan belgilanadi 
va har bir tadbirkordan ma’lum darajada bilim va malaka talab qiladi. 
Tadbirkorlik – foyda olish maqsadida o‘z mol-mulkini tavakkkalchilik asosida 
biznesga tikish jarayoni ekanligi tufayli, bunday faoliyat doimiy ravishda ma’lum bir 
xatarlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Mamlakatimiz va xorijda to‘plangan tajribalar 
tadbirkorlik faoliyatini tavakkalchiliksiz amalga oshirib bo‘lmasligini ko‘rsatmoqda. 
Shuning uchun ham tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni o‘z oldiga maqsad qilib 
qo‘ygan insonlarning hayoti umid va tushkunlik, tinimsiz mehnat va xavotirlarga to‘la 
bo‘ladi. 
Tadbirkor tavakkalchiligi yuqori bo‘lgan ishga tayyor bo‘lgan odamlar o‘atoriga 
kiradi. U tavakkalchiligi o‘ta yuqori bo‘lgan loyihalarni yechishi va hal qilishi mumkin 
yoki tavakkalchilikning darajasi unchalik kuchli bo‘lmagan biznes bilan shug‘ullanishi 
mumkin. 
Tavakkalchilik – kelgusidagi vaziyat noaniq bo‘lgan sharoitda pirovard natija 
yaxshi bo‘lishiga umid bog‘lab, mol-mulk yoki foydadan mahrum bo‘lish (to‘liq yoki 
qisman) xavfini o‘z bo‘yniga olib amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatidir. 
Tadbirkorlik subyektining faoliyati bilan bog‘liq tavakkalchilik turlarining 
mohiyati va kelib chiqish xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha turkumlash mumkin (13-
chizma): 
tabiiy jarayonlar bilan bog‘liq tavakkalchilik; 
ishlab chiqarish faoliyatiga oid tavakkalchilik; 
mahsulotlarni tashish va asrash jarayoni bilan bog‘liq tavakkalchilik; 
tijorat faoliyatiga oid tavakkalchilik; 
moliyaviy faoliyatga oid tavakkalchilik; 
siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hususiyatdagi tavakkalchilik. 
Tavakkalchilikni tug‘diradigan xavflarning turlari xilma-xil bo‘lib, ularning 
ba’zi birlari subyektning o‘z faoliyatini natijasida yuzaga kelsa, ikkinchi turlari unga 
bog‘liq bo‘lmagan tashqi omillarning ta’sirida yuzaga keladi. 


31 

Download 488.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling