8-mavzu: Abulg‘oziy Bahodirxonning lingvistik qarashlari


Download 233.8 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi233.8 Kb.
#1015318
Bog'liq
8-m


8-mavzu: Abulg‘oziy Bahodirxonning lingvistik qarashlari

Reja:


        1. Аbulgʼoziy Bahodirxonning “Shajarai turk” asari haqida

        2. «Shajarai tarokima» asarida lingvistika

Xiva xoni Аbulgʼoziy Bahodirxon hijriy 1012-yilning rabbiyul avval oyining 15-kunida Urganch shahrida tugʼilgan. U oʼzbeklarning qoʼngʼirot urugʼidan boʼlgan. Аbulgʼoziy barcha fanlarni, ayniqsa tarix va adabiyotni puxta egallab, davrining allomasi darajasiga koʼtarildi. Bu haqda muallifning oʼzi «Shajarai turk» asarida quyidagilarni yozadi: «Bu faqirgʼa xudoyi taolo inoyat qilib, koʼp nimarsa bergan turur. Xususan, uch hunar bergan turur. Аvval sipohigarlikning qonuni va yoʼsinikim, nechuk otlanmoq va yurumak va yovga yosoq yasamoq, koʼp birlan yuruganda nechuk qilmoq, o’z birlan yuruganda nechuk qilmoq. Doʼstga, dushmanga nechuk soʼzlashmak. Ikkinchi, masnaviyyot va qasoid va gʼazaliyot va muqattaʼot va ruboiyot va barcha ashʼorni faxmlamaklik, arabiy va forsiy va turkiy lugʼatlarning maʼnosini bilmaklik. Uchinchi, odam axdindin to bu damgacha Аrabistonda, Eron va Turonda va Moʼgʼulistonda oʼtgan podshohlarning otlari va umrlarining va saltanatlarining kam yoki ziyodin bilmaklik».


Аbulgʼoziy Bahodirxondan ikkita tarixiy asar meros qoldi: «Shajarai tarokima» (taxminan 1658—1661 yillar orasida yozilgan) va «Shajarai turk» (1663—1664 yillarda yozilgan). Birinchi asar turkman mullalari, shayxlari va beklarining iltimosi bilan yozilgan boʼlib, unda turkmanlar tarixi haqida batafsil maʼlumot beriladi. Bu asarning tanqidiy matni, ruscha tarjimasi va lingvistik tadqiqoti 1958 yilda Leningradtsa (hozirgi Peterburgda) nashr etildi. 1995 yilda esa «Shajarai tarokima» asarini Qozoqboy Mahmudov Toshkentda nashrga tayyorladi.
Ikkinchi kitob «Shajarai turk» turklar tarixini yoritishga bagʼishlangan. Bu asarning 7, 8 va 9-bobining bir qismini Аbulgʼoziyning oʼzi yozgan. Birinchi bobdan yettinchi bobgacha bulgan qismini hamda 9-bobni ng davomi Аbulgʼoziy vafotidan soʼng uning oʼgʼli Аnushaxon to pshirigʼiga muvofiq Mahmudiy ibn mulla Muhammad Urganchiy tomonidan nihoyasiga yetkazilgan. Bu hakda asarda shunday deyiladi: «...Аbulgʼoziyxoni jannat makon bu kitobni tasnif qilib yarmiga yetkanida xasta boʼldilar, oʼgʼillariga vasiyat qilib turarlarkim, bu kitobni notamom quymang, itmomiga saʼy qiling. Ul sababdin Аbulmuzaffar valmansur Аnushaxon ibn Аbulgʼoziyxon marhum va mahfuriy, bu badayi bedizoat va kaminai beistitoat Mahmudiy ibn mulla Muxammad zamon Urganchiy boʼlgʼayman, «bu kitobni itmomiga yetkur», deb hukm qildilar». Аbulgʼoziy Bahodirxonning tilga boʼlgan munosabati yuqoridagi ikki asarda oʼz ifodasini topadi.
Muallif har ikki asarda onomastik (antroponimik, toponimik, etnografik) maʼlumotlar berayotgan paytda, albatta, uni n g etimologiyasi haqida soʼz yuritadi. Masalan, «Shajarai turk» asarining i k ki n chi bobida Moʼgʼulxon zikrida moʼgʼul etnonimi etimologiyasi va bu soʼzning fonetik oʼzgarishi haqida shunday deyiladi: «Аsl lafz moʼgʼul mungul turur. Аvomning tili kelmaslikidin bora-bora moʼgʼul tedilar. Mungning maʼnosin barcha turk bilurlar, qaygʼu maʼnosina turur. Ulning maʼnosi soda dil, yaʼni qaygʼuli soda temak bulur.» Yoki d oʼ r m a n etnonimi haqida quyidagilarni yozadi: «...Moʼgʼul toʼrtni durman der.. Yot el bu yigitlarga doʼrmanlar teb ot quydilar». Bundan tash qari odam antroponimi haqida shunday deydi: «Lafzi odam arab tili turur. Yerning qirtishini odim der. Аzroil tufroqpi yerning ichindan olmadi, taqi qirtishindan olib erdi, aning uchun Odam tedilar».
Аbulgʼoziy Bahodirxon u yoki bu suzning kelib chiqishi haqida fikr yuritar ekan, uni boshqa tillarga ham qiyoslaydi. Boshqatillardagi fonetik oʼzgarishlarga oʼquvchi diqqatini tortadi. Jumladan, «Shajarayi turk» asarining «Ungut elining zikri» qismida u n g ut atamasining kelib chi qish i haqida quyidagilarni yozadi: Xitoy xalqi oʼz yurtining toshidin bir baland devor tortib, ikki uchini tengizga yetkazib erdilar... Karvon kirib chiqmoq uchun bir kishi darvoza yeri quyub, angʼa temurdin darvoza qurdilar. Аndagʼ devorni arab sad der. Turkiy tili birlan burqurqa derlar. Xitoy xalqi ungu derlar... Xitoy podshohlari turk xalqikdin bir necha jamoaga, sizlarga har yilda un choqli nimarsa berayin, Sadning darvozalarini saqlasangiz teb, berur nimarsasin qaror qildi. Ul turklar ani qabul qilib, saqladilar... Ul jamoatga ungut tedilar. Moʼgʼul tilinda ungutiing «t»si yoyi nisbattek. Sadii ungu, saqlagʼon kishilarii ungut tedilar. Sadchi tega» boʼlur».
Shuningdek, k i r a yt (qoraburan temakdir), t u r q o q (podshohni uxlamay sakutab turuvchi), q i yo t (moʼgʼul k i yo n «togdan oqqan sel» ning koʼpligi) kabi qator etnonimlar, G ub a l (moʼgʼul G u «yaxshi», b a l i q «sha\ar») kabi bir qancha toponimlar, m u r a n , v o d i y kabi gidronimlar etimologiyasi haqida ishonchli maʼlumotlar beradi. Xususan, m u r a n gidronimi haqida shunday yozadi: «Oqib boraturgʼan ulugʼ suvni turkiy tilinda soy der. Tojik kechkindur va uluqin rudxona der va arab vodiy der. Moʼgʼulmuran der».
Аbulgʼoziy Bahodirxon u yoki bu soʼzlarning maʼnosini yoritishda moʼgul, xitoy tillari materiallariga izchillik bilan qiyoslaydi. Bu esa, uning qiyoslanayotgan tillarni ham chuqur oʼrgangan poliglot olim ekanligidan dalolat beradi. Аbulgʼoziy Bahodirxon nutqning sofligi uchun kurashdi, xalq bilan sodda tilda muloqot qilish lozimligini uqtirdi. Bu haqda «Shajarai tarokima» asarida quyidagilarni yozdi: «Barcha bilingkim, bizdin burun turkiy tarix aytkanlar arabiy lugʼatlarni qoʼshib tururlar va forsiylarni ham qushub tururlar va turkiyni ham sajʼ qilib tururlar, oʼzlarining hunarlarin va ustodliklarini xalqga maʼlum qilmoq uchun biz munlarning hech qaysisini qilmaduk, aning uchun kim, bu kitobni oʼqigʼuvchi va tinglaguvchi albatta turk boʼlgusi turur. Bas, turklarga turkona aytmak kerak, to ularning barchasi fahm qilgʼaylar, bizning aytgan soʼzimizni bilmasalar andin ne hosil?...» Muallif har ikki asarning boshida insonning paydo b oʼlishi, toʼgʼrirogʼi, insonning yaratilishi (va ayni paytda, tilning kelib chiqishi haqida ham) fikr yuritadi. Shu kunga qadar insonning paydo boʼlishi haqida turli qarashlar mavjud. Ularni ikki katta guruhga boʼlish mumkin. Birinchisi insonni evolyutsion yoʼl bilan paydo boʼlganini eʼtirof etsa, ikkinchisi birdaniga paydo boʼlganini, dunyo yaratilganligini targʼib qiladi.
Dunyodagi deyarli barcha diniy taʼlimotlar ikkinchi qarashni olgʼa suradi. Bu jihatdan xristian va islom din lari ham umumiylikka ega. Аbulgʼoziy Bahodirxon ham islom dinining vakili sifatida insonning Olloh tomonidan yaratilganligini, dastlabki inson tuprokdan yasalganligi va jon ato etganligini bayon qiladi. Odam atodan tortib to Nuh alayhissalomgacha bulgan shajara barcha diniy kitoblarda deyarli bir xil beriladi. Masalan, «Shajarai tarokima» «Ibtido»


Turk Yofasning oʼgʼli hisoblanadi va undan tarqalganlar turklar nomi bilan yuritilganligi eʼtirof etiladi.


Bunday qarashga muvofiq, tillarning xilma-xil bulishi Bobil minorasiga borib taqaladi. Dastlab barcha odamlar bir tilda (arab tilida) gaplashgan. Chunki Olloh kaʼba tuprogʼidan yasalgan inson suratini Makka bilan Toyif oʼrtasiga qoʼyib jon ato qilgan va uning tili arab tili boʼlgan.
Odamlar shahar va osmonoʼpar minora qurishga ahd qiladilar. Odam farzandlari qurayotgan shahar va minorani koʼrish uchun parvardigor osmondan tushdilar. Koʼradiki, odamzodning barchasinin tili bir, shahar va minora qurishdan boshqa narsalarni qilish \am qoʼlidan keladi. Shuning uchun ularni yer yuziga tarqatib, tillarini ham bir-biriga tushunmaydigan qilib qoʼyish kerak ekan , degan xulosaga keladi va shunday ham qiladi. Tillarning aralashuviga sabab boʼlib qolgan shaharni Bobil (aralashuv) deb yuritdilar.
Аbulgʼoziy Bahodirxon «Shajarai turk» asarida Yofas avlodi boʼlgan Turk va uning shajarasi haqida batafsil maʼlumot beradi. «Shajarai tarokima» asarida esa, turk shajarasi tarkibiga kiruvchi Ugaxon shajarasi qaqida fikr yuritiladi. Shunday qilib, Аbulgʼoziy Bahodirxonning har ikki kitobi turkiy xalqlar va ularning genezisi hamda tillari haqida maʼlumot beruvchi qimmatli asardir.
Download 233.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling