8-mart Xalqaro -xotin qizlar kuni


Download 15.32 Kb.
Sana19.04.2023
Hajmi15.32 Kb.
#1365213
Bog'liq
8-mart. Bayonnoma


Past Darg'om tumani XTBga qarashli 14-umumiy o'rta ta;lim maktabida 2023-yil 7- mart kuni “8-mart Xalqaro –xotin qizlar kuni” munosabati bilan o’tkazilgan tadbir
BAYONNOMASI
2023 – yil 7-mart kuni maktabda “8-mart. Xalqaro - xotin qizlar kuni” munosabati bilan madaniy –ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir boshlanguniga qadar bahor va onalarni madh etadigan kuy – qo’shiqlar yangrab turardi.
So’zga maktab MMIBDO’ : G’.Safarov chiqib avvalo yig’ilgan barcha ayollarni, opa-singillarni va o’quvchi qizlarni “8-mart, Xalqaro xotin – qizlar kuni” bilan chin dildan samimiy qutladi va sahnaga tadbir ishtirokchilari bo’lgan 11-sinf o’g’il bolalarini taklif qildi.
Tadbir ishtirokchilari musiqa sadolari ostida sahnaga tashrif buyurishdi va tadbir boshlandi. Tadbir boshida avvalo vatanimizning madhiyasi yangradi va undan keyin tadbir davomiyligi ulaninb ketdi.
Tadbirda maktabning 11-sinf o’g’il bolalari faol ishtirok etishdi. Maktabning barcha xotin-qiz o’qituvchilari va barcha sinflarning o’quvchi qizlari tadbir ishtirokchilari tomonidan taklif qilindi va ularga atab kuy ijro qilishdi.
Tadbirda ishtirokchilar tomonidan onalar, opa-singillar va ayollarni madh etuvchi turli she’rlar, kuy-qo’shiqlar, ajoyib ko’rinishlar jonli tarzda namoyish qilindi.
Tadbir davomida ishtirokchilar barchaga yaxshi kayfiyat ulashadigan QVZ jamoalarining ko’rinishlaridan parchalarni jonli tarzda namoyish etishdi. Bu bayramona tadbir juda ham taasurotlarga boy tarzda o’tkazildi.
Tadbirga ishtirokchilar puxta tayorgarlik ko’rishgani ular tomonidan jonli tarzda ijro etilayotgan kuy-qo’shiqlar, she’rlar va monologlardan bilinib turardi.
Tadbir juda ham maroqli va chiroyli sahna ko’rinishlariga bvoy bo’lib o’tdi.Yig’ilganlar tadbirdan juda ham yaxshi taasurotlar bilan tarqalishdi. Qo’shiqlar jonli tarzda kuylandi.
O’tkazilgan tadbir juda ham yaxshi ko’rinishlarga, ajoyib chiqishlarga boy bo’ldi. 11-sinf o’g’il bolalari tomonidan tashkillashtirilgan bu tadbirdan yog’ilgan tomoshabinlarning kayfiyatlari kutarilib tarqalishdi. Yig’ilgan tomoshabinlar ishtirokchilarga o’z minnatdorchiligini bildirishdi.

Qaror qilindi:

  1. O’tkazilgan tadbir juda yaxshi o’tilganligi inobatga olinib, bunday tadbirlar davomiyligi yo’lga qo’yilsin.

  2. O’tkazilgan tadbir natijasida ma’naviyat darslarida barcha o’quvchilarda mehr-muhabbat, onalarga, opa-singillarga va ustozlarga hurmat tuyg’ulari shakllantirib borilsin.

Makyab direktori: N.Himmatov


MMIBDO’: G’.Safarov
Kutubxonachi: O.Jumayeva
Download 15.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling