8-ma’ruza: sql tili. Sql operatorlarini yozish


Download 0.69 Mb.
bet1/3
Sana25.01.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1121358
  1   2   3
Bog'liq
8-MA’RUZA-1

8-MA’RUZA: SQL TILI. SQL OPERATORLARINI YOZISH.

REJA

  • Ma’lumotlar bilan ishlash operatorlari va so’rovlari.
  • Ma’lumotlar bazalari chizma(sxema)larini aniqlash vositalari. Jadvallarni, ustunlarni, jadval cheklanishlarini yaxlitligini aniqlash.
  • My Sql ma’lumotlar bazasi tili asoslari.
  • Ma’lumotlar bazalari yaratish operatorlari.

Annotatsiya: Ma’lumotlar bilan ishlash operatorlari va so’rovlari, ma’lumotlar bazalari chizma(sxema)larini aniqlash vositalari, jadvallarni, ustunlarni, jadval cheklanishlarini yaxlitligini aniqlash, ma’lumotlar bazalari yaratish operatorlari, boshqaruvchi strukturalarni aniqlash,munosabatlar va ularning maydonlariga murojaatni boshqarish haqida ma’lumotlar berish, amaliy malaka-ko’nikmalarini rivojlantirish va mustahkamlash.

Ma’lumotlar bilan ishlash operatorlari va so’rovlari.

  • MySQL bu — krossplatformali dastur hisoblanadi, ya'ni bir xil tipga ega bo'lgan(ishlash texnologiyasi bir xil), lekin o'rnatiluvchi fayllari biroz boshqachadir. Hozirda mysql Oracle firmasi tomonidan ishlab chiqarilmoqda, oldin Sun firmasiga tegishli bo'lgan. Shuning uchun MySQL 4talqini MySQL 5 talqinidan farq qiladi. Hozirda(maqola yozilishida) eng so'ngi talqini 5.6.14 dir.
  • Keling enda,talqinlar nimani anglatishini bilib olamiz. Har bir dastur, ma'lum bir sonlar asosida talqinlarga ajratiladi. Dastur ismi o'zgarmaydi, faqat sonlar o'zgarib, dasturning yangi yoki eskiligini ajratib turadi. Yangi yoki eskiligi, dasturning darajasini belgilaydi, ya'ni yangi dastur eskisiga qaraganda yangi qirralari mavjudligini anglatadi.

MySQL asosan 2 turga bo'linadi. Birinchisi, pullik talqin bo'lib, MySQL Enterprise Serverdeyiladi. Bu turidan foydalanganda, har yil ma'lum bir mablag' to'lash talab etiladi.

  • MySQL asosan 2 turga bo'linadi. Birinchisi, pullik talqin bo'lib, MySQL Enterprise Serverdeyiladi. Bu turidan foydalanganda, har yil ma'lum bir mablag' to'lash talab etiladi.
  • Ikkinchisi, MySQL Community Server deb nomlanib, bepul hisoblanadi.
  • MySQL Enterprise Serverni MySQL Community Serverdan farqi, Enterprise tipi o'zida barcha utilitlarni qamrab oladi va chiqayotgan barcha yangi patch va o'zgarishlar dastlab shu tipiga chiqariladi va ancha vaqtdan so'ng Community tipiga chiqadi. Undan tashqari Enterprise tipida klaster texnologiyasi ham mavjud. Biz uchun Community tipi ham yetarli hisoblanadi va shu tipini o'rganib boramiz.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling