9-Mavzu: O’zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish idoralari Mаtnlаrni yoritish rеjаsi


Download 20.42 Kb.
Sana13.12.2021
Hajmi20.42 Kb.
#180917

9-Mavzu: O’zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish idoralari
Mаtnlаrni yoritish rеjаsi:

  1. Sertifikatlashtirish tashkilotlari

  2. O'zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish milliy tizimining tarkibi

  3. Respublika hududlarida sertifikatlashtirish bo'yicha milliy idora vazifalari

  4. O'zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish milliy tizimining asosiy vazifalar

Sertifikatlashtirish sinovlarini o’tkazadigan barcha sertifikatlashtirish bo’yicha organlar va laboratoriyalar majburiy akkreditlanishi lozim. Аkkreditlash - uning vositasida obro’li muassasa, shaxs yoki organning anik ishlarini bajarishga xukukli ekanligini rasman tan oladigan muolajadir.

Аkkreditlash - xalkaro amaliyotda odam faoliyatining turli soxalar; iqtisodiy, xuquqiy, texnikaviy va x-k. soxalarda muvofiklikni baholash va tasdiklashni, shuningdek, sertifikatlashtirishni amalga oshiruvchi laboratoriyalar va organlarning kompetentligini baholash va tan olish usulidir. U bu tashkilotlarning faoliyatiga isteʼmolchi tomonidan hamjamiyat tomonidan ham ishonchning taʼminlanishiga qaratilgan.

Xalkaro amaliyotda akkreditlash bo’yicha faoliyat, odatda, milliy akkreditlash tizimlari doirasida dunyoda tan olingan qoidalar buyicha amalga oshiriladi. Аkkreditlash bo’yicha ishlarni o’tkazish amaldagi qonunchilikka muvofik «Uzstandart» agentligi Markaziy apparatining Аkkreditlash va inspektsion nazorat buyicha Boshkarmasi zimmasiga yuklangan.

O'zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish milliy tizimining tarkibini quyidagilar tashkil qiladi:

- O'zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish bo'yicha milliy idora;

- bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo'yicha akkreditlangan idoralar;

- sifat tizimlarini va ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish bo'yicha akkreditlangan idoralar;

- akkreditlangan mustaqil sinov laboratoriyalari (markazlari).

Yuqorida ta'kidlanganidek, Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 2 martdagi “O'zbekiston Respublikasida standartlashtirish bo'yicha ishlarni tashkil qilish to'g'risida” gi 93-sonli qaroriga muvofiq sertifikatlashtirish bo'yicha milliy idora sifatida O'zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish markazi O'zdavstandart belgilangan.

Sertifikatlashtirish bo'yicha milliy idora «Sertifikatlashtirish to'g'risida»gi qonunning 5-moddasiga binoan quyidagi asosiy yo'nalishlar bo'yicha o'zining faoliyatini olib boradi:

- respublikada sertifikatlashtirish tizimini qo'llash va takomillashtirish bo'yicha umumiy siyosatni ishlab chiqish, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatning tegishli idoralari bilan o'zaro hamkorlik qilish;

- sertifikatlashtirish masalalari bo'yicha boshqa mamlakatlarning vakili bo'lgan idoralar va xalqaro tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlik qilish, O'zbeiston Respublikasining ushbu tashkilotlar faoliyatida qatnashishni ta'minlash; - sertifikatlashtirishning umumiy qoida va tartibini aniqlash (belgilash) hamda ularga rioya qilinishini ta'minlash, sertifikatlashtirish hujjatlarini ro'yxatdan o'tkazish ustidan nazorat olib borish.

- Respublika va xorijiy ma'lumot iste'molchilarini ma'lumotlar bilan ta'minlash.

O'zdavstandart bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish idoralari bilan birgalikda quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:

- Respublikada sertifikatlashtirish milliy tizimining talablari bo'yicha sertifikatlashtiriladigan mahsulot turlarini va majburiy sertifikatlashtirish uchun meyoriy hujjatlarni belgilaydi;

- respublikada sertifikatlashtirish bo'yicha ishlarni tashkil qiladi va o'zaro muvofiqlashtiradi hamda ularning to'g'ri amalga oshirilishi ustidan nazorat olib boradi;

- sertifikatlashtirish milliy tizimining asosiy tamoyillarini, qoidalarini, to'zilmalarini, shuningdek muvofiqlik belgisini va uning qo'llanilishini belgilaydi;

- sertifikatlashtirish bo'yicha idoralarni va sinov laboratoriyalarini (markazlarini) akkreditlaydi;

- ekspert-auditorlarni attestatlaydi va ularning faoliyati ustidan nazorat olib boradi;

- sertifikatlashtirish, akkreditlash va sinovlar bo'yicha tizimning davlat (ro'yxatini) olib boradi;

- tizimda attestatlash, sertifikatlashtirish, akkreditlash bo'yicha baho va tariflarni belgilaydi;

- sertifikatlashtirish va akkreditlash natijalari bo'yicha norozilik arizalarini (shikoyatlarini) ko'rib chiqadi;

- mahsulotning ushbu turiga, sertifikatlashtirish idorasi bo'lmaganda, uning vazifalarini o'taydi;

- sertifikatlashtirish masalalari bo'yicha boshqa mamlakatlarning idoralari va halqaro idoralar bilan o'zaro ishlar olib boradi;

- sertifikatlashtirish bo'yicha halqaro tizimlarga va bitimlarga qo'shilish

to'g'risida qarorlar qabul qiladi;

- ekspert-auditorlarni, sertifikatlashtirish idoralarining va sinov laboratoriyalarining xodimlarini va korxonalar mutaxassislarini tayyorlashni hamda malakasini oshirishni, o'quv muassasalari uchun sertifikatlashtirish sohasida o'quv dasturlarini ishlab chiqishni amalga oshiradi;

- tizimning Davlat reyestri asosida sertifikatlashtirish bo'yicha ma'lumotlarni chop qiladi va manfaatdor tomonlarning ulardan bemalol foydalanishini ta'minlaydi.

Yuqorida ko'rsatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun O'zdavstandart ilmiy- tadqiqot, sinov tashkilotlarini, ilmiy-texnikaviy, jamoa tashkilotlarini va iste'molchilar jamiyatlarini jalb qiladi.

Respublika hududlarida sertifikatlashtirish bo'yicha milliy idora vazifalarini SMSMXlar bajaradi. Ular O'zdavstandart vakolati bo'yicha quyidagi ishlarni olib boradi:

- mahsulot va xizmatni ishlab chiqaruvchilarga (bajaruvchilarga) va ularni yetkazib beruvchilarga sertifikatlashtirish qoidalari to'g'risida rasmiy ravishda xabar beradi;

- sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etilish ustidan davlat nazorati va ular tomonidan sertifikatlashtirilgan mahsulotlarning inspeksion tekshiruvini amalga oshiradi;

- ushbu hududda sertifikatlashtirilgan mahsulotlarning reyestrini yuritadi;

- O'zdavstandart topshirig'iga ko'ra sertifikatlashtirish bo'yicha hududiy idoralarni va sinov laboratoriyalarini (markazlarini) akkreditlash bo'yicha komissiyalarni tashkil qiladi, ularning ishida, idoralar va laboratoriyalar, inspeksion tekshiruvida qatnashadi.

Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish idoralari O'zdavstandart tomonidan akkreditlanadi. Ular quyidagi vazifalarni bajaradi:

- bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tizimlarini yaratadi va ularning ishlab turishini ta'minlaydi;

- sertifikatlashtiriladigan mahsulot turlarini aniqlashda ishtirok etadi;

- sertifikatlashtirishni tashkil qiladi va o'tkazadi;

- mahsulotlarni serifikatlashtirish tartibini aniqlaydi;

- milliy muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtiradi, beradi va xorijiy mamlakatlar sertifikatlarini tan oladi;

- bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tizimlarining tashkiliy va uslubiy hujjatlarini ishlab chiqadi va olib boradi;

- sertifikatlashtirilgan mahsulot ustidan nazorat tashkil qiladi;

- mahsulotni sertifikatlashtirish natijalari bo'yicha tegishli ma'lumotlarni maxsus adabiyotlarda chop etib boradi.

Bulardan tashqari, sertifikatlashtirish milliy markazi bilan kelishgan xolda uning ba'zi bir vazifalarini ham bajarishi mumkin.

Sifat tizimlarini va ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish idoralari ham O'zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish bo'yicha milliy idorasi O'zdavstandart tomonidan akkreditlanadi. Sifat tizimini va ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish idoralarining asosiy vazifalari maxsus rahbariy hujjatda (O'zRH 51-025-94 O'zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish milliy tizimi. Sifat tizimlarini va ishlab chiqarishlarni sertifikatlashtirish. Asosiy qoidalar) ko'rsatilgan. Ular quyidagi asosiy vazifalarni bajarishadi:

- milliy sertifikatlashtirish idorasi bilan birgalikda sifat tizimlarini, sertifikatlashtirishning tartibini (majburiy sertifikatlashtirishda) tanlaydi;

- sifat tizimlarini yoki ishlab chiqarishni sertifikatlashtiradi;

- sifat tizimlariga yoki ishlab chiqarishga sertifikatlarni rasmiylashtiradi, beradi

yoki tan oladi, ularning ustidan nazorat qiladi;

- sifat tizimini va ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish natijalari bo'yicha maxsus

adabiyotlarda ma'lumotlar berib boradi.



Sifat tizimlarini va ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish bo'yicha idoralar sifatida O'zdavstandartning xududiy idoralari va instituti, assosiasiyalar hamda mahsulot ishlab chiqaruvchidan, iste'molchilardan mustaqil va qo'yilgan talablarga javob beradigan boshqa tashkilotlar ham akkreditlanishi mumkin.

Nazorat uchun savollar:

  1. Аkkreditlash bo’yicha ma’lumot bering?

  2. O'zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish milliy tizimining tarkibini nimalar tashkil qiladi?

  3. O'zdavstandart bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish idoralari bilan birgalikda qanaqa vazifalarni bajaradi?

  4. Qaysi idoralar akkreditlash ishlarini bajaradi?

Download 20.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling