8 – amaliy mashg‘ulot termouskunalarni hisoblashni o‘rganish. Ishning maqsadi


Download 15.86 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi15.86 Kb.
#1820258
Bog'liq
Амалий 8


8 – AMALIY MASHG‘ULOT
TERMOUSKUNALARNI HISOBLASHNI O‘RGANISH.
Ishning maqsadi: quyuqlashtirish, sterilizatsiya, pastirizatsiya, qovurish, blanshirlash, quritish va muzlatish qurilmalarining ishlash prinsipi va ularga oid hisob ishlarini o’rganish
Kerakli asbob va jihozlar: Plakatlar, stendlar, videoproyektor, qurilma maketlari.
Nazariy ma’lumotlar: Issiqlik texnologik jarayonlari (quyuqlashtirish, sterilizatsiya, pastirizatsiya, qovurish, blanshirlash, quritish va muzlatish) aniq tartibda o‘tkaziladi. Issiqlik jarayoni tanlanganda qisqa muddat kerakli termoishlov berish mahsulotning yuqori sifatini saqlab qolishi shart. Masalan, tomat pastani ishlab chiqarishda qaynash harorati past bo‘lganda namlik ajratiladi. Ammo harorat ancha pasayganda mahsulot qovushqoqligi oshadi va konvension jarayonlari sekinlashadi. Natijada bug‘latish jarayoni quritish jarayoniga aylanadi.
Termojarayonlarning tartibi (harorat, bosim, jarayon davomiyligi) isitiladigan mahsulotning konsistensiyasi va agregat holatiga bog‘liq. Oziq- ovqat sanoatida issiqlik tashuvchi sifatida asosan to‘yingan suv bug‘i, ba’zida suv, havo va issiq moylar qo‘llaniladi.
Termouskunalarning hisobi dastlabki va tekshiruvchi turlariga bo‘linadi. Tekshiruvchi hisoblar ishlatilayotgan va mavjud bo‘lgan uskunalarni ishlatish imkoniyatini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Bu hisoblarda berilgan uskuna o‘lchamlari va ishlash sharoitlari asosida uning haqiqiy quvvati aniqlanadi. Issiqlik balansi quyidagi formuladan topiladi:
Q=Gc t
Bu yerda: Q – issiqlik miqdori, Dj;
G – uskunaning ishlab chiqarish quvvati, m3/soniya;
s – mahsulotning solishtirma issiqlik sig‘imi, Dj/m3
t – mahsulot haroratining o‘zgarishi, 0C.
Issiqlik almashinishi quyidagi tenglamadan topiladi:
Q=KF· t
Bu yerda: K – issiqlik uzatish koeffitsenti Vm/(m2.K.);
F – isitish yuzasi, m2;
t- issiqlik tashuvchi haroratining o‘zgarishi, oS.
Gc· tm=KF· Tt
tt= tu -
Bu yerda: va – dastlabki va oxirgi haroratning farqi;
K – issiqlik almashinish tezligi.
Bir qavatli tekis devor uchun u quyidagi formuladan topiladi:
K=
Bu yerda: va – issiqlik berish koeffitsienti, Vm/(m2K);
devor qalinligi, m;
– issiqlik o‘tkazish koeffitsenti.
Bir qavatli silindr devori uchun issiqlik almashinish tezligi quyidagicha topiladi:
K=
Bu yerda:duu, du, dm – silindrning o‘rta, ichki va tashqi diametri, m.
Suvni bug‘latish uchun sarflangan issiqlik miqdori quyidagi tenglamadan aniqlanadi:
Q=W·r
Bu yerda:r – bug‘latish issiqligi, Dj/kg.
Bug‘langan suyuqlik miqdori quyidagicha topiladi:
W=G(1- ),
Bu yerda:G – bug‘lanadigan mahsulot massasi, kg;
n va m – mahsulotning dastlabki va oxirgi quruq moddalari miqdori, %.
Ish bo‘yicha hisobot:
Topshiriq. Pasteriziyatsalangan sut ishlab chiqarishda bug‘langan suyuqlik miqdori hisoblab toping.
Bunda: G-400 kg, n-12%, m 15%.
Download 15.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling