Mavzu: buxgalteriya balansi


Download 396.5 Kb.
bet1/4
Sana04.12.2020
Hajmi396.5 Kb.
#158768
  1   2   3   4
Bog'liq
buxgalteriya balansi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA

O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

BO’STONLIQ TURIZM VA SERVIS KASB HUNAR KOLLEJI


DIPLOM ISHI

MAVZU: BUXGALTERIYA BALANSI

BAJARDI: 303 GURUH TALABASI IKROMOVA MALIKA
MALAKALI ISH RAHBARI: MIRAXATOVA XOLISXON
SOYLIQ 2014

Reja:
Tavsifnoma
Kirish
I. Bo’lim
1.1. Buxgalteriya xisobi haqida tushuncha
1.2. Buxgalteriya hisobining prinsiplari.
1.3. Buxgalteriya hisobining funksiyalari.
II. Bo’lim
2.1. Buxgalteriya balansi xaqida umumiy tushuncha


2.2. Balansning axamiyati, vazifasi va tarkibi.
2.3 . Buxgalteriya balansining tuzilishi va mohiyati.
2.4 Xo'jalik operasiyalarning buxgalteriya balansiga ta'siri.
III. Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar.


Kirish

Bozor iqtisodiyoti sharoitida sub'ektlarning faoliyatini rejalashtirish demokratik prinsipga muvofiq ilmiy asosda rejalarni ishlab chiqarishni taqozo qiladi va mexnat jamoasining keng ishtiroki bilan amalga oshiriladi. Bunda xar bir sub'ekt tarmoqning uzoq muddatli vazifalaridan kelib chiqib va xududni kompleks rivojlantirish rejalarini xisobga olib uzining ishlab chiqarish va ijtimoiy taraqqiyotining istikbollarini ishlab chiqadi.


Xisobot ma'lumotlari ma'lum bir davrda erishilgan xaqiqiy natijalarni aks ettiradi, uning asosiy qismi buxgalteriya xisobida kursatiladi. Xozirgi paytda barcha iqtisodiy axborotning deyarli 3/4 qismini buxgalteriya xisobi beradi.
Sub'ektlarda buxgalteriya xisobini shunday tashkil etish lozimki, u iqtisodiy ma'lumotlar tizimini iloji boricha tula aks ettirishni ta'minlashi kerak.
Buxgalteriya xisobi ayrim sub'ektlarda sodir bulayotgan xujalik mablag’lari va jarayonlarining xarakatini ma'lum xujjatlar bilan asoslangan xolda ruyxatga olish va pulda baxolab umumlashtirilgan tarzda yoppasiga va bevosita kuzatish tizimidir. U sub'ektning xujalik faoliyatini boshqarish va unda xujalik xisobini joriy ettirishning muxim vositasi xisoblanib, sub'ektning mablaglaridan tugri va unumli foydalanish va uning butligini ta'minlash ustidan xam dastlabki, xamkorlik) va kelgusi nazoratni yuritish imkonini beradi.
Buxgalteriya xisobi yordamida mavjud moddiy qiymatliklar, pul mablaglarining xarakati kuzatiladi va nazorat kilinadi, maxsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bog’lik xarajatlar aniqlanadi, xujalik faoliyatining moliyaviy natijalari va sub'ektlarning umumiy mulki xaqidagi ma'lumotlar yig’iladi. Buxgalteriya xisobi xar kanday tizimda xam quyidagi uchta funksiyani bajaradi

1) axborot berish

2) nazorat qilish

3) boshqaruv yechimlarini ishlab chiqish.



Bu funksiyalarni bajarishda buxgalteriya xisobi xar xil usullar, texnika va shakllardan foydalanishi mumkin. Shuning bilan birga, buxgalteriya xisobi xar xil ijtimoiy tizimlarda muayyan ijtimoiy tizimning maqsadlariga qarab xar xil vazifalarni bajarishi mumkin. Buxgalteriya xisobi iqtisodiyotning xar bir rivojlanishi bosqichida xalq zimmasiga tushgan barcha xujalik va barcha siyosiy vazifalarni bajarish xizmatidadir. Shuning uchun buxgalteriya xisobi boshqarish va nazorat qilish vositasi va xujalik faoliyati xaqida aniq va juda sifatli axborot manbai sifatida ayniqsa xozirgi paytda muxim vazifa xisoblangan moddiy, mexnat va moliyaviy resurslardan oqilona xamda tejab-tergab foydalanish ustidan qat'iy nazoratni amalga oshirish, isrofgarchilikka qarshi qat'iy kurash olib borish, bunday xodisalarning oldini olish choralarini kurish, ug’riliklar va qonunlarni qupol ravishda buzish xollarining oldini olish va ochib tashlash kabi vazifalarni amalga oshirishda katta axamiyat kasb etadi.



I. Bo’lim

1.1. Buxgalteriya xisobi haqida tushuncha
Buxgalteriya xisobi - xalq xujaligi tarmoqlarida buxgalteriya xisobini yuritish usullarini urganib, umumlashtirib, uning ilg’or usullarini joriy etish bilan shug’ullanadi..
Kishilik jamiyatining xamma bosqichlarida xam xalq xujalik xisobiga talab mavjud bulgan. Chunki, xalq xujaligi xisobi insoniyat uchun zarur bulgan iste'mol buyumlari, kiyim-kechak, ozik-ovqat va boshqalarni ishlab chiqarish, taqsimlashni xisobga olish demakdir. Xar bir jamiyatning xam asosiy maqsadi zaruriy buyumlarni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlashdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish uchun kishilar ijtimoiy xayotida sodir bulayotgan voqea va xodisalarni kuzatish, jamiyatda mavjud bulgan mexnat buyumlari, mexnat qurollarini, xamda mexnat jarayonlarini xisobga olib borish zarur buladi. Xuddi shu vazifani xalq xujaligi xisobi bajaradi.
Tovar ayirboshlash davrida xalq xujaligi xisobi axamiyati kupaydi, chunki tovar ayirboshlash uchun umumiy ekvivalent talab etiladi. Umumiy ekvivalentga esa faqat xisob-kitobni tashkil etish, tugri yurgizish orqaligina ega bulish mumkin, ya'ni almashtiriladigan tovarni ishlab chiqarishga sarflangan ijtimoiy zaruriy mexnat miqdoriini aniqlash kerak buladi. Ishlab chiqarish kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonining usishi natijasida xujalik faoliyatiga raxbarlik kilish murakkablashgan va moddiy ishlab chiqarish asosida vujudga kelgan xalq xujalik xisobi axamiyati oshgan, jamiyat xamma soxalarida mulklarni xisobga olish borasidagi, iqtisodiy faoliyatini boshqarishdagi roli oshib borgan. Iqtisodiy faoliyatini boshqarish xalq xujalik xisobi orqali olingan ma'lumotlar asosida olib boriladi va tegishli qaror va qonun xamda qoidalar qabul qilinib, shular asosida butun xalq xujaligi faoliyati boshqariladi.
Xalq xujaligidagi xisob turlari asosan quyidagi funkisiyalarni bajaradi:
a) xalq xujalik xisobi tarmoqlari korxona, tashkilot va muassasalarda sodir bulayotgan xujalik jarayonlarini kuzatib borish.

b) kuzatish orkali olingan ma'lumotlarni miqdoriiy kursatmalarda ifodalash.


v) korxona, tashkilot, muassasa xujalik faoliyatlarini kuzatish natijalarini maxsus xujjatlarda qayd etish.
g) maxsus xujjatlarda aks ettirilgan ma'lumotlarni umumlashtirish va guruxlashtirish, xujalik jarayonlari ustidan nazorat urnatish va ularga ta'sir etish.
Xalq xujalik xisobini yuqoridagi funksiyalari ayrim korxona, muassasa va tashkilot va umuman butun xalq xujaligining iqtisodiy jixatdan asoslangan joriy va kelgusidagi reja kursatkichlarini tuzishda, ular bajarilishini ustidan nazorat olib borishda muxim axamiyatga kasb etadi. Xalq xujalik xisobiga quyilgan talablar quyidagilardan iborat:
1 Xisobning sodda va tushunarli bulishi. Sodda va xamma uchun tushunarli xisobni tashkil etishdan asosiy maqsad, uni murakkablashuviga yul quymaslik, xamda xisob ma'lumotlaridan keng xalq ommasi foydalana olishini ta'minlashdan iborat.
2 Xisobni rejaliligi. Bu talab yuqorida aytib utilgan soddalik talabi bilan chambarchas boglikdir. Xisobda albatta zaruriy ma'lumot va kursatkichlarga ega bulgan xolda, xisob yuritish xarajatlarini iloji boricha kamaytirib borish lozim.
3 Xisobning aniq va tugriligi. Bu talab negizida xujalik faoliyatlarida kuzatish natijasida olingan ma'lumotlarni xujjatlarda anik va tugri kayd etish tushuniladi. Xar xil maqsadlarda yoki e'tiborsizlik qilib xalq xujalik xisobini noanik xamda notugri aks ettirish qonunbuzarlik xisoblanadi.
4 Xisob ishlarini uz vaqtidada amalga oshirish, ya'ni xisob ishlariga taallukli qanday xodisa sodir bulgan bulsa, albatta o’z vaqtida aks ettirmok, xujjatlarga qayd qilmok zarur buladi. Bu talab tulik bajarilganda va xujalik faoliyati ustidan boshqaruv olib borish yaxshi yulga quyiladi, ruy bergan yoki ruy berishi mumkin bulgan kamchiliklar o’z vaktida yuqotiladi. 
5 Xisob kursatkichlari bilan reja kursatkichlari birligi. Korxona, muassasa, tashkilotlarda qaysi mulkchilik shakli asosida faoliyat olib borishidan qat'iy nazar o’z oldiga joriy va kelgusi reja kursatkichlarini tuzib oladi. Butun xalq xujaligi va ularni tarmoqlari buyicha xamda mamlakat miqyosida reja kursatkichlari belgilab olinadi. Xuddi shu kursatkichlar bilan xisob kursatkichlari birligi (shu bilan birga ijobiy farqlar) katta axamiyat kasb etadi. Xisob ishlab chiqarishni borishi, savdo, ta'minot, qishlok xujaligi, qurilish, maishiy xizmat, transport va xakozolar faoliyati qay darajadaligi xaqida ma'lumot beradi, reja bajarilish ustidan nazorat urnatib, taxlil qilish imkonini yaratadi. Iqtisodiyotni rivojlantirish ichki va tashqi omillarini topish imkonini yaratadi.
Xalq xujalik xisobi yagona bir tizim bulib, uning ajralmas, bir-biri bilan uzaro bog’lik 3 turi mavjud:
1 Tezkor xisob, bu xisob xalq xujaligi tarmoqlari korxona, muassasa, tashkilotlarining ayrim bir bulimlarida sodir bulayotgan xujalik jarayonlari haqida zaruriy ma'lumot va kursatkichlarni joriy kuzatish va nazorat etish orkali tegishli joylarga etkazish va bu ma'lumotlardan tegishli maqsadlarda foydalanishi imkonini beradi. Bu xisobda xamma aloqa vositalaridan (telefon, telegraf, ogzaki yoki xujjatlardan) foydalaniladi, shuningdek, ulchov birliklarining 3 turidan xam foydalaniladi. Tezkor xisobning uziga xos xususiyatlaridan yana biri ma'lumotni tezda yigilishi va tezda etkazilishidir. Misol, tovar zaxiralari miqdori, xodimlarning ishga kelgan yoki kelmaganligi, mexnat xaqi berilgani, mol etkazib beruvchilardan tovarlar kelganligi, sotilgan tovardan kelgan tushum va xakozolar xaqidagi tezkor ma'lumotlar.
2 Statistika xisobi ma'lum bir vaktda butun xalq xujaligi xamda aloxida bir olingan korxona, tashkilot, muassasalar ijtimoiy rivojlanish konuniyatlarini miqdoriiy ifodalash. Statistika xisobi xujalik faoliyatini bir turdagi ommaviy xodisalarni: maxsulot ishlab chiqarish, mexnat unumdorligi usishi, tannarxni pasaytirish, rejani bajarilishi, shu bilan birga ijtimoiy - iqtisodiy xodisalarni, ya'ni axoli sonini uzgarishi, madaniyat, soglikni saklash ishlarini borishi va boshqalarni urganadi, xamda nazorat kiladi. Statistik xisobda muayyan metodik usullardan, ya'ni statistik kuzatish, statistik yigish, statistik guruxlash, urta miqdorini olish, tanlab urganish va xakozolardan foydalaniladi. Statistik xisobda xam 3 ulchov birliklari kullanilishi mumkin. Statistik xisobda tezkor xisob va buxgalteriya xisobi ma'lumotlaridan foydalaniladi.
3 Buxgalteriya xisobi korxona, muassasa, tashkilot va birlashmalarning xujalil mablaglari, ularni tashkil topish manbalari xamda ular xarakati natijasida sodir buladigan xujalik jarayonlarini uzluksiz va yoppasiga kuzatib, kuzatish natijasida olingan ma'lumotlarni xammasini ulchash, baxolash va tekshirish, ularni xujjatlarda tulik ifodalab aks ettirish, xamda ularni pul ulchovida umumlashtirishdan iborat.
Buxgalteriya xisobida 3 ulchov birligidan foydalanilsada, ammo yagona pul ulchov birligida umumlashtiriladi, bundan tashkari buxgalteriya xisobining yana bir xususiyati xamma jarayonlar xujjatlarda aks ettirish lozim.
Xalq xujaligidagi xisob turlarida quyidagi ulchov birliklaridan foylalaniladi:
1 Natura ulchovi.
2 Pul ulchov birligi.
3 Mexnat ulchov birligi.
Natura ulchov birligi tezkor xisobda, statistik xisobda, buxgalteriya xisobi analitik xisobida keng qullaniladi. Bu ulchov birligi bir turdagi buyumlar xisobi uchun kerak buladi. Masalan, bolalar oyoq kiyimini tarozilar soni, non soni, gazlama metri va xokazo (metr, kg, dona va x.k).
Pul ulchov birligi xujalik jarayonlari va vositalarini yagona ulchovda (pulda) umumlashtirishda kullaniladi. 
Mexnat ulchov birligi esa, biror bir statistik yoki xalq xujaligi maxsulotlari ishlab chiqarish uchun sarf bulgan ishchi kuchi, ishchi soni, ish soati va xakozolarni aniqlashda kullaniladi. Savdo korxonasida esa ma'lum bir tovar oborot miqdori uchun sarf etilgan ish vaqtida, ish soati, ish kuni, ishchi kuchi, va x.k. ni aniqlashda kerak buladi. Mexnat ulchov birligi xodimlar bilan mexnat xaki yuzasidan xisob kitoblarni olib borishda xam axamiyatlidir. Mexnat ulchov birliklari natura ulchov birliklari bilan birgalikda mexnat unumdorligini bildiradi.

Korxonaga rahbarlik qilish uchun uning mablag'lari va uning qanday joylashganligi, hamda ularning tashkil topish manbalari haqida ma'lumotga ega bo'lish kerak. Bunday ma'lumotlar buxgalteriya balansi yordamida olinadi.


1.2. Buxgalteriya hisobining prinsiplari.
Buxgalteriya hisobi to'g'risidagi qonunning oltinchi moddasiga binoan Buxgalteriya hisobining asosiy qoidalari quyidagilardir:
-buxgalteriya hisobini ikki yoqlama yozuv usulida yuritish:
-uzluksizlik:
-xo'jalik operasiyalari, aktivlar va passivlarning pulda baholanishi;
-aniqlik;
-hisoblash;
- ehtiyotkorlik;
-mazmunning shakldan ustunligi;
-ko'rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi;
-moliyaviy hisobotning betarafligi;
-hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi;
-aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanishi.

Buxgalteriya hisobini ikkiyoqlama yozuv usulida yuritish prinsipi xo'jalik yurituvchi sub'ekt buxgalteriya operasiyalarini ikkiyoqlama yozuv tizimi asosida ro'yxatga olishi lozimligini bildiradi. Ikkiyoqlama yozuv tizimi shundan iboratki, bir xo'jalik operasiyasining summasi buxgalteriya hisobining ikki schetida - birining debetida va ikkinchisining kreditida aks ettiriladi.


Uzluksizlik (davomiylik) prinsipi moliyaviy hisobotni davomiylik qoidasi asosida tayyorlash xo'jalik yurituvchi sub'ekt doimiy harakat qilishini va uzoq muddat davomida o'z faoliyatini davom ettirishini, ya'ni xo'jalik yurituvchi sub'ektning o'zini tugatishiga yoki o'z faoliyati sohasini qisqartirishga ehtiyoji yo'qligini bildiradi.
Agar rahbar xo'jalik yurituvchi sub'ektni tugatish yoki uning faoliyat ko'lamlarini qisqartirish zarur deb hisoblasa yoxud shunday vaziyatga olib keladigan sharoit mavjud deb o'ylasa, moliyaviy hisobotga tushuntirishlarda bunday faktning mazmunini ochib berishi va moliyaviy hisobotni tuzishga asos bo'lgan jihatlarni, davomiylik tamoyilidan chekinish sabablarini ko'rsatishi zarur.
Davomiylik tamoyili yana shuni bildiradiki, buxgalteriya hisobini yuritish muddati xo'jalik yurituvchi sub'ekt faoliyat ko'rsatgan muddatga mos bo'lishi lozim, ya'ni xo'jalik yurituvchi sub'ektning buxgalteriya hisobi sub'ekt tugatilgan yoki u bankrot deb e'lon qilingan paytgacha yuritilishi lozim. Xo'jalik yurituvchi sub'ekt o'z faoliyatini to'xtatgan kundan boshlab, buxgalteriya hisobini yuritish ham to'xtatiladi.
Xo'jalik operasiyalari, aktivlar va passivlarning pulda baholanishi barcha xo'jalik operasiyalari, voqealar, aktivlar va passivlar bir xil birlikda o'lchanishi - pul bilan baholanishi lozim.
O'zbekiston Respublikasida pul birligi - so'm, uning bo'laklari - tiyinlardir.
Aniqlik (ishonchlilik) prinsipi axborotda muhim xato yoki g'arazlilik bo'lmasa va foydalanuvchilar unga tayanishlari mumkin bo'lsa, ishonchli hisoblanadi.
Operasiyalar yoki voqealarning ishonchliligi odatda dastlabki hisob hujjatlari bilan tasdiqlanishi lozim.
Hisoblash prinsipi pul oqimi to'grisidagi hisobotdan tashqari moliyaviy hisobotlar hisoblab yozish tamoyili asosida tuziladi.
Hisoblab yozish tamoyiliga muvofiq aktivlar, passivlar, o'z sarmoyasi, daromadlar, xarajatlar, xo'jalik operasiyalari va voqealar buxgalteriya hisobida bu harakatlar yuzasidan pul mablag'lari yoki ekvivalentlari olingan yoxud to'langan paytda emas, balki shu harakatlar sodir etilgan (yoki haqiqatda olingan) paytda aks ettiriladi.
Hisoblab yozish tamoyili asosida tayyorlangan moliyaviy hisobotlar undan foydalanuvchilarga o'tmishda pul to'lab yoki pul mablag'larini olib amalga oshirilgan operasiyalar to'g'risidagina emas, shuningdek kelgusida pul to'lanadigan majburiyatlar to'grisida ham axborot beradi, bu esa tegishli iqtisodiy qarorlarni qabul qilish chog'ida juda zarur hisoblanadi.
Ehtiyotkorlik prinsipi moliyaviy hisobotda aktivlar va daromadlar narxining oshirilib yuborilishiga va majburiyatlar yoki xarajatlar bahosi kamaytirilishiga yo'l qo'yilmasligi lozimligini bildiradi.
Bu tamoyilning qo'llanishi yashirin zahiralarni barpo etishga yoki ta'minotni oshirib ko'rsatishga, aktivlar yoki foydani, majburiyatlar va xarajatlarni ataylab kamaytirishga va oshirib ko'rsatishga huquq bermaydi.
Mazmunning shakldan ustunligi tamoyilning mazmuni shuni bildiradiki, agar hisobga olish hujjatlarida va moliyaviy hisobotda axborot operasiyalar va voqealarning mazmunini to'gri aks ettirsa, bu axborot moliyaviy hisobotda hisobga olinishi va ko'rsatilishi lozim.
Ko'rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi; Ko'rsatkichlarning qiyosiyligi moliyaviy axborot foydali va mazmunli bo'lishi uchun u turli hisobot davrlaridagi axborotlarga qiyoslanadigan bo'lishi kerak. Hisobotdan foydalanuvchilar xo'jalik yurituvchi sub'ekt moliyaviy hisobotni tayyorlash chog'ida foydalangan hisob siyosatidan, bu siyosatdagi barcha o'zgarishlardan va bunday o'zgarishlarning natijalaridan xabardor bo'lishi kerak.
Moliyaviy hisobotda undan oldingi davrga nisbatan butun qiyosiy axborotni ochib berish zarur. Oldingi davrdagi moliyaviy hisobotlarning sharhlari va bayon qiluvchi axborotlari joriy hisobot davri uchun ham taqdim etilishi va joriy hisobot davri moliyaviy hisobotlarini xolisona taqdim etish uchun zarur bo'lsa, yangilanishi kerak.
Moliyaviy hisobotning ko'rsatkichlarini tuzatish yoki uning moddalarini tasnif etish chog'ida joriy hisobot bilan qiyosiylikni ta'minlash uchun qiyoslama miqdorlar qaytadan tasnif etilishi va ayni paytda bunday tasnifning xarakteri, miqdori, sababi ochib berilishi lozim. Buning imkoniyati bo'lmasa, xo'jalik yurituvchi sub'ekt qayta tasnif etish sababini va agar miqdorlar qaytadan tasnif etilgan bo'lsa kiritilgan o'zgartishlarning xarakterini ochib berishi lozim.
Agar axborot faqat taqdim etish uchun, masalan ma'lum bir davr boshidagi va oxiridagi nomoddiy va moddiy aktivlarning salьdosini tekshirish uchun xizmat qilsa, bunday hollarda qiyoslanadigan axborot talab qilinmaydi.
Shunday vaziyatlar ham borki, joriy davr bilan qiyoslash maqsadida qiyoslanadigan axborotni qayta tasnif etish mumkin bo'lmaydi. Masalan, bundan oldingi davrdagi axborot qayta tasnif etish mumkin bo'lmaydigan tarzda to'plangan bo'lishi mumkin, bu esa axborotni o'zgartirishga amalda imkon bermaydi. Bunday vaziyatda qiyoslanadigan miqdorlarga kiritilishi mumkin bo'lgan tuzatishlarning xarakteri ochib berilishi lozim.
Qiyosiylik tamoyiliga rioya qilish uchun quyidagi shartlarni bajarish kerak:
- Butun axborot miqdoriga nisbatan talablar;
- Hisobot yilida hisobotni taqdim etishga yondashuv o'zgargan taqdirda undan oldingi davr axboroti qiyoslash maqsadlari uchun qaytadan tasnif etilishi lozim.
- Agar amaliy mulohazalar bilan qayta tasnif etish mumkin bo'lmasa, basharti qayta tasnif amalga oshirilganda sodir bo'ladigan o'zgarishlarning sabablari va xarakteri ochib berilishi lozim.
Moliyaviy hisobotning betaraflik prinspi moliyaviy hisobotning ishonchliligini ta'minlash uchun unda keltiriladigan axborot yanglishlardan xoli bo'lishi kerak.
Hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqlik prinsipi hisobot davridagi daromadlar va xarajatlarning bir-biriga muvofiqligi ushbu davrda mazkur hisobot davrida olingan daromadlarga asos bo'lgan xarajatlarni aks ettirishini bildiradi. Agar xarajatlar va daromadlarning ayrim turlari o'rtasidagi bevosita bog'liqlikni aniqlash qiyin bo'lsa, xarajatlar taqsimlashning biror-bir tizimiga muvofiq tarzda bir necha hisobot davriga taqsimlab chiqiladi. Bu bir necha yilga taqsimlanadigan amortizasiya xarajatlariga ham taalluqlidir.
Aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanish prinsipi ularning tannarxi yoki sotib olingan narxi baholashga asos bo'lishini nazarda tutadi.
Ayrim hollarda haqiqiy baholash sotib olish qiymatidan farq qilishi mumkin.


1.3. Buxgalteriya hisobining funksiyalari.

Buxgalteriya hisobi rejalashtirish, tashkil qilish, tartibga solish bilan birga boshqaruv funksiyasi ham bor.


Boshqaruv tizimida buxgalteriya hisobi ayrim bir funksiyalarni amalga oshiradi. Ularning asosiysi axborot, nazorat, mulklarning butligini saqlash, analitik funksiyalaridir.
Axborot funksiyasi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona faoliyati haqida o'z vaqtida, ishonchli axborotga bo'lgan ehtiyoj va unga bo'lgan talab ham oshib bormoqda.
Buxgalteriya hisobi turli xil iqtisodiy axborot iste'molchilari uchun asosiy axborot manbai hisoblanadi va ular asosida boshqaruv va investision qarorlar qabul qilinadi.
Buxgalteriya hisobida korxona mulki va ularning tashkil topish manbalaridagi o'zgarishlar, ularning harakati, xo'jalik jarayonlari va moliyaviy natijalar alohida va umumlashgan holda aks ettiriladi va boshlang'ich hujjatlarda aks ettiriladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining axboroti ishonchli, xolisona, o'z vaqtida, operativ, yuqori sifatli va iste'molchilar uchun samarali bo'lish talabi qo'yiladi.
Buxgalteriya hisobi axborotining yakuniy natijasi korxonaning moliyaviy holatini ko'rsatkichlarini yaxshilash hisoblanadi.
Nazorat funksiyasi. Turli mulkchilik shaklidagi korxonalar, korxonalar huquqining kengayishi buxgalteriya hisobining nazorat funksiyasi kuchaytirish talab qilinadi. Buxgalteriya xodimlari turli xildagi resurslardan foydalanishni doimiy nazorat qilishi lozim. Nazorat bu avvalom bor, biznes rejada belgilangan iqtisodiy ko'rsatkichlarni bajarilishini aniqlash jarayoni hisoblanadi.
Belgilangan rejadagi ko'rsatkichlarni haqiqatda erishgan ko'rsatkichlar bilan solishtirish natijasida kerakli tuzatishlar biznes rejaga kiritiladi.
Mulkning butligini ta'minlash. Buxgalteriya hisobini to'g'ri yo'lga qo'yish mulkning butligini ta'minlash, turli xildagi yo'qotishlar va talon-tarojlarning oldini olishga olib keladi. Buning uchun korxonada barcha shart-sharoitlarni yaratish lozim: omborxonalar, nazorat-o'lchash asboblari, o'lchash idishlari va boshqalar.
Ushbu funksiyani amalga oshirishning asosiy instrumenti bo'lib, o'z vaqtida va belgilangan tarbida inventarizasiya o'tkazish, ularning natijalarini buxgalteriya hisobda aks ettirish hisoblanadi.
Tahliliy funksiya. Ishonchli va huquqiy asoslangan axborot korxona moliya-xo'jalik faoliyatini tahlil qilishda ishlatiladi. Tahlil bu qabul qilingan qarorlarni yaxshilash maqsadida o'rganish jarayonidir.
Hisob funksiyasi korxona xo'jalik faoliyati hujjatlar asosidagi yalpi, uzluksiz va o'zaro bog'langan ifodasidir.

Download 396.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling