9-mavzu. Ijtimoiy menejment tizimi
Download 43.02 Kb.
|
9 мавзу
9-MAVZU. IJTIMOIY MENEJMENT TIZIMI 1. Ijtimoiy menejment mexanizmlari 2. Boshqaruv funktsiyalari 3. Boshqaruv tuzilmasi 4. Boshqaruv kadrlarini guruhlarga bo’linishi Ijtimoiy menejment mexanizmlari Ijtimoiy menejmentning mohiyati uning tizimi tuzilmasini aniqlaydi. U quyidagilardan boshqaruv sub’ektlari, boshqaruv ob’ektlari, boshqaruv jarayoni va boshqaruv tizimi mexanizmlaridan iborat bo’ladi. Boshqaruv sub’ektlariga aholi, hokimiyat organlari, mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari, jamiyatning fuqarolik institutlari, menejment instituti kiradi. Boshqaruv ob’ektlariga esa ijtimoiy jarayonlar, ijtimoiy soha, ijtimoiy resurslar kiradi. Ijtimoiy menejment mexanizmlari ijtimoiy maqsadlilik, boshqaruv uslublari (iqtisodiy, ma’muriy-tashkiliy, yuridik, ilmiy va boshqalar)ga yo’naltirilgan. Ular orasida butun boshqaruv ta’sirlari tizimida birlashtiruvchi bo’lgan ijtimoiyliklar alohida ajratiladi. Ularga mehnatga munosabat, inson hulq-atvori bo’yicha chora-tadbirlar yig’indisi kiradi. Boshqaruv jarayoni va ijtimoiy menejment tizimi mexanizmi, ijtimoiy tashhis, axborotni yig’ish, taxlil qilish va saqlash, ularni boshqaruv sub’ektlariga uzatish va boshqaruvning turli darajalarida ijtimoiy me’yorlar bo’yicha boshqaruv sub’ektlari faoliyatini nazorat qilishni amalga oshirish uslublaridan iborat. Ijtimoiy maqsadlarni yanada samaraliroq amalga oshirish va ijtimoiy menejment tamoyillarini amalga oshirish uchun quyidagi ilmiy uslublarni qo’llash muhim: - Ijtimoiy loyihalashtirish va dasturlash; - Zamonaviy hisoblash vositalari, birinchi navbatda, kompьyuter texnikasi asosida ijtimoiy axborotni yig’ish va tahlil qilish, ularni qayta ishlash va saqlashda matematik uslublardan foydalanish; - Odamlarni mehnatga, hayotga, maqsadga muvofiq hulq-atvorga jamiyatga rag’batlantirishni yaratish; - SHaxsning, shuningdek, menejerlarning hayot kuchini faollashtirishga mo’ljallangan psixologik ta’sir (maxsus treninglar va o’yin uslublari); - Ijtimoiy boshqaruvning kundalik va istiqboldagi muammolariga yaroqli fundamental fanlar, kibernetika va boshqa sohalarda, tadqiqotlarda olingan bilimlardan foydalanish. Ijtimoiy menejment tizimi doirasida echiladigan muammolar majmuiga faqatgina tizimli yondashuv, uning nazariyasi va amaliyotini bugungi kunda ijtimoiy boshqaruv oldida turgan vazifalar darajasiga ko’tara oladi. Aynan shuning uchun ham ijtimoiy menejment sohasidagi bo’lajak mutaxassislar har bir o’rganilayotgan fanda muammoni hal qilish va uni echish uslublarini qidirishning ijtimoiy jihatlarini qidirishlari kerak. Download 43.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling