8-mavzu: ilk o’spirinlik yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlari


Download 34.94 Kb.
Sana22.10.2020
Hajmi34.94 Kb.
#135800
Bog'liq
4602 114 Таълим тех. маъруза




8-MAVZU: ILK O’SPIRINLIK YOSHI DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYaTLARI

Darsni olib borish texnologiyasi

Talabalar soni: 40-50 gacha

Vaqti: 2 soat

O’quv mashg’ulotining shakli

Informatsion bahs-munozarali dars

Ma’ruza rejasi

1.Ilk o’spirinlik davrining psixologik xususiyatlari

2.Ilk o’spirinlik yoshida shaxsning rivojlanishi

3. O’quv faoliyati va aqliy rivojlanish

4. Ilk o’spirinlik davri va kasb tanlash




O’quv mashg’ulotining maqsadi: ilk o’spirinlik davrining psixologik xususiyatlar, shaxs sifatlarning shakllanishi, o’quv faoliyati va aqliy rivojlanishi, kasb tanlash, kasbga yo’naltirish haqidagi bilim, ko’nikma, malakalarini shakllantirish

Pedagogik vazifa:

O’quv faoliyatining natijasi:

1.Ilk o’spirinlik davrining psixologik xususiyatlari, psixikasining xarakatga keltiruvchi kuchlar, inqiroz, o’spirinlik davridagi o’zgarishlar to’g’risida ma’lumotlar berish

1.Ilk o’spirinlik davrining psixologik xususiyatlari, psixikasining xarakatga keltiruvchi kuchlar, inqiroz, o’spirinlik davridagi o’zgarishlar to’g’risida ma’lumotlar beriladi.

2.Ilk o’spirinlik davrida shaxs sifatlarini shakllanishi, o’zini o’zi anglash, baholash, tarbiyalash, axloqiy tushunchalarni shakllanishiga doir bilimlarga ega bo’lishi

2. Ilk o’spirinlik davrida shaxs sifatlarini shakllanishi, o’zini o’zi anglash, baholash, tarbiyalash, axloqiy tushunchalarni shakllanishiga doir bilimlarga ega bo’ladi

3. Ilk o’spirinlik davrida o’quv faoliyati xususiyatlari, aqliy rivojlanish malakalari, ta’lim xususiyatlariga doir bilimlarga ega bo’lishi

3. Ilk o’spirinlik davrida o’quv faoliyati xususiyatlari, aqliy rivojlanish malakalari, ta’lim xususiyatlariga doir fikrlarni tahlil qilinadi.

4. Ilk o’spirinlik davrida kasb tanlash muammosi, kasb tanlash va kasbga yo’naltirish masalalari, kasb tanlash borasidagi nazariyalar hamda xatoliklarga oid materiallar bilan tanishish

4. Ilk o’spirinlik davrida kasb tanlash muammosi, kasb tanlash va kasbga yo’naltirish masalalari, kasb tanlash borasidagi nazariyalar hamda xatoliklarga oid materiallar bilan tanishadi.

O’qitish usullari va texnika

Ma’ruza, “3x4 texnologiyasi”, “Muammo” texnologiyasi “FSMU” uslubi, insert

O’qitish vositalari

Kompter texnologiyasi (“Yoshva pedagogik psixologiya” fanidan elektron o’quv-uslubiy majmua), slaydlar

O’qitish shakli

Jamoa bo’lib ishlash

O’qitish shart-sharoitlari

Texnik vositalar bilan ta’minlangan, o’qitish usullarini qo’llash mumkin bo’lgan o’quv xona

Monitoring va baholash

Kuzatish, og’zaki nazorat, savol-javobli so’rov, o’quv topshiriq


Darsning texnologik kartasi


Ish jarayonlari vaqti

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

Talaba

1-bosqich.

Kirish


(10 daqiqa)

1.1 Ma’ruzaning mavzusi, rejasini e’lon qiladi, o’quv mashg’ulotining maqsadi va o’quv faoliyat natijalarini tushuntiradi (1-ilova)

Tinglaydi, mavzu nomini yozib oladi

1.2 Mashg’ulotni o’tkazish shakli va baholash mezonlarini e’lon qiladi (2-ilova)

Yozib oladi

2-bosqich

Asosiy jarayon.

(60 daqiqa)


2.1 Mavzu rejasining birinchi punkti bo’yicha ma’ruza qiladi (3-ilova). Ma’ruza bo’yicha “3x4” usulidan foydalangan holda talabalarga quyidagi tushunchani taqdim etadi: “Ilk o’spirinlik davri bu...” (4-ilova).

Yozadi, savollarga javob beradi.

2.2 Mavzu rejasining ikkinchi punkti bo’yicha ma’ruza qiladi (5-ilova). Ma’ruza bo’yicha “Muammo” texnologiyasidan foydalangan holda talabalarga quyidagi muammo bilan murojaat qiladi: “Ilk o’spirinlik davrida o’zini o’zi tarbiyalash jarayoni irodaviy sifatlar bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Buni qanday tushunish mumkin?” 6-ilova)

Savollarga javob beradilar, erkin bahs-munozara yuritadilar. Guruhlarda ishlaydilar.

2.3 Mavzu rejasining uchinchi punkti bo’yicha ma’ruza qiladi (7-ilova). Muloqot kishilar o’rtasidagi o’zaro ta’sir etishga doir nazariy ma’lumotlarni o’rganishda “Kichik guruhlarda ishlash” orqali amalga oshirilishini e’lon qiladi. “FSMU” texnologiyasidan foydalangan holda guruhlarga topshiriqlar beradi (8-ilova). Guruhlarda ishlashga yordam beradi. Qo’shimcha ma’lumotlardan foydalanishga imkon yaratadi. Diqqatlarini kutiladigan natijaga jalb qiladi. Har bir guruh topshiriqlarini vatman-qog’ozlarga tushirib, taqdimotini o’tkaziga yordam beradi, bilimlarini umumlashtiradi, xulosalarga alohida e’tibor beradi. Topshiriqlarning bajarilishini qay darajada to’g’ri ekanligini diqqat bilan tinglaydi. Fikrlarini tinglab umumlashtiradi.

Savollarga javob beradilar, erkin bahs-munozara yuritadilar. Guruhlarda ishlaydilar.

2.4 Mavzu rejasining to’rtinchi punkti bo’yicha ma’ruza qiladi (9-ilova). Talabalarni kichik guruhlaridagi faoliyatlarini davom ettirtirib, ularga “FSMU” texnologiyasidan foydalangan holda guruhlarga topshiriqlar beradi (10-ilova). Guruhlarda ishlashga yordam beradi. Qo’shimcha ma’lumotlardan foydalanishga imkon yaratadi. Diqqatlarini kutiladigan natijaga jalb qiladi. Har bir guruh topshiriqlarini vatman-qog’ozlarga tushirib, taqdimotini o’tkaziga yordam beradi, bilimlarini umumlashtiradi, xulosalarga alohida e’tibor beradi. Topshiriqlarning bajarilishini qay darajada to’g’ri ekanligini diqqat bilan tinglaydi. Fikrlarini tinglab umumlashtiradi.

Savollarga javob beradilar, erkin bahs-munozara yuritadilar. Guruhlarda ishlaydilar.

3-bosqich. Yakuniy bosqich

(10 daqiqa)



3.1 Mavzu bo’yicha umumiy xulosa qilinadi.

Tinglaydilar




3.2 Talabalarning baholash mezonlari e’lon qilinadi

Yozib oladi

3.3 O’zini o’z nazorat qilish uchun savollar beradi (11-ilova)

Javob yozadi

3.4 Navbatdagi mashg’ulotda ko’riladigan mavzuni e’lon qiladi va “insert” usulida jadvalga mustaqil ta’limga tayyorgarlik ko’rishlarini so’raydi (12-ilova)

“Insert” usulida jadvalni to’ldiradi.

1-ilova




8-MAVZU: ILK O’SPIRINLIK YoSHI DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYaTLARI

Reja:

1. Ilk o’spirinlik davrining psixologik xususiyatlari

2.Ilk o’spirinlik yoshida shaxsning rivojlanishi

3.O’quv faoliyati va aqliy rivojlanish

4.Ilk o’spirinlik davri va kasb tanlash

O’quv mashg’ulotining maqsadi: Ilk o’spirinlik davrining psixologik xususiyatlari, bilish jarayonlari, shaxsining shakllanishi, o’quv faoliyati va aqliy rivojlanish, kasb tanlash va bu boradagi nazariyalar haqidagi bilimlarni shakllantirish.

O’quv faoliyatining natijasi: Talabalarga ilk o’spirinlik davrining psixologik xususiyatlari, bilish jarayonlari, shaxsining shakllanishi, o’quv faoliyati va aqliy rivojlanish, kasb tanlash va bu boradagi nazariyalar haqida dastlabki bilimlar berish hamda mazkur jihatlar psixologiya fanini o’rganish ob’ekti ekanligi asoslab berildi.

2-ilova



Baholash mezoni va ko’rsatkichlari


Guruhlar

Savolning to’liq va aniq yoritilishi 0-5 ball

Misollar bilan muammoga yechim topishi 0-5 ball

Guruh a’zolarining faolligi 0-5 ball

Jami ball









































































































15-13 ball- “a’lo”

12-10 ball- “yaxshi”

15-13 ball- “qoniqarli”


3-ilova

Ilk o’spirinlik davrining psixologik xususiyatlari


Ilk o’spirinlik davrining psixologik xususiyatlaridan biri bu jismoniy jihatdan voyaga yetishi, maktabni bitirgandan keyin mustaqil hayot kechirish, ishlab chiqarishda mehnat qilishi va oliy o’quv yurtida o’qishi uchun yetarli bo’ladigan g’oyaviy va ma’naviy yetuklik darajasiga erishadi. Bu davrning eng muhim ko’rsatkichlaridan biri fuqarolik pasportini olishi, saylash va saylanish huquqini qo’lga kiritilishi bularning barchasi uning fuqaro sifatida yetukligining ko’rsatkichidir. O’spirinlik- bu odamning fuqaro sifatida shakllanishi uning ijtimoiy jihatdan yetilishi o’z taqdirini o’zi hal qilishi ijtimoiy hayotga faol ishtirok etishi davri fuqarolik va vatanparvarlik kabi ma’naviy sifatlari tarkib topadigan davridir. Ilk o’spirinlik davrida mehnat va o’qish asosiy faoliyat sifatida muhim o’rin egallaydi. Ilk o’spirinlik yoshida jo’shqin kuch-g’ayrat shijoat mardlik katta va qahramonona ishlarga romantk ravishda intilishlari avj olgan yosh davridir. Ilk o’spirinlik davrida psixik rivojlanishning xarakatga keltiruvchi kuch maktab jamoasi va o’quv faoliyati tomonidan qo’yiladigan talablar darajasining keskin ortishi bilan u erishgan psixik rivojlanish darajasi o’rtasidagi qarama-qarshilikdan iboratdir. Bu qarama-qarshiliklar ilk o’spirinlik davrida o’quvchilarning ahloqiy, aqliy va ijodiy kuchlarini intensiv taraqqiyoti yo’li bilan hal etiladi. Jismoniy rivojlanishining xususiyatlari ilk o’spirin shaxsining ayrim sifatlari rivojlanishiga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatadi va uning bunda keyingi hayot faoliyati sohasidagi imkoniyatlarini bir qadar belgilab beradi. Birinchidan bu o’rinda kasb tanlash nazarda tutiladi bu esa ma’lum darajada yigit va qizlarning individual jismoniy rivojlanish xususiyatlariga ham bog’liqdir. Ikkinchidan jinslarning o’zaro mayli ta’sir ko’rsatadiki bunda jismoniy rivojlanish xususiyatlari ancha muhim rol o’ynaydi. O’zining jismoniy kuchini va jozibadorligini sog’omligi va mukammalligini his etish yigit va qizlarda o’ziga ishonch, daddillik, tetiklik, optimizm va hushchaqchaqlik singari sifatlarning tarkib topishiga ta’sir ko’rsatadi. Jismoniy sog’lomlik, kuch-quvvat va epchil harakat qilish ishchanlik qobiliyati, bir qator mehnat ko’nikmalari va malakalarini vujudga keltirishga yordam beradi va kasb tanlash imkoniyatini kengaytiradi. Bunday yigit va qizlar o’zlari tanlagan kasblarini muvaffaqiyat bilan egallashlariga va o’zlari yoqtirgan ish bilan shug’ullanishlariga ishonadilar. Aksincha o’zining jismoniy jihatdan ojizligini, mukammal emasligini va bolalikka xos xususiyatlarni sezish esa ilk o’spirinlikda ba’zan og’ir his-tuyg’ularni paydo qiladi, ularning ruhini ezadi ularda tushkunlikka berilish, qo’rqoqlik, o’z kuchlariga ishonmaslik, biqiqlik, individualizm kabi xususiyatlarning vujudga kelishiga ta’sir etadi. SHu sababli ilk o’spirinlik yoshidagi o’quvchi shaxsining tarkib topishiga oid xususiyatlarni o’rganish vaqtida jismoniy rivojlanish omillarni ham hisobga olish zarurdir.


4-ilova



1-o’quv topshiriq

3x4 oranayzerini to’ldiring

Mavzuning asosiy mazmunini ochib berishga yordam beradi va “3x4” texnologiyasi orqali talabalarni mavzu yuzasidan tushuncha, tasavvurlari aniqlanadi.




Ilk o’spirinlik davri –bu .......

5-ilova



Ilk o’spirinlik yoshida shaxsning rivojlanishi

O’smirlik davrida shaxsning rivojlanishida bir qator o’zgarishlar sodir bo’ladi bu albatta ilk o’spirinlik davridan keskin farq qiladi. Uning ijtimoiy faoliyati ko’pincha maktabdan tashqariga chiqadi ya’ni u odatda maktabda tashkilotchilik rahbarlik va tarbiyaviy fuktsiyalarni bajaradi. Ravshanki uning jamiyatdagi mavqei keskin ravishda o’zgaradi va shaxsning shakllanishiga muhim ta’sir etadi. Avvalo bu davrda yigit va qizlarda o’z-o’zini anglash sezilarli ravishda o’sadi. Biroq bu anglash odddiygina o’sishdan iborat bo’lib qolmay u sifat jihatidan o’ziga xos xarakterga ega bo’ladi bu hol o’z shaxsining ma’naviy-psixologik xususiyatlarini aniq hayotiy maqsadar va intilishlar nuqtai nazaridan anglash va ularga baho berish ehtiyoji bilan bog’langandir. Ilk o’spirin shaxsida o’zining psixik hayotiga o’z shaxsining sifatlariga o’z qobiliyatlariga chuqur qiziqish o’yg’otadi xuddi shuning uchun ham xatti-harakatlariga nazar tashlash o’z his-tuyg’ularini va kechinmalarini bilib olish ehtiyoji paydo bo’ladi. O’z-o’zini anglash o’quvchining ichki kechinmalari dunyosiga kirishi bilan bog’liq emas va foydasiz maqsadsiz o’z-o’zini tahlili qilishdan ham iborat emas. O’z-o’zini anglash hayot va faoliyat talablaridan kelib chiqadi. Jamoadagi yangi vaziyat tevarak atrofdagilar bilan bo’ladigan yangicha munosabatlar o’quvchining o’z imkoniyatlarini baholashga o’zining shaxsiy xususiyatlarini o’ziga nisbatan qo’yilayotgan talablarga javob bera olishi yoki javob bera olmasligi nuqtai nazardan anglashga majbur qiladi. Ilk o’spirin yoshidagi o’quvchilar o’zining kuchli va ojiz tomonlarini o’zning ustunlik va kamchiliklarni o’smirga qaraganda yaxshiroq va chuqurroq baholay oladi. Biroq o’smir tomonidan o’z o’ziga baho berish birmuncha ob’ektivroq bo’lib bu ularga kattalar tomonidan berilayotgan fikr va mulohazalarga tayaniladi. Ilk o’spirinlik davrida esa bu boshqacharoq tarzda amalga oshiriladi ya’ni yoshning ortishi bilan unda o’z shaxsini o’z xatti-harakatlari va faoliyatini mustaqil tahlil qilish va baho berish an’anasi kuchayadi. O’z o’ziga baho berish esa hamisha tashqaridan berilgan bahoni anglashdan ko’ra qiyinroqdir. O’z shaxslarini tahlil qila olsalar ham ular o’zlariga nisbatan ob’ektiv baho bera olmaydilar. Ayrim paytlar o’zlariga nisbatan juda yuqori baho beradilar. Ilk o’spirinlik davrida endi shaxsning ko’p qirrali munosabatlarini ifodalovchi sifatlari anglanadi. O’smir o’zning hozirgi ahvoliga muvofiq ravishda o’ziga baho bersa ilk o’spirin o’zining kelajagiga muvofiq ravishda o’ziga baho beradi. Masalan men maktab jamoasi a’zosi sifatida qandayman? desa o’spirin men kelgusi mustaqil hayot uchun qandayman? degan savolni beraman. O’z-o’zini anglash negizida o’z-o’zini tarbiyalash ehtiyoji o’sadi bu endi ayrim sifatlarni yo’qotish ayrimlarini rivojlantirishdan iborat bo’lmay balki ma’lum bir ideallarga bog’liq bo’ladi. Ularga odam fiziologiyasi genetikasidan ma’lumki organizmdagi barcha xususiyatlar tug’ma bo’lib ularni o’zgartirishning hech ham ilojisi mavjud emas degan xulosaga keladilar. Ilk o’spirinlik davrida ideallar ikki asosiy shaklda mavjud bo’ladi ya’ni biron-bir aniq kishining obrazi o’smirdagidan ko’ra kamroq ideal bo’ladi ilk o’spirin yoshidagi o’quvchi ana shu obrazda o’zi yukasak darajada qadrlaydigan sifatlarning gavdlanishini ko’radi. Ideal sifatida ijobiy sifatlar bilan birga salbiy sifatlardagi insonlarni ham qabul qiladilar. Ilk o’spirinlik davrida ahloqiy tushunchalarni juda yuksak darajada anglaydilar deb bo’lmaydi. Bu jarayonda pedagoglar tomonidan olib borilayotgan ta’lim tarbiya ko’rsatilayotgan kinolar muhim rol o’ynaydi. Ahloqiy tushunchalar borasidagi qarashlar psixolog A.S.Alyakrinskaya V.I.Selivanov I.M.Krasnobaev A.P.Gurkina A.L.Maliovanov T.V.Rubtseva boshqalar tomonidan olib borilgan. V.I.Barskiynin bergan ma’lumotlariga qaraganda burch vijdon faxrlanish uyalish adolatlilik kabi ahloqiy tushunchalarning mazmunini tekshirib chiqilgan o’rta maktabni bitiruvchi o’quvchilardan 44,5 % igina bir qadar yoritib beran. T.N. Malkovskayaning bergan ma’lumotlariga qaraganda yuqori sinf o’quvchilaridan 94% vijdonlilikni ma’naviy fazilat deb yuqori baho berganlari holda o’qituvchilar va ota-onalarni aldash mumkin deb hisoblaydilar.

6-ilova


1-o’quv topshiriq

Muammo” organayzerini to’ldiring




Ilk o’spirinlik yoshida shaxsning rivojlanishiga doir muammoli masalalarni yechimini topishga yordam beradi va “Muammo” usuli orqali muammo hal qilinadi.




Muammoning turi

Muammoning kelib chiqish sabablari

Muammoni yechish yo’llari va sizning harakatingiz

Ilk o’spirinlik davrida o’zini o’zi tarbiyalash jarayoni irodaviy sifatlar bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Buni qanday tushunish mumkin?






7-ilova

O’quv faoliyati va aqliy rivojlanish


Ilk o’spirinlik davrining o’quv faoliyati o’zining mazmuni va xarakteri jihatidan o’smirlar o’quv faoliyatidan tubdan farq qiladi. Bu yerdagi asosiy farq ta’lim mazmunining chuqurlashuvi va o’quvga oid yangi bo’limlarning kiritilishi bilan emas. Asosiy farqi shundaki yuqori sinf o’quvchilarining o’quv faoliyati ularning faolligi va mustaqilligiga ancha yuqori talablar qo’yadi. Dasturni yetarli darajada chuqur o’zlashtirish uchun nazariy tafakkur rivojlangan bo’lishi mumkin. V.A.Suxomlinskiy tomonidan quyidagi fikr ilgari suriladi ya’ni yuqori sinflardagi o’qishning qiyinchiliklari shu narsa bilan bog’langanki ilgari faktlarni mustaqil ravishda tahlil qilmasdan o’tilgan narsalarni esda saqlab qolish xulosalarni yodlab olishga qaratlgan yo’l-yo’riqlar qaror topgan edi. Ayrim yuqori sinf o’quvchilarining qiynalishlariga sabab shuki ular tevarak-atroofdagi voqelikni bilib olish maqsadida umumlashtiruvchi tushunchalardan foydalanishni bilmaydilar ana shu bilmaslik shuning uchun ham sodir bo’ladiki umumlashtiruvchi tushunchalar xulosalar fikrlar hodisa va faktlarni tadqiq qilish yo’li bilan tarkib topmaydi balki yodlab olinadi.

Mana o’quvchilarning o’zlari nima deydilar 8 sinfgacha ish mazmuni va usullarida katta farq bo’ladi bu vaqtda o’rgatmasdan ham o’rganish mumkin, 9-10 sinflarda har qadamda muammolar paydo bo’lib turadi. Katta yoshdagi bolalarning o’zlari ko’plarimiz 9 va 10 sinflarda o’qishga yaxshi tayyorgarlik ko’rmaganmiz deb ta’kidlaydilar. Ularda o’quv materiali ustida mustaqil ishlash mahorati yo’q o’qishdan tashqari boshqa manbalardan olingan materiallarni yaxshi o’zlashtira olmaydilar.

O’quvchilarda maktabning o’rta sinflaridagi ta’lim jarayonida qaror topgan va mustahkamlangan o’quv faoliyat darajasi bilan yuqori sinflardagi o’quv faoliyati qo’yadigan talablar o’rtasidagi ana shu qarama-qarshilik katta yoshdagi o’quvchilarning aqliy taraqqiyotini harakatga keltiruvchi kuchdir. Bu qarama-qarshilik o’quvchilarda nazariy tafakkurining mustaqil ta’lim olish ko’nikmalarining rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan o’quv faoliyatining yangi ancha yuqori darajasiga o’tishlariga qarab hal etib boriladi.

Katta maktab yoshidgi o’quvchilarning o’qishga munosabatidagi boshqa ba’zi bir xususiyatlari orasida o’quv fanlariga tanlab munosabatda bo’lishini ko’rsatib o’tmoq kerak. O’smirning o’quv fanlariga tanlab munosabatda bo’lishi dearli butunlay o’qitishning sifati va darajasi bilan belgilanadi. Ilk o’spirinlik davridagi o’quvchilarning o’quv fanlariga tanlab munosabatda bo’lishining boshqa muhim sababi ham bor bu sabab ularning ko’plarida o’z kasbiy maqsadlari bilan bog’liq bo’lgan va qaror topgan qiziqishlarning mavjudligidir.

N.D.Levitov o’tkazgan tadqiqotlarning ko’rsatishicha ilk o’spirin shaxsi o’quv fanlariga o’z munosabatini belgilayotgan vaqtda quyidagi mulohazalarga;

-fanning dunyoqarashdagi ahamiyatiga (u tabiat va jamiyatning taraqqiyot qonunlarini tushunishda ijtimoiy hodisalarning farqiga borishda qanchalik yordam berishiga);

-fanning bilishdagi ahamiyatiga (uning bilim doirasini qanchaliik kengaytirishga qanchalik qiziqarli bo’lishiga zarur bilimlar berishga noma’lum narsalarni qanchalik ochib bera olishga);

-fanning ijtimoiy ahamiyatiga mamlakatning ilmiy ijtimoiy madaniy va xo’jalik hayotida bu fanning roliga;

-mazkur o’quvchi uchun bu fanning amaliy ahamiyatiga (belilangan ixtisos bilan bog’liqligi foydali malaka va ko’nikmalarni egallash imkoniyatiga);

-muayyan faning yaxshi o’qitilishiga asoslanadilar.

Tadqiqotlar shuningdek ilk o’spirinlarning o’qishga munosabati o’qituvchining dars berishida ularning individual xususiyatlarini qanchalik ko’zda tutishiga bog’liq ekanligini ko’rsatadi. Agar o’qituvchi o’rtacha o’qiydigan o’quvchining imkoniyatlarini ko’zda tutib ish ko’rsa o’qishga qiziqish pasayadi. Kuchli o’quvchilarda o’qishga qiziqishning birmuncha pasayishiga sabab shuki ular o’qishga o’zlarining bor imkoniyatlarini sarflamaydilar bo’sh o’quvchilarda o’qishga qiziqishning pasayishga sabab shuki ular materialni o’zlashtirishning uddasidan chiqmaydilar. Ayrim mualliflar ilk o’spirinlarni o’qishga munosabatlari yomonlashib borayotganligini quyidagilar bilan izohlanadi


  • ayrim o’quvchilarning maktabda o’qitilayotgan fanlarga tanlab munosabatda bo’layotganligi boshqa fanlarga befarq va beparvo qarab bo’lg’usi ixtisosiga muvofiq keladigan bir-ikki fan bilan qiziqayotganligi keskin ta’sir qilmoqdaki buni ijobiy fakt deb bo’lmaydi;

  • maktab o’quvchilarning 9-10 sinflarda talab qilinadigan mustaqil ijodiy ishga sust tayyorlanishidir.

  • O’qituvchining o’rtacha o’qiydigan o’quvchinigina ko’zda tutishidir.

  • Ayrim o’quvchilarning hozirgi konkurs sharoitida oliy o’quv yurtiga kirishga ko’z yetmaydi shuning uchun yaxshi o’qishning hojati yo’q degan mulohazalari ham ta’sir qilmoqda.

O’qishga qiziqishning ortib borayotganligi ayrim tadqiqotchilar tomonidan ijobiy hol sifatida qabul qilinib u quyidagi omillar bilan belgilanishi ko’rsatib o’tilmoqda

  • o’qituvchilar o’quvchilarning faol va mustaqil fikrlashini rivojlantirish tamoyilini muvaffaqiyatliroq amalga oshirmoqdalar bu hol ularning o’qishga qiziqishini kuchaytirmoqda

  • o’qitish ko’proq individuallashtirilmoqda

  • o’quvchilarda faol faoliyatga kuchli o’quvchilarni jalb qilish va bo’sh o’quvchilarga ko’proq e’tibor berish imkoniyatlarini qidirib topmoqdalar.

Bilish jarayonlarining taraqqiyoti jadal va murakkab ko’rinisha davom etadi. Jumladan kuzatuvchanlik ortadi va bu borada N.D.Levitov to’g’ri ko’rsatib o’tilganidek o’quvchilar o’z kuzatishlarida parishonxotir bo’lmasliklarini kuzatishni o’z oldilariga quyilgan vazifalarga buysundirishlarini yetarli miqdorda kuzatilayotgan faktlar to’planmaguncha xulosa chiqarishga shoshilmasliklarini nazorat qilib borish zarur.

Diqqat borasida I.V.Straxov quyidagi fikrlarni ilgari suradi ya’ni u o’quvchilar o’quv materiali bilan bevosita qiziqmasdan o’rganilayotgan hodisalarning hayotiy ahamiyatini tushunib unga diqqatlarini qaratishga oid holatlarni tekshirgan.



8-ilova


2-o’quv topshiriq

FSMU texnologiyasi

Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda hamda o’quv jarayonini bahs-munozarali o’tkazishda qo’llaniladi, chunki bu texnologiya talabalarni o’z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o’z fikrini boshqalarga o’tkazishga, ochiq holda bahslashishga hamda shu bilan birga bahslashish madaniyatini o’rgatadi. Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog’ozga o’z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.

F-fikringizni bayon eting

S-Fikringiz bayoniga sabab ko’rsating

M-ko’rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring

U- fikringizni umumlashtiring

1-guruh


Savol

Ilk o’spirinlik davrida fanlarga nisbatan tanlab munosabat bildirishning asosiy sababi nimada deb o’ylaysiz?

F-fikringizni bayon eting




S-Fikringiz bayoniga sabab ko’rsating




M-ko’rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring




U- fikringizni umumlashtiring



2-guruh


Savol

Ilk o’spirinlik davrida o’qishga nisbatan salbiy munosabatning yuzaga kelishiga asosiy sabab nimada deb o’ylaysiz?

F-fikringizni bayon eting




S-Fikringiz bayoniga sabab ko’rsating




M-ko’rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring




U- fikringizni umumlashtiring



9-ilova



Ilk o’spirinlik davri va kasb tanlash



Kasb tanlash ijtimoiy foydali mehnatga o’z hisasini qo’shish zarurligini anglash natijasida kasbga yo’nalish.

Proforientatsiya - yoshlarni hohish istaklari qiziqishlari qobiliyatlariga qarab xalq xo’jaligi mutaxassislarga bo’lgan ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda psixologik-pedagogik va tibbiy kasbga yo’naltirish.

Kasb tanlashga ta’sir etuvchi asosiy omilar quyidagilardan iborat.


  • ta’lim tarbiya tizimida kasbga yo’llash faoliyatining mazmuni va metodikalari majmuasi mukammal ravishda mujassamlashganligi.

  • O’quvchilarni kasb tanlashga o’rgatishda o’qituvchilar jamoasi faoliyati hamkorligi va samaradorligi.

  • Sinf rahbarining ota-onalar bilan hamkorligi ongli kasb tanlash negizi ekanligi.

  • Kasb tanlashda yoshlar tashkilotining ishtiroki.

  • Sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan ishlar mazmunida kasb tanlashning alohida ajratib ko’rsatilishi.

  • Maktablarda ishlab chiqarish kombinatlarida ommaviy va keng ko’lamda yo’lga qo’yilishi .

  • Maxsus muassasalar faoliyati.

  • Kasbga oid ko’rgazmalar sayohatlar uyushtirilishi.

  • Ijodkor nufuzli mahoratli kishilar bilan uchrashuvlar o’tkazilishi.

  • Kasb tanlashda mahalliy matbuot radio va televideniyaning ishtiroki.

Psixolog K.K.Platonov “Kasb tanlashga yo’naltirish uchburchagi” sxemasini ishlab chiqib u o’zining ixchamligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Xuddi shu bois kasb tanlashga yo’llashda undan unumli foydalanish mumkin.

Kasb tanlashga yo’naltirish uchburchagining muhim tomoni bu har xil kasb hunar egasiga nisbatan quyiladigan talablar yuzasidan muayyan bilimning mavjudligidir. Uning ikkinchi bir xususiyatli tomoni shuki u yoki bu mutaxassislikka nisbatan jamiyatning mehnat imkoniyatiga ehtiyoji bo’yicha bilimlar mujassasmlashganligidir. Yana bir o’ziga xos tomoni shundan iboratki kasbga yo’naltiruvchining qunti qobiliyati shaxsiy xususiyatlari bo’yicha bilimlar umumlashtirilgan bo’lib kasb tanlashga oid barcha jihatlar majmua holiga keltirilgandir.

Kasb tanlashga yo’naltirilgan uchburchagi shaxsning qiziqishi mayli hohishi o’zini o’zi baholashi nufuzi kabilarga oid materiallarni o’zida mujassasmlashtiradi.

V.A.Krutetskiy o’spirinlarda uchrash mumkin bo’lgan motivlardan quyidagilarni alohida ta’kidlab o’tadi:

-biror o’quv faniga nisbatan o’spirinning qiziqishi.

-vatanga foyda keltirish istagi

-shaxsiy qobiliyatini ro’kach qilib ko’rsatish

-oilaviy an’analariga rioya qilishi

-do’stlari va o’rtoqlaridan o’rnak olganligi

-ish joyining va o’quv yurtining uyga yaqinligi

- moddiy ta’minlanganlik

- o’quv yurti ko’rinishining chiroyliligi yoki unga joylashishining osonligi singari motivlardir.

Psixolog Ye.A.Klimov tomonidan o’spirinlarda kasb tanlash jarayonida uchraydigan xatoliklarni quyidagilar deb ajratib ko’rsatadilar:

-biror bir kasbning nufuzli ekanligiga bahs borishdagi dogmalarga asoslanish

-kasbga uzoq va noaniq tasavvurga binoan baho berish

-biror kasb egasi bo’lmish kishiga nisbatan ijobiy yoki salbiy munosabatda bo’lishni tegishli kasbga ko’chirish

-kasbning oddiy kundalik tomonini nazar pisand qilmasdan uning tashqi tomoniga sirtiga mahliyo bo’lish

-o’rtoqlarining ta’siri ostida kompaniya uchun kasb tanlash va boshqalar.

V.SHubkin qiziqarli ma’lumotlarni keltirb o’tadi ma’lum bo’lishicha maktabni bitirib chiqayotgan yoshlar fizik radiomutaxassis matematik uchuvchi geolog vrach adabiyot va san’at xodimi kasblarini juda yuqori baholar ekanlar. Xizmat ko’rsatish sohalariga oid kasblarning sotuvchilar umumiy ovqatlanish kommunal korxonalar xodimlari tikuvchilar shuningdek hisobchilik ish yurituvchilik buxaterlik kasblarining mavqei juda past ekan. G.Kulagin ham maktabni bitirib chiqayotganlar orasida turli kasblarning qanday mavqeiga ega ekanligi haqida yorqin ma’lumotlar keltiradi. Ana shu yoshlar 80 ta kasbni muhimligiga qarab quyib chiqqanligini ko’rishimiz mumkin unga ko’ra tokar va usta kasblarini 39-40 o’ringa quygan bo’lsalar ayrimlari 75-76 o’ringa quyishgan.

Kasbiy niyatlarning barqarorligini o’rganish maqsadida N.I.Krilov o’tkazgan tekshirish shuni ko’rsatadiki hatto o’z niyatlarini amalga oshirib oliy o’quv yurtiga kirgan talabalar orasida ham ko’plari o’zlarining kim bo’lishlarini oxirigacha hal qilmaganlar. Bunga sabab maktabni bitirgan yoshlarini mazkur oliy o’quv yurtiga olib kelgan kasb haqidagi tasavvur bilan bu kasbning haqiqiy amaliy mazmuni o’rtasidagi nomuvofiqlikdir. Ko’plari mazkur oliy o’quv yurtiga tasodifan kirgan bo’ladilar otam ham vrach bo’lgani sababli kirdim, o’rtog’im kirayotgani sababli kirdim chunki bu yerga kirish osonroq bo’ldi va hokazo.

A.V.Darinskiy yoshlarni oliy ma’lumot olishning ijobiy tomonlari bilan birga salbiy tomonlari ham mavjudligini ko’rsatib o’tadilar.

-ilk o’spirin o’zlari tanlagan oliy o’quv yurtga kirish uchun imtihon topshiradigan 3-4 ta fanni chuqur o’rganshni mo’ljallaydilar xolos. Boshqa fanlarni o’rganishga vaqt sarflash oqilona va samarali ish deb hisoblanmaydi uch baho olinsa bo’lgani.

-tanlagan fanlarini o’rganish ham to’g’ri ko’rsatib o’tilganidek oliy o’quv yurtiga kirish imtihonlari topshirish talablariga mos keladigan pragmatik xarakterga ega bo’ladi.


10-ilova



3-o’quv topshiriq

FSMU texnologiyasi

Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda hamda o’quv jarayonini bahs-munozarali o’tkazishda qo’llaniladi, chunki bu texnologiya talabalarni o’z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o’z fikrini boshqalarga o’tkazishga, ochiq holda bahslashishga hamda shu bilan birga bahslashish madaniyatini o’rgatadi. Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog’ozga o’z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.

F-fikringizni bayon eting

S-Fikringiz bayoniga sabab ko’rsating

M-ko’rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring

U- fikringizni umumlashtiring


1-guruh

Savol

Ilk o’spirinlik davrida kasb tanlashda yuzaga keladigan xatoliklarning sababi nimada?

F-fikringizni bayon eting




S-Fikringiz bayoniga sabab ko’rsating




M-ko’rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring




U- fikringizni umumlashtiring




2-guruh

Savol

Ilk o’spirinlik davrida tanlagan kasblari yuzasida to’la tasavvurga ega emasliklarini nima bilan izohlash mumkin?

F-fikringizni bayon eting




S-Fikringiz bayoniga sabab ko’rsating




M-ko’rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring




U- fikringizni umumlashtiring



11-ilova




Jonlantirish uchun savollar:

  • Ilk o’spirinlik davrining psixologik xususiyatlari.

  • Ilk o’spirinning psixik o’sishini harakatga keltiruvchi kuchlar.

  • Ilk o’spirin shaxsining kamol topishi.

  • .Ilk o’spirinlik davrida kasb tanlash muammosi.

  • O’quvchilarni kasbga yo’llash muammosi.

  • Kasb tanlashga tasir etuvchi omillar.

  • Kasb tanlashga doir tadqiqotlari.

  • Ilk o’spirinlik davrida o’z-o’zini anglash.

  • Ilk o’spirinlik davri o’quv faoliyati borasidagi tadqiqotlar..


12-ilova

Insert usulidan foydalanib ishlash qoidasi

Ma’ruza matnini o’qib, matnning chetiga quyidagi belgilarni qo’yib chiqing:

V-bilaman

+ – men uchun yangi ma’lumot

–– men bilgan ma’lumotni inkor qiladi

? – noaniq (aniqlashtirish talab qiladigan) qo’shimcha ma’lumot



Olingan natijalarni jadval shaklida rasmiylashtiring.





Mavzu savollari

V



+

?













































































































Download 34.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling