9– amaliy mashg’ulot ishi ipv6 texnologiyasi asosida ripng, ospfv3 va eigrp marshrutizatsiya protokollarini sozlash ishdan maqsad


Download 1.94 Mb.
bet1/4
Sana08.11.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1756224
  1   2   3   4
Bog'liq
9-AMALIY MASHG’ULOT ISHI


9– AMALIY MASHG’ULOT ISHI


IPv6 TEXNOLOGIYASI ASOSIDA RIPng, OSPFv3 VA EIGRP MARSHRUTIZATSIYA PROTOKOLLARINI SOZLASH


Ishdan maqsad: IPv6 manzillash tizimi asosida RIPng, OSPFv3 va EIGRP konfiguratsiyalarini sozlashni amalga oshirish va ko`nikmaga ega bo’lish
Topshiriqlar

  1. Tarmoqni tuzing va qurilmalarning bazaviy parametrlarini sozlang

  2. Marshrutizatorda RIPng konfiguratsiyalarini sozlang

  3. Marshrutizatorda OSPFv3 konfiguratsiyalarini sozlang

  4. Marshrutizatorda EIGRP konfiguratsiyalarini sozlang



Nazariy ma’lumotlar

Marshrutizatsiya protokollari marshrutizatorlar o‘rtasida marshrut to‘g‘risidagi axborotlarni almashishni qisqartiradi. Marshrutizatsiya protokoli optimal yo‘llar orqali marshrutizatsiya jadvalini to‘ldirish va marshrutizatsiya ma’lumotlarini almashish uchun ishlatiluvchi xabarlar va algoritmlar, jarayonlar to‘plamidan iborat. Dinamik marshrutizatsiya protokollari quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:



    • uzoqdagi tarmoqlarni aniqlash;

    • marshrutizatsiya ma’lumotlarini yangilash;

    • ko‘rsatilgan tarmoqqa optimal yo‘lni tanlash;

    • ishlab turgan yo‘lga kirish mumkin bo‘lmagan yangi optimal yo‘lni izlash.

    • Dinamik marshrutizatsiya protokollari quyidagi komponentlarni o‘z ichiga oladi:

    • ma’lumotlarning tuzilishi - marshrutizatsiya protokollarini ishlashi uchun ma’lumotlar bazasi yoki jadval ishlatiladi. Ushbu axborot operativ xotira qurilmasida saqlanadi;

    • marshrutizatsiya protokolining xabari - marshrutizatsiya protokollari marshrut to‘g‘risida axborotlarni almashish, qo‘shni marshrutizatorlarni aniqlash, tarmoq to‘g‘risida muhim axborotni olish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa vazifalarni bajarish uchun turli xabarlarni ishlatadi;

    • algoritm – algoritm topshiriqlarni bajarish uchun ishlatiluvchi harakatlar ruyxatidan iborat. Marshrutizatsiya protokollari optimal yo‘lni aniqlovchi va marshrutizatsiya ma’lumotlarini almashishni soddalashtiruvchi algoritmlarni ishlatadi.


Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling