8. Mavzu : Daraxt yog’och haqida Reja. Daraxt tanasini tuzilishi Daraxt ildizi


Download 349.5 Kb.
Sana02.11.2023
Hajmi349.5 Kb.
#1739122

8. Mavzu : Daraxt yog’och haqida
Reja.
1. Daraxt tanasini tuzilishi
2. Daraxt ildizi
3. Turli daraxtlarning tanasi
M a’lumki, barcha turdagi yog’och-taxta materiallar daraxtdan olinadi. Shuning uchun o’quvchilarga daraxt tuzilishi, uning qismlari bilan tanishtirib, ulardan qanday material olinadi va qanday maqsadlarda ishlatilishi haqida tushuncha berish maqsadga muvofiqdir. Har qanday o’sib turgan daraxt uch qismdan: ildiz, tana va shoxlardan iboratdir. Ildiz daraxtning o’sishi (yashashi) uchun kerak bo’ladigan asosiy qismlardan biridir. Ildiz o’z shakli, katta-kichikligi, soni va yerga joylashishiga qarab turli daraxtlarda turlicha bo’ladi. Shunga qaramasdan barcha daraxtlarning ildizida asosiy tomirlar bo’lib, ular daraxt tanasining davomi hisoblanadi. Bunday tomirlarni o’q tomirlar deb yuritiladi. Qalin o’rmonlarda o’sadigan daraxtlarning ildizida yon tomirlar kam bo’lib, ular ko’pincha asosiy-o’q tomirlardan iborat bo’ladi. Ular tananing davomini tashkil etadi. Bundan ko’rinadiki, qalin ekilgan daraxtlarning o’q tomirlari rivojlangan bo’ladi. Siyrak va yakka tartibda o’sgan daraxtlarning ildizi yerga tik ketmasdan yer betini qoplab tarqaladi. Chunki yakka va siyrak o’sgan daraxtlar shamol ta’sirida o’z muvozanatini saqlash maqsadida past bo’yli, ildizi yer betini qoplab tarvaqaylab o’sadi. Daraxt ildizida o’q tomirlar, yon tomirlar shuningdek rishta tomirlar bo’ladi. Rishta tomirlarda mayda ko’zga ko’rinmas kapillyar naychalar bo’lib, ular orqali yerdan olingan va daraxtning o’sishi uchun kerak bo’ladigan suv va ozuqa moddalari so’rib olinadi. Ildiz orqali olingan ozuqa moddalari tana orqali shoxlarga o’tadi. Daraxtning o’q tomiri to’g’ri va qattiq bo’lib, ulardan ko’pincha yog’och ishlash tokarlik stanoklari uchun material sifatida foydalaniladi. Ildizdan skipidar va konifol olinadi. Tana o’zida daraxtning o’sishi uchun kerak bo’ladigan ozuqa moddalarini saqlaydi. Shuningdek, ildiz orqali olingan ozuqa moddalarini shoxlar orqali barglarga, barglardan shoxlar orqali o’tgan ozuqa moddalarini ildizga o’tkazadi. Daraxt tanasidagi shoxlar butalgandan so’ng u xoda holiga keladi. Xodalar har xil o’lchamli bo’ladi. Xodalarning yo’g’on-ingichkaligiga qarab ulardan qurilish va inshootlarda, shaxtalarda, elektr, radio, telefon liniyalari uchun simyog’ochlar tayyorlashda asosiy material sifatida ishlatiladi. Daraxt tanasidan olinadigan xodalarning yo’g’on-ingichkaligiga qarab sinchli binolar qurishda chorchup, ustun, sarrov, to’sin, xari, kashak va hokazo maqsadlarda foydalaniladi. Shuningdek, xodalar tilinib undan duradgorlikda, mebelsozlikda ishlatiladigan turli o’lcham va shakldagi har xil yog’och-taxta materiallar tayyorlanadi. Turli daraxtlarning tanasi har xil ko’rinishga ega bo’ladi. Bu uning turiga, o’sish sharoitiga bog’liq. Qalin o’rmonlarda o’sadigan daraxtlar tik o’sib tanasi to’g’ri, kam shox bo’lib ulardan sifatli xodalar olinadi. Bunday xodalarni tilish natijasida hosil bo’ladigan taxta materiallar yuqori sifatli bo’ladi. O’rmon chetida o’sadigan daraxt tanasi egri, yakka tartibda yoki siyrak o’sgan daraxtlar sershox, past bo’yli bo’lib, ulardan olinadigan xodalar ko’pincha tabiiy nuqsonli bo’ladi. Shuning uchun o’rmonchilik xo’jaliklarida sifatli yog’och yetishtirish maqsadida daraxtlar qalin ekilishi va o’stirilishi kerak.
Shoxlar yerdan tana orqali olingan ozuqa moddalarini barglarga o’tkazadi. Barglar daraxt tanasida hosil bo’lgan ortiqcha namlikni bug’lantiradi, havo tarkibidagi karbonat angidrid (SO2) gazini yutib o’zidan sof kislorod ajratish xususiyatiga ega.
TEKSHIRUV UCHUN SAVOLLAR:
1. Daraxtdan olinadigan yog‘ochlar qanday farqlanadi?
2. Yog‘ochning teksturasi nimalarni aniqlashga imkon beradi?
3. Yog‘ochning ishlatilish sohasiga qarab turlarga ajratish nima uchun kerak?
Download 349.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling