9-laboratoriya ishi mersellash jarayonini o‘rganish Ishdan maqsad


Download 20.01 Kb.
Sana29.03.2023
Hajmi20.01 Kb.
#1308644
Bog'liq
10 лаб


9-LABORATORIYA ISHI
Mersellash jarayonini o‘rganish
Ishdan maqsad: Merserlash jarayonini o’rganish jarayonlarini o’rganish
Kerakli uskuna va reaktiflar: Elektr pechka, zanglamaydigan metaldan tayyorlangan idish ,yumshatilgan suv ,pinset,shisha tayoqchalar,sirka kislotasi,elektr dazmol, koustik soda, sovun, vodorot pereoksidi, optik oqartiruvchilar, ip gazlamalar
Nazariy qism: Merserlash –bu sellyulozali materiallarga tarang tortilgan holatda tolaga konsentrlangan natriy ishqori bilan ishlov berishdir. Bunda tola o‘ziga xos yaltiroqlik, ipaksimonlik xususiyatiga ega bo‘ladi, uning gigroskopikligi, mustahkamligi va adsorbsion qobiliyati ortadi. Odatda merserlash ishqorning 225-300 g/l li eritmalari bilan 15-200°Ϲ 30-40 min. shimdirish va yuvish yo‘li bilan olib boriladi. Oxirgi 30 yil davomida o‘ta effektiv qaynoq merserlash ham amalga oshirilmoqdaki, bunda merserlashni qaynatish bilan birgalikda olib borish imkoni tug‘iladi. Sellyulozaga ishqor eritmasi bilan ta’sir etganda qator kimyoviy va fizik-kimyoviy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.
Ishqorning kuchsiz eritmalari sellyulozaga kimyoviy ta’sir etmaydi. Agar temperatura 130-140°Ϲga ko‘tarilsa, sellyulozani havo kislorodi ta’sirida oksidlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Konsentrlangan ishqor ta’sirida ishqoriy sellyuloza hosil bo‘ladi.
Fizik-kimyoviy jarayonlar esa sellyulozani bo‘kishi va pastmolekulyar fraksiyalarni erishi bilan bog‘liqdir. Bo‘kish darajasi NaOH konsentratsiyasiga va temperaturaga bog‘liq. 12% li NaOH eritmasi ta’sirida temperatura, °Ϲ paxta tola diametrini o‘sishi, % 18 6,0-10, 66,0. Merserlangan tolaning cho‘zilishga pishiqligini oshishi toladagi bo‘shashgan joylarni bo‘kish natijasida yo‘qotilish xisobiga bo‘ladi. Toladagi namlik fibrillar yuzasini moylovchi rolini o‘ynagani sababli ular bir-biriga nisbatan qayta joylanishi mumkin. Natijada tola kristallik tuzilishidagi tartibsizlanish bilan bir qatorda uning fibrillarini tartiblanishi ortib boradi. Merserlangan tolani kristallik qismlari kamaygani sababli tolaning ichki xajmi oshadi, shu sababli merserlangan tolani adsorbsion qobiliyati yuqori bo‘ladi va turli kimyoviy reagentlar ta’siriga yuqori reaksion qobiliyat namoyon etadi. Merserlangan paxta tolasini adsorbsion qobilyatini o‘sishi faqat barit soniga ta’sir qilmay, balki material bo‘yaluvchanligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunga sorblangan bo‘yovchi moda miqdori 15-30% ga ortishi bilan bir qatorda uning koloristik ko‘rsatgichlari: rang shiddati, tiniqligi, ravshanligi, xattoki turli ta’sirlarga chidamliligi va nurbardoshligi oshadi. Buning sababi merserlash sellyulozani qaytar bo‘kishiga, ustmolekulyar qurilmasini bo‘shashiga, tola effektiv xajmini ortishiga olib keladi, natijada bo‘yovchi moddaning tolani ichki qismiga kirishishi ta’minlanadi.
Ishni bajarish tartibi: Qаynаtilgаn vа оqаrtirilgаn o’lchаmi 30х30 sm bo’lgan mаtо namunasi po’lаt rаmkаgа tаrаng tоrtilgаn hоldа 225-300 g/l li nаtriy gidrоksid eritmаsigа 5 minutgа tushirilаdi. Xuddi shundаy nаmunаgа erkin hоldа ishlоv bеrilаdi. Ikkаlа nаmunа qаynоq vа sоvuq suv bilan yuvilаdi. Birinchi nаmunа rаmаdаn olinadi vа ikkаlа nаmunаgа kоntsеntrаtsiyasi 5 g/l bo’lgаn H2SO4 eritmаsidа 250C hаrоrаtdа 1-2 minut dаvоmidа ishlоv bеrilаdi vа mаtо kislotadаn оzоd bo’lgunchа yuvilаdi. Nаmunаning eni vа bo’yi o’lchаnаdi vа ularning kirishgаnligi hisоblаnаdi.

- nаmunаning dаstlаbki vа mеrsеrlаngаndаn kеyingi o’lchаmlаri, sm.

Download 20.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling