8-ma’ruza mavzu: Simsiz maxalliy tarmoqlar Reja: Simsiz maxalliy tarmoqlar. Ieee 802. 11 standarti


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana09.01.2022
Hajmi0.49 Mb.
#264995
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8-maruza



8-MA’RUZA 

Mavzu: Simsiz maxalliy tarmoqlar 

Reja: 

1.  Simsiz maxalliy tarmoqlar.  

2. IEEE 802.11 standarti. 

3. Bluetooth shaxsiy tarmoqlari. 

 

  Tayanch  iboralar:  simsiz  maxalliy  tarmoq,  Bluetooth  shaxsiy  tarmoq, 

tarqatilgan  tarmoq,  asos  xizmatlar  tо„plamiga  ega  tarmoq,  ega  bо„lish  nuqtalari, 

pikotarmoq, elastik trafik. 

1. Simsiz maxalliy tarmoqlar 

Simsiz  maxalliy  tarmoqlar  (Wireless  LAN,  WLAN)  ba‟zi  xollarda    simli 

tarmoqlarga qaraganda  avzalroq    yechim  bо„lishi  mumkun  va ba‟zida  esa  yagona 

yechim bо„lishi xam mumkun.  WLAN  da  signal  yuqori  chastotali  elektoromagnit 

tо„lqinlar  yordamida    tarqaladi.  WLAN  ni  ananaviy  ishlatilishiga    misol  qilib 

quyidagi soxalarni keltirish mumkun: 

Aeraport  va  temir  yо„l  vokzallarida  “kо„chmanchi”  ega  bо„lish  deb 

ataluvchini tashkil qilish; 

Vaqtincha  maxalliy  tarmoqlarni  tashkil  qilishda,  masalan  konferensiyalarni 

о„tkazish kunlarida; 

Kabel  о„tkazish  noqulay  bо„lgan  xonadonlarda  Internetga    ega  bо„lishni  

joriy etishda; 

Bir  necha  xona    va  binolar  doirasida  mobil  ega  bо„lishni      ta‟minlash,    bu 

juda dolzarb, masalan kasalxonalar uchun. 

Biroq  simsiz  tarmoqlarning  avzalliklari  uchun    kо„p  muammolar  bilan  xaq 

tо„lashga  tо„g„ri  keladi,  simsiz  muxit  о„zi  bilan    turg„un  bо„lmagan  va  bashorat 

qilib  bо„lmaydigan  xolatlarni  olib  keladi.  Turli  maishiy  qurilmalardan  xosil 

bо„ladigan  xalallar  va  boshqa  telekommunikatsion    tizimlardan,  atmosferadagi 

xalallar va signalni aks sadosi  axborotlarni ishonchli qabul qilinishi uchun  katta 

qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Maxalliy tarmoq – bu avvalambor, bino tarmog„i 

bо„lib,  radio  signallarni  bino  ichkarisida  tarqalishi  kо„p  tasir  etuvchi  omillarga   

bog„liq.  2.29-chizmada  radio  signallar  tarqalishining  jadalligiga  misol  keltirilgan. 

Qayd  qilib  о„tishimiz  keraki  bu  statik  tasvir  bо„lib,  xaqiqatda  esa    tasvir  dinamik 

kо„rinishga  ega  va  xonada  obyektning  xolati  о„zgarishi  bilan  signalni  

taqsimlanishi jiddiy о„zgarishi mumkun. 



 

2.29-chizma. Xonada radio signallarning jadalligini taqsimlanishi. 

 

Shuning uchun  WLAN da kodlashtirishning murakkab usullari qо„llaniladi, 



ular  foydali  signallarga  xalallarning  ta‟sirini  kamaytiradi,  undan  tashqari,    simsiz 

tarmoqlarda  xatoliklarni  bevosita tuzatish usuli (Forward Error Control, FEC) va 

yо„qotilgan kadrlarni qayta uzatishli protokollar ishlatiladi. 

  Signallarning  jadalligini  notekis  tarqalishi  uzatiladigan  axborotlarni  

nafaqat  bit  xatoligiga  va  yana  simsiz  maxalliy  tarmoqni    qoplash  xududini  aniq 



emasligiga xam olib keladi. 

Bundek  xududni  kо„p  ishlatiladigan  tasviri    olti  burchak  yoki  aylana 

shaklida  bо„lishi  bu  abstraksiyadir.  Xaqiqatda  esa  signal  shunchalik  sо„ngan 

bо„lishi mumkunki,  qoplash xududida joylashgan  deb bilingan  qurilma umuman 

axborotni qabul qila olmaydi va uzata olmaydi xam.  


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling