9 -mavzu. Sport inshootlarini loyihalash. Reja


Download 63.5 Kb.
bet1/2
Sana18.11.2023
Hajmi63.5 Kb.
#1784866
  1   2
Bog'liq
9-маъруза


9 -mavzu. Sport inshootlarini loyihalash.
Reja

  1. Stadionlar, sport pavilionlari. Universal sport zallari, yopiq sport suv xavzalari.

  2. Sport inshootlarining yordamchi xonalari.

  3. Ularning konstruktiv va hajmiy-rejaviy yechimlari va ularga loyihalashda qo‘yiladigan talablar.

Yopiq va ochiq sport inshoatlari, jumladan sport zallari, arenalar va manejlar, sun’iy yaxmalakli sirpanish uchoqgohlari, basseynlar, stadionlar va shu kabi boshqalari sport maydonlarining texnologik parametrlarini, jihozlarni joylashtirish talablarini, tomoshabinlar o’rindiqlarini, sportchilarga va tomoshabinlarga xizmat ko’rsatish talablarini hisobga olgan holda loyihalanishi zarur. Sport zallari asosiy tiplarining qurilish o’lchamlari va ma’lum vaqtda foydalanish quvvati 7- tavsiyaviy ilovada keltirilgan.


Ko’p funktsiyali foydalanishga mo’ljallangan universal katta o’lchamli sport zallar-arenalar va sport manejlari, tomoshabinli sport zallari texnologik yechim variantlarini ishlab chiqish natijasi bo’yicha loyihalanadi.
Sport inshoatlarini loyihalashda sport turi va tomoshabinlarni joylashtirish texnologik afzalliklarini, kiritib qurilgan va turg’in bo’lmagan jihozlardan (jihozlar ro’yxati bo’yicha) yukni hisobga olish shart. Og’ir va yengil atletika, futbol zallari birinchi qavatga joylashtirilishi kerak. Yengil atletika va futbol zallari-manejlariga avtomoshina kira olishini ta’minlash shart.
O’rindiqlari 300 va ko’p tribunali tomosha-sport zallarida zal-arena pol sathi yer ustki ikkinchi qavat pol sathidan yuqori bo’lmasligi shart.
Tribunalar joylashtirilayotganda tomoshabinlar birinchi qatori ro’parasida to’siq bo’lishi kerak, o’yin maydonigacha yon va ko’ndalang tomonlardan masofa tomoshabinlar xavfsizligini hisobga oladigan texnologik talablardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Sport zallari qoshidagi snaryad va inventar xonalari, qoida bo’yicha, zallarga yondosh va aloqasi tirqishlar orqali bo’lishi kerak. Snaryad-inventar xonasi poli sathi zal poli sathi bilan bitta darajada bo’lishi shart ( porogsiz). Snaryad va inventar xonalari maydoni texnologik talablar bo’yicha aniqlanadi ( o’lchami 12x24 m li zallar uchun kamida 16 m2 , 30x18 m li zallar uchun kamida 21 m2 ).
Tomoshabinlar o’rindiqlari soni 1000 va undan ortiq universal sport-tomoshagoh zallarida (arenalarda) sport o’yinlari uchun va musobaqa oldidan mashq qilib olish uchun sport zallari ko’zda tutilishi kerak. O’quv-trenirovka zallari, trenajor xonalari, individual kuch ishlatadigan tayyorlanish xonalari soni va o’lchamlari loyiha topshirig’ida ko’zda tutiladi.
Universal sport-tomoshagoh zal-arenalarda, manejlarda, sun’iy yaxmalak zallarida maydonni o’zgartirish (sport va tomosha turlarini hisobga olgan holda), estrada joylashtirish va boshqa imkoniyatlar loyihalashda nazarda tutilishi kerak.
Yopiq va ochiq o’quv-trenirovka basseynlarining asosiy hisobiy parametrlari 8-tavsiyaviy ilovada keltirilgan.
Suzishni bilmaydiganlarni suzishga o’rgatish uchun va bolalar uchun vannalar, qoida bo’yicha, har bir, vannasi 50x25 m vannali, basseyn binosida ko’zda tutilishi kerak.
Basseynlarning hovuz zali balandligi, tomoshabinlar o’rindig’isiz (hovuz atrofida yurish yo’lagi sathidan keyin) va suvga tepadan sakrash joyisiz bo’lganda kamida: hovuz uzunligi 50 m lida 6 m va hovuz uzunligi 25 m lida 5.5 m bo’lishi kerak; o’quv-trenirovka va sog’lomlantirish mashg’ulotlari o’tkaziladigan 25 m li zallarda 4.2 m, hovuz uzunligi 18 m dan oshmaydigan zallarda 3.6 m ruxsat etiladi.
Universal va maxsus hovuzli zallar balandligi, jumladan suvga tepadan sakrash va tomoshabinlar joylari bo’ladigan zallar balandligi texnologik talablar bo’yicha belgilanadi.
Hovuzi uzunligi 25 m va undan ortiq basseynlar tarkibida trenirovka va tayyorgallik mashg’ulotlari uchun sport zallari ko’zda tutilishi shart.
Hovuzi 25x8.5m va undan kam bo’lgan, hamda ochiq basseynlarda tayyorgallik ko’radigan zallar ko’zda tutilmasligi mumkin; ammo hovuz yaqinida tayyorgallik ko’rish uchun kamida 70 m2 li ochiq maydoncha bo’lishi kerak.
Hovuz tagi nishabi, bo’ylama yon devorlari profili, yo’lakchalari o’qlarini o’lchamlanishi, suv ostini kuzatish tirqishi (illyuminatorlari) texnologik talablar bo’yicha qabul qilinadi.
Har bir bo’ylama devorlarida uzinligi 50 m li hovuzlarda uchtadan, 50 m dan kamlarida ikkitadan zinapoyalar ko’zda tutilishi kerak; hovuz maydoni 100 m2 dan kam bo’lsa bitta zinapoya o’rnatish mumkin.
Vanna devorlari va osti konstruktsiyalari suyuqlik o’tkazmaydigan va kimyoviy reagentlarga bardoshli bo’lishi kerak. Hovuz osti va devorlarining yuzalari yorug’ tonli bo’lishi kerak. Hovuz devorlari va osti sirg’anchiq bo’lmasligi shart. Basseynlar hovuzlarining ko’ndalang devorlari suv ustki qismlari 0,3 m balandlikda tik va bir-biriga parallel bo’lishi kerak.
Hovuz uzunligi 50 m li yopiq basseynlarda texnik qarab turish va ta’mirlash uchun hovuzning tashqi tomonlarida imkoniyat ko’zda tutilishi kerak.
Basseyn hovuzining perimetri bo’yicha aylanib yurish yo’lakchasi yopiqlari uchun kamida 1.5 m, ochiqlari uchun 2 m bo’lishi kerak; yo’lakcha tashqi chegarasidan o’rindiqlar joylashtirilishi zarur.
Aylanib yurish yo’lakchasi sirg’anmas va trap tomonga 0.01-0.02 nishabli bo’lishi shart.
Bolalar hovuzi uchun ( suzishni bilmaydiganlar uchun) aylanib yurish yo’lakchasi kengligi uch tomoni qirg’og’i bo’yicha 0.75 m, yo’lakcha sathi qirg’oqdan past, qirg’oqdagi to’siq balandligi 0.9-1.0 m bo’lishi shart.

Download 63.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling