9-ma’ruza. Tarmoq texnologiyasi va internet xizmatlari


Doimiy so`zlashuv IM (Instant messaging)


Download 1.18 Mb.
bet5/5
Sana13.11.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1771173
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-MA\'RUZA

Doimiy so`zlashuv IM (Instant messaging). Doimiy so`zlashuv haqiqiqy internet aloqalar xizmati bo`lib, onlayn bo`lgan foydalanuvchilarga xabarlar yoki fayllar almashish yoki shaxsiy aloqalardan foydalanish imkonini beradi. Onlayn bu real vaqtda foydalanuvchilarning o`zaro suxbatlashishdir. Ba’zi IM xizmatlari ovoz va video suhbat bilan ta’minlaydi.
An Exampl-e of Instant Messaging step 3

13-rasm. Doimiy so`zlashuv tasviri


Ko`plab IM xizmatlar kalendar bo`yicha belgilangan uchrashuvlar, ob - xavo yoki sport natijalari haqida ogoxlantiradi. Shuningdek ular sizga rasm yoki boshqa xujjatlarni qabul qiluvchiga jo`natish, sho`x musiqalarni eshitish va boshqa onlayn gurux bo`lib o`yin o`ynash imkoniyatini beradi. IM ishlashi uchun ikkala gurux real vaqtda onlayn bir -biriga bog`langan bo`lishlari lozim. Shuningdek, taklif qilingan xabarlarni qabul qilivchi ham qabul qilishni xoxlashi kerak. IM dan foydalanish uchun siz doimiy xabarlashuv dasturiy ta’minotini smartfon kabi mobil qurilma yoki kompyuteringizga o`rnatishingiz lozim.
Ba’zi operatsion tizimlar doimiy xabarlashuvchi windows kabilarni o`z ichiga oladi. Mashxur IM dasturiy ta’minoti AIM (AOL Instant Messenger), Google Talk, MySpace IM, Windows Live Messenger va Yahoo Messengerlarni o`z ichiga oladi. Kamdan kam IM dasturlari IM standartlarini maslaxatiga rioya qiladi. Muvaffaqiyatli aloqalarni kafolatlashda barcha kontaktdagi foydalanuvchi bir xil doimiy messenjerlardan foydalanishlari lozim. Muloqot bo`limini boshlashga siz muloqot serveriga chat client deb atalgan dastur orqali bog`lanasiz. Bugungi kun brauzerlari odatda chat clientni o`z ichiga oladi. Agar sizda yo`q bo`lsa, webdan chat clientni yuklashingiz mumkin. Ba’zi web saytlar foydalanuvchilarga chat clientlar siz ham muloqotlarni olib borishga imkoniyat yaratadi.
Bir marta chat clientni o`rnatganingizda ulangan chat serveringizda aloqa yaratishingiz yoki unga qo`shilishingiz mumkin. Muloqot tarmog`i munozara mavzusini aniqlashi lozim. Muloqot tarmog`ini yaratgan odam operatordek harakat qiladi va aloqani ta’minlash ma’suliyatiga ega va kimdir buzg`unchilik qilsa, ularni aloqadan chiqarib yuboradi. Operator maqomini boshqa bir odamga berib yuborishi mumkin.
Internetda axborot qidiruv tizimlari.
Web ma’lumotlarning ommaviy manbasidir. Odamlarning webdan foydalanishdan bosh maqsadi matn, rasmlarni, musiqa va videoni o`z ichiga oladigan maxsus ma’lumotlar qidirishdir.
Muvaffatqiyatli qidirishning birinchi bosqichi bu qidirayotgan ma’lumotingizni bosh g`oyasi yoki tushunchasini aniqlashdir. Ikki turdagi qidirish usullari mavjud bular server qidiruvchi va mavzuga oid kataloglar. Server qidiruvchi web saytlar, web saxifalar, rasmlar, videolar, yangiliklar, xaritalar va ma’lum mavzuga oid ma’lumotlar dasturidir.
Mavzuga oid kataloglar sport yoki xarid yoki shu toifalarga o`xshash tashkil qilingan bir qancha turkumlardagi web saxifalarni tavsiya etadi. Ba’zi web saytlar web brauzerni ham mavzuga oid kataloglar funksiyasini ham taklif etadi. Server qidiruvchi web manzilni aniq bilmaganingizda yoki ma’lum bir web saytni qidirmaganingizda ma’lumot joylashtirishingiz uchun qo`l keladi. Minglab server qidiruvchilar mavjud. Ba’zilari web saxifalar orqali barcha turdagi ma’lumotlarni qidiradi. Boshqa server qidiruvchilari esa ma’lum bir turdagi ma’lumotlarni cheklaydi, ular quyidagilar:

  • Tasvirlar- rasmlar, diagrammalar va chizmalar.

  • Videolar-uy videolari, musiqa videolari, tv dasturlari, kinova kliplar.

  • Audio- musiqa, qo`shiq ovoz yozish va tovushlar.

  • Nashriyotlar- yangiliklar maqolalari, jurnallarva kitoblar.

  • Xaritalar- biznes yoki manzil xaritalari, manzilga xarakat yo`nalishlari.

  • Odamlar yoki bizneslar- manzillar va telefon raqamlar.

  • Bloglar – boshqalar haqida fikr va g`oyalar.

Server qidiruvchi sizdan qidirayotgan elementingizni topishda qidiruv matni yoki qidiruv so`rovi deb atalgan so`z yoki jumlani kiritishingizni so`raydi. Qidiruv matnidagi har bir so`z kalit so`z deb ataladi. Sizni qidiruv matningiz Walt Disney World kabi keng bo`lishi mumkin. Server qidiruvchi tarkibi qidirayotgan ma’lumotingiz turiga qarab minglab natijalar bilan javob beradi. Ba’zi natijalar Web saxifalar yoki maqolalarga bog`lanishlardir, boshqalari tasvirlar, videolar yoki komedialardir. Ba’zida qidirayotgan narsangiz uchun kichik yoki umuman natija chiqmasligi ham mumkin. Bunda siz qidiruvni cheklayotgan qidiruv matningizni extiyotkorlik bilan qarab chiqish orqali qidiruv natijalaringizdagi ortiqcha narsalarni yo`q qilishingiz mumkin.
Agarda qidiruv matnini noto`g`ri yozsangiz, ko`p server qidiruvchilar boshqa qidiruv matnlarini ko`rsatishi mumkin. Shuningdek, ba’zilar (topib borish) qidiruv matnini yozishni boshlaganda taklif etilgan kalit so`zlar yoki tasvirlardan foydalanadi. Rasmda Googleda server qidiruvchini Aspen Colorado Ski kurortinu topish yo`li ko`rsatilgan.

14-расм. Googleda server qidiruvchini tasviri


Qidiruv natijalari 3 chi bosqichda Aspen Colorado Ski kurortini bildiruvchi 150,000 ga yaqin web saxifa bog`lanishlarini ko`rsatadi. Har bir ro`yxatidagi NShtopib borish) lar bosilganda birlashgan Web saytlar yoki Web saxifalarda bog`lanish bor. Ko`plab server qidiruvchilarda bir biriga o`xshash ma’nodagi sarlavxa va bayonnomalari bor. Shunday qilib birinchi topilgan bog`lanishlar ko`proq kerakli ma’lumotlarni o`z ichiga oladi.
Ba’zi web browserlar ma’lumotlarni to`g`ri yoki yaroqsiz topib beradigan Instant Search box (tez qidiruv qutisi) ni o`z ichiga oladi. Instant Search Box (tez qidiruv qutisi) web saxifadagi matn qidiruvni kiritish bosqichlarini yo`qotgan holda natijani tezroq ko`rsatadi.
Agar matn qidiruviga so`z yoki jumlalar orasida joy qoldirib yozsangiz har bir so`z uchun ma’lumot ko`rsatadi (va ga kabi so`zlardan tashqari). Qidiruvingizni yaxshilash uchun quyidagi uslublardan foydalanishingiz mumkin:

  • maxsus egalardan foydalaning qidiruv matniga birinchi bo`lib eng kerakli atamani yozing

  • har bir yozuvni to`g`ri yozing, masalan email emas e-mail

  • server qidiruvdan foydalanishdan oldin uni YORDAM deb atalgan ma’lumotiga kiring

  • agar qidiruv bitta server qidiruvchan muvaffaqiyatga erishmasa boshqasidan ham foydalanib ko`ring.

Ba’zi server qidiruvlar manzilga asoslangan navigatsiya qurilmalari bilan ishlaydi, ya’ni ular qurilmalarning xozirgi kundagi geografik joylashuvga bog`liq natijalarni ko`rsatadi. Misol uchun barcha gaz stansiyalarni manzilini sizning mobil qurilmangiz orqali aniq masofa bilan ko`rsatib bera oladi.
Ko`plab server qidiruvlar Spider (o`rgimchak) deb atalgan dasturdan foydalanadi va web saytda topilgan so`zlar ro`yxatini saqlab turadi. Qidiruv matnini kiritganingizda server qidiruv oldingi saytlarni topish uchun yaratilgan ro`yxatlarni tekshirib chiqadi.
Mavzuga oid kataloglar. Mavzuga oid kataloglar sinflarga ajratilgan bog`lanishlar ro`yxatlari bilan ta’minlaydi.

15-rasm. Katalog yordamida qidirish.


Bu qidiruvchi tizimdan foydalanishda umumiy mavzulardan maxsus mavzuga har xil darajalar orqali bog`lanishlarni bosib, maxsus bir mavzu joylashtirasiz. Kerakli mavzu topilmagunga qadar Web saxifalarni qidirishda davom etasiz. Asosiy kamchiligi mavzuga oid kataloglar bilan foydalanuvchilar o`ziga kerakli yoki kerakli bo`lmagan ma’lumotlar ro`yxati chiqqanda qaror qilishda ikkilanadilar.
Qidiruv tushunchasi. Internet tarmog`idagi qidiruv tushunchasi shuni anglatadiki, bunda har bir foydalanuvchi o`ziga kerakli bo`lgan biror ma’lumot yoki materialni maxsus qidiruv tizimlari orqali topish imkoniyatiga ega bo`ladi.
Internet tarmog`i foydalanuvchilari qidiruvni Internet muxitida joylashgan veb-saytlar, ularning manzili va ichki ma’lumotlari bo`yicha olib borishi mumkin. Bu esa foydalanuvchiga kerakli bo`lgan axborotni samarali qidirish va tez topish imkoniyatini beradi.
Axborotlarni qidirish. Internet tarmog`i shunday bir muxitki u o`zida turli ko`rinishdagi va turli tillardagi ko`plab axborotlarni jamlagan. Bunda ushbu axborotlar ichidan kerakli bo`lgan ma’lumotlarni qidirib topish muammosi paydo bo`ladi. Internet tarmog`ida har bir foydalanuvchi axborotni qidirish uchun uzbek, rus, ingliz yoki boshqa tillardagi bir yoki bir necha so`zdan tashkil topgan so`rovlardan foydalanadi. Ya’ni ma’lumotlarni uning sarlavxasi yoki uning tarkibida ishtirok etgan so`zlar va jumlalar bo`yicha qidirib topish mumkin. Bunda foydalanuvchi tomonidan internet qidiruv tizimi qidiruv maydoniga kerakli ma’lumotga doir so`z yoki jumla kiritiladi va qidiruv tizimi ishga tushiriladi. Shundan so`ng qidiruv tizimi foydalanuvchiga o`zi tomonidan kiritilgan so`z yoki jumlaga mos keluvchi ma’lumotlarni qidirib topadi va kompyuter ekranida ularning ro`yxatini hosil qiladi. Va nihoyat ro`yxatdagi ma’lumotlarni ketma-ket ko`rib chiqilib kerakli bo`lganlari kompyuterga saqlab olinadi.
Axborotlarni parametrlari bo`yicha qidirish. Ko`rib o`tilganidek, har bir foydalanuvchi internet tarmog`i orqali o`ziga kerakli bo`lgan ma’lumotlarni uning mavzusi hamda tarkibidagi so`z yoki jumla bo`yicha qidirib topishi mumkin, lekin internet tarmog`ida ma’lumotlar shunchalik ko`pki, ta’kidlab o`tilgan usul samara bermasligi mumkin. Bunday xollarda internet qidiruv tizimlari qidiruvning bir qancha qo`himcha usullari bo`yicha qidiruvni taqdim etadi, bular: ma’lumotlarni uning tili bo`yicha qidiruvi, ma’lumotlarni uning turi (matn, rasm, musiqa, video) bo`yicha qidiruvi, ma’lumotlarni uning joylashgan mintaqasi bo`yicha qidiruv, ma’lumotlarni uning joylashtirilgan sanasi bo`yicha qidiruv, ma’lumotlarni uning joylashgan internet zonasi bo`yicha qidiruvi, ma’lumotlarni xavfsiz qidiruvi.
Qidiruv tizimlarining so`rovlar tili
So`rovlar tili yordamida ma’lum bir qoidalar orqali formallashtirilgan kalitli so`zlar guruxi qidiruv serverlariga so`rovlar deb ataladi. So`rovlar tili turli qidiruv serverlarida bir-biriga juda yaqin bo`ladi. Yandeks qidiruv tizimi misolida so`rovlarni tashkillashtirish qoidalari bilan tanishamiz.

Operator sintaksisi

Operator ma’nosi

So`rovga misol

probel yeki &

Mantiqiy VA (gap orasida)

Davolovchi mashqlar

&&

Mantiqiy VA (xujjatlar orasida)

retseptlar && (dori darmon)

I

Mantiqiy YOKI

foto | fotografiya | tasvir | fototasvir

+

Topilgan xujjatda so`zning albatta bo`lishi

+ bo`lmoq yeki +bo`lgan




( )

So`zlarni guruxlash

(texnologiya | tayyorlash) (xomashyo| maxsulot)




Binar operator VA EMAS (gap orasida)

banklar ~ qonunlar

ёки

Binar operator VA EMAS (xujjatlar orasida)

Shaxar bo`ylab gid — (agentlik | sayoxat)

/(n m)

So`zlar oralig`i (minus (-) - orqaga, pilus (+) - oldinga)

kofe /2 tashuvchilar musiqiy /(­2 4) ta’lim vakansiyalar ~ /+1 talabalar

км

Frazalarni izlash

"qizil shapkacha" Ekvivalent: qizil /+1 shapkacha

&&/(n m)

Gaplar oralig`i (minus (-) - orqaga, plus (+) - oldinga)

bank && /1 moliya

Eng yaxshi natijaga erishish uchun bir necha oddiy qoidalarni unutmaslik kerak:
Faqat bitta kalit so`zdan tashkil topgan so`rov yozmaslik. Kalit so`z bitta bo`lsa, so`rov natijasida olingan millionlab internet saxifalari ro`yxati ichidan keraklisini ajratib olishning o`zi yana bir muammo bo`lishi mumkin.
Kalitli so`zlarni bosh xarflar bilan yozmaslik. Chunki bunday xollarda kichik xarflar bilan yozilgan ma’lumotlar qoldirilib ketilishi mumkin.
Agar qidiruv nixoyasida birorta ham natijasida olinmasa, kalit so`zlarda orfografik xatolar yo`qligini tekshiring.


.

16-rasm. Rasmlarni qidirish


Rasmlarni qidirish. Rasmlar ma’lumotlarning grafik yoki tasvir ko`rinishi xisoblanadi. Internet tarmog`ida grafik ma’lumotlarning ko`plab turlari uchraydi, ya’ni: chizma (vektor), foto (rastr), xarakatlanuvchi (animatsiya) hamda siqilgan rasmlar. Bunday grafik ma’lumotlar tarkibida matnli axborot mavjud bo`lmaydi. Shundan ko`rinib turibdiki, demak rasm ko`rinishidagi ma’lumotlar ustida faqatgina uning nomi yoki turi bo`yicha qidiruv olib borish mumkin. Ko`pgina internet qidiruv tizimlari grafik yoki tasvir ko`rinishidagi ma’lumotlarni qidirish uchun aloxida bo`limga ega bo`lib, bu bo`lim orqali ixtiyoriy turdagi rasmlarni ularning nomlari bo`yicha qidiruvni amalga oshirish mumkin. Masalan:
Musiqalarni va filmlarni qidirish. Internet tamog`ida matnli yoki rasm ko`rinishidagi ma’lumotlardan tashqari musiqa va video ma’lumotlarning ham ko`plab manbalari mavjud. Internet tarmog`i orqali har bir foydalanuvchi musiqa eshitishi, radio tinglashi, teledasturlar yoki videofilmlarni tomosha qilishi mumkin. Internet orqali radioeshittirish va teledasturlar namoyishi ma’lum, ushbu turdagi xizmatlarni taqdim etuvchi tizimlar (serverlar) tomonidan amalga oshiriladi. Internet orqali radio tinglash yoki teleko`rsatuvni tomosha qilish uchun ushbu tizimga bog`lanishni o`zi kifoyadir. Ammo musiqa va filmlar internet tarmog`iga ulangan kompyuterlarda alohida material ko`rinishida saqlanadi. Ularni tinglash, tomosha qilish yoki kompyuterga ko`chirib olish uchun avvalo kerakligini qidirib topish zarur.
Musiqa va video materiallari ustida ham grafik (rasm) materiallar kabi uning nomi yoki izoxi bo`yicha qidiruv olib borish mumkin. Bunda musiqa va filmlarni qidirib topish uchun qidiruv tizimi maydoniga materialning nomi yoki uning izoxiga taaluqli biror jumla kiritiladi va qidiruv tizimi ishga tushiriladi. Shundan so`ng qidiruv tizimi tomonidan kiritilgan jumlaga mos keluvchi musiqa va video materiallar joylashgan veb- saytlarning ro`yxati shakllantiriladi. Ro`yxatdagi veb-saytlar foydalanuvchi tomonidan birin - ketin ko`rib chiqiladi va kerakli materiallar kompyuterga saqlab olinadn. Quyida Google qidirish oynasi keltirilgan.
Google
O'zbekiston
Google qidiruvi Omadim borga o'xshaydi Google со uz boshqa tillarda русский
WWW.UZ Milliy axborot-qidiruv tizimi. WWW.UZ - bu barcha foydalanuvchilar uchun yurtimizning Internet tarmog`idagi milliy segmenti axborotlaridan qulay tarzda foydalanish imkoniyatini beruvchi tizimdir. Milliy axborot-qidiruv tizimini rivojlantirish ishlari axborot va kompyuter texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish UZINFOCOM Markazi tomonidan olib boriladi. Milliy axborot-qidiruv tizimining asosiy xususiyatlaridan biri uning ko`p tilli axborot qidiruvi (ruscha, o`zbekcha) va boshqa milliy axborot tizimlari va ma’lumot omborlari bilan o`zaro ishlay olishidadir.
WWW.UZ Internet tarmog`i foydalanuvchilariga milliy sigmentda joylashgan veb-saytlar bo`yicha qidiruv xizmatini taqdim etadi va qidiruvni veb-sayt manzili va ichki ma’lumotlari bo`yicha olib borishi mumkin. Bu esa foydalanuvchiga kerakli bo`lgan axborotni samarali qidirish va topish imkoniyatini beradi.

17-rasm. WWW. Uz oynasi ko`rinishi
Bundan tashqari Shu WWW.UZ qidiruv tizimi Internet resurslari (veb- saytlari) katalogini va veb-saytlar reytingi yuritadi, saytlar bo`yicha jamlangan statistik ma’lumotlarni to`playdi hamda axborot texnologiyalari sohasidagi yangiliklar va maqolalarni yoritib boradi.
WWW.UZ "Katalog" bo`limi - internet tarmog`ida ochiq holda joylashgan, O`zbekiston Respublikasiga aloqador bo`lgan, ro`yxatga olingan, izoxlari keltirilgan va katalog mavzulari bo`yicha saralangan veb-saytlar to`plami.
WWW.UZ katalogi foydalanuvchilari o`zlariga kerak bo`lgan saytni mavzular bo`yicha (Iqtisod, OAV, Madaniyat va boshqalar) qidirish orqali tezroq topishlari mumkin. Katalog har kuni qidiruv tizimining faol foydalanuvchilari tomonidan yangi saytlar bilan boyitib boriladi.
18-rasm. WWW. UZ saytidagi saytlar reytingi ko`rinishi
Shu bilan birga WWW.UZ ning har bir foydalanuvchisi "Saytlar reytingi" bo`limiga kirib, barcha ro`yxatga olingan saytlar reytingini

ko`rishi, "Jamlangan statistika" bo`limida esa ularning statistikasi bilan tanishib chiqishi mumkin.
Mashxur Internet qidiruv tizimlari. Internet tarmog`i yirik ma’lumotlar ombori hisoblanadi. Undan kerakli ma’lumotlarni qidirib topish foydalanuvchining oldiga qo`yilgan eng asosiy masalalardan biridir. Bunday xollarda yirik ma’lumotlar omboridan kerakli ma’lumotlarni qidirib topishda axborot-qidiruv tizimlari muxim axamiyatga ega. Internet tarmog`ida bunday tizimlarning ko`plab turlarini uchratish mumkin. Bulardan Google, Rambler, Yandex, Yahoo tizimlari uzbek, rus va ingliz tillarida qidiruvni olib boradigan eng mashxurlari hisoblanadi. Bular: http://www.google.som, http://www.google.ru
Ushbu mashxur qidiruv tizimlarining har biri oddiy va batafsil
Google
W na русском
kengaytrilgan qidiruv hamda matnli, rasm, musiqa, video va boshqa turli shakldagi axborotlarni qidirish imkoniyatini taqdim etadi. Bu turdagi axborot-qidiruv tizimlaridan
Введите поисковий запросы URL joylashganligini bilmasangiz tizimlaridan foydalaning.
foydalanib ixtiyoriy foydalanuvchi o`ziga kerakli bo`lgan ixtiyoriy turdagi ma’lumotni qidirib topishi va undan foydalanishi mumkin. Agar sizga biror ma’lumot kerak bo`lib, lekin siz uning qayerda va qanday ko`rinishda holda shu kabi axborot - qidiruv

http://www.yahoo.com



Yandex.ru
19-rasm. Xalqaro qidiruv tizimlari ko`rinishi
Ixtisoslashgan axborot qidiruv tizimlari. Axborot qidiruv tizimlari - bu veb-sayt xisoblanib Internet tarmog`ida axborotlarni qidirish imkoniyatini taqdim etadi. Bunda yuqorida sanab o`tilganidek Google va Yahoo dunyodagi eng mashxur qidiruv tizimlaridan xisoblanadi. Bizning davlatimizda WWW.UZ axborot-qidiruv tizimi qidiruv so`rovlari bo`yicha ilg`orlardan biridir. Bundan tashqari internet tarmog`ida ma’lum soxada ishlaydigan ixtisoslashgan qidiruv tizimlari ham mavjud. Bulardan eng ommaboplari:
"KtoTam" - insonlar to`g`risidagi axborotlarni qidirishga mo`ljallangan yangi turdagi axborot-qidiruv tizimi. Bunda insonlarni ismi, sharifi, familiyasi, kasbi, lavozimi va unvoni hamda tashkilot va boshqa insonlar orqali topish mumkin.
"Tagoo" - musiqalarni qidirishga mo`ljallangan qidiruv tizimi. Boshqa qidiruv tizimlariga nisbatan ushbu tizim o`zining kengaytirilgan musiqa bazasidan va boshqa saytlarning mp3 resurslaridan qidirib ularning ro`yxatini shakllantiradi. So`rovda musiqa nomini, uning ijrochisini hamda albom nomlarini ham kiritish mumkin.
"Kinopoisk" - filmlar to`g`risidagi axborotlarni qidirish tizimi. Qidiruv vaqtida filmning nomi, chiqqan yili, janri, ishlab chiqqan davlat nomi, kompaniya nomi, akterlar ismlari hamda rejisserlar va ssenariy mualliflari ism shariflaridan ham foydalanish mumkin.
"Ebdb" - elektron kutubxonalardan kitoblarni qidirishga ixtisoslashgan axborot-qidiruv tizimi. Ushbu saytning ma’lumotlar bazasida elektron ko`rinishda tarqatiladigan adabiyotlarning ko`plab mashxurlari to`plangan. Qidiruv natijalari kitob nomlari bo`yicha guruxlanadi.
Qidiruv tizimlaridan to`g`ri maqsadda foydalanish. Bugungi kunda kompyuterga va internetga yoshlar tomonidan birinchi navbatda ko`ngilochar vosita deb qaralmoqda. Ayniqsa, bolalar kompyuterga ko`zi tushgan zaxoti darrov o`yinlarni so`rashadi, ko`pchillik yoshlar esa internetga ulangani zaxoti esa rasmlar tomosha qilishni so`rashadi.

20-rasm. Internet xizmatlaridan foydalanish ko`rinishlari

Nazorat savollar:



  1. Kompyuter tarmog`i haqida tushunchalar bering

  2. Tarmoq turlari haqida ma’lumot bering

  3. Tarmoq topologiyalari haqida ma’lumot bering

  4. Kompyuter tarmog`ining apparat va dasturiy ta’minoti nimadan iborat?



Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling