1 Ózbekstan Respublikası Joqarǵı sudı janındaǵı ilimiy másláhát Keńesi


Download 38.93 Kb.
bet1/7
Sana23.06.2023
Hajmi38.93 Kb.
#1652077
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 Ózbekstan Respublikası Joqarǵı sudı janındaǵı ilimiy másláhát Keńesi


1 Ózbekstan Respublikası Joqarǵı sudı janındaǵı ilimiy másláhát Keńesi.
Harakatlar strategiyasi amalga oshirilishini taʻminlash maqsadida Prezidentimiz tashabbusi bilan Konstitutsiyamizning yettita moddasiga sud-huquq sohasidagi islohotlar bilan bogʻliq printsipial oʻzgartishlar kiritilgani, sud’yalikka nomzodlarni tanlash va lavozimga tayinlash tizimini tubdan takomillashtirish, yuqori malakali sud’yalar korpusini shakllantirish maqsadida sud’yalar hamjamiyatining yangi organi – Oʻzbekiston Respublikasi Sud’yalar oliy kengashi tashkil etilgani, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sud hokimiyatining fuqarolik, jinoiy, maʻmuriy va iqtisodiy sudlov sohasida yagona oliy organi sifatida davr talablari asosida yangidan shakllantirilgani, odil sudlovning mazmun-mohiyatiga mutlaqo toʻgʻri kelmaydigan holat – sudlar tomonidan jinoyat ishlarini qoʻshimcha tergovga qaytarish amaliyotiga chek qoʻyilgani tizim rivoji yoʻlida muhim qadam boʻlib, bu yoʻnalishdagi islohotlar izchil davom ettirilayotganining yaqqol isbotidir. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 iyuldagi “Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–5482-son Farmonida ham sud tizimi faoliyati samaradorligini oshirish, sud’yalarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish tartibini takomillashtirish, har bir ish boʻyicha qonuniy, asoslantirilgan va adolatli sud qarori chiqarilishini taʻminlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilganligi nazarda tutilgan. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Sud’yalar oliy kengashi tuzildi, sud hokimiyatining yagona oliy organi – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, maʻmuriy sudlar tashkil etildi, shuningdek, sud’yalik lavozimiga muddatsiz davrga tayinlash (saylash) tartibi joriy etildi.
2 Sud huqıq tarawındaǵı áqırǵı reformalar.
Hozirgi kunda mamlakatimizda sud va huquqni muhofaza qilish organlar faoliyatini tubdan isloh qilish, takomillashtirish, ayniqsa haqiqiy xalqchil tuzilmaga aylantirish borasida zarur islohotlar amalga oshirildi va bu borada koʻplab qonun hujjatlari qabul qilindi. Amalga oshirilgan mazkur oʻzgarishlarda aynan sud-huquq tizimida olib borilayotgan islohotlarning ijobiy samarasi namoyon boʻlmoqda. Shu asosda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiya va boshqa qonunlariga oʻzgartirishlar kiritilib sud va huquqni muhofoza qiluvchi organlar tizimi, faoliyati yoʻnalishlari va ularga yuklatilgan vazifalarda namoyon boʻlmoqda. E’tiboringizga havola etilayotgan ushbu oʻquv qoʻllanma Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialida oʻqitiladigan oʻquv dasturiga muvofiq tayyorlangan. Bu sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar moduli boʻyicha toʻliq bilim berishga moʻljallangan boʻlib bunda sud tizimi, tuzilishi va faoliyati, prokuratura, ichki ishlar, milliy gvardiya, davlat xavfsizlik xizmati, soliq va bojxona xizmati, advakutura, notariat hamda xorijiy mamlakatlarda huquqni muhofaza qiluvchi organlar mavzulari oʻqitiladi. Mamlakatimizda “Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar” modulida asosan sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning huquqiy maqomi, tizimi va asosiy faoliyat yoʻnalishlari batafsil oʻrgatiladi. Sud va huquqni muhofaza qilish organlari modulida umumiy nuqtai nazar mavjud boʻlib, ushbu nuqtai nazar sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning asosiy faoliyat yoʻnalishi davlat boshqaruvi organlari, tadbirkorlik subʻektlari, jamoat tashkilotlar va boshqa shaxslar faoliyatida qonun ustuvorligini mustahkamlash orqali fuqarolarning qonuniy huquqlari va manfaatlari himoya qilishga qaratiladi. “Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar” oʻquv modulining maqsadi talabalarda sud hokimiyati va huquqni muhofaza qiluvchi organlar haqida aniq tasavvur shakllantirishdan iborat. Sud hokimiyati va huquqni muhofaza qilish faoliyati, uning asosiy yoʻnalishlari, konstitutsiyaviy nazorat, odil sudlov va uni amalga oshiruvchi organlar, sudlarning ichki tashkil etilishi va vakolatlari, prokuror nazorati va prokuratura, jinoyatlarni aniqlash va tergov qilish, advokatura va yuridik yordam koʻrsatishning boshqa shakllari haqida eng asosiy bilimlar oʻquv modulning asosiy mazmunini tashkil etadi.

Download 38.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling