8-mavzu: turistlarga ekskursiya хizmati kо’rsatish


Download 1.17 Mb.
Sana12.12.2020
Hajmi1.17 Mb.
#165244
Bog'liq
Презентация


8-MAVZU: TURISTLARGA EKSKURSIYA ХIZMATI KО’RSATISH.

Turizm ekskursiya bilan chambarchas bog’liqdir. Chunki ekskursiya har bir turistik sayohatning fikriy ifodasidir. Odatda ekskursiya deganimizda diqqatga sazovor joylarni ziyorat qilish, tarixiy muzeylarni ko’rish, arxeologik qazilma boyliklarni ko„rish va boshqalar tushuniladi.Ekskursiya xizmatlari ko‟rsarish inson uning ma‟naviy va axloqiy qadryatlariga bo’lgan ehtiyoji va talabini qondirish, bilimlarni egallashida, shu jumladan, kasbiy bilish vositalari,usullari,obyektlarni erkin tanlash sharoitida ekskursiyalar tashkil etish va ekskursiya xizmatlari ko‟rsatishdir.

Turistik xizmatlar tarkibiga ekskursiyalar, poxodlar ham kiradi. O’zbekiston Respublikasining "Turizm to„g„risida"gi qonuni 2019 yil 18 iyulda qabul qilindi, ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʼllaniladi:

 "Ekskursiya faoliyati - turistik faoliyatning tarixiy yodgorliklar, diqqatga sazovor joylar va boshqa ob‟yektlar bilan tanishtirish maqsadida oldindan tuzilgan Yo’nalishlar bo’yicha ekskursiya yetakchisi (gid) hamrohligidagi 24 soatdan oshmaydigan ekskursiyalarni tashkil etishga doir qismi",- deyilgan

 Gid haqida esa: " gid (gid-tarjimon) — axborotga oid va tashkiliy xizmatlar koʼrsatish, turistlar va ekskursantlarni vaqtincha boʼlish mamlakatidagi (joyidagi) turistik resurslar bilan tanishtirish uchun kasbiy jihatdan tayyorgarlik koʼrgan, Oʼzbekiston Respublikasi rezidenti boʼlgan jismoniy shaxs ",-deyiladi.

Ekskursiya har xil mavzular bo’yicha sinflantiriladi. Ekskursiyalarning asosi bo‘lib axborot hisoblanadi. Axborot manbaalarini bir qancha guruhlarga ajratish mumkin:


  • tabiyat jismlari, landshaftlar, tabiyatning antiqa xususiyatlari;
  • ob‟yektlar, diqqatga sazovor joylar va mintaqalar:
  • milliy-etnografik boyliklar:
  • tarixiy ahamiyatga ega joylar.

Ekskursiya turli xil bo‘lib, quyidagilarga bo‘linadi:
  • Ekskursiya sayohatlarini mazmunan quyidagi sinflarga ajratish mumkin, ko’zdan kechirish, umumiy-sharhli, ko’p rejali, mavzuli tematik, tarixiy, madaniyatshunoslik va boshqalar.
  • Qatnashuvchilar tarkibiga ko’ra.
  • O’tkazish joylari.
  • Harakatlanish uslubi.
  • O’tkazish shakliga ko’ra bo’linadi.

Ekskursiya xizmati jarayoni ekskursantga zerikish va qiziqishni pasayishiga olib kelmasligi uchun ko’p sonli ob’ektlar bilan To’ldirib qo’yilmasligi kerak. Ekskursiya

xizmatining eng optimal davomiyligi 2-4 soat Bo’lib, bu vaqt ichida ekskursant 10-20 ta Ob’ektlarni ko„rishi mumkin.

Ekskursiya xizmatiga bitta ob’ekt (arxitektura yodgorligi) va Ob’ektlar guruhi ( tarixiy yodgorliklar, tabiiy Ob’ektlar, muzey eksponatlari) kirishi mumkin.

Ob’ektlar jamlanmasi ekskursiya mavzusi va ishtirokchilar tarkibidan kelib chiqqan holda tanlanadi
Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling