8-Jahon tarix. I-variant test. Nazorat ishi
1. Quyidagilardan to'g'ri javobni aniqlang.
A) Usmoniylar sultoni Mustafo III 1768-yilda Rossiyaga yurish boshladi
B) Yevropa davlatlarining yetti yillik urushi 1755-1762-yillarda bo'lib o'tdi
C) Jon Lokk falsafa va adabiyotning rivojlanishiga hissa qo'shgan
D) Galileo Galiley ko'zguli teleskopni kashf qildi
2. Uyg'onish davri vakillaridan nisbatan oldinroq tavallud topganini aniqlang.
A) Tomas Mor B) Rembrant
C) Mikelanjelo D) L. Da Vinchi
3. Quyidagi ma'lumotlardan Nikolay Kopernikka tegishlilarini aniqlang.
1. 30 yil davomida osmon jismlarini kuzatdi
2. Ko'zguli teleskopni yaratdi
3. Geliosentrik nazariyaga asos soldi
4. Yer quyosh atrofida va o'z o'qi atrofida aylanadi degan xulosaga keldi
5. 70 yil umr ko'rgan
6. Teleskop bilan olamni kuzatgan
A) 1,3,6 B) 1,4,5 C) 1,2,3 D) 4,5,6
4. Italiya uyg'onish davri vakillariga bag'ishlangan film qaysi?
A) Yevropa B) Uyg'onish
C) Meros D) Xazina
5. Angliyada 45 yil hukmronlik qilgan shaxs faoliyati bilan bog'liq ma'lumotlarni aniqlang.
1. Angliya dunyoning yetakchi davlatiga aylandi
2. Mamlakatda reformatsiya o'z nihoyasiga yetdi
3. Xo'jalikni rivojlantirishda va dengiz savdosida muvaffaqiyatlarga erishdi
4. Angliya "Dengizlar malikasi"ga aylandi
5. Uning o'limi bilan Tyudorlar sulolazi barham topadi
6. Absolyutizmning inqirozi kuchaydi
A) 1,2,3,4,5 B) 1,3,4,5,6
C) 1,2,5,6 D) 1,2,4,5,6
6. Ushbu shaxs haqida berilgan ma‘lumotlardan nechtasi to‘g‘ri?
1. Ushbu shaxs asarining qahramoni xudolar va avliyolar emas, balki oddiy odamlar edi.
2. Olam abadiy mavjud, u hech qachon yo‘q bo‘lmaydi, degan xulosani dadil ilgari surdi, olamning cheksizligi va abadiyligi haqidagi nazariyani yaratdi.
3. O‘z asarida ideal davlat namunasini yaratib, uni "utopiya" deb atadi.
4. U bir vaqtning o‘zida rassom, me‘mor, shoir, haykaltarosh, musiqachi, ixtirochi olim edi.
A) 3 B) 1 C) 4 D) 2
Do'stlaringiz bilan baham: |