8-o‘quv joyi. G‘alla kombaynini o‘rganish Mashg‘ulotning maqsadi
Download 237.97 Kb.
|
8-Ish joyi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kombaynlar asosiy ishchi qismlarining tasniflanishi.
- Dominator-130” g’alla kombayni
- 10.1-rasm. “Dominator-130” kombaynining sxemasi.
- Kombaynni ishga tayyorlash
- 10.2-rasm. Baraban va deka orasidagi tirqish kengligini sozlash
8-o‘quv joyi. G‘alla kombaynini o‘rganish Mashg‘ulotning maqsadi: donli ekinlarni o‘rib-yig‘ishtirish, kombaynlarga qo‘yiladigan agrotexnik talablar, kombayn (Dominator-130) va ishchi qismlarining tuzilishi, sozlanishi, ishga tayyorlash bo‘yicha talabalarga bilim berish, ularda kultivatordan samarali foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalar shakllantirish. Kombaynlar asosiy ishchi qismlarining tasniflanishi. Kombaynlar yanchish apparatlarini tuzilishiga qarab baraban-taglikli, barabanli va rotorli turlarga bo’linadi. Baraban-taglikli apparatlar aylanuvchi baraban va ko’zg’almas taglikdan iborat. Barabanlar shtiftli va savagichli turlarga bo’linadi. SHtiftli baraban o’rnatilgan yanchish apparati aylanuvchan barabanga shaxmat tartibida joylashtirilgan shtiftlar va qo’zg’almas panjarasimon taglikdan tashkil topgan. Savagichli baraban o’rnatilgan yanchish apparati baraban sirti bo’ylab, uning o’kiga parallel kertikli savagichlar o’rnatilgan. Hozirgi kunda mamlakatimizda asosan “Klass” firmasining “Dominator-130” g’alla o’rish kombaynlari ishlatilmoqda. “Dominator-130” g’alla kombayni (2.1-rasm) qamrash kengligi katta bo’lmagan S 420 rusumli jatka (qamrash kengligi 4,27 m) va klassik ko’rinishdagi ko’ndalang baraban-dekali yanchish qurilmasi bilan jihozlangan. Kombaynning ish tezligi o’rib olinayotgan g’allaning hosildorligi va uning yotib qolganligi, maydonning tekis-notekisligi hamda boshqa omillarga qarab tanlanadi. Dala o’t bosmagan, hosildorlik 40-50 ts/ga va poyalar yotib qolmagan tekis dalalarda 4,6-5 km/soat ish tezligi “Klaas-Dominator-130” kombaynlari uchun ham maqbul hisoblanadi. 10.1-rasm. “Dominator-130” kombaynining sxemasi. 1-motovilo; 2-qiya transporter; 3-kabina; 4-bunker; 5-shnek; 6-yanchish apparati; 7-biter qaytargich; 8-dvigatel; 9-orqa fartuk; 10-somon silkitgich; 11-yuqori g’alvir; 12-pastki g’alvir; 13-don irg’ituvchi doska; 14-ventilyator; 15-gidrotsilindr; 16-shnek; 17-yon shitok. Kombaynni ishga tayyorlash. Jatkani kombaynga taqishda uning to’g’ri o’rnatilishini ta’minlash va ish vaqtida dala relьefiga bir tekis tushishini ta’minlash maqsadida gidrotsilindrning prujinalarini sozlash kerak bo’ladi. O’rish apparati va shnek orasidagi masofa esa 580 mm qilib o’rnatiladi. Kombaynning yanchish apparati klassik ko’rinishdagi ko’ndalang baraban-dekali yanchgichdan iborat bo’lib, barabanga yuqori yanchish qobiliyatiga ega 6 ta savag’ich o’rnatilgan. Ular donli massani dekaning 1170 qamrash kengligida 12 ta ko’ndalang plankalar ustidan olib o’tib yanchadi. Boshoqli don ekinlarini o’rib-yig’ib olishda ekinning holatiga qarab yanchish barabanining aylanishlar chastotasi 1150÷1250 ayl/min oralig’ida bo’lishi kerak. Yanchish apparatida donli massaga yumshoq ta’sir berilishi poyalarning kamroq maydalanishi va somonning yaxshi uyumlanishini ta’minlaydi. Bu esa yerga tushgan somonni qiyinchiliksiz sifatli yig’ishtirib olishga imkon beradi. Baraban va deka orasidagi tirqish kengligi ham ekin turiga qarab tortqi yordamida mos ravishda rostlanadi (3.3-rasm).Bug’doy va shunga o’xshash boshoqli don ekinlarini yanchishda tortqi N asosan 2-3 xolatga qo’yiladi va yanchish apparatining kirish qismidagi tirqish 13-15 mm, chiqish qismidagi esa 3-4 mm kattalikga qo’yiladi. Beda va boshqa mayda urug’li ekinlarni yanchishda esa kichikroq tirqishlar, makkajo’xori so’tasi, kungaboqar kabi yirik donli ekinlarni yanchishda birmuncha kattaroq tirqishlar tanlanadi.
Mamlakatimizda boshoqli don ekinlarining asosiy qismi sug’oriladigan maydonlarda yetishtirilishi va bu maydonlarning katta qismi 10 gektardan kam bo’lganligi hamda ko’pchilik maydonlarda boshoqli donlar pishib yetilgandan so’ng qisqa vaqt ichida bir yillik begona o’tlarni tez rivojlanishini hisobga olgan holda “Klass” firmasining “Dominator-130” rusumli kombaynlardan foydalanish yuqori samara berishi tajribalarda aniqlangan. Download 237.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling