9-ma’ruza. Tarmoq texnologiyasi va internet xizmatlari


Download 1.18 Mb.
bet1/5
Sana13.11.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1771173
  1   2   3   4   5
Bog'liq
9-MA\'RUZA


9-MA’RUZA . TARMOQ TEXNOLOGIYASI VA INTERNET XIZMATLARI
Reja:

  1. Kompyuter tarmog`i haqida umumiy tushunchalar

  2. Tarmoq turlari va topologiyalari

  3. Kompyuter tarmog`ining apparat va dasturiy ta’minoti

Tayanch iboralar: Kompyuter tarmog`i, lokal tarmoq, mintaqaviy tarmoq, global tarmoq, tarmoq topologiyasi, yulduzsimon topologiya (Star Network), xalqasimon topologiya (Ring network), shinasimon topologiya (Bus network), tarmoq qurilmalari, o`rama juft kabel (Vitaya para), koaksial kabel, optik tolali kabel


1. Kompyuter tarmog`i haqida umumiy tushunchalar
Axborotni bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga uzatish muammosi xisoblash texnikasi paydo bo`lgandan beri mavjuddir. Axborotlarni bunday uzatish aloxida foydalanilayotgan kompyuterlarni birgalikda ishlashini tashkil qilish, bitta masalani bir necha kompyuter yordamida hal qilish imkoniyatlarini beradi. Bundan tashqari har bir kompyuterni ma’lum bir vazifani bajarishga ixtisoslashtirish va kompyuterlarning resurslaridan birgalikda foydalanish, hamda ko`pgina boshqa muammolarni ham hal qilish mumkin bo`ladi.
Tarmoq - kompyuterlar, terminallar va boshqa qurilmalarning ma’lumot almashishni ta’minlaydigan aloqa kanallari bilan o`zaro bog`langan majmui. Kompyuterlararo ma’lumotlarni almashishni ta’minlab beruvchi bunday tarmoqlar kompyuter tarmoqlari deb ataladi.
Kompyuter tarmog`i - bu kompyuterlar o`rtasida ma’lumot almashinuvini ta’minlaydigan kompyuter va qurilmalar to`plami. Tarmoq axborotlarni uzatish, aloxida foydalanilayotgan kompyuterlarni birgalikda ishlashini tashkil qilish, bitta masalani bir nechta kompyuter yordamida yechish imkoniyatlarini beradi. Kompyuter tarmog`i (NetWork, net - tarmoq va work - ishlash) - bu kompyuterlar o`rtasida axborotlar almashish tizimidir. Uning asosiy maqsadi foydalanuvchilarga barcha kompyuterlar resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash. Kompyuter tarmoqlarini masshtabiga qarab turlarga ajratish mumkin: Lokal tarmoqlar (Local Area Network, LAN), mintaqaviy tarmoqlar (Metropolitan Area Network, MAN), global tarmoqlar (WideAreaNetwork, WAN).
Lokal tarmoqlar (LAN — Local Area NetWork) - bir korxona yoki muassasadagi bir nechta binolardagi yoki sinflardagi kompyuterlarni o`zaro bog`lagan tarmoq. Kompyuterlar, boshqa periferiya qurilmalari (printerlar, disk kontrollerlari va boshqalar) ning bog`lanishini ta’minlaydigan va ularga umumiy disk xotirasidan, periferiya qurilmalaridan birgalikda foydalanishga, ma’lumotlar bilan almashishga imkon beradigan apparat vositalari va algoritmlar to`plamidir. Lokal tarmoqlarning asosiy farqlanuvchi xususiyati barcha uchun yagona kompyuterlarning ma’lumot uzatish tezkor kanali va kommunikatsiya asbob - uskunalarida xatolikning yuzaga kelish ehtimolining deyarli yo`qligi.

Lokal tarmoq uchun mavjud standartlar (tegishlicha Ethernet va ARCNET) 2,5 kmdan 6 kmgacha bo`lgan masofadagi kompyuterlar orasida aloqani ta’minlaydi. Lokal tarmoqning xarakterli tomonlari: -chegaralangan geografik hudud, foydalanuvchilarning katta tezlikka ega tarmoqda ishlashni ta’minlash, lokal servislarga doimiy ulanish, yonma-yon turgan qurilmalarga ulanish. Shaxsiy kompyuterlarning lokal tarmog`i keng tarqalgan.

1-rasm. Lokal tarmog`i 2-rasm. Kompyuterlar va binodagi joylashuvi mobil qurilmalarii simsiz bog`lanishi


Mintaqaviy tarmoqlar (Metropolitan Area Network, MAN-shahar va viloyatlar darajasida kompyuterlarni va lokal tarmoqlarni maxsus aloqa yoki telekommunikatsiya kanallari orqali o`zaro bog`lagan lokal tarmoqqa nisbatan kattaroq tarmoqlar yig`indisi.
Global tarmoqlar (Wide Area Network, WAN) – o`ziga butun dunyo kompyuterlarini, abonentlarini, lokal va mintaqaviy tarmoqlarini telekommunikatsiya (kabelli, simsiz, sun’iy yo`ldosh) aloqalari orqali bog`lagan yirik xalqaro tarmoq. U bir- biridan geografik uzoq masofalarda joylashgan kompyuterlarni birlashtiradi, lokal tarmoqlarni birlashtiradi.

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling