Meva daraxtlariga shakl berish, ularni parvarish qilish


Download 32.35 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi32.35 Kb.
#1594313
  1   2   3   4   5
Bog'liq
meva ko\'chatlarga shakl berish, ularni parvarish qilish


MEVA DARAXTLARIGA SHAKL BERISH, ULARNI PARVARISH QILISH


Mashg’ulot rejasi:

  • Meva daraxtlariga shakl berish va butash

  • Mevachiikda shoxlarning ahamiyati va turlari

  • SHoxlarni kesish turlari

  • Yangi bog’larni parvarish qilish

Tayanch iboralar: kesish, yаrusli shoxlar, yаrussiz shoxlar, vazasimon shox, yоtib o’sadigan shox, kesish turlari. O’g’itlash,

DARAXTLARGA SHAKL BERISH – bog’dorchilik va manzarali bog’dorchilikda qo’llaniladigan agrotexnologik usullardan biri, daraxt va butalar shox-novdalarini butash, siyraklatish, qisqartirish yo’li bilan ularni muayyan bir ko’rinishda o’stirish. Daraxtlarga shakl berish daraxtning havo, yorug’likdan yaxshi bahramand bo’lishi, oziq moddalarning hosilli novdalarda to’planishi, hosildorlikni oshirish va mevalar sifatini yaxshilashga imkoniyat yaratadi. Shakl berilmagan daraxtlar kam yashaydi va kam hosil beradi. Daraxtni o’stirish shakli joyning tuproq-iqlim sharoitlariga, meva turi va navining biologik xususiyatlariga qarab tanlanadi. Dastlabki shakl berish ishlari ko’chatzorning ikkinchi dalasida boshlanadi, so’ngra bog’da 6-8 yil davom ettiriladi. Dunyo mamlakatlari bogdorchiligida Daraxtlarga shakl berishning g’oyat xilma-xil turlari qo’llaniladi. O’zbekistonda meva daraxtlarining ko’pchiligiga past tanali (asosiy tana balandligi 50-70 santimetr) qilib shakl beriladi, natijada meva daraxtlari hosilga erta kiradi, ularni parvarish qilish, butash, zararkunandalarga qarshi kurash, hosilni yig’ib terib olish osonlashadi. Xiyobonlarga, yo’llarning chetlariga o’tkaziladigan daraxtlarga baland tanali (150-200 santimetr), anjir, anor, ko’pgina past bo’yli payvandtag daraxtlarga asosan buta (tana balandligi 50 santimetr) ko’rinishida shakl beriladi. Markaziy tana va asosiy shoxlarning joylashishiga qarab Daraxtlarga shakl berish pog’onali, siyrak pog’onali, kosasimon, butasimon va boshqalar bo’lishi mumkin. Pog’onali shakl (olma, gilos, nok va boshqalar qo’llaniladi) da asosiy shoxlar tanada pog’onalab joylashtiriladi, pog’onada 3-5 tadan shox bo’ladi. Siyrak pog’onali shaklda (ko’pchilik meva turlari uchun qabul qilingan) daraxtda 5-8 ta asosiy va 1-2 qo’shimcha shoxlar qoldiriladi. Kosasimon shaklda ko’chat boqqa o’tkazilishi bilan tanadan chiqqan 3-5 ta shox 20-30 santimetr uzunlikda qoldiriladi, Markaziy tana qirqib tashlanadi. Bu shaklda ko’proq shaftoli, olcha o’stiriladi. Butasimon shaklda (ildizidan rivojlanadigan o’simliklar — anor, anjir, turkman olmasi, smorodina, malina va boshqalar) Markaziy tana bo’lmaydi, ildizdan 2-3 ta mustaqil tana va ulardan shoxshabba chiqariladi, tanalar qariganidan keyin ildizdan chiqqan yangi tana bilan almashtiriladi. 1970-yillardan boshlab O’zbekistonda Italiyada (professor Baldosari) kashf etilgan sun’iy shakl berish usullaridan biri — palmetta shakli (past bo’yli payvandtaglardagi meva daraxtlari — olma, nokni shox-shabbaga yassi shakl berib, so’ri yoki simbag’azlarda o’stirish) sinab ko’rildi, lekin sermehnatligi tufayli keng yoyilmaydi. Daraxtlarga shakl berishning asosiy tizimlari rasmda berilgan.





Download 32.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling