9-mavzu: Muammoli ta`limninning mazmun mohiyati reja


Download 53 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2022
Hajmi53 Kb.
#764239
  1   2
Bog'liq
9-MAVZU
cheatsheet, 3.2.4.Ишлаб чиқ.амалиёт , 3.2.4.Ишлаб чиқ.амалиёт , Matematika 1, 06 амдп тажриба ишлари тайёри, Dasturlash I fanidan yakuniy nazorat savollari, Dasturlash I fanidan yakuniy nazorat savollari, Dasturlash I fanidan yakuniy nazorat savollari, Muloqot texnikasi va uning tarkibiy qismlari (1), 10xkitob, 1-PISA matem, 1-PISA matem, Абдусаидов Отабек, Абдусаидов Отабек, 22-23 11 sinf

9-mavzu: Muammoli ta`limninning mazmun mohiyati
REJA:

  1. Muammoli ta’limning mazmuni.

  2. Loyihaviy ta`limning muhim belgilari.

  3. Loyiha turlari.

  4. O`quv loyihaviy faoliyat bosqichlari

Tayanch atama va iboralar: muammoli ta’lim, muammoli vaziyat, muammoli dars.
Muammoli ta’lim texnologiyalari o‘quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Muammoli ta’limning asosi – insonning fikrlashi muammoli vaziyatni hal etishdan boshlanishi hamda uning muammolarni aniqlash, tadqiq etish va yechish qobiliyatiga ega ekanligidan kelib chiqadi. Muammoli ta’lim o‘quvchi-talabalarning tafakkuri va ijodiy qobiliyatlarini o‘stirishda jiddiy ahamiyatga ega.
Muammoli ta’limning bosh maqsadi – o‘quvchi-talabalarning muammoni to‘liq tushunib yetishiga erishish va ularni hal eta olishga o‘rgatishdan iborat. Muammoli ta’limni amaliyotda qo‘llashda asosiy masalalardan biri o‘rganilayotgan mavzu bilan bog‘liq muammoli vaziyat yaratishdan iborat.
Turli o‘quv fanlari bo‘yicha o‘qituvchilar darslar jarayonida muammoli vaziyatlar hosil qilishni va ularni yechish usullarini oldindan ko‘zda tutishlari kerak.
Muammoli vaziyat yaratish usullari:

  • O‘qituvchi o‘quvchi-talabalarga dars mavzusi bilan bog‘liq ziddiyatli holatni tushuntiradi va uni yechish yo‘lini topishni taklif etadi;

  • Bir masalaga doir turli nuqtai-nazarlarni bayon qiladi;

  • Hal etish uchun yetarli bo‘lmagan yoki ortiqcha ma’lumotlar bo‘lgan yoki savolning qo‘yilishi noto‘g‘ri bo‘lgan masalalarni yechishni taklif etadi va boshqalar.

Muammoli vaziyatni hal etish darajalari:

    1. O‘qituvchi muammoni qo‘yadi va o‘zi yechadi;

    2. O‘qituvchi muammoni qo‘yadi va uning yechimini o‘quvchi-talabalar bilan birgalikda topadi;

    3. O‘quvchi-talabalarning o‘zlari muammoni qo‘yadilar va uning yechimini topadilar.

Muammoli vaziyatni yechishda qo‘llaniladigan usullar:
- muammoni turli nuqtai nazardan o‘rganish, tahlil qilish;
- solishtirish, umumlashtirish;
- faktlarni aniqlash va qiyoslash;
- vaziyatga bog‘liq xulosalar chiqarish;
- o‘quvchi-talabalarning aniq savollar qo‘yishi va boshqalar.
Muammoli ta’lim texnologiyasi juda qadim zamonlardan shakllanib kelmoqda. Jumladan, Qadimgi Gretsiyada muammoli savol-javoblar, Qadimgi Hindiston va Xitoyda muammoli bahs-munozaralardan keng foydalanilgan. Muammoli ta’limni amerikalik psixolog, faylasuf va pedagog J.Dyui 1894 yilda Chikagoda tashkil etilgan tajriba maktabida qo‘llagan. XX asrning 60-yillarida bu yo‘nalishda tadqiqotlar olib borildi. 70-80-yillarga kelib, amaliyotga keng joriy etildi.
Muammoli ta’limning asosiy g‘oyasi bilimlarni o‘quvchi-talabalarga tayyor holda berish emas, ular tomonidan dars mavzusiga tegishli muammolar bo‘yicha o‘quv-tadqiqotlarini bajarish asosida o‘zlashtirilishini ta’minlashdan iborat.
O‘zbekistonda muammoli ta’limni qo‘llash bo‘yicha bir necha asrlar davomida maktab va madrasalarda suqrotona savol-javob usulidan keng foydalanish asosida o‘quvchi-talabalarda ziyraklik, hozirjavoblik sifatlari hamda go‘zal nutq tarkib toptirilgan.
Muammoli-qidiruv uslublari muammoli ta’lim jarayonida qo‘llanadi. Bu uslublardan foydalanishda o‘qituvchi (pedagog) avvalo muammoli vaziyat yaratadi, savollar qo‘yadi, masala va topshiriqlarni taklif qiladi, muammoli vaziyatni yechishga qaratilgan muhokamani uyushtiradi, xulosalarining to‘g‘riligini tasdiqlaydi. O‘quvchi-talabalar oldingi bilim va tajribalariga asoslanib muammoli vaziyatni hal qilish yo‘llari to‘g‘risidagi takliflarini aytadi va oldin olgan bilimlarini umumlashtiradi, muammoli vaziyatni yechishning eng oqilona variantini tanlaydi. Bu uslub o‘quvchi-talabalarning bilimga qiziqishlarini oshiribgina qolmay, ularda fikrlash qobiliyatini ham rivojlantiradi.
O‘quv materialini muammoli uslub yordamida o‘tish muammoli tuzilgan ma’ruza uslubi orqali bilim bayoni davomida mulohaza yuritish, isbotlash, umumlashtirish, faktlarni tahlil qilish, o‘quvchi-talaba fikrini o‘z ortidan ergashtirish, uni faolroq qilish kabi usullardan foydalanishni ko‘zda tutadi.
Muammoli-qidiruv uslublari ko‘proq ijodiy bilim faoliyati ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida qo‘llanadi. Ular o‘quvchi-talabalarning bilimni chuqur anglashiga, mustaqil egallashiga yordam beradi. Bu uslublar ta’lim jarayonida tushuncha, qonun va nazariya kabilarni shakllantirish ko‘zda tutilganda, faktik axborotni ma’lum qilish, mehnat faoliyatining laboratoriya tajriba o‘quv ko‘nikmalarini hosil qilishda, o‘quv materialining mazmuni prinsipial jihatdan yangi bo‘lmasdan, ilgari o‘rganilganining mantiqiy davomi bo‘lsa, uning asosida o‘quvchi-talabalar yangi bilimni qidirish uchun mustaqil qadam tashlasa, mazmun hodisadagi sabab-oqibat va boshqalarga olib kelsa samarali qo‘llanadi. Muammoli-qidiruv uslublari ko‘proq o‘qituvchi (pedagog)lar o‘quvchi-talabalarni muammoli vaziyatni yechish faoliyatiga tayyorlagan hollarda qo‘llanadi. Shuning uchun bu uslub o‘zini ilmiy-tadqiqot ishlariga bag‘ishlagan talaba yoshlarga asqotadi.
Oliy o‘quv yurtlarida o‘quv-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishning muhim sharti mazkur jarayonga tizimli yondashuv sanaladi va o‘qituvchilarga quyidagi dars turlari tavsiya etiladi:
1. Ma’ruza mashg‘ulotlari.
2. Seminar darslari.
3. Modulli dars.
4. Muammoli darslar.
5. Munozarali darslar.
6. Didaktik o‘yinli darslar.
7. Sinov darslari.
Mazkur darslarning o‘ziga xos jihati dars davomida vujudga keltirilgan muammoli vaziyatlarga asoslanadi.

Download 53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling