3. Angliyaning Shimoliy Amerikadagi ilk mustamlakasi tashkil qilindi (a), Moskva uchun bo‘lgan janglarda Polsha qo‘shini mag'lubiyatga uchradi (b).
Quyidagi voqealarni qachon sodir bo‘lganligini aniqlang.
A) a-1602-yil, b-1607-yil
B) a-1612-yil, b-1607-yil
C) a-1607-yil, b-1612-yil
D) a-1605-yil, b-1613-yil
4. Quyidagi javoblardan haqiqatga muvofiq kelmaydiganini aniqlang.
A) Deklaratsiya-muhim qoidalar e'lon qilinadigan hujjat
B) Gegemonlik-siyosiy, iqtisodiy, harbiy ustunlik, bir davlatning boshqasi ustidan hukmronligi
C) Sudebnik -qonunlar to‘plami
D) Dvoryanlar dumasi- rus davlatida dastlab knyazlar, so‘ng podsho huzuridagi Oliy Davlat Kengashi
5. Germaniyada qachondan iqtisodiy tushkunlik boshlandi?
A) XVI asrda B) XVI asr oxirida
C) XVI asrning ikkinchi yarmida
D) XV asr ikkinchi yarmida
6. Quyidagi javoblardan qay biri xato?
A) Faust haqidagi qadimiy nemis afsonasini qayta yozdi. Yaratilishiga 60 yil sarflangan falsafiy drama insonning o‘z g‘oyalari uchun kurashi buyuk kurash ekanligini takidlash bilan Marifat asrining mohiyatini ochib berdi
B) Ma‘rifat asrining asosini hurfikrlik tashkil qiladi
C) Antuan Vattoning real hayotdan cheksiz yiroqda bo‘lgan suratlari aristokratlar saroylariga ajoyib bezak bo‘la olardi
D) Figaroning uylanishi operasining kuylari hamma yerda: ko‘chalarda, maydonlarda, oshxonalarda jaranglaydi, uni, katta ko‘cha musiqachilari ham ijro etardilar
7. AQSH konstitutsiyasi qabul qilingan yildan keyin sodir bo‘lgan voqeani aniqlang.
A) Qahramonnoma simfoniyasi muallifi dunyoga keldi
B) "Matto bayon etgan buyuk musibat" asari muallifi vafot etdi
C) AQSHda ikkinchi qit‘a Kongressi mustaqillik uchun kurash boshlashga qaror qildi
D) Konvent Fransiyaning yangi Konstitutsiyasini qabul qildi
Do'stlaringiz bilan baham: |